3-LABORATORIYA ISHI
TARMOQ QURILMALARI XAVFSIZLIGINI TAHLIL QILISH
Ishdan maqsad:
Cisco kommutatorlarida va marshrutizatorlarida
parolni
olib tashlash (сброс) bo`yicha amaliy ko`nikmalar olish
QISQACHA NAZARIY MA`LUMOTLAR
Qurilma sozlamalariga kirish uchun kerak bo`ladigan parolning yo`qotilishi
yoki unutilish holatlari tez-tez uchrab turadi. Ushbu laboratoriya ishida Cisco
kommutatorlari va marshrutizatorlarida parollarni olib tashlash (
Сброс
)
jarayoni
ko`rib chiqiladi.
Quyida keltiriladigan usullar qurilmaga to`g`ridan-to`g`ri konsol kabel orqali
ulanishni ko`zda tutadi. Shuning uchun ham qurilma joylashgan xonaga faqat
kirish huquqiga ega foydalanuvchilar kirishi, xavfsizlik nuqtai nazaridan e`tiborga
olinishi kerak. Ushbu metodikalarning mohiyati quyidagicha: paroli unutilgan yoki
yo`qolgan konfiguratsion faylsiz qurilmaning sozlamalariga
imtiyozli rejimda
(Privileged EXEC) kirish va konfiguratsion faylni almashtirish orqali barcha
parollarni o`zgartirish.
Cisco marshrutizatorlarida parolni tashlab yuborish
Cisco marshrutizatorlarida parolni tashlab yuborish uchun qurilmaga fizik
kira
olish kerak, ya`ni konsol kabel orqali ulanish imkoniyati bo`lishi kerak.
Marshrutizatorda
konfiguratsion
registr
mavjud
bo`lib,
ushbu
registr
marshrutizatorning ishga tushishini boshqaradi va uning qiymatlari energiya talab
qiluvchi xotirada saqlanadi.
Configuration register
– bu marshrutizatorning
ishga tushishi ketma-
ketligiga javob beruvchi NVRAM da joylashgan 16 bitli registr. Ya`ni
marshrutizatorga operatsion tizimni va sozlanish fayllarini qaysi tartibda va
qayerdan olishini ko`rsatib beradi. Uning odatiy qiymati – 2102.
Qiymatning
uchinchi raqami sozlanish fayliga, to`rtinchi raqami esa
operatsion tizimga javob
beradi. Parollar unitilishi yoki yo`qolishi holatlarida uchinchi raqamni “4” raqamga
o`zgartirish kerak bo`ladi.
Ko`pchilik marshrutizatorlarda konfiguratsion registrning qiymati – 0x2102
bo`ladi.
Agar Cisco marshrutizatoriga kirish huquqi bor bo`lsa, unda konfiguratsion
registrning qiymatini quyidagicha tekshirsa bo`ladi:
R1#show version
Cisco IOS
Software, 2800 Software (C2800NM-ADVIPSERVICESK9-M),
Version 12.4(15)T1, RELEASE SOFTWARE (fc2)
M860 processor: part number 0, mask 49
2 FastEthernet/IEEE 802.3 interface(s)
239K bytes of NVRAM.
62720K bytes of processor board System flash (Read/Write)
Configuration register is
0x2102
Oxirgi qator konfiguratsion registr qiymatini o`z ichiga olgan bo`ladi. Endi
unutilgan parolni o`zgartirish jarayoni bosqichma-bosqich ko`rib chiqiladi.
Birinchi navbatda marshrutizatorga konsol kabel (3.1-rasm.) orqali ulanish
lozim (