Kirish…………………………………………………………………………..3 I-Bob. Tibbiy genetika asoslari 1.1. Tibbiyot genetikasi…………………………………………………5
1.2. Tibbiy-genetik maslahat berish…………………………………….5
1.3. Irsiy kasalliklar…………………………………………………….10
II-Bob. Tibbiyot genetikasi soxasidagi yutuqlar, muammolar va istiqbollari 2.1. Tibbiyot genetikasining vazifalari………………………………...22
2.2. Tibbiyot genetikasining yutuqlari…………………………………24
2.3. Tibbiyot genetikasining muammolari……………………………..29
Xulosa………………………………………………………………………...33 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….35
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Tibbiyot uchun genetikaning ahamiyati shundan iboratki, genetika biologiyaning inson populyatsiyalarida ro'y beradigan o'zgaruvchanlik va irsiyat hodisalarini o'rganadigan sohalaridan biridir. Shuningdek, u odamlarda yuzaga keladigan normal va patologik xususiyatlarning paydo bo'lishi va rivojlanishining xususiyatlarini o'rganadi. Ushbu fanning o'rganish predmeti genetik oldindan belgilanishi bilan bog'liq ayrim kasalliklarning rivojlanishi hisoblanadi. Genetikaning o'rganish ob'ekti - atrof-muhit omillari bilan hayotning ijtimoiy sharoitlarining inson salomatligiga ta'siri.
O'tgan asrning 30-yillarida genetikaning alohida sohasi - tibbiyot ajralib chiqdi. U odamlardagi belgilar merosining o'zgaruvchanligini tasdiqlovchi faktlarni o'rganishni o'z zimmasiga oldi. Bugungi kunda tibbiy genetika irsiy kasalliklarni aniqlash, o'rganish, oldini olish va davolash mexanizmlarini ochish bilan shug'ullanadi.
Tibbiy genetika uchun turli irsiy kasalliklar bo'yicha geterozigota tashuvchilami aniqlash katta ahamiyatga ega. Chunki getero-zigota tashuvchi organizm irsiy kasalliklar bilan o'zlari og'rimaydi. Agar geterozigota tashuvchilar bir xil irsiy kasallikka ega bo'lsa, bunday kishilar nikohidan tug'ilgan bolalarning irsiy kasallik bilan tug'ilish ehtimoli ko'pdir. Juda ko'p yoshlar genetika fanini o'rgangan bo'lishlaridan qat'iy nazar turmush qurayot-gan paytda, ayrim kasalliklar irsiy bo'lishi haqida o'ylashmaydi ham. Buning oldini olish uchun maxsus tibbiy-genetik maslahat markazlari tashkil etilib, oila qurishga qaror qilgan yoshlarga, ular oilasida tug'iladigan farzandlar salomatligi haqida tushuntirish ishlari olib borish shart. Shunday qilib, sog'lom avlod uchun kurash, irsiy kasalliklarning oldini lish va davolash usullarini ishlab chiqish tibbiyot genetikasi fanining dolzarb vazifasini belgilab qo’ydi.