Mundarija kirish i-bob xalqaro sport va olimpiya harakatining vujudga kelishi



Download 42,26 Kb.
bet2/8
Sana28.06.2022
Hajmi42,26 Kb.
#716482
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XALQARO SPORT VA OLIMPIYA HARAKATINING VUJUDGA KELISHI

Kurs ishining maqsadi: Yoshlarni jismoniy tarbiyalashning modeli (namuna) sifatida qadimgi olimpiya o’yinlaridan foydalanish g’oyalari ommalashib bordi. Bunda qadimgi olimpiya qishlog’ini arxeologik qazishlar natijasi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. XVIII asrda arxeolog olimlarning diqqat-e’tiborini qum va loyqalar bosib yotgan qadimgi Olimpiada o’yinlarining o’rni o’ziga jalb etgan edi. Eng avvalo, qadimgi Olimpiya joyini Bernard de Monfakon (Fransiya), keyin nemis olimi Ioaxim Vinkelman, ingliz arxeologi Richard Gandmer va boshqalar aniqladi. XIX asr boshida birinchi qazish ishlari o’tkazildi. Nemis arxeologi Ernest Kurside (1814-1896) boshchiligida o’tkazilgan qazish ishlari ancha muvaffaqiyatli o’tdi. Olti marotaba tashkil etilgan ekspedisiya (1875-1881) natijasida Olimpiyada ko’p sonli arxitektura inshoatlari va haykallarning qoldiqlari topildi. 1887 yilda arxeologik qazish ishlarining natijalari matbuotda e’lon qilindi. Bu esa qadimgi olimpiya o’yinlariga bo’lgan qiziqish va havasni oshirib yubordi. Shu asosda jamoatchilik doirasida olimpiya harakatini tiklash g’oyalari to’g’ildi.
Sportning rivojlanishi va XSUni tuzish. Xalqaro sport va Olimpiya harakatining vujudga kelish sabablaridan eng muhim-sportni rivojlantirish va xalqaro sport uyushmalarini (XSU) tuzish harakati bo’ldi. Hozirgi davr sporti XVIII-XIX asrlardagi yirik ijtimoiy o’zlgarishlar, ishlab chiqarish jarayonidagi inqiloblar, harbiy ishlar, fan, madaniyat va san’atdagi taraqqiyot mahsuldir.


I-BOB XALQARO SPORT VA OLIMPIYA HARAKATINING VUJUDGA KELISHI
1.1 Xalqaro sport harakati taraqqiyotining asosiy bosqichlari haqida tushunchalar
Xalqaro sport harakati jahondagi barcha davlatlar va xalqlarning kundalik faoliyati sifatida tarkib topgan hamda umumjahon miqyosida ijtimoiy-siyosiy, madaniy jarayonlarni o’zida ifodalovchi ijtimoiy faoliyatdir. Uning vujudga kelishi va taraqqiyot yo’li uzoq darvlarni hamda juda ko’p turli-tuman faoliyatlarni o’z ichiga oladi. 
E’tirof etish kerakki, jahonda taraqqiy etgan AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Frantsiya va boshqa davlatlar taraqqiyotida o’zining salmoqpi o’rni va har tomonlama mavqei jihatidan e’tiborga loyiq bo’lgan Ros­siya, Xitoy, Hindiston, Arab mamlakatlari o’rtasida sport sohasida o’zaro aloqalar mavjud. Bu faoliyatlar esa xalqaro sport harakatiga ijobiy ta’sir o’tkazmoqda.
Jahon xalqpari tarixida xalqaro sport harakati ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan jarayondir. U xalqparni faqat sportdagi faoliyatlari bilangnna emas, balki turli millatlarning madaniyati, ijtimoiy taraqqiyoti, insonparvarlik hamda progressiv g’oyalari bilan ham o’zaro bog’laydi.
Xalqaro sport harakati o’zining tarixiy taraqqiyot bosqichlariga ega. Ya’ni XIX asrning oxirlarida Yevropa mamlakatlarida xalqaro sport uchrashuvlari tashkil etilib, asta-sekin rasmiy musobaqalar tusini oldi. Natijada turli sport uyushmalari (federatsiyalari) tashkil qilina boshlandi. Buning-oqibati esa Xalqaro Olimpiyao’yinlarini davr talablari asosida tashkil qilish ga da’vat etdi.
XIX asrning ikkinchi yarimida o’tkazilgan musobaqa­larning yagona tartib va qoidalari bo’lmaganligi sababli Xalqaro sport harakatining rivojlanishiga birmuncha salbiy ta’sir ko’rsatdi.
Shunday bo’lsa-da,1881 yilda Evropa gimnastika uyush-V masi, 1892 yilda akademik eshkak eshish Xalqaro federaiiyasi, 1904 yilda Xalqaro futbol federatsiyasi tashkil etildi. Bu siljishlar Xalqaro Olimpiya qo’mitasini tuzishga (1894) va uning faoliyatini rivojpantirishga sababchi bo’ldi. Bunda buyuk mutafakkir Per de Kubertenning G’FrantsiyaG’ xizmatlari nihoyat kattadir.
Shuni ta’kidlash kerakki, xalqaro sport federatsiya­lari hamda Xalqaro Olimpiya qo’mitasining dasturlari, xartiyasi, tashkiliy asoslar burjua sport xodimlari to­monidan ishlab chiqnlgan. Bu uzoq yillar davomida o’zgarishsiz faoliyat ko’rsatib keldi.
Hozirgi kunda ham uning asosiy qismi o’z kuchi va mavqeini saqaab kelmoqda.
Xalqaro sport harakatining birinchi bosqichi Oktyabr to’ntarishigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu, albatta, birinchi Xalqaro Olimpiya o’yinining o’tkazilishi G’1896G’ va keyingi davrlarda har 4 yilda bir marta o’yinlarning tashkil qilinishi bilan belgilanadi.
1894 yilda Parijda I Xalqaro sport kongressi bo’ldi. Bunda quyidagi masalalar ko’rib chiqilgan edi: 

  1. Havaskorlik va professionalizm. 

  2. Olimpiya o’yinlari. 

Hozirgi davrda Xatqaro Olimpiya qo’mitasiga 200 dan ortiq mamlakat a’zo bo’lib kirgai. Sobiq SSSR dan ajralib, hozir mustaqil davlat sifatida faoliyat ko’rsatayotgan respublikalar 1991-1992 yillarda Xatqaro Olim­piya qo’mitasiga a’zo qilib qabul qilindi. Bu mamlakatlarning sportchilari sport cho’qqilarini zabt etish, xalqlar o’rtasida tinchlik va do’stlikni mustahkamlash uchun o’z g’oyalarini olg’a surmokdalar. 
Birlashgan millatlar tashkiloti G’BMTG’ Xalqaro sport harakatining rivojlanishi va uning tashkilotchisi Xal­qaro Olimpiya qo’mitasi faoliyatining rivojlanishini e’tiborga olgan holda bu ishlarni kuzatib borish, te­gishli yordam qilish maqsadida o’zining muhim tayanchi bo’lgan YuNESKO huzurida jismoniy tarbiya va sport bo’yicha Xalqaro sport kengashini tashkil q)ishi. Bu tashki­lot davlat hisobida bo’lmagan davlat tashkilotlari bilanaloqador bo’lib, jismoniy tarbiya va sport bo’yicha kadr­larni tayyorlash va qayta tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar, tajriba almashish ishlari bilan shug’ullanadi. Xalqaro sport harakatida sport uyushmalarining ahamiyati va o’rni juda kattadir.
Xalqaro sport aloqalari, davlatlararo munosabatlar, xalqaro sport tashkilotlari, huquqiy status, “Xalqaro tashkilot”, Xalqaro huquq, tashkilot huquqi, a’zolik darajasi, davlatlararo, hukumatlararo, nodavlat, toifalar, xalqaro nodavlat tashkilotlarimilliy jamoat tashkilotlari, ittifoqlar, guruh,
alohida shaxslar, siyosiy, iqtisodiy, madaniyat, ilmiytexnikaviy, xalqaro hamkorlik, ko‘maklashish, xalqaro jismoniy tarbiya va sport birlashmalari, nodavlat, jamiyat tashkilotlari, tarkib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Bosh Assambleya, foyda chiqarish, hukumatlararo tashkilot, pul mablag'i.
Xalqaro sport aloqalari davlatlararo munosabatlarning ajralmas qismi hisoblanadi, shuning uchun ham ular xorij mamlakatlar bilan aloqalarni rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Xalqaro sport tashkilotlarining huquqiy statusi xususiyatlarini o'rganishda shuni inobatga olish lozimki, xalqaro sport tashkilotlari birinchi navbatda “Xalqaro tashkilot” hisoblanadi, shuning uchun uning faoliyatiga xalqaro huquq me’yorlari va aynan xalqaro tashkilot huquqi ta ’sir ko‘rsatadi. Xalqaro tashkilotlar a’zolik darajasiga qarab davlatlararo, hukumatlararo va nodavlat toifalarga bo‘linadi. Xalqaro nodavlat tashkilotlar milliy jamoat tashkilotlari ittifoqlar, guruh va har xil davlatlardan alohida shaxslar siyosiy, iqtisodiy, madaniyat, ilmiy-texnikaviy va insonning boshqa faoliyat sohalarida xalqaro hamkorlikka ko‘maklashish maqsadida shakllanadi. Bunday tashkilot va muassasalar davlatlararo kelishuvga asoslanmagan va tijoratdan foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan bo‘ladi. Xalqaro jismoniy tarbiya sport birlashmalari nodavlat, jamiyat tashkilotlari kategoriyasiga kiradi. Xalqaro jismoniy tarbiya sport birlashmalari tarkibiga sport milliy tashkilotlari kiradi, ayrim
hollarda jismoniy tarbiya sohasidagi faoliyatga aloqador xalqaro birlashmalar, hatto alohida shaxslar ham a ’zo bo‘lishi mumkin. Sport birlashmalarining nodavlat tashkilotlar qatoriga kirishi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasidagi 1968- yil 23-maydagi 1296-qaror bilan asoslangan: “Xalqaro nodavlat tashkilot deb, davlatlararo kelishuvga asosan ta ’sislanmagan har qanday xalqaro tashkilot tan olinadi”. Xalqaro nodavlat tashkilotlarning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
— o ‘z faoliyatidan foyda chiqarish maqsadining yo‘qligi;
— juda bo‘lmaganda bir davlat tomonidan tan olinishi yoki xalqaro hukumatlararo tashkilot tarkibida maslahatchilik statusiga ega bo‘lishi;
— bittadan ko‘p davlatlardan pul mablag‘i olib turishi;
— juda bo‘lmaganda ikki davlat doirasida faoliyat ko‘rsatishi;
— ta’sislik dalolatnomasi asosida tuzilganligi.
Xalqaro tashkilotlar, umuman, sport tashkilotlari xususan, uzoq yillik xalqaro munosabatlar jarayonining rivojlanishi asosida shakllanib kelgan. Awaliga xalqaro sport munosabatlari asosan milliy sport tashkilotlarining ikki tomonlama aloqalarida ko‘proq sport musobaqalari shaklida ifodalanib kelgan. Davlatlarning sport aloqalari madaniy va ilmiy hamkorlik kelishuvlari doirasida shartnomali munosabatlar asosida amalga oshirib kelingan. Sportdagi almashuv dalolatnomalari, hukumatlararo kelishuvning bunday hollarida umumiy katta kelishuvning ajralmas qismi bo‘lib hisoblangan. Sekin-asta ikki tomonli aloqalar bir necha davlatlarning milliy sport tashkilotlarining ko‘ptomonlama bog‘lanish tavsifini ola boshladi. Xalqaro tashkilotlar tuzish ehtiyoji yuzaga kela boshladi, chunki ular xalqaro sport aloqalarini va sport musobaqalarini o‘tkazish tartibining mutonasibligini tashkiliy amalga oshirishga yanada imkon yaratardi. Yana, sportchilar, mutaxassislar orasidagi muloqot madaniyati va shakli tubdan takomillashib bordi, yangicha muloqot albatta ilgarigi alohida mavjud bo'lgan milliy sport tashkilotlariga xos bo‘lmagan, aksincha sportning ma’lum turini rivojlantirishdagi umumiy manfaatlarni ifodalovchi xalqaro sport tashkilotlarida ushbu masala dolzarbga aylandi. Xalqaro sport tashkilotlari bir necha xil nomlarda ifodalanishi mumkin, masalan: liga, federatsiya, assotsiatsiya, guruh, blok, birlashma va boshqalar. Odatda, xalqaro sport tashkilotlari (bunga sport federatsiyalari kirmaydi) xalqaro kelishuvlar (konvensiyalar, kelishuvlar, dalolatnoma va boshqalar) asosida yaratiladi. Bular kelishuv ta ’sischilarning dalolatnomasi tekstini ishlab chiqish va qabul qilish uchun, ya’ni xalqaro tashkilotning ta’sis konferensiyani o‘tkazishni taqozo etadi. Xalqaro sport tashkilotlari boshqa xalqaro tashkilot qaroriga ko‘ra oddiylashgan tartibda ham tashkil qilinishi mumkin. Umuman olganda, xalqaro sport federatsiyalarining paydo bo‘lishi XIX asrga to ‘g‘ri keladi, ayniqsa, uning keng rivojlanishi XX asr boshlariga to ‘g‘ri keladi. Masalan, Gimnastika Xalqaro
federatsiyasiga 1881-yildaasos solingan, undaYevropa Gimnastika ittifoqi tuzilgandi, faqat 1897-yilga kelib hozirgi mavjud xalqaro birlashma tashkil etildi. Navbatdagi Velosipedchilarning Xalqaro ittifoqi 1900-yilda tuzildi, 1910-yilga kelib chang'ida sirpanish sporti kongressida ushbu yo‘nalishda Xalqaro komissiya va 1924- yilda Xalqaro federatsiya ta ’sis etildi. Bunday misollarni sportning qolgan boshqa yo'nalishlari bo'yicha ko'plab keltirish mumkin. Xalqaro sport federatsiyalarining rasmiy nomlari fransuz yoki ingliz tillarida qayd etiladi, nomlarning bosh harflari federatsiyalarning qisqartirilgan nomidan tashkil topadi. Umuman olganda, ko‘pchilik xalqaro sport federatsiyalarining tizimi (strukturasi) bir-biriga o‘xshagan bo‘ladi va ma’lum darajada boshqa xil sport federatsiyalarining tizimlarini aks ettiradi (shu bilan bir qatorda, sportdan tashqari birlashmalarning ham).Odatda, ko‘pchilik xalqaro sport federatsiyalarining asosiy vakolatli organi uning umumiy majlisi hisoblanadi (kongress,assambleya va boshqalar). Odatda, xalqaro sport birlashmalarining rahbar organlari kongressda ma’lum muddatga saylanadi yoki milliy va hududiy sport tashkilotlarining vakolatxonasi prinsipida tuziladi.

Download 42,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish