Mundarija:
Kirish…………………………………………………………2
I bob. Shaxsiy kompyuterlarning turlari, modellari haqida tushuncha…………………………………………………….3
Tizimli platani tanlash va o‘rnatish……………..13
Kompyuterni ishga tayyorlash…………………..25
SETUP BIOS dasturini sozlash…………………27
II bob. Windows operatsion tizimini o’rnatish………...….29
2.1. Drayverlarni o‘rnatish va apparat komponentlarining ishlash xususiyatini tekshirish………………………...…………………….33
2.2. Elektr ta’minoti qurilmalari………………………37
2.3. Elektr tarmog‘ini himoyalash qurilmalari………...39
Xulosa…………………………………………………………42
Foydalanilgan manbalar ro’yhati…………………………...43
KIRISH
Axborot jamiyat uchun moddiy yoki energetik, texnik va moliya resurslari kabi eng qimmatli resursdir. Axborotni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash, tarqatish va foydalanish jarayonlari axborot texnologiyasining elementlari bo‘lib xizmat qiladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining asosini axborotga kompyuterli ishlov berish, katta ma’lumotlar massivini elektron tashuvchilarda saqlash, axborotni foydalanuvchiga qulay ko‘rinishda tezkor yetkazish jarayonlari tashkil qiladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining farqli xususiyatlari foydalanuvchiga nisbatan keng ko‘lamdagi muloqat imkoniyatlari, axborot va texnik resurslardan jamoa bo‘lib foydalanish, axborotga ishlov berish, saqlash va uzatishning qog‘ozsiz texnologiyasining mavjudligidir. Bu barcha xususiyatlar ijod qilish, kasbiy ko‘nikmalarni olish va mustahkamlash, zamonaviy boshqarish usullarini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlarni beradi.
Kasb-hunar kollejlari uchun mo‘ljallangan ushbu o‘quv qo‘llanmada texnik va dasturiy vositalar ofis masalalarini va muassasa vazifalarini yechish uchun samarali qo‘llash nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqilgan. Ofis avtomatlashtirilgan tizimlarining maqsadi foydalanuvchining faoliyatini kompyuterlashtirish, hujjat aylanishining qog‘ozsiz texnologiyasini ta’minlashdan iborat.
Alohida boblari tizimli platani, audio va video hamda tarmoq adapterini tanlash va o‘rnatishga bag‘ishlangan. O‘quv qo‘llanma shunday tuzilganki, o‘quvchilar nafaqat ofis qurilmalarining tavsiflari va ulardan to‘g‘ri foydalanish bilan tanishadilar, balki ularning tuzilishi, ishlash tamoyillari, foydalanish ish tartibini o‘rganadilar.
Alohida bo‘limlarda Windows operatsion tizimining fayl tizimlari yoritilgan. O‘quv qo‘llanmada ofisda qo‘llaniladigan shaxsiy kompyuterlarni takomillashtirish va elektr ta’minoti buzilishlaridan himoya qiluvchi qurilmalarga
katta e’tibor berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |