Mundarija kirish i-bob xalqaro sport va olimpiya harakatining vujudga kelishi


Xalqaro Olimpiya qumitasi (XOQ) va uning prezidentlari



Download 42,26 Kb.
bet5/8
Sana28.06.2022
Hajmi42,26 Kb.
#716482
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XALQARO SPORT VA OLIMPIYA HARAKATINING VUJUDGA KELISHI

1.4. Xalqaro Olimpiya qumitasi (XOQ) va uning prezidentlari.
Qadimgi olimpiya o’yinlarining o’tkazilishi to’xtatilganidan keyin (394 y.) roppa-rosa bir yarim ming yildan oshiq vaqt o’tdi. 1894 yilda Xalqaro Olimpiya qo’mitasining tashkil etilishi va 1896 yil I Olimpiya o’yinlarining o’tkazilishi bilan sport olamining yangi tarixiy davri boshlandi. Bu ikki katta sohaning tashkil etilishi fransuz jamoat arbobi, pedagog va ma’rifatchi baron Pyer de Kuberten (1863-1937) faoliyati bilan chambarchas bog’liqdir.
U zodagon (aristokrat) oilasida to’g’ilib, tarbiya oladi. Uning dunyoqarashi demokratiyaga ishonch, sportdagi irq, millatchilik va kamsitishlarga nafrat ruhida shakllangan. Bir qancha yillar Fransuz sport uyushmasida kotib bo’lib xizmat qilgan. U jismoniy tarbiya va sport bo’yicha qator kitoblarning muallifidir.
Pyer de Kubarten olimpiya o’yinlariga (1912) bag’ishlab o’tkazilgan san’at tanlovida «Sport madhiyasi» poemasi uchun oltin medal bilan taqdirlangan edi. Kubertenning xalqaro olimpiya harakati rivoji uchun qilgan xizmatlari hyech bir narsaga almashtirib bo’lmas darajada bebahodir.
Birinchi xalqaro atletik kongress 23 iyun 1894 yilda Parijdagi Sorbonna univresitetida o’tkaziladi. Keyinchalik bu tadbir I Olimpiya Kogressi deb ataladi.
Kongressda 12 mamlakat vakilari ishtirok etadi. 21 mamlakat esa yozma ravishda o’z roziligini bildiradi. Katta mamlakat hisoblangan Germaniya bundan bosh tortadi, chunki mamlakat tepasidagi harbiylar Olimpiya o’yinlari g’oyalariga qarshi edilar.
Kogressda asosan to’rtta masala muhokama etiladi, ya’ni:

  1. Havakorlik va professional sport haqida.

  2. Olimpiya o’yinlarini qayta tiklash to’g’risida.

  3. O’yinlarning dasturi va uni o’tkazish tartiblari haqida.

  4. Xalqaro Olimpiya qo’mitasining tarkibi haqida.

Kongressda Xalqaro Olimpiya qo’mitasi tuzilganligi haqida qaror qabul qilindi. Uning tarkibiga Yunoniston, Fransiya, Rossiya, Angliya, AQSh, Shvesiya, Vengriya, Chexiya, Belgiya, Argentina, Yangi Zelandiya vakillari kiritildi. Olimpiya qo’mitasining birinchi Prezidenti etib yunonistonlik Demetrius Vikelas (1894-1896) saylandi. Keyinchalik uning o’rnini Pyer de Kuberten egalladi va to 1925 yilgacha XOQ Prezidenti sifatida faoliyat ko’rsatdi. So’nggi 12 yil davomida u XOQ Faxriy Prezidenti deb hisoblandi.
Kongressda Olimpiya xartiyasi (Ustav) tasdiqlandi. Unda XOQning maqsad va vazifalari, o’yin qoidalari va ular bilan bog’liq asosiy masalalar ifoda etilgan edi.
I Kongress Xalqaro Olimpiya harakatida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Uning mohiyati keyingi Olimpiya harakatini rivojlantirishda asosiy o’rinda turadi. Kongress kun tartibidagi barcha masalalarni ko’rib chiqib, tegishli qarorlarni qabul qildi.
Olimpiya Kogressida I Olimpiya o’yinini Afinada o’tkazish haqida qaror qabul qilingan edi. Antik Olimpiya o’yinlari vatani yunoniston bo’lganlgi va D.Vikelasning XOQ Prezidenti qilib saylanishi buning asosiy sababi edi.
1896 yil 6 aprelda Afinada I Olimpiya o’yini ochildi. O’yinlarga 14 mamlakatdan 245 nafar sportchi keldi. Ular Avstraliya, Avstriya,Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Yunoniston, Daniya, Italiya, AQSh, Fransiya, Chili, Shveysariya, Shvesiya mamlakatlarining vakillari edi. O’yinlar dasturiga ko’ra 9 tur: yengil atletika, gimnastika, suzish, yuk (tosh) ko’tarish, kurash, o’q otish, qilichbozlik, velosiped poygasi va tennis bo’yicha kurashlar olib borildi. Yengil atletika turida AQSh sportchilari 9 ta (12 tadan) yuqori natijalarni qo’lga kiritdi. Uch hatlab sakrashda D.Konnoli birinchi Olimpiya chempioni bo’ldi. Gimnastika turida Germaniya sportchilari g’olib bo’ldi. K.Shuman tayanib sakrashda eng yaxshi natijaga erishdi. Velopoygada fransuz P.Masson g’olib keldi.
Tennisda ingliz D.Boland, suzish vengr A.Xayosh ustunlik qilishdi. Otish va qlichbozlik bo’yicha ochkolar to’plashda yunonlar yuqori ko’rsatkichlarga erishib, g’olib bo’lishdi. Yunonlar umumiy ochkolar bo’yicha birinchilikni egalladi. Amerikalik R.Garret disk uloqtirishda va yadro irg’itishda g’olib bo’ldi. Shuningdek, u uzunlikka sakrashda ikkanchi va balandlikka sakrashda uchinchi o’rinni egallab, barchaning e’tiborini qozonishga sazovor bo’ldi. Qiziqarli tomoni shundaki, Garret o’yinlarga tasodifan tushib qolgan. Chunki u Yunonistonda o’z ta’tilini o’tkazib yurganda, Olimpiya o’yinlari haqidagi xabarni eshitadi va jamoa ro’yxatiga o’z ism-sharifini kiritadi. U umrida disk uloqtirmagan, faqat o’yindan 3 kun oldin mashq qilib o’rgangan. Uning tabiiy qobiliyati va sportdagi faoliyatlari Olimpiya chempioni bo’lishga sabab bo’lgan.
70 ming tomoshabin sig’adigan stadiondagilarning e’tiborini yunon dehqoni Sandros Adis jalb etadi. U marafon yugurishida g’olib kelgan (Marafon shahridan Afinagacha bo’lgan masofa – 42 km. atrofida).
Afinadagi Olimpiya o’yinlari maqsaddagidek bo’lib o’tdi. Kubertenning boshlagan harakati to’la amalga oshdi. Bu XX asrning eng diqqatga sazovor tadbirlaridan biriga aylandi va Olimpiya o’yinlarining har to’rt yilda o’tkazib borilishiga asos soldi.
Xulosa qilib aytganda, Xalqaro sport uyushmalarining tashkil etilishi va xalqaro sport musobaqalarining o’tkazilishi qadimgi yunon olimpiya o’yinlarini qayta tiklashga sabab bo’ldi. Bu yo’lda Yevropa mamlakatlarining hissasi g’oyat kattadir.
Xalqaro Olimpiya o’yinlarini tashkil qilishdagi harakatlarda fransuz jamoat arbobi Pyer de Kubertenning tinimsiz va mashaqqatli mehnatlari hamda yunon xalqining o’z an’analariga sodiqligi tarixda o’chmas iz qoldirdi.
I Olimpiya o’yinlari faqat ishtirok etgan davlatlarninggina emas, balki jahondagi juda ko’p mamlakatlarning sportchilari, yoshlari va mutaxassislarini dadil qadamlar bilan Olimpiya harakatini rivojlantirishga rag’batlantirdi.
XX asrning birinchi yarmida Xalqaro siyosiy voqyealar qanchalik murakkab bo’lmasin, Xalqaro Olimpiya qo’mitasi (XOQ) o’z faoliyatini yuksak darajada olib bordi. Bunda XOQ rahbarlarining xizmatlari juda katta bo’lganligini o’z davrining mutaxassislari e’tirof etishgan. Shu sababdan bu davrdagi XOQ prezidentlari haqida ba’zi bir ma’lumotlarni keltirish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi zamon olimpiya o’yinlarining asoschisi Pyer de Kuberten Olimpiya harakatiga 20 yil (1896-1925) rahbarlik qildi. Ta’kidlanganidek, u hozirgi zamon Olimpiya o’yinlarini o’tkazish yo’lda juda ko’p mehnat qildi, 1925 yilda o’z ixtiyori bilan Prezidentlik vazifasidan ozod etildi. U o’z arizasida kelajak uchun vasiyat sifatida olimpiya g’oyalarini rivojlantirish, har qanday qiyinchiliklarga qaramasdan, sportning tinch va ozod mehnat qilish yo’lidagi mohiyatini kuchaytirish zarurligini uqdirdi. Kuberten 1937 yil vafot etdi. Uning qabri Lozanna shahrida, uning vasiyatiga ko’ra esa yuragi Olimpiya shahrida saqlanib kelmoqda.
1925 yilda XOQ Prezidenti etib graf Andri de Baye-Latur (1876-1942) saylandi. U Belgiya davlati va Xalqaro sport arbobi bo’lib, 1906 yil Belgiya milliy Olimpiya qo’mitasini tashkil etuvchilardan biri hisoblanadi.
Baye-Latur XOQni 17 yil davomida boshqardi. U XI Olimpiya o’yinlari arafasida Gitlerning Olimpiya o’yinlari qatnashchilari va g’oliblarini tabriklash uchun minbarga chiqishiga rozilik bermagan. Shunday bo’lsa-da, u bolshevizmga chinakam qarshi edi. Shu sababdan sovet sportchilari Olimpiya o’yinlarida qatnashishdan mahrum etilgan.
1942-1946 yillarda Olimpiya harakatining faollaridan shved Zigfrid Edstryom (1882-1964) XOQni vaqtincha boshqardi, 1946 yilda esa IV prezident qilib saylandi. U AQSh, Shveysariya va Shvesiyada ta’lim olgan, ixtisosiga ko’ra elektrik-muhandis edi. Talabalik yillarida qisqa masofalarga yugurish bo’yicha Shvesiya rekordchisi ham bo’lgandi. U 1920 yil XOQga a’zo qilib saylandi. 1921 yildan ijroqo’m a’zosi va 1931 yildan boshlab XOQ vise-prezidenti bo’lgan. U 1952 yilda 70 yoshida Prezidentlikdan ozod etildi. 1964 yil 18 martda vafot etdi.
Olimpiya o’yinlari davomida XOQning faoliyatlari rivojlandi. XOQ rahbarlarining xizmati yana shundaki, o’yinlarda xalq irodasi va sportchilarning faoliyatlarini turli ramzlar (simvollar) va atributlar bilan ifoda etishda yangiliklar yaratdilar. Qo’yidagi ana shu belgilar va ramzlar haqida qisqacha ma’lumotlar beriladi.

Download 42,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish