1. Boshqaruvchi faoliyatida psixologik motivlar. Motivlarning turlari



Download 311,64 Kb.
bet1/11
Sana13.06.2022
Hajmi311,64 Kb.
#661279
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
boshqaruv psix 4


4-MAVZU: BOSHQARUVCHINING FAOLIYAT MOTIVLARI VA RAHBAR SHAXSI TIPOLOGIYASI.
Reja:
1.Boshqaruvchi faoliyatida psixologik motivlar.
2.Motivlarning turlari.
3.Personalini boshqarishning ijtimoiy-psixologik jihatlari.
4.Xodimlarni tashkilot maqsadi sari etaklash.


1.Boshqaruvchi faoliyatida psixologik motivlar.
Tayanch so’z va iboralar: shaxs, individualizm, kollektivizm, individ, individuallik, idrok,moslashuv,tarbiya, ob’ektivlik,konsepsiya, fikr, faoliyat, konikma, ijtimoiylashuv, o’yin, muloqot, psixologik obraz, hamkorlik. motiv, motivatsiya, affiliatsiya, ehtiyoj, assimilyasiya, akkamodatsiya, kasbiy qobiliyat.
Shaxs va uning faolligijamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o‘zini-o‘zi anglab, har bir harakatini muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos bo‘lgan eng muhim va umumiy xususiyat - bu uning faolligidir. Faollik (lotincha«actus» - harakat, «activus» - faol so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha hatti-harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir.
Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi:Tashqi faollik va ichki faollik (jismoniy va aqliy).
Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yunaltirilganiga qarabfarqlanadi masalan, aqliy harakatlar.
Aqliy harakatlar- shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir.
-perseptiv– ya’ni, bo‘lar shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va hodisalar to‘g‘risida yaxlit obraz shakllanadi;
-mnemik faoliyat, narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab kolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog‘liq murakkab faoliyat turi;
-fikrlash faoliyati- aql, faxm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni echishga qaratilgan faoliyat;
-imajitiv -(«image» -obraz so‘zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni taqozo etadi.
Tashqi, real harakatdan ichki, timsoliy harakatga o’tish jarayonini interiorizatsiya deb ataladi.
Kishi faoliyatining tashqi (jismoniy) va ichki (psixik) jihatlari chambarchas bog’liqdir.
Ichki, psixik faoliyatni tashqi jismoniy harakatga o’tish jarayoniga psixik faoliyatning eksteriorizatsiyalashuvi deb ataladi.
Kishida faoliyatning har xil turini paydo bo’lishi va rivojlanishi murakkab va uzoq davom etgan jarayondir. Odamda 3 ta asosiy faoliyat turini ajratish mumkin: o’yin, ta’lim va mehnat. Ular oxirgi natijasi bilan, tashkil etilishi bilan, motivatsiyaning xususiyatlari bilan farqlanadilar. Bolaning faolligi faqat asta – sekinlik bilan, rivojlanish jarayonida, tarbiya va ta’lim ostidagina ongli ravishda maqsadga yo’naltirilgan faoliyat shaklini kasb etadi.
O’yin shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma – xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o’zlashtiriladi. Bola toki o’ynamaguncha kattalar, xatti – harakatlarining ma’no mohiyatini anglab etolmaydilar.
O’qishfaoliyat ham shaxs kamolotida muhim rol o’ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu shunday faolliki, uning jarayonida bilimlar, malaka va ko’nikmalar o’zlashtiriladi.
Mehnat eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo’lib, uning maqsadi, albatta, biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shishdir.
Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi boshqaruv jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
Faoliyat termini faqatgina insonlarga nisbatan qo’llaniladi. Chunki faoliyat kishining anglanilgan maqsad bilan boshqarib turiladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) faolligidir.
«Motivatsiya» tushunchasi “motiv” tushunchasidan kengroq ma’noga va mazmunga ega.
«Motivatsiya - inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi, ya’ni: «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «qanday manfaat yo‘lida?» degan savollarga javob qidirish - motivatsiyani qidirish demakdir.
Shu nuqtai nazardan motiv - konkretroq tushuncha bo’lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi.

Download 311,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish