Mundarija Kirish I. Bob. O’zbekistonda suv havzalari va ulardan foydalanish holati


Suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama etildi



Download 59,04 Kb.
bet10/17
Sana08.04.2022
Hajmi59,04 Kb.
#537724
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Respublikamizda suv manbalarini gigiyenik xarakteristikasi

Suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama etildi


O‘zbekistonda qishloq va suv xo‘jaligi tubdan isloh qilinmoqda. Bu islohot suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga, yerning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha maqsadli kompleks chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarishga, tuproq unumdorligini tubdan oshirishga, shu jumladan ixtisoslashtirilgan suv xo‘jaligi, qurilish va ekspluatatsiya tashkilotlari, suvdan foydalanuvchilar assotsiatsiyalari hamda fermer xo‘jaliklarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida 5 noyabrda bo‘lib o‘tgan davra suhbatida “O‘zbekiston Respublikasida suv resurslaridan foydalanishning dolzarb masalalari” mavzusi muhokama etildi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida suv resurslarini oqilona ishlatish va suvdan foydalanish bo‘yicha tegishli qonunchilik bazasi yaratilgani qayd etildi. 1993 yilda “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2007 yil 31 oktabrdagi qarori bilan mintaqada birinchi marta Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi tashkil etilgan bo‘lib, uning vazifasi drenaj infratuzilmasini qurish va rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash, shuningdek, suv xo‘jaligi tashkilotlarini meliorativ texnika va uskunalar bilan ta’minlashdan iborat.
2008 yildan buyon mamlakatda Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashning 2008-2012 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi amalga oshirib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 iyuldagi “Suv xo‘jaligini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan suv resurslaridan tejab-tergab foydalanish bo‘yicha aniq maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda, melioratsiya obyektlarini rekonstruksiya qilish va qurish, magistral kanallar, kollektorlar, drenaj tarmoqlari, nasos stansiyalarini ta’mirlash va tiklash ishlari olib borilmoqda, tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilib, tegishli uskunalarni mamlakatda ishlab chiqarish tashkil qilinmoqda, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat investitsiyalari ajratilmoqda.
Shu bilan birga, suvdan limit bo‘yicha foydalanishga o‘tilganidan keyingi oxirgi o‘n yil davomida bir kompleks gektarga suv olish hajmining gektariga 13 ming kub metrdan 10,4-12,2 ming kub metrgacha kamaygani kuzatilmoqda. Ushbu ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yuqoriligicha qolayotgan bo‘lib, tegishlicha gektariga 14-16 ming kub metr va 16-18 ming kub metrni tashkil qilmoqda. Shuningdek, sug‘orish suvini transportirovka qilish chog‘ida yerga singib ketishi va foydalanilishi tufayli kamayishi ortib borayotganligi kuzatilmoqda.
Bundan tashqari, xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida suvga bo‘lgan yillik ehtiyoj tinimsiz ortib bormoqda. Misol uchun, kommunal xo‘jaligida suv sarfi aholi ko‘payib borayotganligi tufayli suv ishlatishning hozirgi darajasida yiliga 16-20 million kub metrga ortib bormoqda. Sanoat rivojlanishi bilan ushbu tarmoqning suv ishlatishi ham ko‘payib bormoqda.
Shu bilan birga, masalani muhokama qilish asnosida davra suhbati qatnashchilari suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, irrigatsiya tizimlari va sug‘orish texnikasini, suv hisobi tizimini yanada takomillashtirish, biznesni suvni tejaydigan progressiv ishlab chiqarish texnologiyalaridan, suv bilan ta’minlashning aylanma va takroriy-navbatli tizimlaridan keng foydalanishga va suvni behuda yo‘qotishni qisqartirishga rag‘batlantiruvchi samarali iqtisodiy mexanizmlarni joriy qilish yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurligini ta’kidladilar.
Muhokama yakunlari bo‘yicha davra suhbati qatnashchilari mahalliy davlat boshqaruvi organlari, vazirlik va idoralar, qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari, Suvdan foydalanuvchilar assotsiatsiyasining iqtisodiy mexanizmlarni ishlab chiqish yordamida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, suvni tejaydigan texnologiyalarni faol joriy etish, suvni muhofaza qilish zonalarida ruxsatsiz qurilishlarning oldini olish, ommaviy axborot vositalarini suv resurslarini qo‘riqlash va muhofaza qilish, suvga ehtirom bilan munosabatda bo‘lish masalalariga jalb etish borasidagi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirishni nazarda tutgan tegishli tavsiyalarni qabul qildilar.
Tadbirda senatorlar, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, shuningdek, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Suv muammolari instituti, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi agentligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari uyushmasi, “O‘zgidromet” rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdilar.



Download 59,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish