13-mavzu. Maktabgacha tarbiya davri psixologiyasi
Reja:
1.Matabgacha tarbiya davrida mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish qonuniyatlari.
2. Bolada xissiy-irodaviy sohaning rivojlanishi.
Bogcha yoshida mehnat faoliyatining xususiyatlari.
Bolalarning mehnat faoliyatlarini o’zida qampagan mashgulotlar asosan bog’cha yoshidagi davrdan boshlanadi. Bu yoshda bolalarning mehnatlari juda sodda va elementar bulsa ham ularning psixik taraqqiyotlarida juda katta ahamiyatga egadir.
Bogcha yoshidagi bolalar bilan ótkaziladigan cifatlar natijasida bolalarda mehnatga nisbatan ijobiy munosabat, mehnat qilish ishtiyoqi tyriladi. Kattalarning mehnat faoliyatlariga taklid qilish dastavval bolalarning o’yinlarida namoyon bo’ladi. Bolalar kattalarning mehnat faoliyatlarini o’zlarining o’yinlarida taqlidan takrorlash bilan cheklanib qolmay balki kattalar mehnatida bevoita qatnashish uchun xapakat kila boshladilar. Masalan. Kiz bolalar onalari Kir yuvayotganda suv tashish ayrim kichikroq narsalarni(dastrumolchalarni) chayishda qatnashadilar. Uy va xovlilarni yigishtirib supurishga, ugil bolalar esa otasi bajarayotgan ishda qatnashishga intila boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarni mehnatining natijasiga qarab emas, balki mehnat jarayonining o’ziga qiziqishi psixologik jixatdan xarakterlidir.
Bogcha yoshidagi bolalarning ishiga baho berib borish ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalashda katta rol uynaydi. Bolalar kuchlari etadigan ishlarni bajarayotganlarida ko’p xatolarga yul quyishlari turgan gap. Lekin bunda bolalarni mehnatga jalb qilmaslik kerak, bolalarning bajaradigan ishlarini kattalarning ózlari bir pastda qilib quyishlari mumkin degan ma'no kelib chiqadi. Sharq xalqida bir maqol bor: "Bolani bir ishga buyur, ketidan o’zing yugur". Bu juda tugri, xayotiy gap. Bolalarga biron yumush buyurilganda, uni qanday bajarayotganliklaridan ko’z-quloq bo’lib turish kerak, degan ma'noni bildiradi.
Bolalarda xususan, kichik yoshdagi bog’cha bolalarida xali mehnat malakalari yo’q qo’l muskullari yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. Ana shuning uchun bolalar kastdan yoki anqovliklaridan - emas balki eplay olmasliklaridan 'biron narsani tushurib sindirib yuborishlari mumkin. Ana shunday "falokat" yuz bergan paytda bolani "ankov, merov, ko’zingga qapacang bulmaydimi" deb urishish yoki koyish yaramaydi. Buning urniga bolaga shu mehnatni qanday qilib bajarishni kursatib berish lozim.
Bogcha yoshidagi bolalarni mehnatsevarlik ruxida tarbiyalashda ularni inoq jamoaga uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Jamoa bulib mehnat qilishda tarbiyachi xap bir bolaga ma'lum bir mehnatni bajarishni buyuradi. Ana shu tariqa bolalar jips jamoa bulib mehnat faoliyati bilan shugullanadilar.
Masalan, katta gypux bolalari jamoa bulib navbatchilik qiladilar. Bunda bir bola stolga dasturxon yozib chiqsa, ikkinchisi qoshiq va vilkalarni quyib chiqadi, uchinchi bola esa stulchalarni quyib chiqsa, turtinchi bola stolga nonlarni kuyib chiqadi. Bogchada navbatchilikka urgangan bolalar oilada ham yordamlashadigan bo’ladilar.
Umuman, órta va katta yoshdagi bog’cha bolalariga oilada kuchlari etadigan mehnat topshiriqlarini berish kerak. Bu ularni meqnatsevarlikka tarbiyalashda va ularda ayrim mehnat malakalari xosil bulishi uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. Ijtimoiy foydali mehnatda, ishtirok etmagan bolani keyinchalik mehnatga jalb qilish juda qiyin bo’ladi.
Bogchada bolalar jalb qilinadigan mehnat faoliyatining turi juda xilma-xildir. Masalan, tabiat burchagidagi jonivor yoki usimliklarni parvarish qilish , bog’cha xovlisida ishlash, oshxonada va guruhda navbatchilik qilish, kichkintoylarni qiyintirishga yordam berish vaboshqalar.
Shuni ham aytib utish kerakki, kichik yoshdagi bog’cha bolalari o’zlarining mehnat faoliyatlarini xali yulga kuya olmaydilar. Shuning uchun ular mehnatning juda sodda turlari bilan, ya'ni usimliklarga suv kuyish, baliqlarga ovqat berish, xovliga suv sepish va shu kabilar bilan shugullanadilar.
Urta va katta gypux bolalari mehnat faoliyatini uyiidan batamom farqlab unta nisbatan jiddiy munosabatda bula boshlaydilar. Ular mehnatdan kelib chiqadigan natijani, ya'ni mehnatning ijtimoiy moxiyatini, kim uchun, nima uchun mehnat qilish lozimligini tushunadilar. Ular kattalarning oiladagi uy-ruzgor ishlariga zur ishtiyoq bilan yondoshadilar, kichkintoylar uchun kogozdan, kartondan faner va plastilindan turli o’yinchoqlar yasaydilar. Pedagogik jixatdan tyrpi tashkil qilingan mehnat faoliyati bolalarning xar tomonlama ya'ni ham jismoniy, ham psixik, ham estetik, ham axloqiy tomondan barkamol rivojlanishlariga juda katta ta'sir qiladi.
Bogcha bolalari biron o’yin, ta'lim yoki mehnat faoliyatlari bilan mashgul bular ekanlar, ular xarakatlarining asosida ma'lum motivlar, ya'ni ularni xarakatga soluvchi mayllar yotadi. Kichik bog’cha yoshidagi bolalarning xatti-xarakatlari kuproq shu xatti-xarakatlar amalga oshirilayotga sharoitga bogliq bo’ladi. Ular xatti-xarakat motivlarini anglab ham etmaydilar. Shuning uchun kupincha o’zlariga mutlaqo xisobot bermay ma'lum bir vaziyatda u yoki bu xatti-xarakatni amalga oshira boshlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |