Mundarija Kirish I bob


Dislaliyani bartaraf etishdagi korreksion-logopedik ishning yo’nalishlari va bosqichlari



Download 1,93 Mb.
bet7/9
Sana23.01.2022
Hajmi1,93 Mb.
#402335
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar va ularning bartaraf etish metodlari

1.4.Dislaliyani bartaraf etishdagi korreksion-logopedik ishning yo’nalishlari va bosqichlari.

Sigmatizm va uni bartaraf etish

S, Z tovushlari.Bu tovushlar sirg'aluvchi tovushlar gruppasiga kiradi.Ularning talaffuzidagi kamchiliklarni to'g'rilash, yuqorida qayd etilganidek, bolada bu tovushlarni eshitib, ularni bir-biridan farqlash malakalarini rivojlantirishdan boshlanadi.So'ngra artikulatsion mashqlar o'tkaziladi. Keyin esa shu tovushlarning to'g'ri artikulatsiyasi o'rgatiladi. S tovushining talaffuzida artikulatsion apparat quyidagi holatda bo'ladi (Ilova 11-rasm):

— talaffuz vaqtida lablar iljaygansimon ochiq;

— pastki va ustki tishlar esa bir-biriga tegar-tegmas darajada yaqin holatda bo'ladi;

— tilning uchi yoyilib, yuqori milkka tegar-tegmas holatda bo'ladi, ya'ni tilning sathi bilan qattiq tanglay orasidagi masofa torayib boradi, yumshoq tanglay esa biroz ko'tariladi.

Havo oqimi til va yuqori milkdan sirg'alib chiqadi. Z tovushining talaffuzi s tovushi artikulatsion holatiga o'xshashdir, faqat unga ovoz qo'shiladi.

Sh va J tovushlari

Sh — shovqinli, sirg'aluvchi til oldi tovush (Ilova 12-rasm). Bu tovushni lalaffuz etayotganda lablar biroz cho'chchayadi, yuqori va pastki tishlar hir-biriga yaqinlashadi, til uchi muallaq holatda bo'lib, salgina qisqaradi va yozilib tepa tishlarga tomon ko'tariladi. Pastki jag' esa jipslashadi. Til uchi va tishlar oralig'idan sirg'alib chiqqan havo to'lqini sh tovushini vujudga keltiradi.

J — tovushini talaffuz etayotganda pastki tishlar qatori biroz pastga lushiriladi, til uchi tanglay tomon ko'tariladi, ovoz paychalari esa iipslashgan holatda bo'lib yengil titraydi.

Ch tovushi

Ch tovushi talaffuz etilayotganda lablar biroz cho'chchayadi, tilning oldingi qismi milkka tegadi, og'iz bo'shlig'iga kelgan havo sirg'alib chiqib ketadi. To'la bo'lmagan ana shu portlash va havoning sirg'alib chiqishi natijasida qorishiq t+sh+ch, d+j+ch undoshlari hosil bo'ladi. Ovoz paychalari jipslashib, havo oqimi kuchli bo'ladi (Ilova 13-rasm).

Sigmatizm turlari

Sirg'aluvchi va shovqinli tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar sigmatizm, sirg'aluvchi tovushlami shovqinli yoki boshqa tovushlarga almashtirilishi parasigmatizm deb yuritiladi.

Sigmatizmning quyidagi turlari mavjud:

1. Tish aro sigmatizm. Bunda sirg'aluvchi va shovqinli tovushlarini talaffuz etishda tilning uchi yuqori va pastki tishlaming orasida bo'ladi.

2. Lab-tish sigmatizmi. Sirg'aluvchi va shovqinli tovushlar f va v tovushlariga o'xshab talaffuz qilinadi. Bunda nutq a'zolari quyidagi holatda bo'ladi: pastki lab yuqori tishlarga tomon ko'tarilib, havo oqimi yo'lini toraytiradi, tilning uchi esa yoyilib, yuqori milkka tegar-tegmas holatga keladi. Bunday artikulatsion holatda /va s, v va z tovush elementlariga ega bo'lgan tovush hosil bo'lib, natijada noaniq, tushunarsiz, quloqqa yoqimsiz tovush talaffuz etiladi.

3. Til oldi sigmatizmi. Sirg'aluvchi tovushlar quyidagi holatda talaffuz etiladi. Tilning uchi yuqori va pastki tishlarga taqalib turadi va havo oqimining tishlar orasidan o'tishiga to'sqinlik qiladi, natijada s, z tovushlari o'rniga t, d tovushlari eshitiladi. Masalan, soat — toat, zina — dina. Bu nuqsonni parasigmatizm deb atasa ham bo'ladi, chunki bunda bir tovush ikkinchi tovush bilan almashinadi.

4. Shovqinli sigmatizm. Bunda tilning uchi tishlarga tegib turmasdan og'iz ichiga tortiladi, tilning orqa qismi esa ko'tariladi, natijada portlash o'rniga yumshoq sh, j tovushi eshitiladi. Masalan: soat — shoat, zanjir — janjir.

5. Yon sigmatizm. Sirg'aluvchi yoki shovqinli tovushlar ikki xil ohangda talaffuz etiladi: tilning uchi alveolalarga taqalib turadi, tilning qolgan qismi esa qirra bo'lib, og'iz bo'shlig'ida yotadi va bir tomoni bilan orqa jag' tishlari tomon ko'tariladi, havo oqimi tilning yonidan o'tadi, natijada yoqimsiz tovush paydo bo'lib, havo oqimi yon tomondan chiqadi. Bu 1 tovushi talaffuziga o'xshaydi.Yon sigmatizm bir tomonli yoki ikki tomonli bo'lishi mumkin.

6. Burun sigmatizmi. Nutqning bunday nuqsonida sirg'aluvchi va shovqinli tovushlar talaffuzi paytida tilning orqa qismi yumshoq tanglay pastga tushishi natijasida havo oqimi burun orqali chiqadi va x tovushiga o'xshash, beo'xshov tovush paydo bo'ladi.

Turli xil sigmatizmlarni bartaraf qilish

Sigmatizmlarni bartaraf etish uchun kamchilik xarakteriga qarab, turli metodlarni qo'llash mumkin.

1. Tish aro sigmatizmini bartaraf etishda logoped bolaga yuqori va pastki tishlarni bir-biriga yaqinlashtirib, tilning uchini pastki tishlar orqasiga qo'yib s tovushini talaffuz etishni buyuradi va s tovushi aniq eshitilmasa unga yordam beradi. Bunda logoped zond yoki gugurt cho'pi bilan tilning uchini pastki tishlar orqasiga bosib turib, s tovushini ayttirib ko'radi.Shunda s tovushi aniq hosil bo'ladi.Keyinchalik s tovushi unli tovushlarga qo'shib talaffuz etiladi.

S tovushi aniq, to'g'ri hosil bo'lgandan so'ng z tovushini talaffuz etishga o'tiladi. Bunda s tovushiga ovoz qo'shib talaffuz etilsa, z tovushi hosil bo'ladi.

2. Lab va tish sigmatizmini bartaraf etishda logoped bolaga (s tovushining talaffuzida) lablarni yuqori va pastki tomonga (bunda milklar ko'rinishi kerak) yo'naltirishni taklif etadi. Agar bola bu vazifani bajara olmasa, logoped yordam beradi. Buning uchun u bolaning pastki labini barmog'i bilan pastga tortadi va iljayishni buyurib turib, s tovushini talaffuz i|ikliradi. So'ngra hosil qilingan s tovushi ochiq va yopiq bo'g'inlarda inustahkamlanadi. Keyinchalik esa bu tovush mexanik suratda talaffuz d iladigan bo'ladi.

3. Til oldi sigmatizmini bartaraf qilishda logoped ikki usuldan loydalanishi mumkin:

a) havo oqimini yuqori va pastki tishlar orasidan chiqarish; bunda logopedik maxsus zond yoki gugurt cho'pi yordamida tilning uchini pastki tishning orqasida yengilgina bosib turiladi va havo chiqariladi;

b) tilning uchini keng yoyib yuqori va pastki tishlar orasiga olish va havo oqimini chiqarish. Bunda havo oqimi tilning uchiga tegib s tovushiga o'xshash "shovqinli" tovush hosil bo'ladi. So'ngra logoped maxsus zond bilan tilning uchini yengilgina bosib, pastki tishning orqasiga o'tkazadi va bolaga havo oqimini chiqarishni buyuradi, shunda s tovushi aniq hosil bo'ladi. Tovush hosil qilingach, u awal bo'g'inlarda, so'ng so'zlarda, she'rlarda mustahkamlanadi.

4. Shovqinli sigmatizmni bartaraf etish uchun yuqorida ko'rsatib o'tilgan til oldi sigmatizmini bartaraf etishning "b" punktidagi usuldan foydalanish mumkin.

5. Yon sigmatizmni bartaraf etish uchun esa bir necha usullar tavsiya etiladi:

a) logoped oyna oldida taqlid qilish usuli bilan bolaga to'g'ri tovush talaffuzini o'rgatadi. Bunda asosan taqlid qilish usulidan foydalaniladi;

b) logoped mexanik usulda foydalangan holda to'g'ri tovush talaffuzini hosil qiladi. Buning uchun logoped maxsus zond yoki gugurt cho'pi yordamida tilning oldingi qismini pastga bosib turib, havo oqimini chiqarishni buyuradi, shunda s tovushi hosil bo'ladi;

d) tovushning to'g'ri artikulatsiyasini hosil qilish uchun tish aro sigmatizm hosil qilinadi. Buning uchun havo oqimini til o'rtasidagi ariqchadan chiqarishga urinib ko'riladi, shunda 5 tovushiga o'xshash tovush hosil bo'ladi.So'ng til uchi pastki tishlar orqasiga tushiriladi, shunda aniq s tovushi hosil bo'ladi.Hosil qilingan tovush nutqda mustahkamlangach, so'ng bo'g'inlarda, so'zlarda, she'rlarda mustahkamlanadi.

6. Burun sigmatizmini bartaraf qilishda havo oqimi og'iz bo'shlig'idan o'tkaziladi. Buning uchun turli o'yin mashqlaridan foydalaniladi.Masalan, burundan nafas olib, og'izdan chiqarish; og'iz bilan nafas olib, nafas chiqarishda yonib turgan shamni puflab o'chirish, paxta bo'lakchalariga qarab puflash, qog'oz parchalariga puflash, qog'oz parchalariga puflash.Havo oqimini og'iz bo'shlig'idan chiqarishga erishilgandan so'ng yuqorida qayd etilgan usullar yordamida s tovushi hosil qilinadi.

Shovqinli tovushlarning hosil qilinishi

Sirg'aluvchi tovushlarda bo'lgan kamchiliklar shovqinli {sh, j, ch) tovushlarda ham uchraydi.Bundan tashqari, shovqinli tovushlar sirg'aluvchi tovushlar bilan almashtiriladi.Masalan, sh tovushi s tovushi bilan, / tovushi z tovushi bilan almashtirilishi mumkin.Bunday almashtirish sirg'aluvchi sigmatizm deb nomlanadi.Shovqinli tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar quyidagi usullar yordamida bartaraf etiladi.

Sh tovushini hosil qilish uchun taqlid usulidan foydalanish mumkin. Bu usul natija bermasa, mexanik usuldan foydalaniladi.Bunda bolaga s tovushini ayttirib, shu vaqtning o'zida maxsus zond yordamida til biroz yuqoriga ko'tarilib, orqaga biroz itariladi.Shu vaqtda s tovushi o'rniga sh tovushi, z tovushi o'rniga / tovushi hosil bo'ladi.Logoped sekin-asta bolaga tilni shu holda ushlab turishga o'rgatadi. Keyinchalik logoped aniq hosil qilingan sh va j tovushlarini bo'g'inlarda, so'zlarda, jumlalarda mustahkamlaydi. Bulardan tashqari sh, / va sirg'aluvchi s, z tovushlarini bir-biridan farqlash uchun og'zaki va yozma mashqlar olib boradi.

J tovushi talaffuzi /" tovushi talaffuzidan farq qiladi. Shuning uchun / tovushi talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish o'ziga xos xususiyatlardan iborat bo'lib, quyidagi usul yordamida bartaraf etiladi. Logoped bolaga ch tovushni aniq talaffuz etishni taklif etadi va ch tovushini talaffuz etish vaqtida ovoz qo'shib talaffuz etish buyuriladi, bunda ch tovushi o'rniga / tovushi hosil bo'ladi. Hosil qilingan / tovushi awal bo'g'inlarda, so'ng so'zlarda, gaplarda, she'rlarda mustahkamlanadi.

Qorishiq ch tovushini hosil qilish uchun logoped bolaga j tovushini talaffuz etishni taklif qiladi. Bola j-j-j tovushlarini bir necha marta talaffuz etish vaqtida logoped maxsus zond yordamida til uchini orqaga biroz itaradi, shunda j tovushi o'rniga qorishiq ch tovushi hosil bo'ladi. Ch tovushini bola mustaqil talaffuz qilgach, ch tovushi awal yopiq bo'g'inlarda (ach-och-uch-ich-uch), so'ng ochiq bo'qinlarda (cha-cho-chu-chi) mustahkamlanadi.

Ch tovushi bo'g'inlarda mustahkamlangach, uni so'zlarda, jumlalarda, she'r va hikoyalarda mustahkamlash tavsiya etiladi. Bulardan tashqari s va s, s va sh tovushlarini bir-biridan farqlash bo'yicha og'zaki va yozma mashqlar o'tkaziladi.

Sirg'aluvchi va shovqinli tovushlami bir-biridan farqlash bo'yicha olib boriladigan ishlartaxminan quyidagi izchillikda olib borilishi tavsiya etiladi: s-z, sh-j, s-sh, z-j, s-ch.

Rotatsizm va uni tuzatish

R tovushini nutqda qo'llay olmaslik yoki noto'g'ri talaffuz etilishi rotatsizm, r tovushini nutqda boshqa tovushlarga almashtirilishi parorotatsizm deb ataladi.

R tovushining artikulatsiyasi quyidagichadir (Ilova 14-rasm). Lab undosh tovushdan so'ng keladigan unli tovushlar holatini oladi, til uchi alveolalar tomon ko'tariladi, buning natijasida biroz chuqurcha paydo bo'ladi, shu chuqurchadan chiqqan havo oqimi til uchini titratib o'tadi va titroq tovush hosil bo'ladi. Ovoz paychalari jipslashib l itraydi va chiqayotgan havo oqimi kuchli bo'ladi.

Rotatsizmning quyidagi turlari mavjud:

1. Velyar rotatsizm (grekcha velum — yumshoq tanglayning pastki chetiga yaqinlashadi va u yerda oraliq (tirqish) hosil bo'ladi. Shu oraliqdan o'tayotgan havo oqimi yumshoq tanglayda tartibsiz titrash (vibratsiya) hosil qiladi.Natijada ovozga qo'shilib shovqin chiqadi.

2. Uvilyar rotatsizm (grekcha uvula — tilcha), bunda til uchi tebranishi o'rniga, faqat tilcha tebranadi.

3. Kucherskiy rotatsizmi — bunda til uchi tebranmay, lablar jipslashib tebranadi.

4. Yon rotatsizm, bunda til uchi tebranishi o'rniga, tilning yon tomoni tebranadi, natijada noaniq r tovushi hosil bo'ladi.

Amaliyotda pararotatsizmni quyidagi turlari uchraydi, ya'ni r tovushi quyidagicha tovushlar bilan almashtiriladi r 1; r y(j); r ya.

Rotatsizmga anatomik kamchiliklardan til tagidagi yuganchaning kaltaligi; tor vabaland tanglay, haddan tashqari ingichka til sabab bo'lishi mumkin.

Rotatsizmni tuzatish. R tovushining to'g'ri artikulatsiyasini hosil qilish uchun ko'pchilik hollarda tayyorlov mashqlaridan foydalaniladi. Ularni biz shartli ravishda ikki turga ajratishimiz mumkin. Birinchi tur mashqlar tilni kerakli to'g'ri holda ushlab turishga, kerakli holatlaiga keltirishga qaratilgan bo'lsa, ikkinchi tur mashqlar tilda tebranish hosil qilishga qaratilgandir.

R tovushini hosil qilishda bir nechta usullardan foydalanish mumkin.

1- usul. Logoped oyna oldida o'tirgan bolaga og'zini katta ochishni va til uchini yuqori tish orqasiga (alveolalar tomon) ko'tarib, z tovushini talaffuz etishni taklif etadi va o'zi maxsus zond yordamida til yuganchasini tebratib r tovushiga o'xshash tovushni hosil qildiradi. So'ngra mexanik vositalar yordamida vujudga kelgan r tovushi ochiq, yopiq bo'g'inlarda, so'zlarda, jumlalarda, she'r va topshiriqlarda mustahkamlanadi.

2- usul. Logoped r tovushini hosil qilish uchun bolaga yuqoridagi usulni qo'llagan holda /' tovushini ayttiradi va bunda ham mexanik vositalardan foydalanadi (ilova 14-rasm).

3- usul. Logopedbolaga bir nafas chiqarib d tovushini baland ovozda aytishni taklif etadi.Talaffuz vaqtida bolaning o'zi tilining uchini tepa alveolalaiga urilib turishini oyna orqali kuzatib turishi lozim.Til uchining urilish sur'ati tezlashadi.Va til uchining tebranish holati har xil dddd. vaznda bo'ladi. Har xil vaznda chiqqan tovush ochiq va yopiq bo'g'inlarni talaffuz ettirish yordamida mashq qildiriladi: 

Didda adddd adddd Dddd dddd oddddo Ddddu udddd uddddu Ddddo' o'dddd o'ddddo'

Til uchining tebranishi natijasida r tovushi hosil bo'lgach, u bo'g'in, so'zlarni, she'rlami ayttirish bilan mustahkamlanadi.

ambdatsizm va uni tuzatish

Talaffuz vaqtida / tovushi hosil bo'lmasa, bu holat lambdatsizm deb ataladi.

Talaffuz va / tovushi boshqa tovushlar bilan almashtirilsa, bunday holat paralambdatsizm deyiladi. L tovushi talaffuz etilganda artikulatsion a'zolar quyidagi holatda bo'ladi:

— lablar undosh tovushdan so'ng keladigan unli tovush holatini oladi (Ilova 18-rasm); lablar undosh tovushdan so'ng keladigan unli tovush holatini oladi;

— til uchi yuqoriga ko'tarilib alveolalarga qattiq tegadi va biroz zarb bilan pastga tushadi;

— tilning o'rta qismi yoy shakliga kiradi;

— tilning orqa qismi biroz yuqoriga ko'tariladi;

— yumshoq tanglay yuqoriga ko'tarilgani uchun havo oqimi burunga o'ta olmaydi;

— ovoz paychalari jipslashgan holatda bo'ladi. L tovushi quyidagi tovushlarga almashtiriladi: 1 r; 1 v; 1 u; 1 y. L tovushini hosil qilish uchun bir nechta usullardan foydalanish

mumkin.

1- usul. Logoped bola bilan birga oyna oldiga o'tirib, unga tilini yassi holatda yuqori va pastki tishlar orasiga olishni va til uchini yengilgina tishlagan holda ovoz chiqarishni taklif etadi. Shunda / tovushiga o'xshash tovush hosil bo'ladi.Bunday mashq aniq tovush hosil bo'lmaguncha takrorlanadi. L tovushi aniq talaffuz etilgandan so'ng tilni yuqori tish alveolalari tomon ko'tarib / tovushi to'g'ri artikulatsiya holatida talaffuz etishga o'rgatiladi. So'ng / tovushi ochiq, yopiq bo'g'inlarda, so'zlarda, jumlalarda, she'rlarda mustahkamlanadi (Ilova 19-rasm).

2- usul. Bunda logoped bolaga tilni yanada yassi holatga keltirib, tishlar orasiga olishi va til uchini yengilgina tishlab, i tovushini talaffuz etishni taklif etadi. Shunda L tovushi hosil bo'ladi. L tovushi shu usulda

mustaqil hosil bo'lganidan keyin logoped bolaga tilni yuqoriga, tishlar orasiga olib 1 tovushini talaffuz etishni taklif etadi. L tovushi nutqda aniq hosil bo'lgach, u ochiq, yopiq bo'g'inlarda, so'zlarda, jumlalarda, she'rlarda mustahkamlanadi.

3-usul. Logoped bolaga a tovushini talaffuz qilishni va shu zahotiyoq tilning uchini keng yoyib yengilgina tishlashni taklif etadi. Bunda I tovushi aniq hosil bo'ladi. Shundan so'ng / tovushini to'g'ri artikulatsiyada talaffuz etish o'rgatiladi. L tovushi nutqda aniq va to'g'ri hosil bo'lgach, u bo'g'inlarda, so'zlarda, jumlalarda, she'rlarda mustahkamlanadi.

Til orqa va chnqur til orqa tovushlari (k, g, x, q, g') dagi kamchiliklarni tuzatish

Talaffuz vaqtida k, q tovushlari hosil bo'lmasa kappatizm, g, g' - gammatsizm, x, h — xitizm deb ataladi. Ushbu tovushlar nutqda boshqa tovushlarga almashtirilsa parrakappatsizm, paragammatsizm, paraxitizm

deb ataladi.

Til orqa va chuqur til orqa tovushlari talaffuz qilinganda artikulatsion a'zolar holati quyidagi holatda bo'ladi (Ilova 15-rasm).

K- G tovushi talaffuz qilinganda tilning orqa qismi yumshoq tanglay tomon yoysimon shaklida ko'tarilib, pastki tishlarga tegib turadi. Qattiq tanglay bilan tilning o'rta qismi orasidagi masofa torayadi. Shu masofadan siqilib, kuch bilan yorib chiqqan havo к va g undosh tovushini hosil qiladi.

X tovushi talaffuzi vaqtida lablar va tishlar oralig'i o'rta va orqa qismi yoysimon shaklda yuqori tomon ko'tariladi va tanglayga tegib turadi. Qattiq tanglay bilan tilning oxirgi qismi o'rtasida ma'lum oraliq hosil bo'ladi.Yumshoq tanglay esa biroz ko'tariladi. Tilning orqa qismi va yumshoq tanglay oralig'idan sirg'alib o'tgan havo to'lqini yumshoq tanglayni titratib shovqin hosil qiladi.

H tovushi talaffuzi vaqtida artikulatsiya organlari awalgi tovushdek bo'lib, butun nutq a'zolari erkin holatda bo'ladi.Chiqayotgan havo oqimi hech qanday to'siqqa uchramay, h undosh tovushini hosil qiladi.

Q tovushi talaffuzi vaqtida tishlar oralig'i bir barmoq kengligida ochiq bo'lib, lablar erkin holatda turadi.Tilning chekkaqismi yuqori tishlar qatoriga tegib turadi. Tilning orqa qismi va o'zagi yoysimon shaklda egilib, yumshoq tanglayga tegib turadi. Bunda til o'zak tomon tortilib, til bilan qattiq tanglay orasidagi masofa torayadi.Havo oqimi toraygan masofani yorib, shovqinli q tovushini hosil qiladi.

G' tovushining talaffuzi paytida tishlar oralig'i q tovushi talaffuzi vaqtidagidan kengroq ochilib, til uchi pastki tishlar qatoriga tegib turadi.Lablar q tovushidagidek ikki yonga tomon biroz tortiladi.Qattiq tanglay bilan til yuzasi oralig'idagi masofa bir tekisda bo'lmaydi. Chiqayotgan havo oqimi til orqa qismi va yumshoq tanglay orasidan sirg'alib chiqib, ko'tarilgan yumshoq tanglayni tebratadi.

Kappatsizmni tuzatish.К tovushini hosil qilishda bolaga ta-ta-ta bo'g'inini aytish taklif etiladi, shu vaqtning o'zida maxsus zond yordamida tilning uchi bosilib, orqaga biroz itariladi.Bunda til orqa tomon surilgan sari ka-ka-ka bo'g'ini eshitiladi. К tovushi artikulatsiyasi aniq hosil bo'lgandan so'ng mexanik vositalar yordamisiz к tovushini talaffuz etish tavsiya qilinadi va u bo'g'in, so'z, gaplar, she'rlarni ayttirish yordamida mustahkamlanib boriladi.

Q tovushini hosil qilishda asosan taqlid qilish usulidan foydalanish tavsiya etiladi.Buning uchun bola qarg'aning qag'illashiga (qa-qa-qa), tomoqning qattiq qirishga taqlid qilishi lozim.Bu jarayonni logoped awal bolaga ko'rsatib beradi, so'ng bola iogopedga taqlid qilib, uni qaytaradi.Bu usul orqali hosil qilingan q tovushi awal bo'g'inlarda, so'ng so'zlarda, gaplarda, she'rlarda mustahkamlanadi.

Parakappatsizmda k, q tovushlari / va x tovushlariga almashtirilishi nazarda tutilib, yuqorida bayon etilganlardan tashqari k, q va t, k, qvax tovushlarini bir-biridan farqlash bo'yicha og'zaki va yozma mashqlar o'tkaziladi.

Xitizmni tuzatish.Xtovushini hosil qilishda bolaga sa-sa-sa bo'g'inini aytish taklif etiladi, shu vaqtning o'zida maxsus zond yordamida tilning uchi bosilib, orqaga biroz itariladi.Bunda awalo sya, so'ngra til biroz ichkariroq itarilganda, xa bo'g'ini eshitiladi. Xtovushining artikulatsiyasi aniq hosil bo'lgandan so'ng mexanik vositalar yordamisiz x tovushini talaffuz etish tavsiya qilinadi va u bo'g'in, so'z, gaplarda va she'rlarda mustahkamlanadi.

Paraxitizmda x tovushi t va к tovushlariga almashtirilishi nazarda utilib, yuqorida bayon etilganlardan tashqari x va x va к tovushlarini bir-biridan farqlash bo'yicha og'zaki va yozma mashqlar o'tkaziladi.

Gammatsizmni tuzatish.G tovushini hosil qilishda bolaga da-da-da bo'g'inini aytish taklif etiladi, shu vaqtning o'zida maxsus zond yordamida tilning uchi bosilib, orqaga biroz itariladi. G tovushi artikulatsiyasi aniq hosil bo'lgandan so'ng mexanik vositalar yordamisiz g tovushini talaffuz etish tavsiya qilinadi va u bo'g'inlarda, so'zlarda, gaplarda, she'rlarda mustahkamlanadi.

G" tovushini hosil qilishda awal taqlid qilish usulidan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda bola "tomoq chayish", "mashinaning g'irillashi" (g'-g'-g') va g'ozlarning "g'ag'illashiga" taqlid qiladi. Bu jarayon awal logoped tomonidan ko'rsatilib beriladi, so'ng bola Iogopedga taqlid qilib,

uni qaytaradi. Agarda taqlid qilish usuli orqali g' tovushi hosil bo'lmasa, unda g' tovushi quyidagi usul bilan hosil qilish tavsiya etiladi. Logoped boladan x tovushini aniq talaffuz etishni so'raydi (x tovushi bola nutqida bo'lsa) va x tovushini talaffuz qilish vaqtida ovoz qo'shib talaffuz qilish buyuriladi, bunda x tovushi o'rniga g' tovushi hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan g' tovushi bo'g'inlarda, so'zlarda, gaplarda va she'rlarda mustahkamlanadi.

Paragammatsizmda g tovushi d va t tovushlariga, g' tovushi q tovushlariga almashtirilishini nazarda tutib, yuqorida bayon etilganlardan tashqari g va d, g va t, g' va q tovushlarini bir-biridan farqlash bo'yicha og'zaki va yozma mashqlar o'tkaziladi.


Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish