Mundarija kirish i-bob. Qurilish ishlarini ikkinchi va undan keyingi yillariga smeta qiymatini aniqlashning nazariy asoslari


O‘zbekiston Respublikasida qurilish sohasini rivojlantirishning 2021 - 2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi



Download 301,7 Kb.
bet3/30
Sana22.07.2022
Hajmi301,7 Kb.
#838163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
2 5303492253518404885

O‘zbekiston Respublikasida qurilish sohasini rivojlantirishning 2021 - 2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi

So‘nggi yillarda Respublikamizda qurilish sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga, qurilish jarayonlarini raqamlashtirish, tarmoqqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga, qurilishda bahoni shakllantirish faoliyatini amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.


Shu sababli Respublikamiz qurilish tarmog‘ida ham iqtisodiy islohatlarni jadal rivojlantirish maqsadida 2020 yil 13 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5963-sonli Farmoni qabul qilinib unda qurilish sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishdek qurilish jarayonlarining barcha bosqichlarida shaffoflikni ta’minlash qaratilgan demokratik islohatlarni amalga oshirish belgilab olindi.
Mazkur Farmonda O‘zbekiston Respublikasi hududida shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatidan tartibga solishga doir milliy normativ hujjatlarni bilan bir vaqtda, xorijiy normativ hujjatlar qo‘llanishiga imkon yaratib beruvchi muxitni 2028 yil 31 dekabrga qadar yaratish vazifasi qo‘yildi.2
Mazkur qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida 2028 yil 31 dekabrga qadar shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatidan tartibga solishga doir milliy normativ hujjatlar bilan bir vaqtda loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishda xorijiy normativ hujjatlar qo‘llanishiga ruxsat etildi. Bunda:
mahalliy loyiha-qidiruv tashkilotlarini jalb etgan va milliy normativ hujjatlarga nomutanosib bo‘lgan qismlar uchun komrensatsiyalovchi choralarni ta’minlash, zarur hollarda moslashtirilgan loyiha hujjatlarini ko‘rib chiqish uchun vakolatli organ tomonidan jalb qilingan mustaqil xorijiy mutaxassislar va konsultantlardan foydalanish imkoni yaratiladi;
malakali mutaxassislar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar va to‘langan soliqlar, ish haqi to‘lash fondi va boshqa mezonlar) asosida avtomatik tarzda shakllanadigan loyiha-qidiruv tashkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi;
2020 yil 1 sentyabrdan soliq va statistika hisobotlari ma’lumotlari shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi ma’lumotlari asosida qurilish ishlari hajmlari va obyektlariga muvofiq tabaqalashtirilgan holda avtomatik tarzda shakllantiriladigan qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi;
2021 yil 1 yanvardan qurilish sohasidagi davlat xaridlari doirasida xarid tartib-taomillari, loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarining xarid tartib-taomillarida belgilangan malaka talablariga muvofiqligini baholashda ularning elektron reytingi ma’lumotlaridan foydalanish va boshqa elektron tizimlar bilan integratsiyalash imkoniyatini hisobga olgan holda, elektron shaklda onlayn rejimida amalga oshiriladi;
davlat xaridlarida ishtirok etish uchun ruxsat berishda elektron reytinglarga kiritilgan va tegishli mezonlar bo‘yicha ijobiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarning dastlabki malakaviy baholashdan o‘tishi, shuningdek, tanlov (tender) hujjatlarining umumiy va texnik qismlarini taqdim etishi talab etilmaydi;
davlat buyurtmachilari va davlat xarid sub’ektlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarning loyiha hujjatlari komrleks ekspertiza o‘tkazish uchun belgilangan muddatlarda energiya samaradorligi talablariga muvofiqligi bo‘yicha majburiy tartibda ekspertizadan o‘tkazilishi shart;
qurilish sohasidagi davlat xaridlari doirasida xarid tartib-taomillarida g‘olib deb torilgan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari ishlar (xizmatlar) narxining kamida o‘ttiz foizini o‘z kuchi bilan bajarishi bo‘yicha talab joriy etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6119-sonli Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish va ushbu jarayonda jamoatchilikning samarali ishtirokini ta’minlash;
shaharsozlik faoliyatining sifati va xavfsizligini oshirish;
shaharsozlik faoliyati sohasidagi ma’muriy tartib-taomillarning samaradorligi, ratsionalligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, qurilish tarmog‘i tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish;
shaharsozlik faoliyatini raqamlashtirish, tarmoqqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
shaharsozlik faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish.
Shuningdek mazkur farmonda O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 - 2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi tasdiqlanib unda:
O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirish strategiyasini 2021 - 2025 yillarda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» keltirildi.3
Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasining geologik, tabiiy-iqlim, seysmologik va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda 2025 yilga borib milliy shaharsozlik normalari va qoidalarini kamida 50 foiz darajasida xalqaro normativ va standartlar bilan uyg‘unlashtirishga erishish;
2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar rosyolkalarining 25 foizini bosh rejalar bilan qamrab olishga erishish;
2025 yilga borib «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi doirasida qo‘shimcha to‘rtta elektron rlatforma yaratilishini, shuningdek, ularning idoralararo axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash;
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning «hajm» uslubini joriy etish ulushini 2025 yilga borib Respublikadagi qurilish obyektlari umumiy sonining 50 foizigacha yetkazish;
2025 yilga borib arxitektura va qurilish sohasidagi oliy ta’lim muassasalaridan birining xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi Osiyo mamlakatlarining eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kirish vazifalari qo’yildi va bu vazifalarni izchil amalga oshirishga kirishildi.
Bugungi kunda dasturga muvofiq 2021 yil 1 yanvardan boshlab qurilish ustidan jamoat nazoratini ta’minlash joriy etilib unda:
a) aholi punktlarining bosh rejalari jamoat muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda tasdiqlanadi. Bunda aholi punktlari bosh rejalarining jamoat muhokamasi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
b) aholi punktlari bosh rejalarining yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiqligi yuzasidan jamoat ekspertizasini amalga oshirish imkoniyati joriy etiladi;
v) aholi punktining taklif etilgan bosh rejasidan norozi bo‘lgan jamoat nazorati sub’ektlarining tashabbusiga ko‘ra aholi punktining muqobil bosh rejasini ishlab chiqish yoki unga o‘zgartirish (tuzatish) kiritish mexanizmi joriy etiladi;
g) aholi punktlari bosh rejalarining jamoat muhokamasini tashkil etish mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklanadi.
Shuningdek, 2021 yil 1 martdan boshlab Respublikamizda ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarni, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylarni qurish hamda rekonstruksiya qilish obyektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkazilgan hamda obyekt qurilishi Qurilish vazirligi qoshidagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan davlat qurilish nazorati o‘rnatilgan holda amalga oshiriladigan tartib joriy etildi.
Bosh pudrat va subpudrat tashkilotlari – ko‘p kvartirali uylar obyektlarini “foydalanishga tayyor” holda qurish yuzasidan ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar hajmi bo‘yicha barcha turdagi soliqlar, davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Rensiya jamg‘armasi bundan mustasno;
Qurilish materiallari va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi (Respublika hududida) tashkilotlar – ko‘p kvartirali uylar obyektlarini “foydalanishga tayyor” holda qurish uchun pudrat tashkilotlariga sotiladigan qurilish materiallari va asbob-uskunalar hajmi bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i, davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan va yagona soliq to‘lovidan ozod qilingan;
Bosh pudrat tashkilotlari – ko‘p kvartirali uylar obyektlarini qurish uchun chetdan keltiriladigan, Respublikada ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari, qurilish texnikasi va asbob-uskunalar, shuningdek ularga ehtiyot qismlar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari) ozod qilingan;
Jismoniy shaxslar – ipoteka krediti to‘lab bo‘linguncha ular tomonidan sotib olingan kvartiralar bo‘yicha mulk solig‘idan ozod qilingan.
Joriy yilda bosh maqsadimiz xalq farovonligini ta’minlash, mamlakatni modernizarsiya va isloh etish dolzarb masala bo‘lib turgan bir sharoitda, yangi iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va uni amaliyotga keng joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugun mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo‘lida izchil ilgarilab borishini tahlil qilar ekanmiz, o‘tgan yili Prinsirial muhim islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha qat’iy qadamlar qo‘yildi, deyish mumkin.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev aytganlaridek, eng avvalo “ Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tizimini tubdan qayta tashkil etish, shaharsozlikning eskirgan metodologiya va normativlari, kapital qurilishdagi nomutanosiblik va muammolarni bartaraf etish, shuningdek, loyiha institutlarining samarasiz faoliyatini qayta ko‘rib chiqish masalalari” o‘ta muhim hisoblanadi. Shuningdek, ma’ruzada qurilish va loyihalash tashkilotlari faoliyatiga tanqidiy fikr bildirilib, ularning iqtisodiy faolligini oshirish lozimligiga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan Respublikamizda qurilish sohasida “litsenziyaga ega bo‘lgan 850 ta loyiha tashkilotlarining atigi 147 tasi yoki 17 foizi mamlakatimiz miqyosidagi investitsiya dasturlarini amalga oshirishda”4 ishtirok etayotgani keltirib o‘tilgan yani sohada mavjud korxonalarning 83 foizi kichik loyihalar doirasida faoliyat ko‘rsatayotgani yoki ularning ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanilmayotgani ta’kidlab o‘tilgan.
Bugungi kunda narx belgilashning ikki shakli bor bo‘lib, ular erkin narxlar va davlat tomonidan boshqariladigan narxlardir. Bu ikkala narxlar ham mamlakatda amal qilayotgan narx belgilash siyosatiga bo‘ysunadi. Bugungi kunda davlatimiz erkin narx belgilash chegaralarini imkon qadar kengroq ochishga, ya’ni narxlarni erkinlashtirishga intilmoqda, bu esa bozor iqtisodiyoti mexanizmiga zid kelmaydi.
O‘zbekistan Respublikasi iqtisodiyoti innovatsion taraqqiyot yo‘liga o‘tib borayotgan sharoitlarda, ayniqsa, xom ashyo va energetika bozorlarida narxlarning barqarorlashuvi katta ahamiyat kasb etadi.

Download 301,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish