Muammoli savol: O’smirlik davridagi jins tafovutlari nimalardan iborat?
Erikson fikricha, o’smirdagi identik bostsichlar yosh o’smirlar davridan kattalar hayotiga kuzatib, insonlarga yatsinlashishni rivojlantiradi. O’smirlar emotsional munosabatlarshi shakllantirib boshlaydi, bunday davrlarda katta tsonitsish hissini uygotadi. Aristotel’ "biz odamlar - ijtimoiy hayvonlarimiz " degan fikrini ham bildirgan.
Mihaly va Djeremi Xanter (2003) tajribalarida bu yoshdagi o’smirlar o’z tengdoshlari davrasida bo’lganda o’zlarini baxtli his qilishini bilganligini aytib o’tgan.1
O’g’il bolalarda 11 yoshda 1900-2000 ml; 15 yoshda 2600-2700 ml shuning uchun nafas olish xar daqiqada 2 marta kamayadi. O’g’il bolalar qorin bilan, qizlar esa ko’krak bilan nafas ola boshlaydilar.
Kislarodga ochlik o’smirning psixik faoliyatiga ta’sir etib, miya muskul sistemasidan farkdi ravishda kislaroddan bir necha marta ko’p iste’mol qiladi. Ana shuning uchun ham yaxshilab shamollatilmagan va ko’p o’quvchi o’qiydigan sinfxonalarda o’smirlar tez charchaydilar va ish qobiliyatlar tez susayadi. Natijada bola darsga quloq solib o’tirmasligi, intizomga rioya qilmasligi mumkin.
O’smirlarning yurakning xajmi va tiriklik sig’imi xar yili 25% kattalashib boradi.
Mazkur davrda tananing umumiy xajmidan 7-8%ni qon tashkil qiladi. Qon bosimi birmuncha oshadi, simob ustunining 110-115 mm darajasida bo’ladi. Yurak qisqarishining chastotasi bir qadar sekinlashadi. Masalan, 11 yoshda daqiqada 85-90 marta urgan bo’lsa, 14-15 yoshlarda 70 martagacha pasayadi.
O’smirlarning jismoniy jihatdan o’sishida jinsiy balog’atga yetish katta rol o’ynaydi. Jinsiy yetilishning boshlanishi ko’p jixatdan iqlimga va milliy-etnografik omillarga va shu bilan birga individual hayot xususiyatlariga (sog’ligiga, boshdan kechirgan kasalliklar, ovqatlanishga, mexnat va dam olish rejimiga, tevarak-atrofdagi sharoitga va boshqalarga) bog’liqdir. Jinsiy yetilishning boshlanishi davri o’g’il bolalarda 12-13 yoshga, qiz bolalarda 11-12 yoshga to’g’ri keladi. Ko’pchilik o’g’il bolalar xozirgi vaqtda jinsiy jixatdan 15-16 yoshda, qiz bolalar esa, 13-14 yoshda yetilyapdilar. Natijada boshqa jinsga qiziqish ortadi, orzu, xoxish, nozik tuyg’u, sog’inish, iztirob kabi kechinmalar paydo bo’ladi.
O’smirlar jinsiy, yetilish sirlarining 17%ni ota-onadan, 9%ni o’qituvchilardan, 4%ni maktab vrachidan va qolgan yashirin jixatlari, xolatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni ko’cha kuydan, o’rtoqlari va dugonalaridan eshitib bilib oladilar.
Shaxsning axloqiy jixatdan intensiv tarkib topishi, xatti-xarakatlarining axloqiy etnik normalarini o’zlashtirish o’smirlik yoshining muhim psixologik xarakteristikalaridandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |