Mundarija kirish I. Bob. Yoshlar reproduktiv salomatligida jinsiy identiklik tushunchasi


Reproduktiv salomatlikda o’smirlar identikligida o’smirlar identikligining o’rni



Download 480 Kb.
bet5/9
Sana29.12.2021
Hajmi480 Kb.
#77285
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
66 idum

1.2. Reproduktiv salomatlikda o’smirlar identikligida o’smirlar identikligining o’rni.

Yangi hayotni yuzaga keltiruvchi ota-ona tug‘ilajak farzand yaxshi sharoitda o‘sib-ulg‘ayishi, ma’naviy va jismoniy jihatdan mu-kammal inson bo‘lib yetishishiga ma’suldir. Sog‘lom oilani yuzaga keltirish — bevosita ayol va erkakning ixtiyoridadir. Oilada sog‘lom turmush tarzini vujudga keltirish orqali aholi salomatligini mustahkamlash mumkin. O‘zbekiston — demografik vaziyati murakkab bo‘lgan mintaqa-dir. Shu munosabat bilan oilani mustahkamlash bu respublika uchun juda dolzarb masala. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, O’zbekistonda to‘rt yarim million atrofida oila bor, har yili minglab yangi oila paydo bo‘ladi, ko‘plab bola tug‘iladi. Oila muammolarini hal qilish uchun O‘zbekistonda muayyan bir maqsadga qaratilgan rejali faoliyat olib borilib, sog‘liqni saqlash tizimi isloh qilinmoqda, malakali tibbiyot xodimla-rini tayyorlash masalalari qayta ko‘rilmoqda. Reproduktiv salomatlikda o’smirlar identikligi faqat sog‘lom oilani shakllanti-rishning o‘zini nazarda tutish bil angina cheklanmaydi. Oilaning sog‘lom va farovon bo‘lishi, homilador bo‘lishdan asraydigan vositalar, ya’ni kontratseptivlardan foydalanish, shubhasiz, Reproduktiv salomatlikda o’smirlar identikligining birinchi pog‘onasidir. Shunda abortlar soni kamayadi, bolalar benuqson bo‘lib tug‘iladi, jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar, reproduktiv sistema a’zolarining rak oldi va rak kasalliklari kamayadi. Farzandlar tug‘ilishi oralig‘idagi muddatga rioya qilish, is­talmagan homiladorlikdan sakdanish usullaridan foydalanish lozim.

O’sib kelayotgan organizmni to’g’ri tarbiyalash uchun bola organizmini o’sish va rivojlanish kabi asosiy xususiyatlarini bilish zarur. O’sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar kabi odam organizmiga xos xususiyatlardir. Organizmning har tomonlama o’sish va rivojlanishi uning paydo bo’lgan vaqtidan boshlanadi. Bu ikki protsess murakkab jarayon hisoblanib bir butun va bir biriga bog’langandir.

Shaxsning barkamol rivojlanishiga organizmni atrof muhit bilan faol xamkorligi oqibatida erishiladi.

O’sish va rivojlanish bir xil mohiyatli jarayon emas, lekin bola barkamol va normal rivojlangan paytda ular yaqindan aloqada bo’ladi va o’zaro hamkorlikda harakat qiladi. Potologik holatlarda ham voyaga yetish, ayrim hollarda barkamol sharoitlarda sodir bo’lishi mumkin lekin bunda u jadallangan holda kechadi. Masalan ayrim hollarda ba’zi bir morfologik strukturalar darajasida muddatidan oldin yetilishi sodir bo’lib, bu hol bir vaqtning o’zida individda bolalik va voyaga yetgan nishonlar va belgilar paydo bo’lishini tezlashtiradi.

O’sish deganda to’qimalar, a’zolar va umuman tana massasini ortishi tushunilib, u odam tanasi kattaligi va shaklini mos ravishdagi o’zgarishlari bilan belgilanadi. Barcha to’qimalar o’sadi, lekin ushbu jarayonning jadalligi inson hayotining alohida davrlarida turlicha hamda alohida to’qimalar, a’zolar va tizimlar uchun bir vaqtda sodir bo’lmaydi.

O’sish deganda o’z tuzilishini saqlagan holda miqdor jihatdan ko’payishdir. Unda tana vazni undagi hujayra va to’qimalarning ko’payishi hisobiga o’lchamining kattalashuvi tushuniladi. Hujayralarining ko’payishi natijasida tirik organizm o’lchamlarining ortishi, ya’ni bo’yning cho’zilishi og’irlikning ortishi tushuniladi.



Hujayralar sonining ko’payishi bilan bir vaqtda ularning sifat ko’rsatkichlarini ham o’zgarishi sodir bo’ladi, ya’ni funktsional jihatdan turli mohiyatga ega to’qimalar xosil bo’ladi va rivojlanadi, ularning murakkab a’zolarga birlashadilar alohida tizimlarga xos bo’lgan marfologik tuzilmalar shakllanadi. Odam organizmining rivojlanishi uning barcha hayot tsikli davrida sodir bo’ladi. Bunga voyaga yetgan davrdan boshlanadigan qarish jarayonlari ham kiradi va qoidaga binoan organizmni qayta rivojlanishi boshlanadi.

Rivojlanish jarayoni a’zolari va ularning tizimlari faoliyatini funktsional differentsiyalanishida namoyon bo’ladi, masalan markaziy asab tizimining reflektor faoliyatini ichki kartikal aloqalarni yurak -tomir ovqat hazm qilish tayanch-xarakatlanishi va boshqa tizimlarning murakkablanshuvi va rivojlanish hisobiga takomillashuvida bilinadi.



O’sish va rivojlanish tirik materialning umumiy biologik xususiyatlari va uzluksiz ilgarilovchi jarayon ko’rinishida bo’ladi. U yoki bu fiziologik tizimlarning tuzilishida yoki faoliyatida yoshga oid xususiyatlarning mavjudligi, bola organizmini alohida yoshga oid davriga to’laqonli rivojlanganligini ko’rsatmaydi. Aynan shunday o’ziga xos xususiyatlar majmui u yoki bu yosh davrini tavsiflaydi.

Organizmning normal holatida o’sish va rivojlanish bir-biri bilan juda yaqin aloqada va xamkorlikda bo’lsa ham ular bir vaqtda va bir xil jadallikda sodir bo’lmaydi. Chunki biron bir a’zo massasining kattalashishi uni bu vaqtda funktsional jihatdan takomillashuvini bildirmaydi. Ontogenezda birinchi navbatda ontogenezning ushbu bosqichida yoki yaqin kelajagida organizmning yashashi uchun zarur bo’lgan a’zo va tizimlarning rivojlanish tezligi o’zgaradi. Ushbu bosqichda zarur bo’lmagan funktsional tizimlarning rivojlanishi esa aksincha orqada qoladi. Bunga mos ravishdagi dalillarni umumlashtirishda R.K. Anoxinning, faoliyati organizmni foydali moslashuvchanlik natijalarini ta’minlovchi tuzilmalari birligi sifatida namoyon bo’luvchi aloqada funktsional tizmlarni ontogenezda rivojlanishining geteroxronizmi to’g’risidagi nazariyasi qo’l keladi. Funktsional tizimlarni ketma-ket shakllanishi sistemogenez deb nomlanadi.



O’smirlik insonni balog’atga yetish davri bo’lib, o’ziga xos xususiyati bilan kamolotning boshqa pog’onalaridan keskin farq qiladi. O’smirda ro’y beradigan biologik o’zgarishlar natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. Balog’at davriga 11-15 yoshli qizlar va o’g’il bolalar kiradilar. Kamolotning mazkur pallasida jismoniy o’sish va jinsiy yetilish amalga oshadi.

O’smirlik yoshida qizlar va o’g’il bolalarning jismoniy qiyofasida muhim o’zgarishlar ro’y beradi. Bu davrning boshlanishida qizlar o’g’il bolalarga nisbatan tezroq o’sib ulg’ayadilar. Bu narsa qiz bolalarning ertaroq jinsiy balog’atga yetishiga bog’likdir.

6, 7- sinflarda novcha, salobatli bo’lib ko’rinadigan bo’ychang qizlar bilan yonma-yon past bo’yli, serxarakat o’g’il bolalar tez o’sib, qiz bolalar bilan tenglashib oladilar. Yuqori sinfga o’tganlarida esa ulardan o’zib ketadilar.



O’smirlik davrida o’g’il blolalarning bo’yi 25-30sm, qiz bolalarning bo’yi 18-20 sm o’sadi. Bu davrda tananing intensiv o’sishi yuzaga keladi.

Ma’lumki, bo’yiga o’sish, naysimon suyaklar va umurtqa pog’onasining uzayishi xisobiga ro’y beradi. Bu davrda naysimon suyaklarning oxirgi tayanch qismlari xali yetarli darajada suyaklashmagan, yumshoq bo’ladi. Bu xususiyatlarni nazarda tutish, o’smirning sportning murakkab og’ir turlari bilan shug’ullanishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Aks xolda bolaning umurtqa pog’onasi qiyshayib, bo’yi o’smay qolishi mumkin.

O’smirlik yoshining ikkinchi davrida yuz suyaklari, ayniqsa uning umurtqa qismi (burun, yuqori jag’, yonoq) juda tez shakllana boshlaydi. Yuz keyinchalik qariyib o’zgarmaydigan muayyan shaklga kiradi. Og’iz bo’shlig’i va xalqum o’zgaradi, bo’g’izda ham o’zgarish ro’y beradi: ovoz paylari uzayadi va kuchayadi. Natijada o’smirlarning, ayniqsa o’g’il bolalarning ovozi yo’g’on va past bo’lib qoladi. «Ovozning buzilishi» yosh bolalarga xos o’tkir, ovozning nisbatan past, kattalarga xos ovoz bilan almashinuvidir.

Biroq bu ovozlar orasiga xali bolaning o’tkir ovozi qo’shilib ham turadi. Kattalar xazil bilan o’smirlar ovozini «xo’roz ovozi» deb ataydilar. Ovozning o’zgarishi o’smirning o’zini taajubga soladi. Qizlarning ovozi keskin o’zgarmaydi. Shunday bo’lsa-da qizlarga xos o’tkir, jaranglagan ovoz asta-sekin qizlarning mayin, tekis va nozik, salgina pasaygan ovoziga o’z o’rnini beradi.

O’smirlik yoshida muskul sistemasining o’sishi ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Muskullar tez o’sib, mustaxkamlanib boradi. Oyoq va qo’l suyaklarining o’sishdan orqada qoladi. O’smirlarning muskullari xali ingichka, nisbatan kuchsizdir. Natijada o’smirning gavdasi nomutanosib, xarakatlari, yurishi notekis, beso’naqay bo’ladi. Oyoq tovonlari tez o’sadi. Oyokdar uzun, muskullar nozik bo’lganidan o’smir yurishidagi beso’naqay bo’ladi. O’smirlarda o’z muskullarini o’stirishga zo’r ishtiyoq tug’iladi. Ular og’ir narsalarni ko’taradilar. Muskullarini o’stiradigan mashkdar bilan shug’ullanadilar. O’smirlik davrida nafas olish organlari jadal rivojlanadi.


Download 480 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish