Mundarija kirish i-bob. Qurilish ishlarini ikkinchi va undan keyingi yillariga smeta qiymatini aniqlashning nazariy asoslari


-jadval. O‘zbekistonda asosiy kapitalga investitsiyalar va ularni hududlar bo‘yicha taqsimlanishi, mlrd. so‘m.5



Download 301,7 Kb.
bet4/30
Sana22.07.2022
Hajmi301,7 Kb.
#838163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
2 5303492253518404885

1.1-jadval.
O‘zbekistonda asosiy kapitalga investitsiyalar va ularni hududlar bo‘yicha taqsimlanishi, mlrd. so‘m.5

Hududlar nomi

Yillar

2016 yildan 2021 yilgacha o’rtacha o‘sish qiymati

2016

2017

2018

2019

2020

2021

Respublika bo‘yicha jami

28694,6

35233,3

41670,5

49770,6

60719,2

107 333,0

374,1

Qoraqalrog‘iston Respublikasi

2361,9

3917,8

5925,7

3718,9

2235

6046,4

256,0

Andijon viloyati

1287,8

1423

1661

1987,3

2236

4056,0

315,0

Buxoro viloyati

2871,6

3408,3

3866,1

5756,7

11008,9

7846,1

273,2

Jizzax viloyati

1017,9

1038,5

1101,1

1247

1436,7

3169,2

311,3

Qashqadaryo viloyati

3498,8

4483,2

5590,5

7048,8

10181,9

15321,1

437,9

Navoiy viloyati

1622,6

1653

1685,4

2846,8

2784,5

10059,1

619,9

Namangan viloyati

1059,3

1618,7

1966,4

2566,7

3052

7131,0

673,2

Samarqand viloyati

1915

2247,8

2854

3321,4

3307,1

5746,9

300,1

Surxondaryo viloyati

1246,8

1339,5

1633,4

2005,2

2949,1

6111,0

490,1

Sirdaryo viloyati

804,7

927,2

1000,2

1240,9

1349,4

2154,6

267,8

Toshkent viloyati

2982,9

3741,9

4055,7

3959,9

4301,8

9351,4

313,5

Farg‘ona viloyati

1899,7

1998,4

2133

2404,5

2473,8

4978,4

262,1

Xorazm viloyati

1148,5

1466,5

1343,4

1445,4

1877,1

2980,0

259,5

Toshkent shahri

4977,1

5969,5

6854,6

10221,1

11525,9

21861,5

439,2

2021 yilda mamlakatimizda barcha manbalar hisobidan qariyb 138 trillion so‘mlik yoki 2020 yilga nisbatan 16 foiz ko‘p investitsiyalarni o‘zlashtirish mo‘ljallanmoqda. Bu borada to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar miqdori joriy yilga nisbatan qariyb 1,5 barobar oshirilib, 4,2 milliard dollarga yetkazilishi, natijada 142 ta zamonaviy korxona ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.


Ushbu vazifalar bo‘yicha hududiy iqtisodiy siyosatni izchil amalga oshirish, istiqbolda hududiy investitsion siyosatni strategik yo‘nalishlarini belgilab olishning fundamental asoslarini tashkil qiladi.
1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, Respublika bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar nominal mazmunda 28694,6 mlrd. so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich izchil o‘sish sur’atiga ega bo‘lgan va 2018 yilga kelib 107 333,0 mlrd. so‘mga yetgan. Demak, ushbu yillarda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning nominal mazmundagi o‘sishi 3,7 barobar bo‘lgan.
Qurilish obyektining smeta qiymati - bu loyihalarda asos solingan qarorlarga asoslangan holda mazkur bino yoki inshootni bunyod etishga sarflanadigan pul mablag‘lar miqdoridir. U smeta hujjatlarni ishlab chiqarish paytida investor yoki buyurtmachi topshirig‘iga yoki loyihalash jarayonida loyiha tashkiloti tomonidan belgilanadi.
Qurilishning smeta qiymatini shakllantirishga ehtiyoj odatda ikki holatda yuzaga keladi:
-qurilishning loyiha-smeta harajatlari bilan ishlash jarayonida, ya’ni belgilangan hujjatlarning tarkibiy va asosiy qismini shakllantirish jarayonida;
-loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini shakllantirish jarayonida.
Obyektning smeta qiymati sarflanadigan kapital mablag‘larni aniqlash, qurilish uchun mablag’ manbalarini izlab topish, qurilish materiallari hajmini aniqlash va ularga zarur bo‘ladigan mablag‘ hajmini aniqlash va narxini (kelishish) shakllantirish hamda bajarilgan qurilish - montaj ishlariga uchun hisob - kitoblarni amalga oshirish uchun asos hisoblanadi. Smeta qiymatlaridan kelib chiqqan holda qurilgan korxonalar, binolar va inshootlar bo‘yicha asosiy jamg‘armalar joriy qilingan balans qiymati belgilanadi.



    1. Kapital qurilishda obyektlar smeta qiymatini shakllantirishning uslubiy asoslari

Mamlakatimizda kapital qurilishda obyektlar smeta qiymatini shakllantirish tizimini bozor iqtisodiyoti qonuniyatlariga muvofiqlashtirish jarayonlari dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 6 maydagi PF-3240 sonli “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida boshlangan. Mazkur Farmonda kapital qurilish sohasida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, tarmoqda bozor iqtisodiyoti tamoyillari va talablariga mos keladigan xo‘jalik munosabatlarini keng joriy etish, pudrat, loyiha ishlari va qurilish materiallarining rivojlangan bozorlarini shakllantirish, qurilishda narx belgilash mexanizmni takomillashtirish, loyihalarni amalga oshirishning pirovard natijalari va samaradorligi uchun investitsiya jarayoni barcha qatnashchilarining mas’uliyatini oshirish maqsadlari ko‘zda tutilgan. Ularni amalga oshirish quyidagilar kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib kapital qurilishda boshqaruv va xo‘jalik munosabatlari tizimiga bozor tamoyillari hamda mexanizmlarini keng joriy etish, loyiha va qurilish ishlarini bajarishga buyurtmalar joylashtirishda tanlov savdolari (tenderlar)ni tashkil etish, qurilishni tashkil qilishning asosiy shakli sifatida inshootlarni to‘liq qurib bitkazishga o‘tish, ishlarni yuqori sifatli bajarish hamda inshootlarning to‘liq qurib bitkazilib topshirilishini ta’minlaydigan injiniring kompaniyalari va loyiha-qurilish tashkilotlarini tuzish ko‘zda tutilgan.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 6 maydagi PF-3240 sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2003 yil 11 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 261-sonli “Markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobiga ro‘yobga chiqarilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda shartnomaviy joriy narxlarga o‘tish to‘g‘risida”gi6 Qarori chiqarilib, unda qurilish tarmog‘ida bozor munosabatlarini rivojlantirish, qurilishda narxlarni shakllantirish mexanizmini takomillashtirish, investitsiya jarayoni barcha qatnashchilarining pirovard natijalar, investitsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligi uchun javobgarligini oshirish bo‘yicha tadbirlar va vazifalar belgilab berilgan.
Mazkur Qaror asosida Respublikamiz qurilish tarmog‘ida hozirgi kunga qadar amalda bo‘lgan “Obyektlarni qurish qiymatini shartnomaviy joriy narxlarda belgilash tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom” tasdiqlangan.
Qarorda Nizomning to‘liq amaliyotga joriy etilishini ta’minlash bo‘yicha bir qator chora tadbirlar belgilanib ularning asosiylari qatoriga quyidagilarni keltirish mumkin:
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, "Davarxitektqurilish" qo‘mitasi markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishida narxlarning sun’iy ravishda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymagan holda ularning shakllantirilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish topshirilgan.
- qurilishning titul ro‘yxatiga birinchi moliyaviy yilda kapital qo‘yilmalar hajmlari va ularni sarflash yo‘nalishlari ko‘rsatilgan, qurilishning ikkinchi va keyingi yillari uchun ular aniqlashtirilgan holda qurilishning barcha davriga tuziladi hamda investitsiya loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aks ettirishi belgilab qo‘yilgan;
- qurilishlarning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan aniq ro‘yxati, o‘tkazilgan tanlov savdolari (tenderlar) va tuzilgan shartnomalar shartlari asosida qurilishning har bir yakka tartibdagi obyekti bo‘yicha investor (buyurtmachi) tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. Obyekt qurilishining unda tasdiqlangan qiymati kreditlash uchun asos hisoblanadi.
- obyektlar qurilishi uchun joriy narxlarni asoslangan holda belgilash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi 2003 yilning III choragidan boshlab "Davarxitektqurilish" qo‘mitasining Narxlarni shakllantirish mintaqaviy markazlariga ularning so‘rovlariga ko‘ra mintaqalar bo‘yicha "qurilish" tarmog‘ida o‘rtacha ish haqining vujudga kelgan miqdorlari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish xizmatlari shakllantirilishi belgilab qo‘yilgan bulib u obyekt qurilishida joriy narxlarga asoslangan ish haqi fondini shakllantirish uchun asos bo‘ladi.7
“Obyektlarni qurish qiymatini shartnomaviy joriy narxlarda belgilash tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik nizom” markazlashtirilgan manbalar (davlat kapital qo‘yilmalari) hisobiga qurilayotgan qurilish obyektlarining shartnomaviy joriy narxlardagi qiymatini aniqlash tartibini belgilab beradi.
Qurilish obyektining smeta qiymati - bu loyihalarda asos solingan qarorlar asoslangan holda mazkur bino yoki inshootni bunyod etishga sarflanadigan pul mablag‘lar miqdoridir. U smeta hujjatlarni ishlab chiqarish paytida investor yoki buyurtmachi topshirig‘iga yoki loyihalash jarayonida loyiha tashkiloti tomonidan belgilanadi.
Qurilishning smeta qiymatini shakllantirishga ehtiyoj odatda ikki holatda yuzaga keladi:
-qurilishning loyiha-smeta harajatlari bilan ishlash jarayonida, ya’ni belgilangan hujjatlarning tarkibiy va asosiy qismini shakllantirish jarayonida;
-loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini shakllantirish jarayonida.
Obyektning smeta qiymati sarflanadigan kapital mablag‘larni aniqlash, qurilish uchun mablag manbalarini izlab topish, qurilish materiallari hajmini aniqlash va ularga zarur bo‘ladigan mablag‘ hajmini aniqlash va narxini (kelishish) shakllantirish hamda bajarilgan qurilish - montaj ishlariga uchun hisob - kitoblarni amalga oshirish uchun asos hisoblanadi. Smeta qiymatlaridan kelib chiqqan holda qurilgan korxonalar, binolar va inshootlar bo‘yicha asosiy jamg‘armalar joriy qilingan balans qiymati belgilanadi.
Qurilishning smeta bo‘yicha qiymatini belgilash uchun asos bo‘lib qo‘ydagilar xizmat qiladi.8
• loyihani tayyorlashga berilgan tushuntirish xati;
• loyiha va ishchi loyiha hujjatlar, shu jumladan qurilish-montaj ishlari loyiha hujjatlari va vedomostlar;
• obyekt jihozlari tasniflari;
• qurilish ishlarini bajarish loyihalari va qurilishni tashkil qilish loyihalari;
• amaldagi smeta me’yorlari tizimi;
Obyekt smeta qiymatini hisoblash va rejalashtirish amaliyotida qurilishning smeta qiymati quyidagi asosiy elementlar asosida aniqlanadi.
• qurilish-montaj ishlari;
• jihozlash va montaj qilish ishlari (montaj ishlari);
• mashina va mexaizmlarni xarid qilish va o‘rnatish uchun harajatlar va qurilishda boshqa harajatlar tarkibiga kiruvchi (loyiha - qidiruv va boshqalar) xarajatlar;
Bahosi shakllantirilayotgan obyektlar bo‘yicha birlamchi axborotlarni O‘zbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qo‘mitasining kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish Markazi tomonidan ishlab chiqilgan «Ishga tushiriladigan quvvatlarni bir quvvat birligi me’yoriy qurilishi narxi ulushi»dan qabul qilish tavsiya etiladi. O‘xshash obyektlar to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmasa, avval loyihalashtirilgan o‘xshash - loyihalar va loyihalar, qurilish tashkilotlari arxividagi qurilgan obyektlar yoki buyurtmaning ma’lumot ba’zasi ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Dastlabki bosqichda obyektlar qurilishining bahosini joriy narxda aniqlash byurtmachi (investor) tomonidan mustaqil yoki shartnoma bo‘yicha mustaqil tashkilot orqali bajariladi. Ushbu usulni qo‘llaganda loyihalashtirishga mo‘ljallangan obyekt va o‘xshash obyektni quyidagi ko‘rsatkichlar orqali tahlil etiladi va solishtiriladi:9
- qurilish hajmiy o‘lchovlari;
- konstruktiv yechimlar;
- texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlar.
Tahlil va solishtirish xulosasiga binoan ishlar turi bo‘yicha qurilish bahosi tarkibiga o‘zgartirish kiritiladi va obyektning smeta bahosi joriy narxda aniqlanadi. Dastlabki bosqichda qurilishning joriy narxlardagi bahosi binolarning ayrim elementlari bahosi asosida shakllantiriladi. «Bino elementi» tushunchasi binoning bir qismini o‘z ichiga olib, turli loyihalarda bir xil vazifani bajaradi. Poydevor, devor, tom, pardoz va boshqalarga «element» ajratib ko‘rsatiladi. Bunday holda binolarning turlari va vazifasi, ishlatilayotgan elementlar mikdoriga qarab o‘zgaradi.
Mazkur usulni qo‘llash jarayoni binoning ayrim elementlari bahosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini tuzishni va kuzatishini talab etadi.
Obyektning boshlang‘ich bahosi shartnomaviy joriy narxda amaldagi Nizom bo‘yicha resurs usuli orqali aniqlanadi. Obyektning boshlang‘ich bahosini aniqlovchi resurs usuli, kerak bo‘lgan loyihani amalga oshirishda, joriy yoki prognoz narxi va tarifi asosida kalkulyatsiya tuzishdan iboratdir.
Obyekt qurilishi bo‘yicha ishlar va xizmatlarning joriy narxlardagi shartnomaviy qiymati tanlov savdolari (tender) natijalari bo‘yicha shakllantiriladi.
Tanlov savdolari (tender)ni tashkil etish va o‘tkazish maqsadida obyekt qurilishi qiymati resurslarga xarajatlarni prognozlashtirilayotgan joriy narxlar va tariflarda kalkulyatsiya qilishga asoslangan resurs usuli bo‘yicha hisoblab chiqiladi.
Bunda yangidan qurilayotgan, markazlashtirilgan manbalar (davlat kapital mablag‘lari) hisobiga moliyalashtirilayotgan obyektlar bo‘yicha bazaviy narxlardagi smeta hujjatlari tuzilmaydi, resurslar smetalari chiqarish tartibi saqlanib qoladi.
Obyekt qurilishining mazkur Nizomga muvofiq buyurtmachi tomonidan aniqlangan boshlang‘ich qiymati tanlov savdolari (tenderlar) o‘tkazishda yo‘nalish hisoblanadi va pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzish uchun asos bo‘lib xizmat qilmaydi.
Tanlov savdolari boshlang‘ich qiymatni oshkor qilmasdan o‘tkazilgan taqdirda u tanlov savdolari (tender)ning ikkinchi bosqichigacha maxfiy axborot hisoblanadi.
Tanlov savdolari (tender)da ishtirok etayotgan pudratchi tashkilotlar tanlov taklifi narxini mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan tartibda va pudrat ishlari bozori kon’yunkturasidan, shu jumladan ish haqiga xarajatlarni aniqlash imkoniyatidan, korxonada shakllangan mehnatga haq to‘lash shartlari va shaklidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda aniqlaydilar.
Talabgorning tanlov taklifi (oferta)da ko‘rsatilgan narxi maxfiy axborot hisoblanadi va tanlov savdolari (tender)ning ikkinchi bosqichigacha oshkor qilinmaydi.
Obyekt qurilishi boshlang‘ich qiymatini va talabgor narxini belgilangan davrgacha oshkor etishda aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Obyekt qurilishining shartnomaviy joriy narxi talabgorlarning tanlovdagi narx bo‘yicha takliflaridan maqbul narxni tanlash asosida, buyurtmachining boshlang‘ich narxini va tanlov hujjatlari shartlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
"Resurs usuli"ni qo‘llashda fizik ko‘rsatkichlardagi:10
- asbob-uskunalar nomlari va miqdori;
- normativ mehnat sarfi;
- mashina va mexanizmlardan foydalanish xarajatlari;
- qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalar nomlari va miqdori;
- boshqa xarajatlar va sarflar aniqlanadi.
"Resurs usuli" bo‘yicha obyektning joriy narxlardagi qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

Download 301,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish