Mundarija Kirish I. Nazariy qism



Download 0,59 Mb.
bet1/12
Sana07.07.2022
Hajmi0,59 Mb.
#753874
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Muhabbat


Mundarija
Kirish
I. Nazariy qism
1.1. Oltin tarkibli rudalarning xarakteritikasi
1.2. Dunyoda oltin ishlab chiqarishning zamonaviy ahvoli
1.3. Sianlash jarayonining fizik-kimyoviy asoslari
1.4. Sianlab tanlab eritish jarayoni amaliyoti
1.5. Sianlab tanlab eritishda ishlatiladigan dastgohlarning ishlash tartibi
II. Texnologik qism
2.1. Kvarsli oltin tarkibli rudalarning tasniflanishi
2.2. Kvarsli oltin tarkibli rudalarni sianlab tanlab eritish texnologik sxemasini tanlash va asoslash
2.3. Rudalarni sianlab tanlab eritish jarayonini material balansini hisoblash
2.4. Asosiy dastgohni tanlash va hisoblash
III. Hayot faoliyati xavfsizligi qismi
3.1. Mehnat muhofazasi loyihalashning yechimi
3.1.1. Zavod binosi hajmini rejalashtirish yechimi
3.1.2. Ishlab chiqarish korxonasida sanitariya me’yorlarining texnik yechimi
3.2. Sianidlar bilan ishlaganda texnika xavfsizligi qoidalari
3.3. Simob bilan zaharlanganda birinchi yordam
3.4. Yong’in xavfsizligi choralarini ishlab chiqish
IV. Iqtisodiy qism
4.1. Binoning qurilish harajatlarini hisoblash
4.2. Tok kuchi dastgohlarining kapital harajatlarini hisoblash
4.3. Sex harajatlari va dastgohlarini hisoblash
4.4. Mahsulot tan narxining kalkulyatsiyasini hisoblash
4.5. Loyihaning iqtisodiy samadorligi
4.6. Texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

Kirish
Markaziy Osiyo, xususan, Markaziy Qizilqum va Nurota togʻlarida, oltin rudalari mavjudligi miloddan avvalgi VI-V-asrlardan maʼlum boʻlgan. Hududda oltin konlarini izlash boʻyicha dastlabki maxsus tadqiqot ishlari I.V.Mushketov, G.D.Romanovskiy, G.D.Obruchev va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan. Markaziy Qizilqumda oltin konlari boʻlishi mumkinligini geolog olimlar A.Ye.Fersman va D.I.Shcherbakovlar XX asrning 30-yillaridagi geologik tadqiqotlari asosida bashorat qilganlar. 1930-yillarda Tomditovning janubiy etaklarida oltin zarralari boʻlgan bir necha kvars va kvarsdala shpati tomirlari aniqlandi, 1934-yilda Besapan qishlogʻi yaqinida oltin mineralizasiyasi chegarasi belgilandi. Shundan keyin Besapan, Oltintov, Taxtatov manzillarida, Tomditovning janubiy yon bag’ridagi kremniyli slanetslarda keng koʻlamda oltin qidiruv va razvedka ishlari olib borildi. 1951—53 yillarda Muruntov oltin koni Hamroboyev Oʻzbekistonning gʻarbiy hududida oltinni koʻpincha margimush bilan uzviy bogʻliq holda uchrashi qonuniyatini aniqladi. Shu asosda 1954—56 yillarda Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida 2 turdagi oltin konlari borligi: birida oltin margimush kolchedani (arsenopirit minerali) bilan, ikkinchisida juda siyrak xolda kvars tomirlarida uchrashi maʼlum boʻldi.1958-yil oltin margimush bogʻliqligi asosida Muruntov yonida margimushga boy boʻlgan anomaliya maydonlari belgilandi. Oʻsha yili margimushning yuqori konsentratsiyasi mavjud boʻlgan anomaliyalardan biri — Muruntov rudali maydonida olib borilgan izlanishlardan keyin bu ruda maydoni oʻta istiqbolli deb baholandi. Mazkur ruda maydonida 1959—62 yillarda olib borilgan batafsil qidiruv ishlari natijasida konning asosiy hududi belgilandi va oltinga boy yerlarning oʻlchamlari juda yirikligi aniqlandi. Muruntov oltin konining ochilishiga salmoqli hissa qoʻshgan bir guruh geolog olim va mutaxassislar (I. H. Hamroboyev, H.T.Toʻlaganov, P.V.Xromishkin, V.G.Garkovets va boshqalar) mamlakatning oliy mukofotiga sazovor boʻldilar (1966). 1965—69 yillarda Muruntov oltin konining sanoat oʻzlashtirishi ishlari bajarilib, 1969-yil 21-iyulda dastlabki mahsulot — Muruntov quyma oltini chiqarila boshlandi va bu kon nomi dunyoga mashhur boʻldi. Dunyoda eng yirik karyerlardan biri — "Muruntov" karyerining uzunligi 3,5 km, eni 2,7 km va chuqurligi 430 m. Karyerdan yiliga 35—37 mln. m3 hajmida togʻ jinslari qazib olinadi, shu bilan bogʻliq boʻlgan Zarafshon shahridagi oltin ishlab chiqarish kompleksi yiliga 24 mln. t rudani (2001-yil) qayta ishlaydi. Bu kompleks dunyodada oltin ishlab chiqarish bilan mashhur boʻlgan eng yirik korxonalar qatorida 2-oʻrinda (Indoneziyadagi "Grosberg" korxonasidan keyin) turadi.( OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil)
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi hukumati tabiiy boyliklarni o’zlashtirish sanoati davlatni iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning muhim yo’nalishi ekanligini aniqlab oldi. Bunda asosiy o’rinni oltin va uran maxsulotini ishlab chiqaruvchi Navoiy kon metlallurgiya kombinati egallaydi. Kombinat o’z faoliyatini, qadim zamonlardan ruda bilimdonlarini diqqatini o’ziga tortgan Markaziy Qizilqum hududida olib boradi. (Sianlash)
Respublikamizda qimmatli metallarni ishlab chiqarish sanoatini yuqori darajada kengaytirish ko’zda tutilgan. Hozirgi kunda qimmatbaho mettallarga bu darajadagi e’tiborning qaratilishi ularning davlat iqtisodiyotidagi o’ta muhim roli bilan uzviy bog’liq.
Qimmatbaho metallar ishlab chiqarish darajasi ko’p jihatdan murakkab oltin tarkibli rudalarni o’zlashtirishni ko’paytirish bilan oshirilishi mumkin.
Keyingi yillardagi oltin rudalari xomashyolari tarkibiy tuzilishidagi o’zgarishlar tahlili shuni ko’rsatadiki, texnologik jihatidan “sodda” oltin rudalarning, ya’ni standart sxemada an’anaviy usullar bilan samarali qayta ishlanuvchi rudalarning nisbiy miqdori yildan-yilga kamayib bormoqda.
Murakkab oltin tarkibli rudalarga ishlov berish ancha takomillashtirilgan sxemalarni qo’llashni, boyitishning mexanik, gidrometallurgik, flotatsiya, kuydirish, pirometallurgiya, ionalmashunuv, tanlab eritish va boshqa usullarini uyg’unlashtirishni talab qilish bilan birga yuqori samarali va unumli jihozlarni qo’llashni talab etadi.
Murakkab oltin tarkibli rudalarning moddiy tarkibi favqulotda xilma-xilligi, ularning tabiatda keng tarqalganligi, shuningdek mineral resurslardan oqilona foydalanish talablari bu rudalarni alohida toifaga -murakkab oltin tarkibli xom- ashyolarga ajratishni taqozo etadi.
Oltin tarkibli rudalarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ulardagi asosiy qimmatli komponent - oltinning miqdorinihoyatda kamdir.
Sanoat miqyosida oltin ishlab chiqarish sferasiga hozirda 1,5-10 g/t oltin biriktiruchi rudalar kiritiladi.
Ayrim hollarda, tog’-geologik qulay sharoitda, shunindek “yaxshi” boyuvchan rudalarda oltinning sanoat darajadagi minimal miqdori 0,25-3 g/t gacha pasaytirilishi mumkin. Oltin ishlab chiqarish sanoatining oxirgi mahsuloti - 99,9% dan ortiq oltin biriktiruvchi metall oltinishlab chiqarishdir.
Shunday qilib xom-ashyoning umumiy boyish darajasi K oltin tarkibli rudalarni qayta ishlashda nihoyatda yuqori bo’lib (100-200 ming chegarasida) bo’ladi.(Ma’ruza)


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish