Mundarija: Kirish I bob. Shaxsiy kompyuterlarning turlari, modellari haqida tushuncha


Qattiq magnitli disklardagi jamlagich hajmi (QMDJ)



Download 0,65 Mb.
bet4/28
Sana02.08.2022
Hajmi0,65 Mb.
#846316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
KURS ISHI (MUHAMMADAZIM) 11.06.2022

Qattiq magnitli disklardagi jamlagich hajmi (QMDJ). QMDJ hajmi odatda Gigabaytlarda o‘lchanadi, 1 Gbayt = 1024 Mbayt. 10 Gbaytli diskli xotira hajmi bugungi kunda yetarli hisoblanadi, lekin mutaxassislarning bashorat qilishlaricha yangi dasturiy mahsulotlarning har biri bir necha gigabayt tashqi xotirani talab qilishi mumkin.
Kesh-xotira. Bu buferli, foydalanuvchi kira olmaydigan tezkor xotira bo‘lib, tezligi nisbatan past bo‘lgan xotira qurilmalarida saqlanuvchi axborot va operatsiyalarni jadallashtirish uchun kom pyuter tomonidan avtomatik tarzda ishlatiladi. Masalan, asosiy xotiradan operatsiyalarni jadallashtirish uchun mikroprotsessor ichida registrli kesh-xotira tashkil qilinadi (birinchi darajali L1 kesh-xotira) yoki mikroprotsessordan tashqarida, tizimli platada (ikkinchi darajali L2 kesh-xotira) tashkil qilinadi; diskli xotiradan operatsiyalarni jadallashtirish uchun elektron xotira yacheykalarida kesh-xotira tashkil qilinadi (uchinchi darajali L3 kesh-xotira). Zamanoviy ShKlarda L1 kesh-xotiraning hajmi 16 Kbaytgacha, L2 kesh-xotiraning hajmi 256 Kbaytgacha bo‘ladi.
Ko‘p masalali ish tartibidan foydalanish imkoniyati.
Ko‘p masalali ish tartibi bir vaqtning o‘zida bir necha dasturlar bo‘yicha (ko‘p dasturli ish tartibi) yoki bir nechta foydalanuvchilar uchun (ko‘p foydalanuvchili ish tartibi) hisoblashlarni bajarish imkonini beradi. Bu ish tartibida mashinaning bir necha qurilmalarining ishini vaqt bo‘yicha muvofiqlashtirish kompyuterning unumdorligini samarali oshirish imkonini beradi. Ayniqsa bu ko‘rsatkich uncha katta bo‘lmagan lokal tarmoqda, server vazifasini bajarayotgan, kuchli ishchi stansiya sifatida foydalanilayotgan kompyuter uchun juda muhim ahamiyatga ega. ShKning ishonchlilik, narx, og‘irlik va o‘lcham kabi boshqa ko‘rsatkichlari iste’molchi talablariga doir ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
3. Shaxsiy kompyuterlarning funksional bloklari
Yuqorida aytib o‘tilganidek, ShKlar yuqori darajali unifkatsiya ga ega bo‘lganligi uning qo‘llanilish sohasiga qarab turli konfiguratsiyalarni tuzish imkonini beradi. Asosiy bog‘lama va bloklarning shunday to‘plamlari borki, ularsiz ShKning funksional imkoniyatlari to‘liq bo‘lmaydi va u universal kompyuter toifasiga tegishli bo‘lmaydi. Bu to‘plam tarkibiga protsessor, xotira bloklari, kiri tish-chiqarish va hujjatlashtirish vositalari, elektr ta’minoti va kompyuterlararo aloqa bog‘lamalari kiradi. SHKning asosiy bog‘lama to‘plami va bloklarining tuzilish sxemasi 1.1-rasmda keltirilgan.
ShKning barcha qurilmalari tizimli shina (tizimli magistral yoki kanal) yordamida birlashtiriladi. Bu magistral tarkibiga ShK barcha qurilmalarining o‘zaro ulanishini va aloqasini ta’minlovchi to‘rtta asosiy shina kiradi:
manzil shinasi (Address Bus) – tashqi jamlagichlar yoki asosiy xotiraning manzil kodining barcha razryadlarini parallel uzatish uchun ulovchi sxemadan va bosma platadagi liniyalardan iborat;
ma’lumotlar shinasi (Data Bus) – (asosiy yoki tashqi) xotiradan protsessorga ishlov berishga mashina so‘zning (operandning) barcha razryadlarini parallel uzatish uchun yoki aks ettirish qurilmasiga uzatish uchun mo‘ljallangan liniyalar va ulovchi sxemalardan iborat;

boshqaruv shinasi (Control Bus) – ShKning barcha bloklariga kodli so‘zlarni yoki alohida boshqaruvchi signallarni uzatish uchun mo‘ljallangan liniyalar va ulovchi sxemalardan iborat;
ta’minot shinasi (Power Bus) – shaxsiy kompyuterning bloklarini energiya ta’minot tizimiga ulovchi liniyalardan iborat;
Tizimli shina axborot uzatishning uchta yo‘nalishini ta’minlaydi:
– protsessor va asosiy xotira o‘rtasida;
– protsessor va tashqi qurilmalarning kiritish-chiqarish portlari o‘rtasida;
– asosiy xotira va tashqi qurilmalarning kiritish-chiqarish portlari o‘rtasida (xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish ish tartibida).
Barcha bloklar shinaga muvofiqlashtirilgan unifkatsiyalangan razyomlar orqali bir xil tarzda: bevosita yoki kontroller (adapter) orqali ulanadi. Tizimli shinani boshqarish protsessor orqali bevosita yoki asosiy boshqaruvchi signallarni shakllantiruvchi shina kontrollerining qo‘shimcha mikrosxemasi orqali amalga oshiriladi. Tashqi qurilmalar va tizimli shina o‘rtasida axborot almashinuvi ASCII-kodlarni qo‘llash bilan bajariladi.
Asosiy bloklarning vazifalarini ko‘rib chiqamiz. 1.2-rasmda protsessor funksional bloklarining minimal to‘plamiga ega bo‘lgan tipik strukturasi ko‘rsatilgan.

Protsessor yoki mikroprotsessor ShKning markaziy qurilmasi bo‘lib, o‘zining va mashinaning barcha bloklar ishini boshqarish va axborot ustida arifmetik hamda mantiqiy operatsiyalarni bajarishga mo‘ljallangan. Protsessor tarkibiga bir necha komponentlar kiradi.



Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish