II.BOB. O’smirlik davrida jinsiy identiklikning ahamiyati.
2.1. Jinsiy identiklik tushunchasini o’smirlar hayotidagi ahamiyati...............19
2.2. O’smirlar jinsiy identikligining xususiyatlari.........................................29
Xulosa ............………………………………………………………..……40
Foydalanilgan adabiyotlar ……...............................…………………..…46
KIRISH
Yurtimiz istiqboli, farzandlarimizning kelajagi tom ma’noda bugungi jamiyatimizda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bilan belgilanadi. Odam tevarak-atrof olamni shaxsan bilib olayotgan chog'ida yoki o'zi harakat qilayotgan chog'idagina emas, balki shu bilan birga, u o'zining og'zaki yoki yozma nutqi bilan o'z fikrlarini boshqa odamlarga o’tkazayotganida hamda boshqa odamlarning fikr va bilimlarini o'zi o’zlashtirib olayotgan chog`da ham fikr qilaveradi. Odamning bilish va amaliy ehtiyojlari, tevarak-atrof va hayot to’g'risidagi o`z bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirishga intilishi tafakkur qilish faoliyatini vujudga keltiradi va bu faoliyatni kuchaytiraveradi. Shu sababli tafakkur qilish jarayonlarining muayyan maqsadga qaratilgan bo'lishi shu jarayonlarning muhim xususiyatidir.
Mustaqil Respublikamizda barcha sohalardagi kabi tibbiyot sohasida ham tub o‘zgarishlar bo‘lib o‘tmoqda. Shu bilan birga kadrlar malakasini yaxshilashga ham katta e`tibor qaratilayapti. Biz tibbiyot kollejlari o‘qituvchilari zimmasida jahon andozalariga mos keladigan tibbiyot xodimlarini tayyorlashdek muhim vazifa turar ekan, ularni kerakli adabiyotlar bilan ham ta’minlash juda muhimdir. Kopgina tibbiyot kollejlari o‘qituvchilari tomonidan yaratilayotgan o‘quv darsliklar ham bunga misol bo‘la oladi.
Hozirgi kunda "salomatlik", "mental sog‘lik", "ruhiy salomatlik" va shunga o‘xshash atamalar tilimizda tez-tez uchrab turadi. Psixologik parvarish fanini o‘qitishdan maqsad Davlat tarmoq standartiga mos va jahon standartlaridagi muolajalrni bajara oladigan, muammolarni hal qila oladigan hamshiralarni tayyorlashdir. Bu bitiruv ishining yaratilishidan maqsad bo‘lajak tibbiyot xodimlariga shu va boshqa psixologiya, psixiatriya sohasidagi yangiliklar haqida ma’lumotlar berish. Bitiruv ishining " O’smirlar jinsiy identikligining xususiyatlari" deb nomlanishi sababi hozirgi kunda psixologik parvarish nafaqat ruhiy bemorlarga, balki terapevtik, akusherlik, xirurgik, ambulator bemorlarga, qolaversa, sog‘lom insonga ham zarur.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan berilgan ta’rif bo‘yicha "Salomatlik – bu kasallik yoki jismoniy nuqsonlarning yo‘qligi emas, balki insonning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan osoyishtalik holatidir".
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatimizda ijtimoiy - iqtisodiy va madaniy - ma’rifiy jabhalarda tub islohotlarni amalga oshirish jarayonida inson salomatligiga va O’quvchilar sog‘lig‘iga ham alohida e’tibor berila boshlandi. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan 2000 yil – “Sog‘lom avlod yili”, 2001 yil – “Ona va bola yili” deb e’lon qilinib, bu borada katta ijtimoiy – siyosiy tadbirlar amalga oshirildi. Salomatlik darslarini mamlakatimizning barcha maktablari ta’lim dasturiga kiritilishi to‘g‘risidagi qaror shu kabi tadbirlarga misol bo‘la oladi. Hozirgi kunda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonunning 2 - bosqichiga o‘tilgan vaqtda, pedagogik jarayon har bir o’quvchining o‘ziga xosligiga asoslangan holda tashkil etish bilan uning jismoniy, aqliy, ma’naviy - ruhiy rivojlanishini ta’minlashni vazifa qilib qo‘ydi. Bu vazifani to‘laqonli qilib bajarish uchun umumta’lim maktablarida tibbiy xizmatni va “Sog‘lom avlod” asoslari darslarini o’quvchilarning ma’naviy - ruhiy rivojlanishdagi hamda ularning individual xususiyatlaridagi o‘zgarishlarni to‘laqonli anglashda pedagogik va interaktiv vosita usullaridan unumli foydalanish imkonini beradi.
Bitiruv ishining dolzarbligi: “O’smirlar jinsiy identikligining xususiyatlari” mavzusiga oid ma’lumotlar bugungi kunda inson hayoti va salomatligining muhim shartidir. Aynan o’smirlar jinsiy identikligining xususiyatlari yordamida insonlar kelgusi avlod qoldirish uchun birgalikda salomatlik masalalari tushunchalariga ega bo’lishi, Reproduktiv salomatlikda o’smirlar identikligi tushunchasi shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |