Mundarija kirish I. Bob. Yoshlar reproduktiv salomatligida jinsiy identiklik tushunchasi


II BOB. O’SMIRLIK DAVRIDA JINSIY IDENTIKLIKNING AHAMIYATI



Download 480 Kb.
bet7/9
Sana29.12.2021
Hajmi480 Kb.
#77285
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
66 idum

II BOB. O’SMIRLIK DAVRIDA JINSIY IDENTIKLIKNING AHAMIYATI.

2.1. Jinsiy identiklik tushunchasini o’smirlar hayotidagi ahamiyati.

Odamning jismoniy rivojlanishi va tanasi hajmining ortib borishi masalasi bilan pedagog vrach antropolog va sotsialoglar shug’ullanadi. Bu "jismoniy rivojlanishdagi siljish" degan atama bilan ataladi yoki "akseleratsiya" (tezlashish) deyiladi. Akseleratsiya yosh avlodning ruhan va jismonan tez o’sishidir. Olimlar 6-14 yashar bolalar rivojlanishida 100 yil ilgari yashagan tengdoshlaridan o’sib kelayotganligini aytadilar, so’nggi 100 yil ichida yangi tug’ilgan chaqaloqlarning bo’yi 5-6 sm ga kichik va o’rta maktab yoshidagi bolalarning bo’yi 10-15 sm ga, vazni esa 8-10 kg ga ortadi.



Akseleratsiya jarayonining ijobiy va salbiy tomonlari bor. Odam umrining uzayishi ruhan barkamol bo’lishi foydali albatta.

Rivojlanishdagi akseleratsiya (lotincha ape1ez- tezlashtirish) yoki tezlashgan rivojlanish muammosi butun dunyo biologlari tibbiyotchilari va sotsiologlari diqqatini jalb qilgan. Bunday nom bilan yer yuzining barcha joylarida oxirgi 100-150 yil davomida kuzatilayotgan xodisa atalmoqda. Rivojlanish atamasi keng ma’no anglatganligi sababli unga aniqliq kiritishi maqsadga muvofiqdir. Biologik va ijtimoiy, akseleratsiya to’g’risida gapirishga barcha asoslar mavjud.

Biologik akseleratsiya deganda, insonning biologik rivojlanishiga taalluqli barcha o’zgarishlarni tushunish kerak. Bunga odamni morfologik va funktsional rivojlanishini tavsiflovchi bir qator ko’rsatkichlar kiradi. Ushbu o’zgarishlar ma’lum bir ijtimoiy muhitda sodir bo’ladi va ko’p jihatdan ijtimoiy sabablar bilan belgilanadi.

XX asrning 20- yillaridan boshlab Shvetsiya, Angliya, Germaniya, AQSH, Yaponiya va boshqa mamlakatlardagi 6-14 yoshdagi bolalar, o’z rivojlanishida, ulardan yuz yil ilgari yashagan tengdoshlariga nisbatan ancha o’sib ketganligi to’g’risidagi ma’lumotlar paydo bo’la boshladi. Kichik va o’rta yoshdagi bolalarning bo’yi 10-15 sm, og’irligi esa 8-10 kg ortgani aniqlanadi. Ushbu xodisa- bo’y va og’irlikni asriy ortishi degan nom oldi. Keyingi yillarda, akseleratsiya nada yorqin namoyon bo’lganligi kuzatilgan. Bundan 50 yil ilgari odamlar bo’yining maksimal uzunligi 25-26 yoshga to’g’ri kelgan bo’lsa, bizning zamonimizda o’g’il bolalar 18-19 yoshda, qiz bolalar esa 16-17 yoshda to’liq jismoniy valog’atga yetadilar, yangi tug’ilgan chaqaloqlar tanasining uzunligi 1930-1940 yillardagiga nisbatan o’rtacha 1 sm ko’p.



Akseleratsiya keyingi yosh davrlarni ham kamrab oladi. 1970 yilda tug’ilgan bolalar bir yoshga to’lganda 1900-1910 yillarda tug’ilgan o’z tengdoshlaridan 2 sm uzunroqdir. Uch yashar o’g’il bolalarning bo’yi 1901-1905 yillardagilarga nisbatan 15,5 sm balandroqdir. Ushbu yoshdagi Varshavalik bolalarning bo’yi 1924 yildan to 1961 yilgacha 4 sm o’sgan. Yetti yashar o’g’il bolalarning bo’yi 1959 yilda 1901-1905 yillarga nisbatan 9 sm baland bo’lgan. Bunday misollarni juda ko’p keltirish mumkin. Lekin, shuni ko’rsatishimiz lozimki, 1941 yilda qiz bolalar bo’yini o’sishi 20 yoshga kelib to’xtagan bo’lsa, hozirda 18 yoshda, o’g’il bolalarniki 25 yoshda bulsa, hozirda 20 yoshda to’xtamoqda.

Gavda uzunligining o’rtacha kattaligi (Rossiyada, Yevropada 180-182 sm) hali rivojlanish barkamolligi saqlanib normani asrlar davomida kuzatilgan chegaralarning yuqori ko’rsatkichiga yaqinlashishi sodir bo’lmoqda.

Gavda massasining ortishi e’tiborni jalb qilmoqda. Bo’yning o’sishini ortishi, so’zsiz massani ham ortishiga olib keladi. Shu bilan birga, massaning ortishi bo’yning o’sishi natijasida ortishiga nisbatan kattaroq bo’ladi. Yangi tug’ilgan chaqaloqning massasi oxirgi 30-20 yillarda taxminan 200 grammga ko’paygan. Agarda, bo’yining uzunligi 1 sm ko’payganligi hisobiga olinsa, unda massasi 67 gr ko’payishi darkor edi. Ushbu ko’rsatkich ancha ko’pligi tufayli massaning ortishi faqatgina bo’yning o’sishi bilan bog’liq emas deb aytsa bo’ladi. Yangi tug’ilgan bola massasining ortishi homilador ayollarni ovqatlanishida ratsionallik yo’qligi oqibati desa ham bo’ladi.

Bir yoshdagi bolalar 50 yil ilgarigi tengqurlariga nisbatan 1,5-2 kg og’irdirlar. Yevropaning bir qator shaharlaridagi ma’lumotlarga ko’ra, oxirgi 80 yil ichida, 13 yashar o’g’il bolalarning massasi 12 kg ko’paygan. Voyaga yetgan Moskvaliklarning massasi, oxirgi 40 yilda 9 kg ortgan. Massaning bunday keskin ortishi, albatta, akseleratsiyaning oqibatida emas, balki ortiqcha ovqatlanish natijasida degan xulosa ko’proq to’g’ri keladi.

Akseleratsiya organizmining ko’pchilik funktsional tizimlari rivojlanishiga ham ta’sir kursatadi: tayanch-xarakat, endokrin va boshqalar. Masalan, qo’l barmoqlari va kaftning suyaklarini qotishi 1936 yildagiga nisbatan 1-2 yil oldinroq sodir bo’lmoqda. Sut tishlarning doimiy tishlarga almashishi ham shu muddatlarga oldinga surilgan.

Jinsiy balog’atga yetish asr boshidagiga nasbatan 2 yil ilgari sodir bo’lmoqda. Chexiyadagi qizlarning xayz ko’rishi 1914 yilda o’rtacha 14 yoshda sodir bo’lgan bo’lsa, 1963 yilga kelib 12 yilu 8 oyda boshlangan. Norvegiyada yashaydigan qiz bolalarga xayz ko’rish 1850 yilda 17 yoshda boshlangan bo’lsa, 1967 yilda-13,5 yeshda boshlangan.



Jinsiy balog’atga yetish muddatlariga turmush tarzi ko’proq ta’sir qiladi. Shaharlik qizlarning jinsiy balog’atga yetishi qishloqdagi qizlarnikiga nisbatan 2-3 yil oldin boshlanadi.

Jinsiy balog’atga yetishining tez boshlanishi bilan birgalikda klimaksining boshlanish muddati cho’zilgan. Hozirda klimaks 48-50 yoshda kuzatilsa, XX asrning boshida 43-44 yoshda boshlangan. Shunday qilib, ayollarning bola tug’ish davri 7-8 yilga ko’paygan.

Odam rivojlanishi tezlashganini tasdiqlash uchun asos bo’lgan o’zgarishlar yuqoridagilardan iborat.

Insonning jinsiy faoliyati mo’tadil kechishi tashqi va ichki jinsiy a’zolarning to’g’ri shakllanganligiga hamda asab tizimi va ichki sekretsiya bezlari faoliyatiga bog’liq bo’ladi.

Bu a’zolar ayol va erkakning evolyutsion taraqqiyotida tutadigan biologik o’rniga mos ravishda shakllanadi. Ayollarda tashqi va ichki jinsiy a’zolar farq qilinadi: tashqi jinsiy a’zolariga-qov, katta va kichik jinsiy lablar, klitor, qin dahlizi hamda bartolin bezlari, shuningdek, ichki jinsiy a’zolariga-qin, bachadon, uning naylari (tuhum yo’llari) va tuhumdon kiradi. Tashqi va ichki jinsiy a’zolar o’rtasidagi chegara qizlik pardasi bilan tug’ilgan bo’ladi. Erkaklar jinsiy a’zolari ham, o’z navbatida, ichki hamda tashqi jinsiy a’zolarga bo’linib, ichki jinsiy a’zolarga moyaklar va ularning ortig’i, urug’ chiqarish yo’llari, urug’ pufakchalari, prostata bezi va Kuper bezlari kiradi. Tashqi jinsiy a’zolari erkak olati (zakar) va yorg’oqdan iborat.

Ayollarda yuqorida ko’rsatib o’tilgan qizlik pardasi birinchi jinsiy qovushish vaqtida yirtilib qon oqadi (ba’zan oqmasligi ham mumkin). Klitor kichik konussimon, g’orsimon ikki shoxli tanadan tuzilgan, qon tomirlar va nervlarga boy, terisida nerv oxirlari juda ko’p. Klitor (shahvoniy do’ng) jinsiy his a’zosidir, uning qitiqlanishi ayollarning jinsiy qo’zg’alishiga olib keladi. Katta jinsiy lablar- ikkita teri burmasidir: ular oldingi tomonda qov terisiga o’tadi, orqa tomonda sekin-asta torayib, pastga tushadi va o’rta chiziqda bir-biriga qo’shilib, orqadagi bitishmani xosil qildi. Katta jinsiy lablar sirtiga balog’atga yetgandan boshlab jun chiqadi, unda ter va yog’ bezlari bor; ichki yuzasi nozik pushti teri bilan qoplangan. Katta jinsiy lablar orasidagi kamgak jinsiy yoriq deyiladi. Katta jinsiy labning pastki qismi bag’rida qin dahlizining katta bezlari- Bartolin bezlari joylashgan bo’lib, jinsiy qo’shilish paytida suyuqlik ishlab chiqib, qinni namlaydi va qo’shilishini yengillashtiradi. Kichik jinsiy lablar uzunasiga ketgan teri burmalarining ikkinchi jufti katta jinsiy lablarning asosi bo’ylab yotadi, unda tomirlar va nerv oxirlari ko’p.



Qin tashqi va ichki jinsiy a’zolarni o’zaro bog’lab turuvchi yo’l bo’lib, uning uzunligi 8 sm ga yaqin.

Bachadon, asosan muskul tolalaridan tuzilgan bo’lib, kichik chanoq bo’shlig’ida, qovuq bilan to’g’ri ichak o’rtasida joylashgan noksimon a’zo, uning uzunligi 8 sm cha, og’irligi esa qizlarda, farzand ko’rmagan ayollarda o’rtacha 50 g atrofida. Bachadonning homiladorlik davridagi uzunligi 20 sm, og’irligi 1 kg gacha bo’ladi. Bachadonning bo’yin, tanasi va tubi farq qilinadi. Erkaklik urug’i bachadon ichida 5 sutkagacha tirik saqlanadi.

Bachadon naylari tuhum yo’llari yoki fallopiy nayi deb yuritiladi, uzunligi 10-12 sm bo’ladi. Naylar shokildalar bilan tugaydi. SHokildalarning vazifasi yetilgan tuhum pufakchasi yorilganda qorin bo’shlig’iga tushgan ayollik tuhum hujayrasini tutib olishdan iborat.

Tuhum hujayrasi erkaklik urug’i-spermatozoidlar bilan nayning kengaygan (ampulyar) qismida qo’shilib, otalanish sodir bo’ladi. Otalangan tuhum hujayra bachadon bo’shlig’iga qarab naychalar xarakati yordami bilan yo’naltiriladi. Otalangan tuhum hujayra bachadon devoriga payvandlangandan so’ng xomiladorlik davri boshlanadi.

Tuhumdon juft a’zo bo’lib, bachadonning ikkila yonida joylashgan, uning uzunligi 2-3 sm, kengligi 1 sm cha.

Yangi tug’ilgan qiz bolarda tuhumdonning po’stloq qismida 45000-50000 gacha follikulalar bo’lib, balog’atga yetish jarayonida ularning soni kamaya boradi. Voyaga yetgan pufakcha (graaf pufakchasi) yorilib ichidan tuhum hujayra chiqqan, puchayib, sariq rangli xujayralar bilan to’ladi va sariq tana hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan sariq tanada ishlab chiqariladigan progestren gormoni bachadonning qo’zg’alishini pasaytirib, homilaning rivojlanishi uchun osoyishta sharoit yaratadi. Odatda, har 28 kunda bitta pufakcha voyaga yetib yoriladi. Pufakcha voyaga yetgach yorilib, 13-14 kun o’tgach bachadondan qon ketadi. Bunga hayz ko’rish deb ataladi. Tuhum hujayra yuqorida bayon qilingan tartibda otalansa hayz ko’rish sodir bo’lmaydi va homiladorlik rivojlanadi.

Erkaklarning erlik olati jinsiy yakunlashuv va siydik yo’li a’zosi bo’lib, spermatozoid va siydik chiqarish vazifasini bajaradi. Olat uncha g’ovak tanadan tashkil topgan. G’ovak tananing jinsiy qo’zg’alish paytida qon bilan to’lishi uni jinsiy qo’shilishiga moyil holatga keltiradi.

Moyaklar bir juft bo’lib, yorg’oq ichida joylashgan, u erlik urug’i- spermatozoid va erkaklik gormonini ishlab chiqaradi. Moyak ustini yaxshi pishgan tuhumga o’xshash yaltiroq oqsil parda o’rab turadi. Pardaning ichki tomonidan moyak ichi moddasiga o’sib kirgan to’siqlar ularni alohida bulaklarga ajratadi. Har bir bo’lakchaning ichida 3-4 tadan urug’ ishlab chiqaradigan kanalchalar bo’lib, ular bir-biri bilan qo’shilib, to’g’ri urug’ kanalchalarini hosil qiladi. O’g’il bolalar 13-15 yoshga yetganda erkaklik pusht xujayrasi spermatozoidlar yetila boshlaydi. Spermatozoidlarning har biri o’zida 23 juft xromosomalar tutadi. Shu xromosomalardan bittasi- oxirgisi jinsiy xromosom bo’lib, X-xromosom yoki U- xromosomdan iborat.

Ayollar tuhum hujayrasida esa faqat bir xil-X- xromosom bo’ladi. Shulardan kelib chiqqan holda, bo’lajak bolaning jinsini o’g’il yoki qiz bo’lishi faqat otaga bog’liq degan xulosaga kelish mumkin.

Qiz bola tug’ilishi uchun onaning tuhum hujayrasiga (X-xromosomaga) otaning X-xromosomasi qo’shilishi, o’g’il bola tug’ilishi uchun esa onaning X-xromosomasiga otaning U- xromosomasi qo’shilishi lozim.



Urug’ pufakchalari-bir juft, usti notekis, uzunligi 5 sm, kengligi 3 sm keladigan xaltacha bo’lib, ishlab chiqargan suyuqligi siydik yo’lini tozalab, nordon sharoitdan neytral holatga o’tkazib beradi. Aks holda moyakdan kelayotgan urug’ siydik yo’lidan o’taturib, nordon sharoitda otalantirish qobiliyatini yo’qotadi. Prostata bezi qovuq tagida siydik chiqarish kanalining boshlang’ich qismida joylashgan. Uning uzunligi 3 sm, kengligi 4 sm, og’irligi esa 20 g ga teng. Uning tarkibi 30-50 bezchalar yig’indisidan iborat.Ular ishlab chiqaradigan sekret oqsil, ferment va lipidlarga boy bo’lib ishqoriy reaktsiyaga ega. Bu yerdan o’tish jarayonida spermatozoidlar ham ishqoriy muhitni olib, ayollar qinining kislotali muhitini neytrallash orqali o’zining tirikligini saqlab qoladi.

Prostata bezidan namlanib o’tgan urug’, siydik chiqaruv kanali orqali chiqariladi. Bezning uzunligi 10-12 sm bo’lib, ham siydik chiqarish, ham urug’ chiqarish vazifasini bajaradi.

Erkaklik jinsiy bezlarining yana bir vazifasi erlik jinsiy gormonlarini ishlab chiqish bo’lib, bundan estrogen gormonlar tufayli o’g’il bolalarda erkaklik jinsiy belgilari (soqol, mo’ylov o’sish, ovoz do’rillashi) shakllanadi.

Organizmlarning reproduktiv imkoniyatlari inson salomatligining muhim ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi.



Reproduktiv salomatlikda o’smirlar identikligining shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi bir qator omillarning mavjudligi ularni faol tartibga solish orqali salomatlikning bu turini yaxshilashga erishish mumkinligini ko’rsatadi. Bunday omillarga:

  • Er - xotinlar organizmining biologik va fiziologik jihatlaridan bir - biriga mosligi;

  • Ayollar bilan erkakning jinsiy madaniyligi darajasi;

  • Farzand tug’ilishini ongli ravishda tartibga solish mumkinligi kabilarni kiritish mumkin.

Mazkur masalaning valeologik tomonlari shundan iboratki, er-xotin o’rtasidagi bir-biriga moslikning evolyutsion taraqqiyot davomida inson tomonidan ortirilgan va bosh miyaning tegishli tuzilmalari yordamida tartibga solinadigan eng qadimgi turi va mexanizmlaridan biri, bu irsiy moslik (to’qimalarning o’zaro antigenlar bo’yicha mosligi) bo’lib, jinsiy juftlardagi mavjud spetsifik hid va hid bilish xususiyati orqali tartibga solinadi. Moslikning ushbu turi me’yoriy darajada bo’lmasligi (ko’p yoki ortiq bo’lishi) homilaning rivojlanishini xatto jinsiy xujayralarning uchrashib otalanish jarayonini to’xtatib qo’yishiga sabab bo’lishi ham mumkin.

Er-xotin o’rtasidagi jismoniy va ruhiy- fiziologik o’zaro moslik yangi qurilayotgan oila barqarorligi uchun o’ta muhim omil bo’lib, uning mustahkam bo’lishiga yoki oilaning buzilishiga olib kelishi mumkin. Bu holat turmush qurayotgan yoshlar tomonidan hisobga olinishi va yetarli davr mobaynida sinab ko’rilishi hamda bunda ruxshunos- valeolog maslaxatiga amal qilishi lozim bo’ladi.

Ruhiy tabiati jihatidan o’zaro mos yoki bir-birini to’ldiruvchi juftlar-partnerlar o’rtasida oilaviy ittifoqning mustahkam bo’lishi har birimizga hayotiy tajribalarimizdan yaxshi ma’lum.

Oilaning mustahkam bo’lishida er-xotinning dunyo qarashlari moslik, hayotga nisbatan falsafiy yondashish, qadryatlarga munosabati kabi bir qator omillar ham o’zining ta’sirini ko’rsatmasdan qolmaydi.

Reproduktiv salomatlik inson salomatligini baholashning asosiy mezonlaridan biri bo’lib, ham hisoblanadi. Shu sababli Reproduktiv salomatlikda o’smirlar identikligi imkoniyatlarini atroflicha o’rganish, uni shakllantirish va mustahkamlash yo’llariini izlab topish nafaqat jamiyat oldidagi, balki uning sog’liqni saqlash tizimi oldida turgan hayotiy muhim masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi.



Reproduktiv salomatlikda o’smirlar identikligi to’g’risida ilmiy asoslangan tushunchalarga ega bo’lish uchun, eng avvalo inson salomatligini belgilovchi va uning to’g’ri shakllanishiga olib keluvchi jarayonlar bilan qisqacha tanishib chiqish maqsadga muofiqdir. Inson salomatligi o’z-o’zidan shakllana qolmaydi. Salomatlikni, shu jumladan Reproduktiv salomatlikda o’smirlar identikligini shakllantirish uchun ilmiy asoslangan hamda bosyonlar mavjudki, ularni mukammal o’rganmasdan turib insonning sog’omlik holatini shaklantirishdek ma’sul vazifani bajarishga kirishib bo’lmaydi. Bunday ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan jarayonlar qatoriga:

• Salomatlikka erishish-millatning sog’lom genafondini yaratish va Reproduktiv salomatlikda o’smirlar identikligini shakllantirish

• Salomatlikni shakllantirish-aholi o’rtasida sog’lom hayot tarzini shakllantirish

• Salomatlikni to’g’ri tushunish, ya’ni undan to’g’ri va asoslangan tartibda


foydalanish- ishlab chiqarishda gigenik sharoitlarni yaratish.

• Salomatlik qisman yo’qotilgan holatlarda uni tiklash, ya’ni sog’lomlashtirish


tadbirlarini amalga oshirish kabilar kiradi.

Ushbu jarayonlar o’z ichiga qamrab olgan keng qamrovli vazifalarni bajarish birgina tibbiyot xodimlarining vazifasi emas, balki butun jamiyatning gardaniga yuklanish lozim bo’lgan vazifalar qatoriga kiradi. Sanab o’tilgan jarayonlarning birinchi o’rinda turgani va dastlab amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifa — salomatlikni ishlab chiqishdir. Mazmun jihatidan bu Reproduktiv salomatlikda o’smirlar identikligini shakllantirishni anglatadi. Birinchi boskichdagi ushbu jarayon kuyidagilarni o’z ichiga oladi:

Millatning sog’lom genafondini shakllantirish, genafondning rang-barangligini ta’minlashga erishish;

— Ota-onalarning shu jumladan bo’lajak ota-onalar — o’smir yoshlarning reproduktiv imkoniyatlarini baholash, uni sog’lomlashtirish va ro’yobga chiqarish;



  • Ota-onalarning umumiy salomatlik holatini ta’minlash;

  • Homiladorlikning kechishini kuzatish va uning me’yoriy tarzda bo’lishini ta’minlash;

  • Tug’uruqda yordamlashish xizmatining holatini baholash va uni talab darajasiga ko’tarish;

  • Genafondning musaffoligi va uning rang-barangligini ta’minlashga yo’naltirilgan, shuningdek, homiladorlikni muhofaza qilishga qaratilgan qonunlarning mavjudligi, ya’ni mazkur jarayonning xukuqiy asoslanishi. Ma’lumki odamzot mavjudligining biologik darajasida uning oldida ikkita vazifa turadi. Birinchisi — o’zini tur sifatida yo’qolib ketishdan saqlab qolish bo’lsa, ikkinchisi — o’ziga o’xshash odamzotni vujudga keltirishdan iboratdir.

Odamzotning o’zini tur sifatida saqlab qola olishi uchun, u yashayotgan tashqi muhit sharoitlariga moslashib yashay bilishi lozim. Bu biologiya fani va valeologiyada adaptatsiya deb ataladi. Buning uchun inson organizmining adaptatsion imkoniyatlari (potentsiali) va individual salomatlik darajasi doimo o’zgarib turuvchi tashqi muhit sharoitlariga moslashib yashashga va ekologik tanglik vaziyatlaridan omon-eson chiqib, «jon saqlab» qolishiga imkon bera olishi va chiday bilishi lozim..

Ikkinchi vazifa — Reproduktiv salomatlikda o’smirlar identikligini ta’minlash vazifasi odamlar, ya’ni yetarlicha reproduktiv potentsialga ega bo’lgan ota-onalar zimmasiga yuklanadi. Bu vazifa evolyutsion taraqqiyot shafqatsiz girdobiga tortilgan barcha jonzotlarga, shu jumladan odamzotga ham bab-baravar tegishlidir.



Respublikamizda Reproduktiv salomatlikda o’smirlar identikligi masalasining bugungi kunda jamiyat oldiga, sog’liqni saqlash xizmati tizimi oldiga navbatdagi yana bir bor kuchaytirilgan tartibda qo’yilayotganligi uning millat salomatligini birlamchi mustahkam kilib yaratishda va sog’lom avlodni shakllantirishda naqadar dolzarb muammo ekanligini tasdiqdaydi.

Yuqorida bayon etilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, aholining Reproduktiv salomatlikda o’smirlar identikligi darajasi kuyidagi holatlar bilan belgilanadi:



  • odam organizmining reproduktiv kuvvati (reproduktiv potentsiali);

  • qarama-qarshi jinslarning o’zaro mosligi;

  • erkak va ayolni Yerdagi hayotning taqdirini va evolyutsion taraqqiyotni ta’minlashda tabiat in’om etgan buyuk xodisa fenomen ekanligini to’g’ri tushuna bilishlari, ularning jinsiy madaniyati;

— ongli ravishda hamda o’z organizmlarining umumiy va Reproduktiv salomatlikda o’smirlar identikligi holatlarini to’g’ri baholay olgan holda bola tug’ilishini son va sifat jihatidan tartibga sola bilishlari bilan.

Yoshlar o’rtasida reproduktiv tana a’zolari kasalliklari tarqalganligining tarkibiy jihatidan tahlili, o’tkazilgan ko’pgina tibbiy ko’riklar va amaliy tadqiqotlar natijalariga ko’ra quyidagi uchta asosiy guruhga ajratish mumkin.

Birinchi va eng ko’p tarqalgan guruh — reproduktiv tana a’zolarining surunkali yallig’lanishi (surunkali adneksit va b.), bularning ulushi 27—30 % ni tashkil etadi.



Ikkinchi guruh reproduktiv tana a’zolari faoliyatining disfunktsional buzilishlaridan iborat, ular asosan organizmdagi gormonal nomutanosibliklar tufayli kelib chiqadi. Bularning ulushi reproduktiv tizim kasalliklari orasida 15—18 % ni tashkil etadi.

Uchinchi guruhga siydik-tanosil a’zolarining yallig’lanishi bilan kechadigan yuqumli kasalliklar kiritilib, ularning sabablari jinsiy yo’l bilan yuqadigan (JYBYu) so’zak, zaxm, gerpes, ureaplazmoz, xlamidioz va shu kabilardan iborat, ular 15—24 yoshli-lar o’rtasida 70 % ni tashkil qilayotganligi tashvishli holdir. Bulardan tashqari o’smirlar orasida tarqalib ketayotgan tamaki chekish orqali organizmning surunkali zaharlanishi reproduktiv tana a’zolari kasalliklarining kechishiga salbiy ta’sir ko’rsatib, salomatliklarining zaiflanishiga olib keladi. Insonning Reproduktiv salomatlikda o’smirlar identikligi potentsiali uning Reproduktiv salomatlikda o’smirlar identikligi darajasini belgilovchi muhim biologik omillardan biri bo’lib, turli odamlarda turlicha boshlangich kattalikka ega va tabiat tomonidan ato etilgan, shuningdek u irsiy omillar bilan xam shartlangan. Reproduktiv kuvvat ikkinchi tomondan, organizmning asab tizimi holatiga, ichki sekretsiya bezlari faoliyatiga immunologik himoyalanganligiga xam bog’liq bo’lib, uning darajasini mutaxassislar tomonidan masalani atroflicha tahlil qilib chiqilgandagina aniqlash mumkin.




Download 480 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish