Vallarining o‘qlari ayqash uzatmalar ;
(1)
(2)
34
Hisobiy yuklanishlar. Yaratilayotgan mashina detallarini hisoblashda hisobiy va
nominal yuklanishlar farqlanadi. Masalan, hisobiy burovchi moment T nominal
moment Tnom qiymatini yuklanish sharoitidagi dinamik koeffisient K ga ko`paytirish
yo`li bilan aniqlanadi:
𝑇
=
𝐾
∙
𝑇𝑛𝑜𝑚
(1.1) Nominal moment mashinaning pasport
(loyihalovchi) quvvatiga mos keladi. Odatda, mazkur koeffisient K ish sharoitini,
harakatning notekisligi, ishga tushirish va to`xtatishi bilan bog`liq qo`shimcha
dinamik yuklanishlarni hisobga oladi. Bundan tashqari bu koeffisientning qiymati
dvigatel, yuritma va ishchi mashina turiga ham bog`liqdir. Agar mashinaning ish
sharoiti ma’lum bo`lsa, K ning qiymati hisoblash orqali topiladi. Boshqa hollarda esa
K ning qiymati tavsiyalardan asosida aniqlanadi. Bunday tavsiyalar turli mashinalarni
ekspermental tadqiqoti va tajribasi asosida shakllanib, tenik adabiyotlarda maxsus
jadvallarga kiritilgan sonli qiymatlardan iboratdir. Loyihalashda konstruktiv vorislik
va modullik tamoyili. Yangi mashina – mexanizmlarni loyihalash va ishlab
chiqarishda albatta konstruktiv vorislik va modullik tamoyillariga qat’iy amal qilish
lozim. Konstruktiv vorislik − bu loyihalashda tegishli profil bo`yicha va o`xshash
tarmoqlardagi mashinasozlik tajribasidan foydalanib, loyihalanayotgan agregatga
mashinalar konstruksiyasida ishlatiladigan hamma foydali echimlarni kiritish
demakdir. Modullik (bloklardan foydalanish) tamoyili deganda mashina qismlari
komponovkasini tez ajraladigan birikmalar asosida yig`iladigan alohida, yaxlit va
mukammal tayyor qismlar bloklaridan tuzishga aytiladi. Barcha yangi mashina –
mexanizmlar konstruksiyasi unifikatsiya va standartlashtirish talablariga javob
berishlari kerak. 13 Unifikatsiya (bir xillashtirish) bir funksiyali - vazifali mahsulot
turi, tipi va tip o`lchamlarini ratsional qisqartirish degan ma’noni anglatadi.
Unifikatsiya natijasida dastlabki model asosida bir necha bir xil vazifali, lekin quvvat,
ishlab chiqarish unumdorligi va hakazo parametrlari farq qiladigan mashinalarni hosil
qilish mumkin. Standartlashtirish. Insoniyat taraqqiyotida texnologik-iqtisodiy
jihatdan katta ahamiyatga ega. Agar standartlashtirish bo`lmasa yangi mashinani
loyihalashda ko`pgina mashina detallarini (boltlar, dumalash podshipniklari va
35
boshqalarni) yakka tartibda va kam miqdorda ishlab chiqarish zarur bo`lar edi.
Standartlashtirish mashina va boshqa mahsulotlar turlarini sezilarli kamaytirish
barobarida ular tarkibidagi uzel-detallarni ishlab chiqarish va mashinalarni butlashda
xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishga olib keladi. Mashinalar guruhlariga
standartlar ishlab chiqish mashina turlarini ishlab chiqishda ularning asosiy
parametrlari, masalan, elektrodvigatellar quvvati, yuk ko`tarish avtomobillari yuk
ko`taruvchanligi kabilar bilan kelishtirib moslashni taqazo qildi. Standartlashtirish
ishlab chiqarishning real tarmoqlarida, xususan mashinasozlik, avtomobilsozlik,
metallurgiya sohalarida, shuningdek harbiy sanoatda ham muhim ahamiyat kasb
etmoqda
Mashina detallarini loyihalash jarayonida material tanlash, ruxsat etilgan
kuchlanishlarni asosli hisoblash detalni loyihalashdagi dastlabki bosqich hisoblanishi,
tabiiy. Detallar ishlash jarayonida ularning kesim yuzalarida yuklanishlar ta’siridan
kuchlanishlar hosil bo`ladi. Detallarda hosil bo`ladigan kuchlanishni hisoblash
asoslari «Materiallar qarshiligi» fanida atroflicha tahliliy o`rganilgan. Muhandislik
amaliyotida materialning asosiy mexanik xossalariga ko`ra ruxsat etilgan kuchlanishni
va detallarda hosil bo`ladigan kuchlanishni to`g`ri aniqlash - ixcham, ishlash
qobiliyati ta’minlangan, arzon detallarni hisoblashning asosini tashkil etadi. Mashina
detallarini hisoblash uchun material tanlash loyihalashning muhim bosqichi
hisoblanadi. Birinchidan, materialning to`g`ri tanlanishi detal va umuman
mashinaning sifatli bo`lishida katta ahamiyatga ega. Ikkinchidan esa, detallarga
material tanlashda odatda ishlash qobiliyati asosiy mezoni sifatida olinadi. Bunda
albatta detalga ta’sir etayotgan turli kuchlarning ta’siri natijasida hosil bo`ladigan
kuchlanishlar, detal materialining turli ishlovlarga moyilligi va arzonligi e’tiborga
olinadi. Detallarga material tanlashda asosan quyidagi omillarni e’tiborga olish
muhimdir:
Loyihalashtirish davrida mashina, mexanizm va ularning detallariga asosan
quyidagi talablar qo`yiladi:
36
✓
mo`ljallangan vaqt davomida ishonchli, ya’ni to`xtab qolmasdan, benuqson
ishlashi;
✓
to`g`ri, tejamli ishlashi, o`z vazifasiga to`la mos kelishi, foydali ish
koeffisienti yuqori bo`lishi;
✓
foydalanish davrida inson hayoti uchun xavf-xatar
tug`dirmasligi, atrof muhitga zarari tegmasligi;
✓
sifatli, tannarxi arzon bo`lishi;
✓
ixcham, iloji boricha engil, foydalanish va ta’mirlash jarayonlari qulay bo`lishi;
✓
tarkibidagi uzel va detallari standart, o`zaro oson almashinadigan bo`lishi;
✓
ortiqcha
ta’mirlash ishlarini talab etmasligi;
✓
barcha detallari mustahkam, bikr, ustivor,
issiqbardosh, titrash va yeyilishga chidamli, korroziyabardosh bo`lishi;
✓
barcha
detallarini tayyorlash jarayoni texnologik nuqtai nazardan qulay bo`lishi va shu
kabilar. Bundan tashqari detallar uchun material tanlashda asosan quyidagi omillarni
ham e’tiborga olish muhimdir: − material xususiyatining detalning ishlash qobiliyatini
tavsiflovchi asosiy mezonlar: mustahkamlik, yeyilishga chidamlilik va boshqalarga
mos kelishi; − detal va umuman mashinaning vazifasi va ishlatilishi bilan bilan
bog`liq talablar (korroziyaga bardoshlilik, friksion xususiyatlar, elektroizolyasiya
qilish hususiyatlari va h.k.); − materialning tayyorlanuvchanligini konstruksiya shakli
va ishlov berish usuli (shtamplanishi, payvandlanishi, issiqlik ishlovi, quyilish
hususiyatlari, kesib ishlanuvchanligi va boshqalar) ga bog`liqligi; − materialning
narxi va kamyobligi. Mashinasozlikda ishlatiladigan materiallarni to`rt guruhga
bo`lish mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |