Tibbiy yordam: Bola chaqaloqlik davridan boshlab umr bo`yi psixonevrolog shifokor nazoratida davolanadi.
Siam egizaklari. Egiz homilalar tanasi ona bachadonida bir-biriga yopishib qolgan holda rivojlanadi va yopishgan holda tug`iladi.Bir-biriga yopishgan holatda tug`ilgan egizaklarga tibbiyotda siam egizaklarlari deb nom berilgan.
AQSh ning Korolina shtatida 1986 yilda ikki nafar qiz egizaklar bir-biriga yopishgan holatda tug`ilgan.Ular bir yoshdan oshganida operatsiya qilingan.Tug`ilganda ikkalasi uchun ikkitagina oyoq bo`lgan.Tanasini ajratilganda, har birida bittadan oyoq qoldirilgan.Ular 3 yoshga kirganida ikkalasiga ham protezdan oyoq yasab o`rnatilgan (protez oyoqni xohlagan paytda olib, yana qo`ysa bo`ladi).
Tug`ma lab tirtig`ligi va tanglayning teshik bo`lishi. Operatsiya yo`li bilan davolanadi.
Yurakning tug`ma poroklari (norasoliklari).
Bularning o`ndan ortiq turi bor. Asosan murakkab operatsiya yordamida norasoliklar bartaraf etiladi.
Chanoq-son bo`g`imining tug`ma displaziyasi va chiqishi.
Chanoq-son bo`g`imining tug`ma displaziyasi va chiqishi har 100 nafar chaqaloqdan bittasida uchraydi. Qiz chaqaloqlarda bir necha marta ko`p uchraydi.Xastalik bir tomonlama va ikki tomonlama bo`lishi mumkin.Bu kasallik haqida ilk ma`lumotlarni eramizdan avval yashagan Yunoniston tibbiyot olimi Gippokrat yozgan. Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobida bu nuqsonga alohida o`rin berilgan.
Displaziya - bu chanoq-son bo`g`imining chiqishdan oldingi holati bo`lib, homilada chanoq-son bo`g`imi qismlarining noto`g`ri o`sishi va noto`g`ri shakllanishi tufayli yuzaga keladi.
Ona-momolarning tajribasizligi oqibatida displaziya bilan tug`ilgan chaqaloqni qattiq yo`rgaklash, beshikka tang`ib bog`lash, ayniqsa, ko`krak yoshidagi bolaning raxit kasalligida ehtiyot qilmaslik tufayli, son suyagini tashqariga va yuqoriga siljishi natijasida son suyagining to`la chiqish holati yuzaga keladi.Bu jarayon og`riqsiz kechadi.Shu bois o`z vaqtida aniqlanmaydi va kasallik tobora murakkablasha boradi.
Chanoq-son bo`g`imi chiqishi belgilari.
1.Tizza bo`g`imida bukilgan holatdagi oyoqni tanadan uzoqlashtirish cheklangan (qiyinlashgan) bo`ladi.
2.Son ichki sathidagi teri burmalari past-baland joylashadi, ular bir-biriga to`g`ri kelmaydi.
3.Bolani orqasida oyoqlarini uzatib yotqizganda, ikkala bo`g`im ham chiqqan bo`lsa, ikkala oyoq ham tashqariga burilgan holatda bo`ladi. Bir tomon chiqqan bo`lsa, bo`g`im chiqqan oyoq tashqariga burilib turadi.
4.Bir tomonlama chiqqanda bir oyoq ikkinchisiga nisbatan kalta bo`ladi.
Yuqoridagi belgilardan birontasi chaqaloqda yoki ko`krak yoshidagi bolada aniqlansa, albatta ortoped-vrachga murojaat qilish kerak.
Uch oylikkacha ultratovush apparati yordamida, uch oylikdan keyin rentgenografiya usuli bilan diagnoz aniqlashtiriladi.
Tibbiy yordam. 1.Displaziya va chanoq-son bo`g`imining yarim chiqish holatida maxsus moslamalar yordamida bolaning oyog`iga “baqa” holati beriladi.
2.Bo`g`im to`liq chiqqan bo`lsa, son suyagi joyiga solinib, gipsli boylam qo`yiladi. Gips qismasligi, og`ritmasligi kerak.
3.Bu usul yordam bermasa, jarrohlik usuli qo`llanadi.Operatsiyadan keyin bola 8-12 oy oyog`iga bosmaydi va 16-18 yoshgacha ortoped-travmatolog nazoratida bo`lishi kerak.
4.Operatsiyadan keyin bola tuzalgunicha jismoniy mashq, uzoq vaqt o`tirib ishlash, yuk kutarish, chopish, sakrash kabilarda qatnashmasligi kerak.
5.Suzish, velosipedda sekin yurish tavsiya etiladi.
6.Yuqoridagi tartib qoidalarning buzilishi, bo`g`im artroziga olib keladi (bog`im qotib qoladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |