4
I BOB
UZATMA
(mashinalarda) — aylanma harakatni uzluksiz
uzatish uchun
moʻljallangan mexanizm. Turli mashinalarning yuritmalarida Uzatma
yordamida tezlik oshiriladi yoki pasaytiriladi; tezlik pogʻonali yoki pogʻonasiz
tarzda
rostlab turiladi; bitta dvigateldan bir necha mexanizm harakatga keltiriladi va h.k.
Asosiy koʻrsatkichlari: uzatish momenti, burchak tezligi, uzatish soni, uzatish nisbati,
foydali ish koeffitsiyenta (f. i. k.). U. ning mexanik, gidravlik va elektr turlari bor.
Mexanik Uzatma detallarning ilashish (yoki tishlashish) xossasiga (mas, tishli
Uzatma, zanjirli Uzatma, chervyakli Uzatma) hamda ishqalanish xossasiga (mas,
tasmali Uzatma, friksion Uzatma) asoslangan. Bunday Uzatmalar stanoklar,
avtomobillar, traktorlarning tezliklar qutilari va variatorlarida qoʻllanadi. Gidravlik va
elektr ular katta quvvatlarni uzatishga imkon beradi.
Ular mashinasozlikning turli sohalarida, ayniqsa, ogʻir transport
5
mashinalarining yuritmalarida qoʻllanadi.
Energiya manbai bilan mashinaning ish bajaruvchi qismi oralig’ida joylashib ,
ularni o’zaro bog’lovchi hamda harakatni talab qilinganidek boshqarishga imkon
beruvchi mexanizmlar uzatmalar deb ataladi. Mashinasozlikda mexanikaviy, elektrik
pnevmatik va gidravlik uzatmalardan foydalaniladi. Mexanikaviy uzatmalar
ikki turga
bo’linadi: 1. Ishqalanish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (friktsion va tolali);
ilashish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (tishli, chervyakli, zanjirli). Demak,
mexanikaviy uzatmalarni tashkil etuvchi asosiy detallar o’zaro tegib turadi yoki
egiluvchan zveno (tasma, zanjir) orqali.
Bundan tashqari mexanikaviy uzatmalar vallarning o’zaro joylashuviga
qarab parallel, kesishgan va ayqash valli turlarga uzatish sonining o’zgarishiga
qarab
esa uzatish soni o’zgarmas, pog’onali o’zgaruvchi va pog’onasiz o’zgaruvchi xillarga
bo’linadi.
Ishqalanish hisobiga ishlovchi uzatmalarning asosiy detallari (g’ildirak,
6
shkiv va shu kabilar) silliq sirtga, ilashish
hisobiga ishlaydigan uzatmalarning asosiy detallari (tishli g’ildirak, chervyak va shu
kabilar) esa katta burovchi momentninng uzatilishini ta’minlaydigan tishlarga ega
bo’ladi. Uzatmalarga energiya manbaidan energiyani bevosita qabul qilib oluvchi val
etaklovchi val deb, bu valldan energiyani qabul qilib, ish bajaruvchi qismga
uzatuvchi
vall esa bog’lanuvchi vall deb ataladi. Agar uzatma bir necha pog’onali bo’lsa, har bir
pog’onaning enargiya manbai tomonidan birinchi vali ikkinchi valga nisbatan
etaklovchi, ikkinchi val esa shu pog’onadagi etaklanuvchi vall bo’ladi. Uzatmalar
loyixalash uchun vallardagi quvvat, aylanishlar tezligi berilgan bo’lishi kerak.