Tizimli plataning tarkibiy qismi. Zamonaviy tizim platalarga protsessor uchun razyom qismi, razyomlar va mikrosxemalar kabi komponentlar joylatirilgan. Eng zamonaviy tizimli platalar quyidagi komponentlardan tashkil topgan:
– protsessor uchun razyom qismi;
– tizimli mantiqiy mikrosxemalar to‘plami (North/South Bridge yoki Hub komponentlari);
– Super I/O mikrosxemasi;
– Kiritish/chiqarishning tayanch tizimi (ROM BIOS/Flash BIOS);
– SIMM/DIMM/RIMM xotira modulining razyom qismi;
– ISA/PCI/AGP shina razyomlari;
– markaziy protsessor uchun kuchlanish o‘zgartirgichi;
– manba.
Ba’zi bir tizimli platalar o‘z tarkibiga plata ichida joylashtirilgan (integratsiyalashgan) audio- va videoadapterlarni, tarmoq va SCSI-interfeysni, AMR (Audio Modem Riser) va CNR (Communications and Networking Riser) razyomlarni oladi.
3. Tizimli platani o‘rnatish Tizimli plataning standarti (form-faktori) uning o‘lchamini, tashqi qurilmalarni ulash uchun mo‘ljallangan chiqishlarning holati va mahkamlash teshiklarining joylashishini belgilaydi. Plataning aniq modeli va formatiga qarab teshiklar soni 6 tadan 12 tagacha bo‘lishi mumkin. Ularning platadagi holati qat’iy qayd qilingan. 2.8-rasmda tizimli plataning uchta standarti uchun mahkamlash nuqtalarining sxematik rejasi ko‘rsatilgan.
Tizimli plata yig‘ish shassisiga uning yuzasidan taxminan 5 mm balandlikda mahkamlanadi. Metall vtulkalar yoki plastmassali moslamalar plata bilan g‘ilof o‘rtasidagi oraliqni ta’minlaydi. Platani unga o‘rnatilayotgan qurilmalarning og‘irligidan vujudga keladigan o‘zgarishni kamaytirish uchun maksimal mumkin bo‘lgan nuqtalarga mahkamlash kerak.
Plata g‘ilofga shassi bilan birga o‘rnatiladi. Agar protsessor elektr ta’minoti bloki yonida joylashgan bo‘lsa, platani qiyalatib kirgizish kerak. Plata kerakli holatni egallagandan keyin ichiga o‘rnatilgan (integratsiyalashgan) qurilmalar uchun razyomlar g‘ilofning orqa tarafdagi teshiklarga mos keladi. Shundan keyin shassini vintlar yordamida mahkamlash mumkin.
Tizimli platani mahkamlash uchun olti qirrali baland metall shaybadan (2.9-rasm) va plastmassali moslamadan foydalaniladi (2.10-rasm). Metall moslamalar asosan tizimli platani kompyuter g‘ilofning yerga ulanishini ta’minlaydigan B va C nuqtalarda mahkamlash uchun ishlatiladi. Qolgan nuqtalar uchun plastmassali moslamalar ishlatiladi. Agar konstruksiyaning mahkamligini oshirish kerak bo‘lsa, plastmassa moslama va olti qirrali baland metall shaybadan foydalanadilar.