1.4. Sianlab tanlab eritish jarayoni amaliyoti
Sianlash texnologiyasi ХIХ asr oxirida, gidrometallurgiya jarayoni joriy qilinmasdan oldin paydo bo’lgan. U davrda rudani o’ta mayda yanchish jarayoni hali ma’lum bo’lmagan, bundan tashqari ko’p miqdordagi bo’tanani quyultirish va filtrlash nomalum edi. Shu sababli sianlash jarayonni o’tkazishning boshlang’ich davrida yirik maydalangan qumlarni eritish sizdirib tanlab eritish usuli bilan olib borildi. Bunday texnologiyani qo’llash uchun esa tanlab eritilayotgan material loyqa va dispers yanchilgan bo’lmasligini talab qilardi. Shu boisdan sinillash oldidan mayda dispers moddalar loyqadan ajratib olinishi uchun klassifikatsiyalanish vazifasi qo’yildi. Ajratib olingan yirik donador qum yoki shag’al materiallarni chanlarda tanlab eritish yo’lga qo’yildi.
Ajratish jarayonidan qolgan mayda kukunsimon materiallar keyinchalik qayta ishlash uchun omborxonalarda saqlab qo’yildi. Keyinchalik chanlar aralashtirgich uskunalari bilan takomillashdi. Bu sxema bo’yicha qumlar sizib eritilib, loyqali qismi esa agitatsiya usullari bilan aralashtirilib qayta ishlandi.
Rudani yanchish texnologiyasi rivojlana borib, hamma rudalarni, shu jumladan mayda donador rudalar ham mayda yanchilib, loyqalari bilan qo’shilib aralashtirish usuli bilan chanlarda tanlab eritila boshlandi. Rudani chanlarda sizdirib tanlab eritish Rossiyada, JARda, АQShda –Xjmsteyk fabrikasida, Аvstraliyada –Golden ridj kabi fabrikalarda olib boriladi.
Oltin tarkibli ruda sizdirib tanlab eritish uchun yirik yanchilib, o’zidan suyuq eritmani tez o’tkazadigan, oltin zarralariga sinil eritmasi borishiga imkon beraoladigan hollarda amalga oshiriladi. Sizdirib o’tkazib eritishda rudani tayyorlash katta ahamiyatga ega. Sizdirish tezligi sm va soatlar bilan o’lchanadi. Soatiga 5 sm sizib o’tish yaxshi ko’rsatgich hisoblanadi.
Sizdirib o’tkazish orqali sianlash jarayoni quyidagi turlarga bo’linadi:
1) chanlarda tanlab eritish;
2) uyumda tanlab eritish;
3) yer ostida tanlab eritish;
Nodir metallar metallurgiyasida birinchi ikki usul qo’llaniladi, yer ostida tanlab eritish esa qo’llanilmaydi.
Sizdirib eritish (perkolyatsiya) sinil eritmalarining ruda tarkibidagi va erkin oltin bilan aloqada bo’lib, uning eritmaga o’tishi va ruda balandligi bo’ylab pastga sizib o’tishiga asoslangan. Bu usulda maydalab yanchilgan ruda tosh suzish uchun suzgi yotqizilgan changa joylashtirilib, unga sinil eritmasi beriladi. Eritma suzib, suzgichdan o’tib, drenajli chuqurga oqib tushadi. Keyin chandagi ruda oldingi eritmadan suyuqroq konsentratsiyali eritma yuborib, so’ng esa suv bilan yuviladi.
Oltinli eritma undagi metallni cho’ktirib olish uchun maxsus sexga yuboriladi. Oltindan holi bo’lgan ruda yoki qum channing tagligidagi maxsus tuynukdan bo’shatilib, transportga yuklab tashlama joyga yuboriladi. Sizdirib eritish sodda va arzon usuldir. Unda oddiy dastgoh va uskunalar qo’llaniladi.
Aralashtirib eritish, sizdirib eritishdan ko’ra samaralidir. Aralashtirib sianlash jarayoniga kelayotgan bo’tana yuqori qovushqoqlikka ega bo’ladi, bu esa sian ionlari va eritmada erigan kislorod molekulalari orasidagi diffuziyani qiyinlashtiradi. Bundan tashqari sulfidli rudalar eritmada erigan kislorod yordamida tez oksidalanadi va kislorod bosimini kamaytiradi. Bu ham o’z navbatida oltin erishini qiyinlashtiradi. Mayda zarrachali bo’tanalarni sianlash asosan aralashtirish va uzluksiz havo kislorodi bilan to’yintirishga asoslangan.
Jarayonda sian eritmasining 0,02-0,05 %li eritmasi va ohakning 0,01-0,03 %li eritmalari (pH=9-11) ishlatiladi. Aralashtirish jarayonining asosiy ko’rsatgich-laridan biri suyuqlik va qattiqlik nisbatidir. Odatda kvarsli oltin rudalarini boyitishda S:Q = 1,2:1(1,5:1), gil tuproq rudalarni boyitishda esa S:Q=2:1(2,5:1).
Aralashtirib sianlash jarayoni davriy va uzluksiz bo’ladi.
Davriy aralashtirib sianlash alohida parallel ravishda ishlaydigan boyitish dastgohlarida olib boriladi. Ma’lum vaqt aralashtirishdan so’ng oltinni eritmaga o’tishiga yetguncha bo’lgan vaqtdan so’ng bo’tana chandan chiqariladi, eritma yig’uvchi changa yuboriladi, changa esa yangi bo’tanalar yuklanadi.
Uzluksiz aralashtirib sianlashda bo’tana ketma-ket ulangan zanjir ko’rinishidagi dastgohlarga kelib quyiladi. Kaskadda bo’tananing bo’lish davri quyidagi formula bilan topiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |