Bog'liq 22-SONLI BHMS VA UNI AMALIYOTGA QO\'LLASH MUAMMOLARI
Boshqa yoritib berishlar 97. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, agar boshqa moliyaviy hisobotlarda yoritilmay qolgan bo‘lsa, quyidagi axborotlarni yoritib berishi kerak:
97.1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning huquqiy shakli, ta’sis etilgan mamlakat va ro‘yxatga olingan idoraning yuridik manzili (yoki amaliy faoliyat aniq joyi, agar amaliy faoliyatning manzili ro‘yxatga olingan idora manzilidan farq qilsa);
97.2. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar asosiy faoliyati xo‘jalik muomalalari mohiyatining tavsifi;
97.3. Bosh kompaniya yoki guruh bosh kompaniyasining nomi;
97.4. Xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni.
XULOSA Xulosa ornida shuni ta’kidlash joizki, hozirgi kunda ta’lim tizimida juda katta o’zgarishlar bo’lmoqda. Bugungi kun ta’lim tizimining bosh maqsadi har tomonlama yetuk kadrlarni yetkazishdir. Buning uchun ta’lim muassasalarida o’quv jarayonlari yangicha shaklda olib borilmoqda. Ilgargi an’anaviy usullardan zamonaviy pedagogik texnologiyalarga o’tilmoqda. Yuqorida ko’rib chiqqanimizdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning bir bo’lagi modellashtiruvchi metod avvalambor talabalarning mustaqil fikrlashga o’rgatadi. Bu jarayonda barcha talabalar o’qituvchi boshchiligida darsga qatnashishadi.
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, bugungi kunda yoshlarni ma’naviyintellektual rag’batlantirishning ahamiyati kattadir. Ma’naviy intellektual sifatlarni zamonaviy usullarda aniqlash tarbiyaviy jarayonga samarali o’zgarishlar kiritadi. O’quvchi yoshlarning, talabalarning ma’naviy-intellektual shakllanish sifatlaridagi yutuq va kamchiliklarni odilona baholash tizimi tarbiya mazmuni, usullari va uning tashkiliy shakllarini yaxshilashga doir tuzatishlar kiritishi lozim. Talabalarga mutaxasisslikbo’yicha bilimlardan tashqari boshqaruv jarayonini ham o’rgatish lozim. Buni ham biz yuqoridagi metod orqali qo’llay olamiz albbat.
Ushbu kursishini yozish jarayonida shuni xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobi faoliyatning bosh bo’g’ini desak yanglishmaymiz albatta. Chunki, bu hisob tizimi orqali biz sub’yektlar faoliyatini qay darajada olib borilayotganini bemalol baholay olamiz. Buning uchun esa biz buxgalteriya hisobining registrlari va shakllarini to’g’ri farqlay olishimiz kerak. Buning uchun bizga qonunchilik tizimidan ham yetarli bilimlar bo’lishi shart. Bugungi kunda erkin va mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda va faol ishtirok etishga qodir yosh avlodni shakllantirish bosh masala ekan, shuning uchun na’lim tizimiga e’tiborni kuchaytirish kerak.
Mavzu bo’yicha quyidagi metodik tavsiyalarni bildirishimiz mumkin:
Modellashtirish o’yinlarining mazmun-mohiyatini, maqsad vazifalarini tushuntirish talabalarning kasbiy malaka-ko’nikmalarini shakllantirishga yordam berishi lozim;
Modellashtiruvchi o’yin metodida motivatsiya va tasavvurni
shakllantirishga alohida e’tibor berish;
Modellashtirish o’yinlarini rejalashtirish va tayyorlashni muvofaqqiyatli amalga oshirish iqtisodiy ta’lim tarbiyaning muhim sharti hisoblanadi;
Modellashtiruvchi o’yin metodini o’tkazish jarayonining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash va tushuntirish;
Modellashtiruvchi o’yin metodini oldindan tushuntirish ta’lim sifati va samaradorligi kafolati ekanligini inobatga olish;
Modellashtiruvchi o’yin metodini o’tkazishdan oldin uning didaktik va tarbiyaviy maqsadlariga alohida e’tibor qaratish lozim.