Bitiruv ishining ob’yekti: Reproduktiv salomatlikda o’smirlar identikligini psixologik asoslarini o’rganish natijasida, yoshlarning sog’lom va barkamol sifatlarini o’zida jamlay oladigan jamiyat a’zolarini tarbiyalash va ertangi kunning sog’lom muhitini yaratish jarayoni.
Bitiruv ishining predmeti: O’smirlar jinsiy identikligining xususiyatlari psixologik asoslariga oid tushunchalar, nazariy va ilmiy-tibbiy, psixologik bilimlar majmui.
Bitiruv ishining maqsadi va vazifalari:
Bitiruv ishining maqsadi quyidagilardan iborat:
- O’smirlar jinsiy identikligining psixologik asoslari natijasida sog’lom avlod masalalariga yechim qanday paydo bo’lishini o’rganish;
- O’smirlar jinsiy identikligining psixologik asoslari yordamida yosh avlodning shaxsiy va jinsiy, psixologik qarashlarining shakllanishi jarayonini o’rganish;
- Yoshlardagi tibbiy madaniyat shakllanishini yangi bosqichga ko’tarish masalalarini aniqlash;
- bitiruv ishiga oid ilmiy, tibbiy va psixologik adabiyotlarni tahlilini o’tkazish;
Bitiruv ishining tarkibiy tuzilishi: Bitiruv ishi 47 bet boʻlib, mundarija, kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |