Muqatta. Bunda so‘zlardagi hamma harflar bir –biridan ajralgan bo‘ladi va bu ikki yo‘l bilan hosil qilinadi. Birinchisida, harflarning ulanmog`i aslan mumkin emas. Ikkinchisida harflarning ulanmog`i aslan mumkin bo‘lgan harflar imlo qoidasiga muvofiq ajratib yoziladi. So‘z bir yondan ulanadigan harflardan iborat bo‘lganda harflar aslan qo‘shilmaydi, lekin ikki yondan ulanadigan harfning oldida birinchi turdagi harf bo‘lsa, mazkur turdagi harf o‘zidan keyingi harfga qo‘shila olmagani uchun ikki yondan qo‘shiladigan harf ham ajralib qoladi. Bu ulanish qobilyatiga ega bo‘lgan harfni ulana olmaydigan yerda keltirishdir. Birinchisi quyidagicha (bayt):
ﺪﻭﺮ ﺍﺯ ﺩﺮ ﺁﺮﺰﻭ ﻭ ﺍﺯﺩﺍﺮ
ﺪﺍﺮﻭﺍﺯ ﺩﻭﺩ ﺩﺮ ﺩﻭ ﺍﺯﺍﺩ
Dura z dar-i orzuvu az dod
Darvoz davad dar dav-i ozod.
(Tarjimasi:
Orzu havas eshigidan uzoqda
Darvoz erkinlik yo‘lida chopib yuribdi).
Ikkinchisi quyidagicha (bayt):
ﺩﺍﺮم ﺁﻫ ﺯﺍﺮ ﺍﺯ ﺪﻭﺮﻯ ﺍﻭ
ﺬﻭﻖ ﺪﻝ ﺮﺍﻦ ﺮﻭﻯﺩﺍﺮﻡ ﺁﺮﺯﻭ
Doram oh-i dar-i orzuvu az dod
Zavq-i dil z-on ro‘y doram orzu.
(Tarjimasi: Uning uzoqligidan ohi zorim bor,
O‘sha yuzdan ko‘ngil zavqini orzu qilaman.
Muvassal. U shunday bir she’riy san’at uning o‘ziga xosligi: baytdagi sozlar ikki tomonlama qo‘l beradigan harflardan iborat bo‘lsa, har bir so‘zning harflari yozuvda qo‘shib yoziladi, ammo so‘zlar ikki tomonlama qo‘l bermaydigan harflardan (alif, dol va vovlardan) iborat bo‘lsa, baytdagi so‘zlar qo‘shib yozilmaydi. “Badoye’u-s-sanoye” asarida bu san’atga “andoq kalomdan iboratturkim, aning hech bir so‘zining harflari yozuvda ajralmag`ay. Bu ham ikki xil yo‘l bila bo‘lur. Birinchi yo‘li uldurkim, aning hamma so‘zlarin, garchi yozuv qoidasiga binoan ulab yozmoq mumkin bo‘lg`ay”10
ﺘﻨﻀﻌﻴﻓﻨﺣﻴﻓﻤﻌﻟﻴﻟﻜﺸﺘﻬﺒﺘﺒﻨﺸﺴﺘﻬﺒﻴﺴﺒﺒﻴﺘﻴﺴﻤﻜﺒﺠﺘﻌﺐ
Tan-i zaif-i nahifam alil gashta ba tab
Nishasta be sababe nestam ba kunj-i ta’ab.
(Tarjimasi: Ozg`in, zaif tanim isitmalab kasal bo‘ldi,
Horg`inlik burchagida besabab o‘tirganim yo‘q.
Yozuv qoidasiga muvofiq arabchada ham bu baytning har bir mustaqil so‘zi alohida yoziladi. Lekin so‘zlar ikki yondan qo‘shiladigan harflar bilan tugagani uchun qoidaga zid ravishda o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida ularni boshdan oyoq bir-biriga ulab yozish mumkin.
Ikkinchisi quyidagicha bo‘ladi. Uning harflarini bir-biriga ulab yozilsa, arra tishlariga o‘xshaydi va uni muvassal ka-asnoni-l-minshor deb nomlashadi. Ushbu san’atning turida arab harflarini yozilishiga-da e’tibor bergan holatda go‘zal bir she’riy san’atni hosil qilgan. Uni quyidagi baytda ko‘rishimiz mumkin:
ﺸﺒﺘﺒﭙﻴﺷﺒﺘﻴﺒﻨﺷﺴﺘﻴﻨﻴﺴﺘﻴﺴﺴﺘﺒﺘﺒﺘﺒﺒﺴﺘﻰ
Shabi tab peshi bute binshastiy,
Nestiy sust ba tab tab bastiy.
(Tarjima: Isitma bor kechasi bir but (go‘zal) oldida o‘tirding, Isitmadan sust emassan, istitmaning oldini olding.)
Ajam shuarosi ba’zi muaaxirlari muvassal san’atiga ba’zi xususiyatlarni kiritib, unga munosib nom qo‘yganlar. Biri ulangan ikkitadan bo‘lar va bundan ortiq bo‘lmaydi deb aytib o‘tishadi. Unga muvassal bi-l-harfayn deb ot qo‘yishgan:
ﺘﻭ ﻏﺮ ﺴﺎ ﺘﻭ ﭼﺎﻜﺮ ﻫﺩ ﻨﺪ ﻜﺮﭙﺮ
ﺗﻮ ﭼﺎﮐﺮ ﻤﺎ ﺳﺎﻏﺮ ﺒﺩﻫﺩ ﭘﺮ ﮐﻮ
Gar pur nadehad chokari tu sog`ari tu,
Ki pur bidehad sog`ari mo chokari tu?!
(Tarjimasi: Xizmatkoring sening piyolangni to‘ldirib bermasa,
Ayt xizmatkoring bizning piyolamizni qanday to‘ldirib bera olardi?!).
Ikkinchisi quyidagicha-ulanish ikkitadan ortiq bo‘lishi mumkin, ammo yozuv qoidasiga muvofiq ulanmas.
ﺸﺪ ﺒﺎ ﻗﺮﻴﻦ ﻤﺎ ﭼﻭ ﻜﺲ ﻫﺮ ﺘﻭ ﺒﺎ
ﺸﺪ ﺒﺎ ﺧﺰﻴﻦ ﻤﺎ ﭼﻭ ﻄﺮ ﺨﺎ ﻏﻢ ﺒﺎ
Bo tu hark as chu mo qarin boshad,
Bo g`am xotiri chu mo xazin boshad.
(Tarjima:
Kimki, biz kabi sen bilan yor bo‘lsa,
Xotiri biz kabi qayg`udan hazing bo‘ladi.
Bunda sirasi juft bo‘lgan harflar jumlasida ikki yondan ulanadigan harflar ham bor, ammo ular so‘z oxirida bo‘lganliklari uchun keyingi harfga so‘z ilmosiga muvofiq ulanmaydi. Muvassal san’ati asosan arab harflarining yozilishi asnosida yaratilgan san’at hisoblanadi. Shuning uchun biz ushbu san’atni tabiiyki hozirgi yozuvimizda yaratishning iloji yo‘q.
Raqto. Ushbu s an’at haqida “Badoyi’u-s-sanoyi”da quyidagicha ta’rif beriladi, “andoq kalomdan iboratturkim, har bir so‘zining bir harfi kalom oxirig`acha nuqtalig` va bir harfi nuqtasiz bo‘lur”11.
با ﺸﻭﺥ ﺼﻨﻭﺒﺮ ﻗﺪ ﺒﺮﻨﺎ ﭼﻜﻨﻢ
ﺒﺎﻏﻤﺰﻩ ﻨﺎﺰﻜﺶ ﻤﻦ ﺁﻴﺎﭼﻜﻨﻢ
ﻏﻮﻏﺎ ﺒﺎﺸﺪ ﺍﺯ ﺪﻴﺪﻦ ﺮﺥ ﺁﺧﺭ
ﭼﮐﻧﻢ ﻏﻮﻏﺎ ﺒﺎﻏﻢ ﺳﺗﻢ ﺒﺎﺧﻮﻒ
(Tarjimasi:)
Barno sanavbarqad sho‘x go‘zalni nima qilaman?
Uning nozik g`amzasiga nima javob qilaman?
Axir, yuzini ko‘rmakdan g`avg`o chiqadi,
Sitam xavfi-yu g`avg`o g`amining menga nima keragi bor?!
Xayfo – Ushbu san’at Atoulloh Husaﺒyniyning “Badoyi’u-s-sanoyi” asaridagina uchratishimiz mumkin, “andoq kalomdurkim, oxirig`acha aning bir so‘zining harflari tamoman nuqtalig`, ikkinchisiniki butunlay nuqtasiz bo‘lur”. Bu quyidagicha bo‘lar:
.ﺪﺍﺮﻢ ﺠﻨﺖ ﺪﻫﺮ ﺰﻴﻨﺖ
ﺍﻄﻮﺍﺮﻢ ﺰﻴﺐ ﻜﺎﻡ ﺒﺧﺸﺵ
ﻋﺎﻢ ﺷﺐ ﻫﺮ ﺒﻀﻴﻒ ﺮﺍﺣﻢ ﻔﻴﺾ
ﺍﺮﺍﻢ ﺒﺠﻨﺶ ﺪﺍﺮﻢ ﻀﻴﻒ.
(Tarjimasi:)
Dunyo ziynatini jannat deb bilaman,
Maqsadni amalga oshirish fe’l-u atvorimning bezagidir.
Rahmon fayzi mehmon bilan, shuning uchun yil davomida har kecha
Mehmonim bor, tinchligim harakat bilan.
Xayfo deb lug`atga bir ko‘zi qora va ikkinchisi ko‘k bo‘lgan otga ayturlar va vuni ixtilof qilgani uchun ul kishi ko‘ziga o‘xshatib o‘tishadi va bu san’atni o‘z ichiga olgan kalomni shundau otga o‘xshtaib uni xayfo deb nom qo‘yishgan.
Jomi’ ul huruf. Ushbu san’at haqida ham faqatgina Atoulloh Husayniyning risolasida keltirib o‘tiladi, “andoq kalomdan iboratturkim, alifboning jami’ harflarin takrorsiz o‘z ichiga olmish bo‘lg`ay”. U quyidagicha bo‘lar:
ﺨﻄﺖ ﻋﺸﻖ ﻏﻢ ﻮﺻﻒ ﺍﮆﺮ
ﺒﻀﻼﻝ ﺠﺰ ﻛﺴﻰ ﺧﻇ ﻨﺪﻫﺪ
Asar-i vasf-i g`am-i ishq-i xatat
Nadehad xazz-i kase juz ba zalol
(Tarjimasi: Xating ishqidagi g`am vasfining asari kishiga uni yo‘ldan ozdirishdan boshqa rohat bag`ishlamaydi).
Hazf. Ushbu san’atda bir necha harfni butun kalom davomida ishlatmasdan iborat bo‘ladi. Quyidagi ruboiyda alif mahzufdir ya’nikim alif harfi qo‘llanilmaydi:
ﺒﺪﻦ ﺴﺮﻭﻴﺴﺖ ﭙﺮﯼ ﭽﺣﺮﻩ ﻤﻥ ﺴﻴﻢ
ﺒﻰ ﻤﮆﻝ ﺒﺤﺴﻥ ﺴﻴﺮﺖ ﻭ ﺧﻟﻖ ﺤﺴﻥ
ﺧﻭﺮﺷﻴﺪ ﺒﺮﺶ ﺒﻮﻋﺪﺰ ﺪﻋﻭﻯ ﺰﺪﻭﺴﺒﺢ
ﻫﺮ ﺮﻭﺰ ﻜﻨﺪ ﺘﻴﻎ ﻭ ﻜﻔﻥ ﺮﺪ ﮔﺮﺪﻥ
Sarvest parichehra-yi man siymbadan
Bemisl ba husni siyratu xulq-i hasan.
Xurshed barash bu’d zi da’vo zadu subh
Har ro‘z kunad tig`u kafan dar garden.
(Tarjimasi: Mening parichehram kumushbadan bir sarvdir,
Go‘zal yurish-turishu yaxshi xulqda mislsizdir,
Oftob unga uzoqdan davo qilgan edi, tong
Har kuni uning bo‘yniga tig`u kafan qo‘yadi.)
Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan san’atlarimizdan muqatta, muvassal, raqto, hayfo kabilari, asosan, arab alifbosiga tayanadigan san’atlar bo‘lib, ularni hozirgi yozuvimizda yaratishning imkoni yo‘q. Bulardan farqli o‘laroq, jomi’ ul-huruf va hazf san’atlarimi, ehtimol, juda harakat qilsa, hozirgi alifboda ham yaratsa bo‘lar. Biroq, nazarimizda, ularga qo‘yilayotgan talablar bir yo‘lama bo‘lib, bu san’atlarni yaratish uchun shoir ko‘proq shaklga e’tibor qaratishga majbur bo‘ladi va she’r mazmuni sayozlashib qolishi mimkin. Badiiylikning ikki qanoti bo‘lgan shakl va mazmun o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi esa she’rni maqomidan tushiradi. Chunki she’rda alifbodagi barcha harflarni takrorsiz ishlatish yohud bir yoki bir necha harflarni butun kalom davomida ishlatmaslikning o‘zi yoki muqatta, muvassal, raqto, hayfo kabi san’atlariga qo‘yilayotgan talablar ham, biz buni qanchalik xohlasakda, o‘quvchiga estetik zavq bermaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak zamondosh olimlarimiz bu san’stlar haqida hech qanday ma’lumot bermaganlar.
“Yozuv asosidagi san’atlar orasida shundaylari ham borki, garchi aksariyat arab harflari asosida yuzaga kelsa-da, hozirgi vaqtda imlo boshqa bo‘lishiga qaramay, ularning ahamiyati, badiiy-estetik qimmati yo‘qolganicha yo‘q”12. Bunday san’atlar qo‘llangan baytlar, qaysi davr mahsuli bo‘lishidan qat’i nazar, kishiga zavq bag`ishlaydi, ulardagi o‘ziga xos so‘z o‘yinlari, harflar imlosi, shakllari bilan bog`liq betakror tashbehlar o‘quvchining hayratini oshiradi. Shunday san’atlardan bo‘lgan istixroj va musahhaf san’atlariga biz asarlarini qiyoslayotgan zamondosh olimlarimizdan faqat V.Rahmonovgina to‘xtalib o‘tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |