Ma’naviy san’atlar – she’r ma’nosi, g`oyasi, bilan bog`liq bo‘lgan san’atlar kiradi. Ma’naviy san’atlar ham rang-barang bo‘lib ko‘rinishlarga ega. Atoulloh bu san’at turlariga quyidagilarni kititib o‘tgan:tavjih, iyhom, idmoj, istibdo, talmeh, irsoli masal, kalomi jomi’, ta’liq, tajohilu orif, tafriq, mubolag`a,takmil, ruju, tadoruk, takrir, savol-javob, muammo, lug`z va boshqalar. Lafziy-ma’naviy san’atlar – Atoulloh Husayniy bu turdagi san’atlar xususida shunday deydi: “so‘zda alarming yig`indisi husnga bois bo‘lur, garchi husndorliq bu ikkovining birida ikkinchisiga ko‘prik bo‘lsa ham”. Ularga quyidagilarni kiritib o‘tadi: mutobaqa, tadbij, muqobala, tavfif, ta’dil, tansiqu-s-sifot, irsod, muzovaja, iqtibos, aqd, tazmin va boshqalar.
Mumtoz she’riy san’atlar Z. Mamajonov tomonidan ham tasnif qilingan bo‘lib, olim ularning yuzaga kelish asosi nuqtai nazaridan 12 guruhga ajaratadi. Uning tasnifida lafziy san’atlar asosan takror asosidagi san’atlar (tavzi’, tajnis, rad (qaytarish), tardu aks, tardid, taattuf, mukarrar, takrir, radd-ul matla, tarji), ohangdoshlik (qofiyadoshlik) asosidagi san’atlar(mumosala, saj’, tarsi’, tashtir, tajziya, tasri’, tashri’, e’not va b), zidlash asosidagi san’atlar (tazod, muqobala), o‘xshatish asosidagi san’atlar (tashbeh, tamsil, talmih, irsoli masal, laff nashr), majoz asosidagi san’atlar (istiora, kinoya, tashxis, intoq), uslubiy mutanosiblik asisdagi san’atlar (jam’, tafriq, taqsim, jam’u tafriq va b), belgini kuchaytirish asosidagi san’atlar (mubolag`a(tablig`, ig`roq, g`uluv), tafrit, iyg`ol, takmil, tadrij), zakiyona ifoda asosidagi san’atlar (muatzalzil, iyhom, istibto’, idmoj, ta’liq va b), ifoda usullari asosidagi san’atlar (mulamma, tajohil-ul orif, husni talil, savol-javob, tafri’ va b), shakl o‘yinlari asosidagi san’atlar (mu’aqqad, tarofuq, murabba, tavshih, talavvun, mushajjir, mudavvar va b); yozuv asosidagi san’atlar (istixroj, musahhaf, tajnisi xat, qalb, muqatta, muvassal va b) keltirib o‘tadi. Ilmi badi’ haqida turli kitoblarda turlicha ma’mulotlar beriladi. Zamon o‘tar ekan yuksalish va yangilanishlar doimo mavjud bo‘lib kelgan. Bu sohada dastlanki yaratilgan asarlardan ozuqa olgan holda ilm ahli bularni qaytadan ko‘rib, yanada mukammalroq va tushunarliroq ma’lumotlar berishga harakat qilishadi. Zero, unutmasligimiz kerakki, boshlanish bo‘lmasa davomi ham bo‘lmaydi. Shuning uchun ham dastlabki yaratilgan asarlarning ham o‘rni va salmog`I alohida ajralib turadi. Ilmi badi’ so‘zga alohida sehr va go‘zallik baxsh etadi. Uning ma’no ko‘lamlari benihoya ko‘p va mazmunlidir. Biz ham baholi qudrat ushbu sohada o‘z bilganlarimizni aytib o‘tdik. Shunday ekan xato va kamchiliklarimiz bo‘lsa ularni bartaraf etishga harakat qilamiz. Biz alohida quyida ilmi badi sohasidagi san’atlardan asosan yozuv asosidagi san’atlar haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |