Mundarija kirish I bob. Nazar Eshonqul asarlarida yangicha tasvir va bayon usuli II bob. Adib asarlarida qahramon ruhiyatidagi evrilishlar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati kiri sh mavzuning dolzarbligi


II-BOB. ADIB ASARLARIDA QAHRAMON RUHIYATIDAGI EVRILISHLAR



Download 163,15 Kb.
bet8/9
Sana31.12.2021
Hajmi163,15 Kb.
#238077
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BMI Nazar Eshonqul

II-BOB. ADIB ASARLARIDA QAHRAMON RUHIYATIDAGI EVRILISHLAR

Bugungi adabiyotimizda tendensiyaga aylangan “modern” asarlar yoki unga xos talqinlar katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bu hodisani ayrim adabiyotshunoslarimiz g‘arb adabiyotining F.Kafka, A.Kamyu singari XX asr buyuk yozuvchilarining ta‘siri yoki ularga taqlid deb atashmoqdalar. Bu gapda jon bor. So‘nggi yillarda yosh ijodkorlar avlodi orasida o‘sha adiblar ijodiga qiziqish benihoya kuchaydi, “modern” uslubidagi ayrim asarlar o‘zbek tiliga ayni shu avlod vakillari tomonidan tarjima ham qilindi. Shu kabi misollarga asoslanib, bu tamoyilni faqat g‘arb ta’siriga bog‘lash, uni taqlidchilikdan iborat deb qarash to‘g‘ri emas. Milliy adabiyotdagi har bir hodisaning sababini tashqi omillardan emas, avvalo, ona zaminning o‘zidan, real voqelikdan, zamona ehtiyojidan izlamoq darkor. Bu xususda yozuvchi N.Eshonqulning o‘zi shunday fikr bildiradi: “Adabiyot hech qachon yakka holda taraqqiy etgan emas. Bir insonni fikridan qaytarish yoki o‘z haqiqati bo‘lgan shaxsning qarashlarini o‘zgartirish oson emas. Chunki inson o‘z maslagidan voz kechishi, bosib o‘tgan yo‘lini, yashash tarzini inkor etishi, men adashibman, deya osongina tan olishi hazilakam gap emas. Bu qalb va iroda bilan kechadigan jarayon. Axir, umr davomida singdirilgan mafkurani yangilashning o‘zi bo‘lmaydi-da! Jahon adabiyoti dunyodagi yuzlab xalqlarning adabiyoti, shu jumladan bizning ham. U bizga begona adabiyot emas. Shuning uchun jahon adabiyoti tushunchasiga cho‘chib, xavotirlanib qarash noo‘rin. An’analar adabiyotdan adabiyotga o‘tadi. Kimda nimaga ehtiyoj bo‘lsa, o‘shani oladi. Men ham o‘z ehtiyojimga yarasha olganman. Kimga kerak bo‘lsa bizdan oladi. Men ta’sirni juda oddiy tushunaman, shu sababli cho‘chimayman. “Boshqacha yozish” agar o‘ziga xos yozish bo‘lsa, bu muqarrar hodisa. Agar u chiranish, oliftachilik bo‘lsa, u hech narsa, hatto taqlid ham emas. Taqlid ham taqlid qilinayotgan narsaga mos bo‘lishi kerak. Bo‘lmasa u karnay bo‘laman deb chirangan surnayning holiga tushadi. Gap taqlid yoki ta’sirda emas: gap iste’dodda. Yozilgan asarda iste’dod seziladimi, yo‘qmi? Agar sezilsa, xavotir noo‘rin. U baribir ta’sir doirasini yorib chiqadi25.



O‘zbekiston Qahramoni, tarjimon va munaqqid Ozod Sharafiddinovning mashhur maqolasi bor26. Unda davr o‘tishi, tizim o‘zgarishi bilan inson qalbida kechadigan jarayonlar, bo‘hronlar, kurashlar haqida gap boradi. Maqola sarlavhasining o‘ziyoq kishini mushohadaga undaydi.Ozod domlaning navqiron yoshi, umrining salmoqli qismi «u» davrga to‘g‘ri keldi. Faraz qilaylik, siz xizmat qilayotgan jamiyat, siyosat, yon-atrofingizdagi barcha voqea-hodisalar birdan o‘zgardi. Xo‘sh, nima qilasiz? Indamay, yangi tizimga, boshqaruvga, atmosferaga moslashib ketaverasizmi? Shubhasiz, yo‘q! Bu holat INSONga xos emas. Odamzod bunday yozuqni osongina qabul qilmaydi. Yuragini tahlil qiladi, umrini taroziga soladi, taqqoslaydi va qaror chiqaradi. Mana, yigirma besh yil ichida qanchalab insonlar qalb qarorini qabul qildi. Yozuvchi haq. Zero, adabiyot umuminsoniydir. Aslida san’atning, jumladan adabiyotning ham milliylikdan ko‘ra umuminsoniy xususiyati teranroq bo‘ladi. U irq, din, til kabi kishilarni ajratib turuvchi tabiiy-ijtimoiy to‘siqlardan yuksakda turadi. Mamlakatlar, siyosiy tuzumlar, chegaralarni butkul inkor etadi. Haqiqat shuki, hozirgi G‘arb qadimgi Sharqdan o‘rganib ulg‘aydi. Endilikda Sharqning g‘arbdan ta’sirlanishiga ham tabiiy hodisa sifatida qarash kerak. Hayotimizdagi ijtimoiy-ma‘naviy burilishlar tufayli o‘zgarayotgan adabiyotimizda g‘arb adabiyoti ta’sirida mavjud an’analar ijodiy yangilanib bormoqda. Bu o‘zgarish, ayniqsa, hodisalarni ifoda qilish tarzida aniqroq sezilmoqda. Xususan, avvallari voqealarni qahramon tilidan bayon qilishga xushlamayroq qaralardi. Bunday usul qo‘lansa, albatta, qahramon o‘ziga yon bosadi, hodisalar xolis yoritilmaydi, deya tushuniladi. “Hatto”, “Mening bolalik yillarim…” deya birinchi shaxs tilidan “O‘tmishdan ertaklar” singari ajoyib asar yaratgan Abdulla Qahhordek ulug‘ san’atkor ham “Asarning birinchi shaxs tilidan yozish ijodkorni cheklab qo‘yadi” deb yoshlarga maslahatlar bergan edi” deb xotirlagan adabiyotshunos Abdulla Ulug‘ov “Aslida esa asarning san’at darajasini hodisalarning kim tarafidan hikoya qilinishi emas, balki yozuvchining badiiy mahorati belgilar ekan”, degan haqli xulosaga kelgan.27. Yozuvchining bir qator hikoyalari, jumladan, “Hayol tuzog‘i”, “To‘zon”, “Lazzat ortida qolgan yurak”, “Zulmat saltanatiga sayohat” hikoyalari an’anaviy asarlar singari bir kishi taqdiri tafsilotlari tavsifidan iborat emas. Ular mislsiz azobda o‘rtanayotgan bor bisotidan, o‘zligidan ajralgan dunyoga qo‘l siltagan inson ichki olamining so‘zda chizilgan suratiday bo‘lib ko‘rinadi. Bu surat buyuk rassomlar asarlari singari qabariq va ta’sirchandir. Undan o‘z xotiralarini yengolgan, taqdir so‘qmoqlarida adashgan alamzada odam so‘zlab turganday ko‘rinadi. Bu qahramonlar o‘zini-o‘zi inkor qilgan g‘alayonlarning mo’jaz umumlashmasi sanaladi. “Qora kitob” qissasida o‘z “men”ini taftish qilayotgan qahramon o‘ziga-o‘zi “…meni hech kim o‘zimdek sud qilolmaydi. Jazo nima u?” degan savol qo‘yadi va “Shunchaki rasmiy marosim. Aslida eng oliy jazoni ko‘ngilning o‘zi chiqaradi”, deydi

Haqiqatan ham inson o‘z qilgan aybini, xatosini qalbining tub-tubidan anglab yetsa, unda insonga sud tomonidan berilgan jazoning vijdon oldidagi jazodan o‘n chandon, yuz chandon yengil ekanligini his etadi. Bu jihatni ochishda, hayotning, zamonning turfa o‘yinlari, insonning qilmishlari to‘g‘risida fikr yuritgan mazkur asarlar katta ahamiyat kasb etadi.

“Xaroba shahar surati” hikoyasi ham yozuvchining mahorati, iste’dodidan darak beradi. Parishon yigitning o‘y-xayollari, fikrlari, ichki kechinmalari, o‘zligini anglash yo‘lidagi mashaqqatlari bayon etilgan mazkur hikoya insoniyat ong-shuurining naqadar qotib qolganligi, uning yozuvchi Ch.Aytmatov “Asrga tatigulik kun” asari qahramoni Jo‘lomon misoli manqurtga aylanib ulgurmaganini xaroba shahar surati orqali badiiy timsollar bilan ochib bergan. E’tibor beradigan bo‘lsak, yozuvchi asardagi shahar nomini Tursoriya deb ataydi va uning vayron bo‘lishdan avvalgi go‘zalligini odamlarga uqtirishga, uni qaytadan qurishga chaqirib, quyidagicha tasvirlaydi: “Tursoriya meni qanchalik qiziqtirsa, boshqalarni shunchalik ajablantirardi. Ular tayinsiz bir rassomning fazli-irodasi bilan vayron etilgan qandaydir Tursoriyani deb tashvish chekib yurish sababini tushunmasdilar va buni shunchaki oliftagarchilik deb o‘ylashar yoxud g‘irt safsataga yo‘yishardi. Men ularga Tursoriya haqida, uning yashil bog‘lari, zangori osmoni, tuman qoplagan tosh ko‘chalari, odamzotning qudratini namoyish etish uchun qurilgan minoralari, shahardan uzoqlarda ham hidi ufurib turadigan xuddi qizlar kabi durkun va nafis gullari, qirmizi tulporlar minib yuradigan yigitlari, xayoldan ko‘ylak tikib kiygan qizlari, xilol bilan birga hilpiraydigan cho‘g‘lari, saxar chog‘lari xo‘rozlaridan ham oldin uyg‘otadigan azonlari hamda bolaning ko‘zlari kabi tiniq va ma’sum daryolari haqida gapirib berar va bularni Tursoriya boshqalarning ham e’tiborini tortsin, deya ko‘pincha o‘zim to‘qirdim. Biroq mening bu tajribasiz va tarqoq qo‘shinim – bolalarcha cho‘pchaklarim bilan odamlarning befahmlik va loqaydlik devorlari o‘rab olgan, hech narsa bilan zabt etib bo‘lmas, toshdek qotib qolgan qalb qo‘rg‘onlarini hech qachon zabt etolmasdim, aksincha, mening yuragimdan so‘zlarga quyilib chopib chiqqan hayajon va umid ohulari ularning befarqlik ko‘pchigan kuzlarining toyg‘oq qoyalaridan sakrab o‘tolmay, bir-bir qulab tushardi. Hamisha gaplarim ularning ensasini qotirardi” 28.

Beparvolik va loqaydlik inson tanazzuli. Uning tuyg‘ularsiz yashashi, kimligini va nima uchun bu dunyoga kelganligini anglamaslik, misoli hayvondek faqat qorin g‘amini, o‘z tinchini o‘ylashi insoniylikdan yiroqlashish degani. “Xaroba shahar surati” hikoyasi insoniyatning o‘sha tanazzuliga, zulmatga singish jarayonini ko‘rsatganligi bilan ham ahamiyatlidir. Ko‘p yillar aldov odamzotni shunday ko‘yga soldi. Uni jirkanch maxluqdan ajratib bo‘lmas holda tarbiya qildi. Natijada inson “Xayol tuzog‘i” hikoyasidagi kabi odamkushlikka ruju qo‘ydi. Yonida har kun bir-birini chopish maqsadida bolta olib yurar holga tushdi. Bu uning kasbiga aylanib bordi. Yozuvchi yana bir o‘rinda shunday izoh beradi:

“Ularning hammasi menda Tursoriyani bilmay o‘tayotganliklari uchun ham butun umri g‘aflat o‘rmonini sargashta kezib yurgan sarson odamlardek taassurot qoldirardi. Men ularning ko‘zlarida, yuzlarida g‘ofil va tushkun yashashga mahkum etganliklarini ko‘rardim. Ular tiriklikning mangu va abadiy qaroqchilaridan qocha-qocha mana shu loqaydlik va tanballik saltanatidan panoh topgandilar va ular qochib kirgan boshpanalarida o‘zlari kabi omonatlik va xarobalik ufunati anqirdi”29.

Insoniyat tarixi o‘tmish davrlaridan iborat. O‘tmaydigan davrning o‘zi yo‘q. Badiiy tafakkur ham shu. U tinimsiz o‘zgaradi, o‘zgargani sayin badiiy tasvir imkoniyatlari kengayadi, torayadi, tinch turmaydi. Shu tariqa har qanday milliy-badiiy tafakkur biridan keyingisiga o‘tuvchi bosqichlar evolyutsiyasidan tashkil topa boradi. Ana shu tadrijiy davomiylik ilg‘ab olinsa, milliy-badiiy tafakkurning yaxlit bir jarayon ekanligini tasavvur etish oson ko‘rinadi. Mazkur yaxlit jarayon ichidagi badiiy tafakkur evolyutsiyasi bosqichlarini aniqlash uchun esa qo‘llanilayotgan badiiy tasvir vositalari tadrijini o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Chunki ijodkor shaxs dunyoni, insonni qanday idrok etsa, shunga yarasha badiiy tasvir vositalaridan foydalanadi, yangilarini kashf etadi.

Asl kasbi insonshunoslik bo‘lgan adabiyot hamma davrlarda ham insonni e’zozlagan. O‘zbek realistik nasri bundan mustasno emas, albatta. Biroq bugungi davr adabiyoti va san’atining bosh xususiyati insonparvarlik tuyg‘usining har qachongidan chuqurroq, kengroq va yuksakroq darajalarga chiqishi bilan ifodalanadi. 80-yillarning avvalida o‘zbek hikoyachiligida xuddi shunday ko‘tarilish kuzatildi. Tasvirlanayotgan qahramonga shaxs sifatida e’tibor kuchaydi, ya’ni insonning shaxslik a’moli badiiy tadqiq ob’ektiga aylana boshladi. Insonparvarlik, shaxsparvarlikda namoyon bo‘ldi. Shaxs fenomenini tadqiq etishga urinish intellektual qahramon obrazlarining yaratilishiga, shuning barobarida badiiy tasvir vositalari doirasining kengayishiga olib keldi. Tabiiy, realistik milliy badiiy tafakkur bunday miqyosga dabdurustdan erishmadi, albatta, balki yetuk shaxslik martabasining ibtidosi bo‘lmish oddiy insoniyat qadr-qimmatni, nafsoniyatni anglashga urinishlardan boshlandi. Yozuvchi N.Eshonqul hikoyalarida esa bu ko‘rinish o‘ziga xos tarzda bo‘y-bast ko‘rsatib borayotir. “Uyg‘onish badiyati insonni jo‘n va yuzaki tushunishdan, uni bir yoqlama talqin etishdan voz kechdi, – deb yozadi filologiya fanlari nomzodi Xurshid Do‘stmuhammad, – o‘zbek hikoyachiligida bu o‘ziga xoslik nasihatbozlikdan qutulishda o‘z ifodasini topdi. Misol uchun “oqpadarlik – yomon”, ichkilikbozlik, poraxo‘rlik – illat” singari “g‘oya”lar hikoyalarda o‘z qadr-qimmatini yo‘qotadi. Ishlab chiqarish mavzusidagi jasoratlar madhi o‘rnini qahramonning shaxs sifatidagi kamolini izlash tasviri egalladi. Qahramonlarning ijobiy yoki salbiyligini belgilovchi mezonlar o‘zgardi. Qahramon shaxsi, ruhiy olami, shuuri tasviriga moyillikning kuchayishi hikoyaning syujet qurilishini, tasvir maromini, konfliktlar tabiatini yangiladi”30.

Darhaqiqat, adib ta’kidlaganidek, inson ruhiy holatini taftish etuvchi, uning o‘zligini, “men”ini kashf etishga qaratilgan modern adabiyoti Sharqning ulkan tafakkur qudrati bilan yaratilgan. Bu borada yozuvchi N.Eshonqul fikr bildirar ekan, xalqimizning qadimiy ijod namunalarini yuqori baholab: “Turkiy xalqlar asotir va eposining ta’sir ko‘lami shu darajada kengki, biz hatto buni tasavvur ham qilolmaymiz. Agar biz ana shu merosni o‘zlashtira olsak, g‘arb adabiyoti nimadan “ozuqlangan”ini ham, chinakam ma’nodagi adabiyot o‘zi nimadan iborat ekanligini ham tezda tushunib yetamiz”31 .

Nazar Eshonqul asarlarini o‘qib turib yozuvchi ijodidagi ko‘zga tashlanadigan jihatlar asosan xalq mifologiyasi asosida, uning o‘zagidan ruh olib yaratilganligiga amin bo‘lasan.

“Shamolni tutib bo‘lmaydi”dagi Bayna momodek matonatli insonlar, “Xaroba shahar surati”dagi parishon yigit, o‘z tanazzulini sezmagan saylovga nomzodi qo‘yilgan shoir, unga qarama-qarshi tarzda o‘z mag‘lubiyatini seza turib, bunga ko‘nikkan professor, “Xayol tuzog‘i”dagi aldov va maqsadsizlik ustiga qurilgan bu dunyodan voz kechgan Voqif, inson miyasini taomiga aylantirgan “To‘zon”dagi maxluqlarga urush ochib, o‘zi ham uning domiga tushgan yozuvchi yigit, “Lazzat ortida qolgan yurak”dagi kabi yo‘qlik va noma’lumlik, puch g‘oyalarga berilgan talabalarning o‘y-xayollari, orzu-armonlari, kechinmalari, his-tuyg‘ulari aks etgan bir qator hikoyalar dunyoga keldiki, ular Xurshid Do‘stmuhammadning ta’biri bilan aytganda bugungi “uyg‘onish badiyatining” nodir namunalari sirasiga kiradi.

“Har bir millat o‘z uyg‘onish davrini o‘ziga xos yo‘sinda boshdan kechirgan” deb yozadi taniqli badiyatshunos faylasuf A.Losev va uyg‘onish badiyatining bosh alomatlaridan biri qadimgi qadriyatlarga tashnalikning kuchayishi ekanini ta’kidlaydi. Insoniyat tarixidagi eng ko‘hna qadriyatlar tabiat qonunlariga uyg‘unlashib ketishi bilan farqlanadi. Bu ulkan haqiqat N.Eshonqul hikoyalarida o‘ziga xos tarzda o‘z talqinini topdi. Ayniqsa, o‘zbek xalqi tabiatidagi eng qadimiy va eng tabiiy tuyg‘u kindik qoni to‘kilgan ona zaminga muhabbat tuyg‘usi hisoblanadi. N.Eshonquling “Ozod qushlar”, “Maymun yetaklagan odam”, “Tobut”, “Xayol tuzog‘i” kabi ko‘plab hikoyalarida ozod vatanning ozod sohibi obrazlari turkumi yaratildi.

Vatanparvarlik o‘zbek adabiyoti uchun yangilik yoki favqulodda mavzu emas, lekin shuni aytish kerakki biz nazarda tutayotgan bugungi davr o‘zbek hikoyachiligida ona Vatanga sadoqat tuyg‘usi aql-idrok bilan anglangan, tahlildan o‘tkazilgan intellektual salohiyat darajasiga ko‘tarildi. “Chin Vatan” tushunchasi davr talablaridan kelib chiqqan holda qayta idrok etildi, bu tushunchani har kim o‘zicha kashf etmay turib kishini tom ma’nodagi insonlik martabasiga ham, vatanparvarlik salohiyatiga yetisha olmasligi ham ayon bo‘ldi. Sanab o‘tilgan Nazar Eshonqulning hikoyalarida psixologik tahlilning, o‘z-o‘zini taftish etishining–murosasiz ruhiy kolliziya kuchliligining bosh sabablaridan biri ham shunda edi.



O‘tmishni, Vatanni, jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlarni tahliliy idrok etish darajasiga ko‘tarilishi uchun sermushohada tafakkur zarur. Adib hikoyalarining ikkinchi kashfiyoti ana shunda, ya’ni tafakkurli kishilar obrazini yaratishga urinishda ko‘rinadi. Ayni paytda inson fojiasining tub ildizi fikrsizlikda ekani, o‘zligini anglamagan banda na dunyoni, na davlatni anglamoqqa qodir ekani tesha tegmagan timsollar orqali tasvirlanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, qahramon shuurini tahlil etishga kirishgan hikoyanavis zamondosh inson botinida ham yozuvchi “qadami” yetmagan hududlarning mavjudligini ko‘ra olgani va uni zabt etishga chog‘langanligi bilan e’tiborlidir. Nazar Eshonqul hikoyalarida dunyoni, insonni qayta nazardan o‘tkazar ekan, shaxs ehtiyojlari va manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Har qanday qadriyat shaxs manfaati nutqayi nazaridan baholanadi. Bunday hollarda insonning, shaxsning eng nozik, eng bokira kechinmalari ham tarixiy hodisa ahamiyatiga teng ko‘rinadi. Zero, dunyoni va insonni qayta tahlil etishga kirishgan lirik qahramon inson shuuri va qalbidagi eng xususiy hilqatlarga ham tap tortmay kirib boraveradi. Bu eng erka tuyg‘u va istaklarni oshkora qilish joizmi? Yo nojoiz deb ikkilanmaydi, balki nima mavjud ekan, hammasini ko‘rsatishga harakat qiladi. Ya’ni mavjudmi, bas, ular rad etilmaydi. Balki badiiy mushohada, mulohaza mavzuyiga aylantiriladi. Bundan tashqari shuni e’tirof etish kerakki, Nazar Eshonqul hikoyalari tili o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Unda asar qahramonlarining ijobiy yoki salbiy qahramon ekanligi yozuvchi tilidan e’tirof etilmaydi. Aksincha, bu yumushni o‘quvchining o‘ziga qoldiradi, uni mushohadaga chorlaydi. Umuman olganda, asarda kimlar ulug‘lanayotgani, qoralanayotgani ko‘pincha bevosita emas, bavosita ifodalanadi. Majoziy, ko‘chma ma’noli tasvirlar ta’rif-u tavsiflarga tez-tez murojaat etilib, ularning ustuvorligi ta’minlanadi. Eng muhimi, tasvirlardagi majozlar ko‘chma ma’noli vositalar qahramonlarning betakror ruhiy dunyosini yoritishga xizmat qiladi. Filologiya fanlari doktori, professor N.Xudoyberganov yozuvchining “Xayol tuzog‘i” hikoyasi haqida fikr bildirar ekan, uning quyidagi jihatlariga urg‘u berib o‘tadi: “Hikoyani sinchiklab o‘qiganda, Voqif haqiqatparvar, cho‘rtkesar, betgachopar qalamkash bo‘lgani uchun ko‘p joylarda qoqilib-surilib, nuqul pand yeb yurgani, nihoyat qalbi-yu ruhiningmas, balki faqatgina qorin ehtiyojini qondirishdan boshqa iloji qolmagani tufayli o‘zining emas, boshqalarning ixtiyoriga ko‘ra amallab kun kechirganiga alohida urg‘u berilganligini sezasiz. Uning xayol tuzog‘iga tushib qolishi bamisoli aqldan ozganday yurish-turishlari, nihoyat qandaydir fojiaga duch kelib, bedarak yo‘qolishi tasodifiy hol emas…”32. Agar hikoyaga e’tibor beradigan bo‘lsangiz, bu jihatlar quyidagicha imo-ishoralar bilan o‘quvchiga yetkazilgan: “Faqat ba’zi tanishlar bedarak ketishdan oldin Voqifning qandaydir bino, qon, bolta haqida gapirib yurganini g‘ira-shira eslashdi va o‘sha paytdayoq aqldan oza boshlagan edi, degan taxminni ro‘kach qilishdi”33 tarzida ko‘rsatib o‘tiladi. Asar o‘quvining mushohadaga tortadi, sobiq tuzumning jirkanch ekanligi, odamkushlikni kasb qilib olganini oddiy uchta so‘z– “bino”, “qon”, “bolta” kabi betakror timsollar orqali o‘quvchiga yetkazishga harakat qiladi. Asarda ana shu narsa ko‘rinadiki, Voqif bu tuzumning, jamiyatning jirkanchligini ko‘ra olganligi bois ham u bu hayotda qiynaladi, turli to‘siqlarga duchor etiladi.

Voqea-hodisalarni, asar mohiyatini turli ramzlar, timsollar orqali ochib berish yozuvchidan yuksak mahorat, iste’dod va bilim talab qiladi. Shu jihatdan N.Eshonqul hikoyalari yuksak cho‘qqini zabt etgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Yozuvchining o‘zi bu jihatga to‘xtalar ekan, shunday deydi: “Miflar inson tafakkurining ilk badiiy mevalari. Olamni ramzlar, timsollar orqali tasavvur qilish bu ijodning boshlanishi edi. Inson tabiati tashqi olamni ramzlar orqali qabul qilishga moslashgan. Odam hissiyoti har qanday hodisaning o‘zini emas, uning ramzini qabul qiladi. Miflar yaratilgan davrda shuuri–idrok birinchi o‘rinda edi va ularning tili ham ramzlar tili bo‘lib qoldi. Biroq insoniyat taraqqiyoti aqliy idrokni birinchi o‘ringa olib chiqdi, shuuriy hissiy idrok ong osti hislariga aylandi. Freyd ijodkorlik – aynan aqliy idrokdan emas, dastlab hissiy, shuuriy idrokdan paydo bo‘ladi, shoirlik hissiy idrokning ong yuziga qalqib chiqishidir, deb tushuntiradi. Shu ma’noda Freyd ham K.Yung, Xaydegger, E.Fromm ham inson “men”i miflar yaratilgan davrdagi “men”dan farq qilmaydi, deyishadi”34.

Bugungi nasrdagi yangi jarayonlar, ma’naviy, shakliy-uslubiy izlanishlar ko‘proq N.Eshonqul hikoyalarida o‘ziga xos tarzda aks etmoqdaki, u yozuvchi ta’kidlaganidek, o‘tmish ajdodlarimiz yaratgan qadimiy adabiyotdan kuch olayotgan bo‘lsa, ajab emas. Bu yozuvchining ilk hikoyasi “Maymun yetaklagan odam”dayoq o‘z ifodasini topgan edi. Mazkur asar zamondosh, asrdosh obrazini yaratish yo‘lidagi yetmish yillik tajribalarning muayyan intihosi va ayni zamonda yangi bosqichning boshlanishi bo‘ldi, deya adabiyotshunoslarimiz tomonidan yuqori baholangan edi. Hikoya muallifi N.Eshonqul keyingi o‘n yil mobaynida yozgan talay hikoyalarida asosan o‘sha asrdagi g‘oyani turli ko‘rinishda davom ettirdi. “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida 1996-iyul (30-soni)da e’lon qilingan “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasi esa o‘zbek hikoyachiligida muhim yangilik bo‘ldi. U jamoatchilik e’tiborini o‘ziga tortdi. Yozuvchilar uyushmasining maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.

Yozuvchi mazkur asar qahramoni Bayna momoning uzoq davom etgan fojiaviy, motamsaro, ayni paytda mardona hayot yo‘lini o‘ziga xos yo‘sin, ohangda hikoya qiladi. Unda momo qismati bilan bog‘lik ibratli voqealar, chunonchi u bilan qishloq ahli, olomon orasidagi ziddiyat bir-ikki detallar, chizgilar, ixcham lavhalar orqali eslatiladi. Masalan, asardagi quyidagi jumlaga e’tibor qaratsak: “Bayna momo tirikligida, garchi bu ayolni, erining polvonlik lash-lushlari va kiyim-kechaklari yotgan, o‘lgandan so‘ng hech qachon yonmagan, tuynugi shuvab tashlangan ana u hujra kabi qorong‘u, musibat to‘la uyi ichkarisiga kirmagan bo‘lsa-da, ular qahr va g‘azabni sitam bilan ichiga yutib kelgan bu kampirni hurmat bilan eslashardi.35 Mazkur jumlaning o‘ziyoq, Bayna momoning hayoti, uning ayollik sadoqati haqida o‘quvchiga tushuncha beradi. Inson yashayotgan xonadonning tuynugi qachon suvaladi, qachonki, unda hech kim yashamagan taqdirda. Yozuvchi shu jumlalar orqali Bayna momoning umri ham eri va o‘g‘li bilan birga so‘nganligiga ishora qiladi. Bundan tashqari hatto hikoyadagi eng jiddiy to‘qnashuv-olishuv – momoning eri va o‘g‘lining qotili Zamon otboqardan qasos olishi, uni chavaqlab qonli barmoqlaridan judo etish voqeasi sahna ortida yuz beradi. Bu mudhish voqeani ham muallif imo-ishora, detallar orqali ayon etadi. Asarni mutolaa qilayotganda g‘am-g‘ussaga to‘la va ayni paytda mardonavor og‘ir bir kuyni tinglayotganday bo‘lasiz. Momoning ruhiy holati va hayoti go‘yo shu kuy pardalari orqali tarannum etiladi.

Bayna momo bir paytlar faqat qishloq emas, butun tog‘li xalqning obro‘sini ko‘tarib nom chiqargan eri Rayim polvonni quloq deya ta‘qib qilish, mol-mulkini tortib olish, so‘ng itday xor qilib otib tashlashga yo‘l qo‘ygan va o‘g‘li bilan erini yangi zamonning egalari – Zamon otboqarlar ixtiyoriga berib qo‘ygani uchun hamqishloqlarini aslo kechirolmaydi. Uning ruhiy olami yolg‘izlikda o‘tgan mashaqqatli hayoti yozuvchi tomonidan mahorat bilan gavdalantiriladi.

Adabiyotshunos Q.Yo‘ldoshev o‘zining “Yirik shaxslar tasviri yo‘lida” nomli maqolasida mazkur hikoyaning badiiy xususiyatlari haqida to‘xtalib shunday yozadi: “Shamolning tutib bo‘lmaydi” hikoyasidagi Bayna momo milliy adabiyotimizda mutlaqo tasvir etilmagan obraz. Hikoya chinakam insonga, butun shaxsga bitilgan madhiyadir. Nomusli odamni, g‘ururli insonni, chinakam shaxsni yengib bo‘lmaydi. Uni qiynash, chalish, yiqitish, boringki, o‘ldirish mumkin, lekin mag‘lub qilish mumkin emas. Shaxsligi shakllanmagan yoxud sindirilgan kimsada g‘urur bo‘lmaydi. E.Fromm aytmoqchi: “...eng ulug‘ fazilat – itoatkorlik va eng katta gunoh – bo‘ysunmaslikdir”. 36

Bayna momo o‘z yolg‘izligi musibatini hayotning badbo‘y, zabun, xor etilgan hidlari anqib yotgan yillar dahlizidan yetaklab o‘tdi. Qishloqdoshlari bahor kelishi bilan eski yaylovlarga ko‘chib chiqishar va yer shudgorlar, har kim o‘z tashvishiga berilib ketardi. Qishloqda qolgan Bayna momo esa bu paytda yolg‘izlik dashtini shudgorlar, u yerga har yili Zamon otboqar bilan kelib eri va o‘g‘lini otib tashlagan oqshomni ekar va so‘ng yolg‘iz o‘zi hosilini ham yig‘ib olardi. Bayna momo har kech ko‘z yoshlari bilan to‘lgan qayiqda yillar qoyalari orasida qolib ketgan eri bilan o‘g‘lining ilma-teshik bo‘lgan murdasi va Zamon otboqarning muzaffar qamchisi yotgan qonli xalqob bilan to‘lgan ayvonga suzib borar, ertalablari ho‘l bo‘lib uyining oldidagi oradan yillar o‘tgach, uyini buzayotganlar qo‘porib tashlashga kuchlari yetmagach, kovlab olishga majbur bo‘lgan baland tolga osib, oftobda quritardi”. Yana bir misol: “qish paytlari g‘amlab qo‘ygan o‘tini yetmagan kunlari u ko‘rpaga oyog‘ini tiqqancha xotirasiga isinib jon saqlardi”, “...Uning shu turishi azob-uqubatning bir to‘plam uyumiga o‘xshardi”. Qahratonda “xotirasiga isinib jon saqlash”, motamsaro ayolning holatini “azob-uqubatning bir to‘plam uyumi”ga o‘xshatish sahifalarga chizilgan dramatik sahnalar, oh-u faryodlardan ko‘ra qahramon ruhiy holatini aniqroq va ta’sirchanroq ifodalashi bilan yuqori baholandi. Badiiylikda bunday tasvirlarni qabariq tasvirlar deyish mumkin.

Bayna momo shaxs: besh-olti echkining ortidan yuradigan, o‘ziyam echkiday bo‘lib qolgan mushttakkina, qoqsuyak kampir–favqulodda g‘urur egasi. Ichida hurlik tuyg‘usi ufurgan, tomirlarida erkinlik qoni oqib turgan bu ko‘rimsiz kayvoni–taqdir zarbalariga dosh berishi jihatidan mislsiz odam. Momo zimmasiga mas’uliyat ola biladi va shu bois boshqalardan ham shuni talab qiladi. G‘urursizlarni, orsizlarni mutlaqo kechira olmaydi. U – murosasizlik timsoli.37

Bayna momo obrazi “Chol va dengiz” asaridagi Santyago, “Asrga tatigulik kun” dagi Nayman ona timsollariga qay bir jihatlari bilan mos keladi. Tasvir ko‘lamining kengligi, ifodaning qabariqligi, imkonsizlikdan imkon yarata bilish qudrati jihatidan ulardan bosimlik ham qiladi.

Hikoya qahramoni shu xil iztirob, g‘am-alamlarga qaramay o‘z g‘ururini, sha’nini baland tutadi. Bu holat o‘quvchiga quyidagicha bayon etiladi: “Bayna momo qishloqdoshlariga ko‘z-ko‘z qilmoqchiday va bu uyning erkagi va oriyati o‘lmagan deya ta’kidlayotganday eri va o‘g‘lining polvonlik yaktaklarini har oyning oxirida shusiz ham hammaning ko‘ziga tashlanib turadigan uyning shapatgayiga osib qo‘yadi”.

Ifodadagi zalvor, serqatlam estetik bosim, ruhiy holat manzaralari tasvirining ayni shu tarzda zanjirsimon va boloxonador qilib berilishining o‘zi hikoyada o‘ziga xos ohang paydo qilgan. Bu ohang momoning yolg‘izligi va baxtsizligi miqyoslarini tuyish va tushinish imkonini bergan.

Filologiya fanlari doktori, professor Umarali Normatov ta’kidlaganidek: “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasida yangicha syujet tuzish va ruhiy tahlil yo‘llari yaqqol seziladi. Bu asar “Maymun yetaklagan odam” kabi yangi jahon adabiyotida keng tarqalgan real hayot xodisalarini mifologik model asosida gavdalantirishning yaxshi milliy namunasidir”38.

Adabiyot – so‘z san’ati. «Adabiyot, undagi so‘z bamisoli cho‘g‘» deb ta’riflaydi adabiyotshunos A.Ulug‘ov. Darhaqiqat, haqiqiy san’at asari so‘zning qudrati, uning jozibasi bilan dunyoga keladi. So‘z ilohiy, unga xiyonat qilib bo‘lmaydi. Yozuvchi N.Eshonqul yaratgan hikoyalarga voqealar talqini vajidan emas, so‘zning salmog‘i nuqtayi nazaridan yondashadigan bo‘lsak, adibning barcha hikoyalaridagi so‘zlar o‘quvchiga qahramonlarning turfa holatini, yashayotgan muhitini, kechinmalarini murakkab o‘zgarish, tebranishlari bilan tasavvur etishga imkon beradi. Hikoyalarda «dedi-dedi» suhbatlar-u voqealar bayoni yo‘q. Aksincha, odamni o‘ylashga undaydigan, har bir so‘zning ortidan katta bir manzil-u makon, tirik odam taqdiri, uning qalbi borligini ko‘rishga da’vat qiladigan mushohada talablik bor»2. Birgina «Xayol tuzog‘i» hikoyasini oladigan bo‘lsak, unda hikoya qahramoni o‘zi yashab qo‘ygan umrni afsus-nadomat-la eslab shunday deydi: «U paytlar hikmatli gaplar aytishni, bashorat qilishni shunchalar sevardikki, go‘yo insoniyat kelajakka biz qurib bergan xayol ko‘prigidan o‘tgandek tuyular, har bir narsa bizga porloq istiqbolimizdan darak berar, garchi endi umid gullarimizni uzib tashlagan bo‘lsa ham, ma’shuqalarimizning eshigini tonggacha poylab chiqardik; uni ko‘rishimiz bilan xazonlikka yuz tutgan dunyoga yasharish fasli kirib kelayotgandek ko‘ngillarimiz nurafshon bo‘lib ketar,unga kitoblardan iqtiboslar keltirib, muhabbat va vafo haqida erinmasdan safsata sotardik; ko‘pincha uzun jumlalarimizga ma’shuqalarimiz tugul o‘zimiz ham tushunmasdik, lekin vaqt bamisoli bir g‘ulu uni bag‘rimizga ekib qo‘yish juda ham jo‘n, osonday tuyulardi va biz bir kuni umrimiz gulzorida shunday hayot davrlari bizga chikora edi, biz uni kutib olishga va yengishga o‘zimizni tayyor deb hisoblar, ruhimiz ham shunchalar tetik va ko‘tarinki bo‘lardi. Ba’zi-ba’zida o‘sha do‘stlar uchrashib qolsak, yuzimizdagi umid xarobalarini, orzularimizning vayron bo‘lgan imoratlarini boshliqlarimizga yoqish uchun o‘rgangan shirinsuxanligimiz-u oxarlangan ko‘ylak hamda bo‘ynimizda bo‘g‘ma ilondek osilib turadigan xushbichim bo‘yinboglarimiz bilan yashirgancha tezroq xayrlashib jo‘nab qoladigan bo‘lganimizni nima bilan izohlash mumkin?!»

O‘ylayotgan, o‘tgan kunlarni bir-bir xayoldan o‘tkazib sharhlayotgan ko‘ngilda jonlanayotgan manzaralarga e’tibor bering. Umidni – vayron xarobalar, orzularning buzilgan imoratlari: Yozuvchi umrining yuzida akslangan aftodaholligini so‘z bilan mana shunday gap bilan gavdalantirib beradi. Shuningdek, hikoyada uchraydigan «Eski tanishlarimizdan kim bilan uchrashmay, beparvo yelka qisishlarga qarab turib xuddi tashlandiq va xaroba go‘shadan kechib ketganday, ular allaqachon Voqifni unutishganiga amin bo‘ldim», «…yo‘limda haykal yanglig‘ qad kerib turgan noma’lumlik va yo‘qlikka duch kelaverdim, shunda ko‘nglim saltanatiga makkor va ayyor josus misoli, ehtimol Voqifni ham mana shu ma’lumlik va yo‘qlik ayiqlari yutib qo‘ygandir degan bir shubha o‘rmalab kirdi» kabi betakror o‘xshatishlar-u yashirin timsollardan iboratligi hikoyaning yanada o‘qishli bo‘lishini ta’minlayotgandek.

Badiiy adabiyotning asosiy maqsadi asar markazidagi inson hamda uning ichki dunyosini tadrijiylik asosida badiiy tasvirlash bo’lar ekan, Nazar Eshonqulning aksariyat asarlari inson va uning ko’ngil olami , ruhiy kechinmalari badiiy talqin etishga qaratilgani bilan e’tiborga sazovor bo’lib, yozuvchining adabiyot haqidagi kuzatishlari asosida o’z adabiy-estetik pozitsiya ijod labaratoriyasi va ijod psixologiyasini o’rganishda muhim manba bo’ladi. Nazar Eshonqul estetikasida har bir ijodkor o’z qiyofasiga ega bo’lishi uchun tashqi omillardan tashqari ichki ,,men’’ini anglashi , individual shaxsni namoyon qiladigan tafakkur-u tasavvur olamini namoyon etmog’i kerak. Yozuvchining ijod jarayoni, ta’sirlanish omillari, bilim saviyasi , mahorati kabi masalalar adabiyotshunoslikning azaliy muammolari jumlasidandir. Yangicha uslubda qissalar yozayotgan adiblarning dunyoni o’zgacha ranglarda ko’rishga bo’lgan ishtiyoqi oqibatida mutlaqo kutilmagan badiiy kashfiyotlar bo’y ko’rsatmoqda. Aslini olganda, mahalliy adiblarga taqlid qilib, hammaga tanish voqeanomalarni, xotimasi asarning avvalidanoq ma’lum bo’ladigan bir xil rangdagi syujet qoliplariga qaraganda yangilikka intilish har doim qadrli sanaladi.

Nazar Eshonqulning ,,Qora kitob “ qissasida voqea-hodisalar, his-tuyg’ular, falsafiy fikr-mulohazlar va ruhiy kechinmalar birinchi shaxs tilidan hikoya qilanadi. ,,Qor kitob” – Iblisning kitobi, cho‘qqi soqolning kitobi. ,,Qora kitob” – insonga abadul-abad hamroh bo‘lgan va to qiyomatga qadar Odamni (Odam Atodan boshlangan) to‘g’ri yo‘ldan ozdirishga ont ichgan Shaytonning shaytoniy nayranglari haqida. ,,Qora kitob” da shayton qutqusini o‘z hayotiga dasturulamal etib olgan va uni o‘z farzandlari tarbiyasiga ham singdirgan, alaloqibat o‘z xatosini anglab yetgan kishining boshidan kechirganlari o‘ziga xos original uslubda bayon etiladi.

Qissa mohiyat e’tibori bilan yetmish yoshga chiqib, o‘zligini, o‘z qilmishi va hayotidagi mavqeyini anglab qolgan kishining tazarrusini eslatadi. Qahramon turmushning past-balandini achchiq –chuchugini, yaxshi-yomonini ko‘rgan inson sifatida qop-qora xulosalarga ham kelgan. Uningcha, ,,odamzotdan umid qiladigan narsaning hammasi o‘lgan. Hammasi halok bo‘lgan”, Hamma narsa boy berilgan, barbod bo‘lgan. ,,Endi buni hech narsa qutqara olmaydi.Na go‘zallik, na ishonch,na ezgulik”.

Inson g’aroyib jonzotdir.Uning hayotida shunday vaziyatlar bo‘ladiki, u ma’lum bir qarashlar yig’indisini o‘z turmush tarzi uchun dastur qilib oladi; uni eng to‘g’ri va o‘zgarmas haqiqat o‘rnida qabul etadi. Ojiz fikrli inson qalami bilan yozilgan ,,qora kitob’’ larga maftun bo‘lgan kishining umri, hayoti, boringki, umrining oxiri pushaymonlikdir.Pushaymonlik, afsus-nadomat, tavba-tazarru har vaqt nisbatan yuksakroq, oliyroq qadriyat qarshisida tug’iladi; qandaydir haqiqatni teranroq anglash , umr mazmunini yoki mazmunsizligini his etish oqibatida yuzaga keladi.

,,Qora kitob” asaridagi roviy – qissago‘y o‘z umr daftarini varaqlay turib :,,Men ulug’ gunohkorman, Taqsir”, - deydi . Muallif bunday mulohazlarni ochish uchun qahramonning tarixiga eskurs qiladi.,,Yoshlikda bir kitob o‘qiganman, keyin umr bo‘yi shu kitobning ta’sirida yashadim.Bu kitob umrimni boshqardi. U men uchun muqaddas kitob bo‘lib qoldi.Fojialarning boshi mana shu kitobda…Hayotda nimaniki yaratgan bo‘lsam, shu kitob ta’sirida yaratdim. Shu kitob hukmida hukm qildim. Bolalairimni ham shu kitob bilan tarbiya qildim, ularning ham qalbiga singdirdim bu kitobni, so‘zma-so‘z, satrma- satr yod oldirdim. Umrimni kitob qo’liga xuddi tovada kuydirilgan piyozdek qovurib berdim”.

Bu kitob yoshlik chog’ida unga ro’baru kelgan cho’qqi soqol – Iblisning shaytoniy istaklari berilgan kitobi edi. Shu kitob yigitning umr –mazmuniga aylangan. Oxir -oqibat uning hayotini rasvo qilgan. Har qanday voqea-hodisaga shu kitob mezoni bilan yondashgan.

Qissago’y bir o’rinda :,,Taqsir , men o’qigan va umrimni baxshida qilgan insoniyat tarixi ojiz va kuchlilarga, xo‘rlashga loyiq va xo’rlanishga loyiqlarga, ezuvchi va eziluvchilarga , qullar va xojalarga, qo’y va bo’rilarga bo’linadi”, - degan fikrni aytadiki, jamiyat tarixini bu tarzda tasniflash yaqin o’tmishda aynan mustabid sho’ro zamonlarida yuz berganligi beixtiyor xayolga keladi. Muallifning yaqin kechmish odami ekanligi bilinib turadi. Nazar Eshonqul o’z uslubiga ko’ra, ma’lum bir makon nomiga ataylab urg’u bermaydi. Qissadagi zamon shakli bir paytning o’zida ham tor(bir inson taqdirida), ham keng (bashariyat miqyosida) tuyuladi. Asarda voqealar oddiydan murakkabga, birlikdan ko’plikka tomon rivojlanib boradi.Bu jihat tasvir ko’lami, usbubning murakkablashuvida namoyon bo’lib boradi. ,,Qora kitob” ning qamrovi cheksizlik sari ketadi. Asar qahramoni o’y-xayolidagi har qanday falsafa va hodisa asar mohiyatiga singdirib yuboriladi, aniqrog’i, roviyning qissasi muallifning badiiy tafakkuri quvvati bilan bilan boyiydi.

Uslub jihatdan asar birinchi shaxs tilidan hikoya qilib berilganda muallif, roviy va qahramon muammosi bo’lishi munkin. Bunda ba’zan muallifning asl estetik olamini , asl maqaddas g’oyasini anglash ham nisbatan mushkullashadi. O’quvchi roviyning har qanday fikrini, hukmi yoki xulosasini to’g’ridan –to’g’ri muallif ustiga yuklab qo’ysa, muallif qarshi tarzida tahlil etsa, adashgan bo’ladi. Chunki ijodkor ham mustaqil tafakkurga ega bo’lgan inson sifatida, voqelikning hissiy sezim orqali ko’radi va tasvir jarayonida hissiy mushohadasini chegaralab turolmaydi.

Modernistik ruhda yozilgan bu asarda qiyofadan mahrumlik, ilmsizlik, tushkunlik holati insondagi tilsimni kashf etishga qiziqishni orttiradi.U yashayotgan maskan , muayyan an’analar haqida deyarli mulohaza yuritilmaydi.Yo’lsizlik, vaqtsizlik qahramonni arosatda qoldirib , ma’nisizlikka undaydi. Hayotga sovuqqonlik munosabatini shakllantirgan kimsa tanholikda o’z qobig’iga burkanib o’limi onlarini kutadi.Asarda noreal lavhalar, ma’naviyatdan mahrum kimsalarning xayolot kashfiyotlari tegrasida harakatlantiradi. Modern asar ,,men”ning mahv etilishi, isyonning kurtak otishidan tanazzulga qadar bo’lgan halqani asta mustahkamlab boradi. Qahramonning tartibsiz hayoti, tushuniqsiz kechinmalari g’ayritabiiy lavhalarni yuzaga keltiradi.,,Qora kitob “ qissasida Cho’qqi soqol – Iblis, qora kitob esa barcha yomonliklarning ibtidosi, Iblisning yo’riqnomasidir. Muallif obrazlar tasvirida metomorfoza usulini qo’llaydi. Ammo ushbu metomorfoza(evrilish)ning an’anaviy fosh etuvchilik funksiyasidan foydalanmaydi. Ya’ni ijodkor qahramon qiyofasining tubanlashuvi va bu tubanlashuvning ortga qaytmas, davomiy inqirozini ko’rsatish uchun mazkur tasvir usulidan foydalanadi.

,,Qora kitob “ qahramoni qanday bo’lmasin, o’zligiga nazar solyotgan, fikrlab yashayotgan odamdir. Shu ma’noda uning so’zlarida esda qoladigan hikmatli fikrlar ko’p uchraydi. Ayni jihat yozuvchining uslubiy o’ziga xosligidan darak beradi.

Hozirgi noan’anaviy qissalar uslubida janr, syujet, kompozitsiya, gap qurilishi haqidagi nazariy qarashlarning parchalanganini kuzatish mumkin.Qahramon ruhiyatida kechayotgan xayollar to’zonini bundan boshqacha tarzda ham yetkazish mumkin edi. Biroq bosib o’tgan yo’lidan arzirli ma’ni topolmagan, yoshlik orzulari armonga aylangan va bundan keyin qanday yashash haqida bosh qotiryotgan, tinmay o’zligini qidiryotgan inson iztiroblarini bundan boshqacha tarzda tasvirlash matn mazmuniga putur yetkazar edi.

Modern qissada yangi obraz yaratilar ekan , falsafiy , diniy, dunyoviy qarashlar yanada teranlashib, kishi shaxsiga yondashuv mezoni o’zgaradi. Insonning o’zini qayta kashf etib, ruh erkinligiga erishishi yoxud shaytanat fitnasiga mubtalo bo’lib, mahkumga aylanishi badiiy talqin qilinadi.

Bugungi adabiyotdagi qarashlar o’zgargan. O’quvchilar orasida yozuvchi tayyorlab qo’ygan tayyor ma’nolarnigina axborot tarzida qabul qiluvchilar bilan birga o’ylashga, tasavvur qilishga moyil kitobxon ham yashayapti.

Bugungi o’quvchi har doimgidan ko’ra G‘arb adabiyoti bilan kengroq tanisha boshladi. Dunyo adabiyoti bilan yaqindan tanishuv yo‘lidagi tajribalar Nazar Eshonqul ijodida aniq ko’rinadi.



Xulosa

Xalqimizning azaliy orzusi bo‘lgan Mustaqillik juda ko‘p jabhalarda bo‘lganidek, ma’naviyat sohasida ham katta o‘zgarishlarni vujudga keltirdi. Millatimiz hayotida mavjud bo‘lgan ma’naviy-axloqiy muammolarga har qachongidan ko‘ra ham diqqat-e’tibor kuchaydi. Istiqlol mafkurasi xalq va jamiyat hayotiga chuqur singib borayotganligining o‘ziyoq bu fikrni isbotlaydi. Istiqlol davri badiiy adabiyotidagi o‘ziga xos o‘zgarishlar bugungi adabiy jarayonda tahlil etilmoqda. Istiqlol adabiyoti inson hayotidagi turfa xil iztiroblarni, ziddiyatlarni, inson tafakkuridagi o‘zgarishlarni haqli ravishda tasvirlash an’anasini yuzaga chiqardi. Fikr va ruhning yangilanishi estetik qarashlarning ham bugungi kun nuqtayi nazaridan o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Istiqlol davri adabiyotining akterli jihatlari haqida bir qator ijodkor va adabyotshunoslar asosli mulohazalarini qayd qilgan: “Istiqlolga erishilgandan keyin yaratilgan ko‘pgina asarlarda oliy rutbaga ko‘tarilgan, dunyo yaralishining sababi, adoqsiz ilohiy nur ila yo‘g‘rilgan zot deb qaralgan insonning hayvoniy va shaytoniy nafsi bois gunohga moyil hamda o‘sha gunohlar tufayli qabihliklar ham qilishga qodir, ayni paytda qilgan gunohlari sabab qiynaladigan o‘ta murakkab mavjudot ekani tasvirlanmoqda. Istiqlol adabiyoti insonni jo‘nlikdan, to‘porilikdan, anchayinlikdan qutqardi. Uni murakkablashtirdi, noziklashtirdi, bir xil qarashlar tizimi bilan tushunib ham, tushuntirib ham bo‘lmaydigan injiqroq ekanligini ro‘y -rost aks ettira boshladi, o‘zlikni anglashga intilayotgan shaxs obrazini badiiy talqin etish jarayonida uning o‘ziga xos olami, unda vujudga kelgan turfa xil qarashlarning yuzaga chiqishi bejiz emasligini asoslamoqda. Hozirgi oʻzbek hikoya va qissachiligida Erkin Aʼzam, Xurshid Doʻstmuhammad, Sobir Oʻnar, Abduqayum Yoʻldosh, Nazar Eshonqul,Ulugʻbek Hamdam, Zulfiya Qurolboy qizi singari ijodkorlar qalam tebratishmoqda. Ular yaratgan hikoya va qissa namunalari ham uslub, ham shakl jihatidan oʻzgarib bormoqda. Xususan, oʻzbek hikoyachiligi ikki xil uslubiy yoʻnalishda rivojlanayotganligini kuzatish mumkin: anʼanaviy realistik va modernistik. Zamonaviy oʻzbek yozuvchilari ustoz oʻzbek hikoyanavislarining, shuningdek, jahon hikoyachiligi ijodiy tajribalari bilan, ramziy-majoziy obrazlar va uslub jihatdan Gʻarb adabiyotiga xos modernistik shakl va usullardan keng foydalanishib, hikoyachilikda yangicha badiiy-estetik yangilanishlar yasashmoqda. Ularda qahramon ruhiyatiga yanada chuqur kirish, badiiy psixologizmning yangicha tasviriy vositalari boʻlgan adabiy gallyusinatsiya, illyuziya singari tasvirlar, yangicha ramziy-psixologik timsollar yaratish, hatto yozuvchi fantaziyasi bilan yaratilgan badiiy-romantik toʻqima obrazlar talqini ham uchraydi.Badiiy obraz darajasida yovuz kuchlar faollashuvi, inson ruhiy dunyosidagi tizginsiz holatning ifodalanishi, tabiatga zug‘umning ortishi tamoyili namoyon bo‘ladi.Modernistik asarda qiyofadan mahrumlik,ilmsizlik,tushkunlik holati insondagi tilsimni kashf etishga qiziqishni orttiradi. Bugungi oʻzbek hikoya va qissachiligini koʻzdan kechirish natijasida gʻayriodatiy uslub, gʻayrioddiy obrazlarga duch kelamiz. Soʻnggi oʻn yilliklar oʻzbek hikoya va qissachiligi shakl va mazmun eʼtibori bilan badiiy (badiiy uslubda, badiiy obrazda, badiiy tasviriy vositalarda) va, shuningdek, estetik yangilanishlar qilganligini yaqqol kuzatishimiz mumkin. 

Jahon va o‘zbek adabiyotshunosligida badiiy ijodning serqirraligi, uning turli ma’naviy, ma’rifiy, ijtomoiy, badiiy psixologik hamda falsafiy omillardan kuch olib shakllanishi va taraqqiy etishi doimo ta’kidlab kelinadi. Zero, ijodiy jarayon ko‘p qirrali hodisadir.Badiiy tafakkur tarixida ijodkor shaxsiyati va ijodiy jarayonni ijtimoiy hodisalar bilan mushtarak talqin etish,shaxs tushunchasini ijtimoiy hayot voqeligiga bog’lab tushuntirishga urinishlar ham jahon adabiyotshunosligiga doir bir tamoyil hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, badiiy ijod sof ijtimoiy hodisa bo‘la olmaganidek,ijodiy jarayon va ijodkor shaxsi ham butkul ijtimoiy asosda o‘rganilishi mumkin emas.Badiiy ijod va ijodkor shaxsiyati, bizningcha, yuqorida sanalgan barcha jarayonlarni o‘zida mujassam etadi. Ijodkor shaxs o‘zini o‘rab turgan ilohiy, ma’naviy, ijtimoiy, falsafiy, maishiy, milliy, umuminsoniy, biografik ta’sirlardan holi bo‘la olmaydi. Shu nuqtayi nazardan har bir ijodkorda shaxs va uning estetik pozitsiyasini parallel holatda namoyon bo‘lishi qonuniydir. Ijodiy jarayonda ilhom yozuvchini badiiy ijodga yo‘naltiradigan psixologik holatdir. Shuningdek, ilhom ijodkorlik hissi, yozish zavq-shavqi pafosini oshiradi. Ilhom bilan ijod etilgan asar o‘quvchiga ham yuqadi.

Yozuvchi fenomenini u mansub jamiyat orasida amal qilayotgan falsafalar, psixologik jarayonlar shakllantiradi, ularga nisbatan aniq pozitsiyaning mavjudligi ijodkor shaxsiyatining ma’naviy-estetik darajasini belgilaydi. O‘z falsafiy qarashlari xususida muayyan to‘xtamga ega bo‘lgan, uni bashariyat manfaatlariga muvofiqlashtira olgan shaxsgina ijodkor atalishga munosibdir. Xos shaxsiyati, falsafasi, ijodiy prinsiplari, adabiy –ilmiy konsepsiyasiga ega yozuvchigina adabiy jarayonning faol a’zosiga aylanadi, uning tabiat, jamiyat, inson shaxsiyati, san’at va madaniyat haqida aytgan fikrlari umummilliy , umuminsoniy ko‘lamni ishg’ol etadi.

Nazar Eshonqulning “Urush odamlari”, “Momoqo‘shiq”, “Yalpiz hidi”, “Shamolni tutib bo‘lmaydi”, “Qultoy” kabi qissa va hikoyalarida milliylik, ma’naviy barkamollik, odamiylik va yuksak insoniy tuyg’ular tarannum etilgan. Uning milliy, ijtimoiy, maishiy va shaxs haqidagi qarashlari , “ommaviy madaniyat” va olomonchilikka doir chuqur xulosalari adabiy, falsafiy, estetik qarashlari asosini tashkil qilgan. U “ommaviy madaniyat” xavfiga milliy qadriyatlar hamda ma’naviy an’analarni qarshi qo‘ygan. Ayni paytda, yozuvchi biografiyasidagi eng ta’sirchan voqealar uning “Urush odamlari”, “Shamolni tutib bo‘lmaydi”, “Maymun yetaklagan odam” kabi asarlarida o‘z ifodasini topgan. Nazar Eshonqul ijodida musiqa, tovush, ohang, suratlar, ranglar ramziy ma’no kasb etib, qahramon ruhiyatini ochishga xizmat qilib, asarlaridagi ifoda va badiiy talqin originalligiga asos bo‘lgan. Nazar Eshonqul ijodiga xos bunday xususiyatlarning barchasi undagi ijodiy niyat va badiiy ifoda sintezini ta’minlagan.

Yozuvchi ijodiy prinsiplari ulkan hayotiy haqiqatlarga moyilligi, ularni ilmiy, tanqidiy, falsafiy asarlarida aks ettirishida ko‘rinadi. Umumbashariy haqiqat talqini yozuvchi asarlarining o‘q tomirini tashkil etadi.

Yuqorida ko‘rib o‘tilgan qissalarning qahramonlari xarakteri mualliflarning dunyoqarishi va uslubini ko‘rsatib turadi. Ularning ayrimlarida garchi kechagi kun hayoti aks etgani bilan provardi zamonamiz kishilari xarakteri va bugungi hayotimizda yuz berayotgan ziddiyatlar yotibdi. Hayotimizda yuz berayotgan kamchiliklarni ko‘rish uchun ijodkordan go‘zal qalb egasi bo‘lishlik va sinchkov nigohga egalik talab qilinadi.




Download 163,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish