Mundarija: Kirish I. Bob. So`z haqida


Ingliz tilidagi sinonimlarning o`zbek tilidagi tarjima tahlili



Download 169,5 Kb.
bet10/13
Sana20.06.2021
Hajmi169,5 Kb.
#71542
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Hozirgi zamon ingliz tilida sinonimlarning ishlatilishi

2.4. Ingliz tilidagi sinonimlarning o`zbek tilidagi tarjima tahlili.

Tarjimaning vazifasi so`z va gapning ma`nosini bera bilishgina emas balki avtor uslubining ichki energiyasidan kelib chiqadigan eng nozik va nafis hususiyatlarini, chunonchi badiiy ohang harakat so`z va so`zlar tizmasining zamirida yashirinib yotgan samantik hodisani har bir avtorning o`ziga hos yumor yaratish hususiyatini uning so`z tanlash va so`z biriktirish borasidagi yangiligini badiiy asarni eng muhim hossasi bo`lgan. Obrazlilikni har bir tovush, nutq va vergulning badiiy funksiyasini bilib to`g`ri aks ettirishdan iborat. Ana shunday mayda va nozik til hususiyalarini tushunmay yoki bunga e`tibor qilmagan tarjimoning to`g`ri tarjima qilishi muhim emas.

Masalan: o`lmoq ma`nosidagi dunyodan o`tdi, oyoq cho`zdi, abadiy uyquga ketdi, joni uzildi, joni chiqdi, jon berdi, halok bo`ldi, vafot etdi, bandalikni bajo qildi, omonatni topshirdi. Shu kabi ko`plab sinonim so`z va birikmalar har birini o`z o`rnida ishlatish ma`qul, basharti noo`rin qo`llanilsa, shunda qo`pol hato kelib chiqishi mumkin.

Masalan. Vafot qildi deyish o`rniga “o`ldi” yoki ”asfalasofinga jo`nadi”, ”dunyodan jo`nadi (o`tdi) ” deyish o`rniga joni chiqdi deb bo`lmaydi.

Har bir tarjimon o`ziga bir olam uslublari ham shunaqa L. I. Temafiv aytganidek, qancha yozuvchi bo`lsa shuncha uslub bor. Hech qachon bir xil uslubdagi adiblar bo`lmaydi. Har bir san`atkorning dunyo qarashi, voqealarni idrok etishi, kishilarga tabiat hodisalariga munosabati ham turlichadir. Bu esa ularning asarlarida o`z ifodasini topadi.

Tarjima tarjimonlarning keng plandagi o`zining shaxsidir.

Ho`sh shunday ekan biz tarjima tahlilida Lev Tolstoyning “Anna Korenina”ning faqat bir bobida qancha sinonim so`z ishtirok etganligi va adiblar o`z tarjimalarida bundan qanday foydalanganligini ko`rib chiqamiz.

Tekstning original nusxasidan “Одна из целей поездки в Россию для Анны было свидания с сыном” jumlasini olsak bu yerda o`zbek tiliga Mirzakalon Ismoiliy “Annaning rossiyaga qaytishdagi maqsadlaridan biri o`g`lini ko`rish edi” deb tarjima qiladi. “цел`” maqsad so`zini ingliz olimlari turli sinonimlar bilan beradilar.

Garnet qilgan tarjimasini ko`ramiz:

One of Anna`s objects in coming back to Russia way to ses her son.

Momdi tarjimasi:

One of Anna`s reasons for returning to Russia had been to see her son.

Tovnsen tarjimasi:

One of Anna`s aims in returning to Russia had been to see her son.

Veyner tarjimasi:

One of Anna`s purposes in returning to Russia was to see her son.

Doli tarjimasi:

One of Anna`s desire on her return to Russia was to see her son.

Ushbu holatlarda objects, reasons, aims, purpose, desire so`zlari ma`no jihatdan o`zaro sinonim hisoblanishadi. Lekin desire bilan reason so`zlari hech qachon sinonim bo`la olmasliklari mumkin, chunki desire - hohish, reason-sabab maqsad ma`nolarini bildiradi, lekin kontekstda aniq bir holat ifodalab kelishda bu so`zlar teng ishlatiladi. Umuman “Anna Korenina” novestining tarjimasi haqida shuni aytish kerakki, unda originaldagi ba`zi milliy hususiyatlar buzilgan ayrim so`zlar, jumla va iboralar noto`g`ri tarjima qilingan, ularga mos sinonim so`zlar topilmagan, jumlalarning stilistik jihatidan noto`g`ri tuzilgan.

Ingliz tilidagi sinonimlarni o`zbek tiliga tarjima qilganimizda qanday ma`no anglatishni va har ikkala tilda ham qanday vazifada kelganini misollarda ko`rib chiqamiz.

Masalan: Expect, hope a wait - sinonim so`zlari ma`nolariga ko`ra turlichadir. Ulardan expect va hope – bir-birini o`rniga almashinib qo`llanishi mumkin.

I expect so, I hope so (du mouriar).

Bu sinonim so`zlar biror narsaning sodir bo`lishiga umid bog`laganda, kutganda ishlatiladi.

Expect - biror kishini kelishi haqida o`ylamoq, orzu qilmoq, intiq bo`lib kutmoq ma`nolarini ifodalaydi.

Hope - biror narsaning sodir bo`lishiga ishonmoq ma`nosida qo`llaniladi. Hope - yoqimli istak hohishlar bilan aloqador.

Expect va hope turli xil sintaktik aloqalarga kirishadi.

Expect - fe`li to`ldiruvchi ergash gaplarda to`ldiruvchi infinitiv konstruksiyasini bog`lash uchun hizmat qiladi va majhul nisbat ishlatilganda ega va infinitiv konstruksiyasini bog`laydi.

Anna opens the door and hopes orders (show)

I expect it`s a book by York harding. (G. Greene. “P. x. Y”)

Sabina was expected to be deferential to woman

Har ikkala gapda ham predigativ vazifasida kelgan, o`zbek tildiga tarjima qilganimizda ham kesim vazifasida kelgan.

A wait va expect ba`zan bir xil vazifada qo`llanishi mumkin.

Masalan:

They expect danger.

They await danger.

Bu sinonim so`zlar havfni oldindan kutmoq va havfga tayyor turmoq ma`nolarida ishlatiladi.

Yana biz misolda sinonimlarni gapdagi vazifasi qanday o`rinda kelganini o`zbek tilidagi tarjimasi bilan analiz qilamiz.

Masalan: note, loather, desert, abominate - nafratlanmoq, yoqtirmaslik, qarshi bo`lmoq ma`nolarini anglatadi.

He hated the fellow (Z. Y. “He moon of pr”)

U yigitchani yoqtirman.

She had loathed him for years. (Z. Y. “He moon of pr. ty”)

U yillar mobaynida u undan nafratlanadi.

I quite detest the man. (J. Austen “Pridex prejutice”).

Men bu odamga butunlay qarshiman.

He Eguptians lived only on the fruits of the fruits of the earth, and abominated flesh eaters (J. Newton).

Misrliklar faqatgina yerning mevalari bilan va go`sht yeyuvchilarni yoqtirmaydilar.

Birinchi gapimizda hote-neytral so`z bo`lib kelgan.

Har ikkala tilda ham o`zbek tilida ham, ingliz tilida ham kesim bo`lib kelgan, egadan keyin, to`ldiruvchidan oldin kelgan.

Ikkinchi gapimizda loathed - sinonim so`zi stilistik jihatdan adabiy so`z ingliz tilida compound Pre-tive vazifasida kelgan, o`zbek tilida oddiy kesim vazifasida kelgan.

Uchinchi gapimizda detest - so`zi ingliz tilida ham, o`zbek tilida ham kesim vazifasida kelgan, ot so`z turkumiga mansub bo`lgan to`ldiruvchidan oldin kelgan.

To`rtinchi gapimizda abominate - sinonim so`zi ingliz tilida ham, o`zbek tilida ham kesim bo`lib kelgan, ingliz tilida ot so`z turkumidan tashkil topgan to`ldiruvchidan oldin kelgan, o`zbek tiliga tarjima qilganimizda esa keyin kelgan. Bu so`z detestga qaraganda kuchliroq ma`noda ishlatiladi, ko`pincha adabiy asarlarda ishlatiladigan adabiy so`zlardir.

Xulosa.

Ingliz tilidagi sinonimlarning o`zbek tilidagi tarjima taxliliga doir tadqiqotlarni xulosalaydigan bo`lsak, sinonim so`zlar shunchaki xashamdorlik emas, balki tilning chinakam boyligidir. Sinonimlar so`zning ma`noli shakllaridan biri bo`lib, alaffuzi, yozilishi har xil, birlashtiruvchi ma`nosi bir xil bo`lgan qo`shimcha ma`no nozikligi, emotsion ma`nosi qo`llanishi kabi bir qator xususiyatlari bilan o`zaro farqlanadigan so`zlardir.

Sinonim so`zlar xaqida so`z borar ekan, biz sinonimlarni tilshunoslikda asosan ideografik va stilistik turlarga bo`lamiz.

Ideografik sinonimlar masalan: to understand-to realish, to expeet-to anticipate-tushunmoq, anglab yetmoq, kutmoq, oldindan ko`rmoq - bir xil ma`noni anglatadi va bir xil neytral stilistik turga tegishli bo`ladi.

Stilistik sinonimlar ularni ba`zida emotsional ekspressiv deb ham atashadi. Stilistik sinonimlar stilistik xususiyatiga ko`ra turli hil ma`noni anglatadi. Masalan: to help - to aid - to assist yordamlashmoq ma`nosini anglatadi.

Yuqoridagi ta`riflarga ko`ra, sinonimiya asosan semantik ko`rinish har qanday xolatda ham sinonimlarni belgilash stilistik me`zonlar, boshqa me`zonlar va birikadigan sof semantik me`zonlar asosida amalga oshiriladi.

Sinonimlar doim kutilmagan birliklarni yoki logik ma`nolarni beradi, shuning uchun sinonimik takrorlash asarni stilistik jixatdan bezaydi. Ideografik sinonim tarjimon eng to`n xolatda til birliklarining takrori natijasida yuzaga keladigan ifoda kambag`alligi, rangsizligidan qochish uchun foydalanadi.

Sinonimlar qator bir necha so`zdan iborat bo`lishidan qat`iy nazar unda bir so`z asosiy shu sinonimik qatorning harakterini belgilovchi so`z bo`ladi. Bu so`z dominanta deb yuritiladi. Sinonimlik qatorining chegarasini belgilashda shuningdek undagi har bir so`zning o`ziga xos xususiyatini ochishda shu qutordagi asosiy so`zni to`g`ri belgilash muhim rol o`ynaydi. Sinonimik qatorda ma`no xajmi boshqalrnikiga nisbatan keng bo`lgan so`z asosiy so`z xisoblanadi. Sinonimik qatorning chegarasini belgilashda asosiy so`z xisobga olinadi, boshqa so`zlar bir-biriga qiyoslanmaydi, balki asosiy so`zga qiyoslanadi. Masalan: accomplish, attain, gain sinonimik qatorida achiwe so`zi asosiy so`z xisoblanadi.

Biz sinonimlarni sintaktik va marfalogik va albatta ko`p e`tiborni ma`noga berib klassifikatsiya qilishimiz mumkin.

Sintaktik analiz qilganimizda bare – yalong`och so`zi insonning yalong`och xolatini ifodalaydi va xol vazifasida keladi uning sinonimik qatori nahed - yalong`ach so`zi xam kesim va aniqlovchi vazifasida keladi.

Misol uchun: the child lay bare (Galswarthy “to let”)

Bola yalong`och yotibdi.

I small naked boys sat on the tables. (Greene)

Kichkina yalong`och bolalar stollar ustida o`tirgan edi.

Ushbu gapda naked sinonim saniqlovchi vazifasida kelyapti.

Sinonimlarni marfalogik jixatdan uch turga bo`lib o`rganamiz.

Ot-noun.

Sifat-adjactive.

Fel-verb

Ot sinonimik qatoriga Edge, border, rim, brim, brink, verb - sinonim so`zlarini keltirishimiz mumkin. Ular biror-bir narsaning chegarasini ifoda etdi.

Masalan: I could see the edge of the road. (G.Galthworthy. ``Power of the glory``) .

Men yo`l chegarasini ko`ra oldim.

Gapda “edge” to`ldiruvchi vazifasida kelgan. O`zbek tilida xam to`ldiruvchi vazifasida kelgan. Ularning ba`zilari bir-biri o`rnida ishlatilishi mumkin.

Masalan: he edge (border) of a wood.

He edge (border; rim) of a lake.

Ushbu sinonimlar ma`no jixatdan bir-biriga yaqin bo`lsada, ammo ishlatilishi turlichadir. Edge biror narsaning so`nggi tugash tuqtasini bildiradi.

Masalan: he set down on the edge of the table. (Galsworthy)

U stolning chetiga o`tirdi.

Border - mamlakat, davlat chegaralarini ko`rsatadi.

Masalan: Chinese border - Xitoy chegaralari. Men yana sinonimlarga ``English synonyms their meanings and usage`` nomli sinonim kitopdan quyidagi misollarni ko`rsatib o`taman:

Ot sinonimik qatorga quyidagi misollarni keltirishimiz mumkin:

Affair, business, concern, matter, thing – ish, xizmat, voqea, hodisa ma`nolarini anglatadi.

``It`s my business``, she thought, ``to feel as he does…`` (Galthworthy. P.G.)

``Bu mening ishim`` u o`yladi.

I said nothing, it was not my affair. (Du. Maurier)

Men hech narsa demadim, bu mening ishim emas edi.

I am scared stiff but things are better than they might be. (Greene.)

Men judayam qo`rqdim, lekin voqealar aslida yaxshiroq edi.

Sifat sinonimik qatorga esa quyidagi misollarni keltirishim mumkin:

Alone, lonely, lone, solitary, forlorn – yolg`iz, yakka, bir o`zi ma`nolarini anglatadi.

I think, if you don`t mind, I would rather be alone. (Greene)

Agar qarshi bo`lmasang, yolg`iz qolganim ma`qul deb o`ylayman.

A lone gull flew across the sky.(Du Maurier.)

Yolg`iz chayka (qush turi) osmonda uchib yurardi.

And they were kind with each other. For they all seemed lost, like lost, forlorn aborigines…(Lawrence)

Ular bir-birlariga o`xshashardi. Ular uchun hammasi yo`qotilgandek tuyuldi, xuddi yolg`iz qolgan aborigenlardek.

Fe`l sinonimlarga misol keltiradigan bo`lsak, ular quyidagilar:

Begin, commence, start - boshlamoq ma`nosini anglatadi.

Suddenly the poor devil in the middle, who has led the song, and shouted the loudest, stops and begins to cry. (B. Shaw.)

To`satdan burchakdagi qo`shiqni boshqarayotgan iblis baland ovozda baqirar edi, to`xtadi va yig`lashni boshladi.

Now that Brodie had commenced to eat it was permissible for the others to begin, although for them, of course, there was only a plain tea …(Cronin)

Hozir Brodi yeyishni boshladi, albatta boshqalar uchun ham boshlash uchun ruxsat berildi, u yerda faqatgina oddiy choy bor edi .

After a while she began dressing…(Caldwell)

Birozdan so`ng u kiyinishni boshladi.

Qolgan sinonimlar ham xuddi shularga o`xshab ishlatiladi.

Sifat sinonimik qatoriga wet, moist, humid, damp, dank sinonimik qatordagi so`zlarni keltirishimiz mumkin. Bu turkumdagi sinonimik qator gapda ko`pincha kesim va aniqlovchi vazifasida keladi.

Masalan: His shirt was wet wish sweat. (M. Twain)

Uning kuylagi terlaganidan xo`l bo`lgan edi.

Ushbu gapda wet - predikativ vazifasida kelgan, o`zbek tiliga tarjima qilganimizda xam murakkab fe`l kesim vazifasida kelgan.

Xullas sinonimlar – bu nominativ mazmun jixatdan mos tushadigan qo`llanish mazmuni xususiyatlari va turli qo`shimcha ma`nosi bilan bir-biridan farqlanadigan so`zlar.




Download 169,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish