Хulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Davlatimiz rahbari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda 2014 yi lmamlakatimizda “Sog’lom bola yili” deb e’lon qilinishi barcha yurtdoshlarimizga mamnuniyat ulashdi. Bunday oqilona qarorga kelinishi mustahkam asoslarga ega. Boisi, mustaqillikning dastlabki yillaridan yurtimizda “ Sog’lom ona – sog’lom bola” masalasi davlat siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylandi. Farzandlarimizning hechkimdan kam bo’lmay ta’lim-tarbiya olishlari, o’z bilim va iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Natijada bugungi yosh avlod o’zining ham jismoniy, ham intellectual salohiyatini ishga solib, nufuzli olimpiadalarda, musobaqa va tanlovlarda zafar qozonyapti, yuksak marralarni zabt etyapti.
2014 yilning “Sog’lom bola yili” deb nomlanishida kata mazmun-mohiyat, mas’uliyat borligini yurtdoshlarimiz yurakdan his qilmoqdalar.
Kuni kecha Yurtboshimiz O’zbekiston xalqiga yo’llagan Yangi yil tabrigida bu jihatga alohida to’xtalib o’tdi: “... Hammamiz yaxshi tushunamizki, faqatgina jismoniy va ma’naviy yetuk, zamonaviy bilimga, o’zfikr va qarashlarga ega bo’lgan, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan yangi avlodimizni kamol toptirish – biz ko’zlagan obod va farovon hayot barpo etishning asosiy garovi va aytish mumkinki, hal qiluvchi sharti bo’lib maydonga chiqmoqda. Ayni shu haqiqatni chuqur anglab, “Sog’lom bola yili” deb nom olgan 2014 yilda va kelgusida ham bu masala, bu vazifa ham davlatimiz, ham jamiyatimiz, barcha-barchamizning doimo e’tiborimiz markazida bo’lishi lozim”.
Dasturda har tomonlama barkamol yosh avlodni shakllantirishni ta’minlash bo’yicha qabul qilingan davlat dasturlari hamda boshqa tadbirlarga muvofiq amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni davom ettirish bilan bir qatorda ustuvor yo’nalishlar bo’yicha eng muhim vazifalarni hal etish nazarda tutilgan.
SHu o’rinda alohida qayd etish zarurki, yurtimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, voyaga yetkazish borasida ko’plab ishlar amalga oshirilyapti.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ma’ruzasida “Biz o’ziste’dodli, fidoyi bolalarimizga, farzandlarimizga bilim va kasb cho’qqilarini zabt etish uchun qanot berishimiz kerak zero, sog’lom avlodni tarbiyalash – buyukdavlatpoydevorini, farovonhayotasosiniqurishdeganidir”, - debaytgan.
O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqiligiga erishgach, mamlaktimizda alohida yordamga muhtoj bolalarga moddiy, tibbiy psixologik-pedagogik ijtimoiy yordam ko’rsatish masalalariga e’tibor kuchaydi.
O’zbekiston Respublikasining nogironlarga nisbatan olib boriladigan davlat siyosati “O’zbekiston Respublikasida nogironlarning ijtimoiy himoyalanishi to’g’risidagi” qonun 1991-yili bilan belgilandi. Bu qonun aholining mazkur guruhiga boshqa fuqorolar bilan teng asosda to’laqonli hayot kechirish, jamiyat iqtisodiy va siyosiy hayotida faol qatnashish, shuningdek, o’zining fuqorolik majburiyatlarini bajarishga yordam beradigan imkoniyat va shart-sharoitlar yaratish maqsadida huquq va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha tadbirlartizimini ko’zda tutadi.
Har bir oqil insonning va jamiyatimizning muqaddas vazifasi, aytish mumkinki, hayotimizning ma’nosi qobil farazndlar o’stirish, ularni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash, kamolini ko’rish, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli kishilar etib voyaga yetkazishdan iboratdir.
Hayotimizni hal etuvchi muhim masalalar qatorida ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o’zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko’tarish, barkamol avlod kelajagiga ham daxldor qonun loyixalari mavjud.
O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi ravnaq topib, barcha sohalarda yuksak ishlar amalga oshirilib kelinayotgan shukunlarda maorif sohasida ham ta’limn iisloh qilish borasida samarali natijalarga erishilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’limto’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash” milliy dasturi talablar iasosida yoshlarni komil inson, barkamol shaxs qilib tayyorlash, uzluksiz ta’lim tizimining hamma bosqichlarida yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish pedagogik muammo sifatida o’rganilmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash” milliy dasturiga mos ravishda yaratildi. Yangi ishlangan davlat talablari aniq yoshdagi bolaning rivojlanishi va yutuqlarini baholash darajasi mezonlarini, indikatorlarini aniqlab beradi.
Mazkur hujjatlarning o’ziga xosligi-birinchi navbatda oilalarga farzandlarini to’laqonli tarbiyalashlarida, bolaga ta’lim berish va rivojlantirishlarida, maktabga tayyorlashda yordam berishga yo’naltirilgan bo’lib, bu bilan ota-onalarning oiladagi tarbiyaga javobgarligini oshirishga qaratilganligi bilan ajralib turadi.
Ushbu hujjatlar yordamida uzluksiz ta’limning birinchi bosqichi bo’lgan ta’limni baholash imkoniyati paydo bo’ladi, natijada butun ta’lim tizimining yaxlitligi va uzluksizligi, uning mazmunan yangilanishi ta’minlanadi.
“Maktabgacha yoshdagi bolala rrivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari” bola shaxsi rivojlanishining to’rtta turi asos qilib olingan: jismoniy, ijtimoiy-hissiy, nutq hamda o’qish va yozishga tayyorlashdan iborat bo’lib, uyg’unlikda bola rivojlanishining yaxlitligini tashkil etadi.
Mamlakatimiz mustaqillikni qo’lga kiritgan qisqa davrning har bir yilini sarhisob qilsak, Hukumatimiz tomonidan inson manfaatlarini ko’zlash va himoyalash barobarida, jamiyatimizning ajralmas qismi bo’lgan alohida yordamga muhtoj qatlamiga jiddiy e’tibor qaratib kelinayotganini kuzatamiz. BMTning bolalar muommolari bilan shug’ullanuvchi Xalqaro YuNISEF tashkilotining har yili hamdo’stlik mamlakatlari bo’yicha olib boradigan ijtimoiy monitoring natijalarida ham O’zbekiston inson hayotini himoyalashda, ayniqsa, onalik va bolalikni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining alohida yordamga muhtoj bo’lgan qatlamini muhofazalashda o’ziga xos yutuqlarga erishayotgan davlatlardan biri ekanligi ko’rsatildi.
Bolalar o’sib rivojlangan sari nutqi ham rivojlanib boradi. Bolalarni nutqi maromida bo’lishi uchun bosh miya po’stlog’idagi nutq markazi va markaziy nerv sistemasi to’liq rivojlangan bo’lishi va ularning sezgi organlari – eshitish, ko’rish, ta’m bilish, hid bilish.Teri sezgisi ham yetarli darajada rivojlangan bo’lishi kerak. Va eng muhimi oilada bola tarbiyalash to’g’ri tashkil etilishi shart. Ruhiy va sotsial sabablar dislaliyaning yuzaga kelishi uchun turtki bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Ayniqsa, nutqni harakatga keltiruvchi analizatorning rivojlanishi juda muhimdir. Dislaliyani 2ta shakli bolib, birinchisi,mexanik dislaliya periferik nutq apparatining(til,jag’, tanglay, tish) organic buzilish natijasidir. Ikkinchisi funksional dislalaiyada periferik nutq apparatining artikulatsion qismida hech qanday organic buzilishlar, kamchiliklar kuzatilmaydi.
U yoki budarajadagi nutq buzilishlari bola shaxsini, bilish faoliyatining shakllanishiga salbiy ta’si retishi mumkin. Nutq nuqsoniga ega bolalarni, o’rganish jarayoni shunarsani ko’rsatdiki, nutq va tafakkur bir biriga bog’liq bo’lsa, biz o’rganayotgan mavzu “Dislaliyaning namoyon bo’lishi va uning turlari” o’rtasida hamchambarchas bog’liqdir. Bolaning nutqni o’zlashtirishi uning hatti harakatlarini anglash, rejalashtirish va tartibga solishga imkon beradi.
Dislaliyaning kelib chiqish shakllari mavjud bular yuqorida aytib o’tilganidek mexanik va funksionaldir. Mexanik(organik) dislaliya periferik ntq apparatining (til, jag’, tanglay, tish) organic buzilish natijasidir. Funksional dislaliyada periferik nitq apparatining artikulatsion qismida hech qanday organik buzilishlar, kamchiliklar kuzatilmaydi, funksional dislaliyaning eng keng tarqalgan sabablaridan biri oiladan nutqini notogri shakllantirishdir.
Dislaliya muammosining nutq buzilishlari haqidagi ta’limotning rivojlanishi tarixida eng qadimiylaridan biri deb hisoblash mumkin. Uning mohiyatini turlicha talqin qilish, fanning rivojlanishi va mualliflarning bunday nutq buzilishlariga qanday nuqtai nazardan yondashganliklari va yondashayotganligi darajasi bilan bog’liqdir.
Dislaliyani bartaraf etish bo’yicha butun dunyoda ko’pgina olimlar tomonidan ishlar olib borilgan. Noto’g’ri talaffuz nutq kamchiligi haqidagi birinchi ma’lumotlar qadimgi grek olimlari Plutarx, Gippokrat, Kladiya, Galen va boshqalarning ishlarida bayon qilingan. Italiyan proffessori Merkuralis(1588), nemis fiziologi Alberxt Fon Gallerning ishlarida ko’rildi. 1878 yilda Koen, 1879 yilda A.Kusmaulning “ расстройства речи” kitobi bosib chiqildi.V.A.Bogoroditsskiy(1909), L.V.Herbn(1912), D.P.Yenko(1913), Boduen(1971), A.A.Shaxmatov(1915), L.V.Varshavskiy, I.M.Litvak(1935), N.I.Jinkin(1958) va boshqala rtomonidan olib borildi. Bolalarda dislalaiyani bartaraf etish bo’yicha O’zbekistonda o’zbek tili xususiyatlarini inobatga olgan holda ilmiy tadqiqot ishlarini L.R.Mo’minova, M.Y.Ayupovna olib borishgan. Hozirgi vaqtgacha maxsus nutq maktabga tayyorlash muassasalarida va umumta’lim maktabga tayyorlash muassasalarida maktabgacha yoshdagi dislalik bolalar soni ko’payib bormoqda. Bu esa maktabgacha yoshdagi dislalaik bolalar guruhlarida til xususiyatlarini hisobga olgan holda o’qitish dasturlari, metodik adabiyotlar, metodik ishlanmalar va tavsiyalarni bo’lishini talab etadi, bu esa bizning mavzuimizni dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |