Мундарижа Кириш i-bob. Mehnat ta`lim o’qituvchilarini tayyorlash jarayonida innovatsion yondashuv asosida interfaol metodlarni qo’llash


Darslarni interfaol metodlarda tashkil etishning afzalliklari



Download 65,26 Kb.
bet5/14
Sana22.02.2022
Hajmi65,26 Kb.
#100132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
4-Mehnat ta'limining shakl va metodlari

1.1.1. Darslarni interfaol metodlarda tashkil etishning afzalliklari
Darslarni interfaol metodlarda tashkil etishning afzalliklari o’’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib keladi.

  • O’z vaqtida o’quvchi – o’qituvchi – o’quvchilar orasida ta`limiy aloqalar o’rnatiladi.

O’qitish usullari ta`lim jarayonida turli xil ko’rinishlarda kechadi (yakka, juft, guruh, katta guruh).
O’quv jarayoni o’qish extiyojini qondirish bilan yuqori motivatsiyaga ega bo’ladi.
O’zaro axborot berish, olish, qayta ishlash orqali o’quv materiali yaxshi esda qoladi.
O’quv jarayonida o’quvchining o’zi o’ziga baho berishi, tanqidiy qarashi rivojlanadi.
O’quvchi uchun dars qiziqarli o’qitilayotgan predmet mazmuniga aylanadi. O’qish jarayoniga ijodiy yondashuv, ijobiy fikr namoyon bo’ladi.
Har bir o’quvchining o’zi mustaqil fikr yurita olishiga, izlanishga, mushohada qilishga olib keladi.
Interfaol usulda o’tilgan darslarda o’quvchi faqat ta`lim mazmunini o’zlashtiribgina qolmay, balki o’zining tanqidiy va mantiqiy fikrlarini ham rivojlantiradi.
Xulosa shuki, bunday sharoitda o’qituvchi yuksak rivojlangan fikrlash qobiliyatiga, muammolar bo’yicha chuqur mushohoda yuritishga, muammolarni o’z vaqtida echa oladigan qobiliyatga ega bo’lishi kerak.
Interfaol metodlarda darsni tashkil etishda o’quvchi shaxsini rivojlantirish o’zi – o’ziga zamin yaratishdan boshlanishi kerak. YA`ni o’quvchining:

  • O’zi mustaqil mutoala qilishi, o’qishi asosida bilim olishi;

  • O’zini – o’zi anglab etishga, anglab tarbiya topishga;

  • O’z kuchi va imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga;

  • O’quv mehnatiga mas`uliyat xissi bilan qarashga;

  • O’z faoliyatini mustaqil tashkil eta olishi, har bir daqiqani g’animat bilishga;

  • O’quv mehnatiga o’zida hoxish, istak uyg’ota olishga;

  • Har qanday vaziyatda faollik ko’rsata olishga;

  • Ayniqsa, hozirgi tezkor axborot manbalaridan unumli foydalana olishni asosiy va bosh maqsad qilib olishga o’rganmog’i zarur.

Noan`anaviy o’qitish usullaridan foydalanishdan maqsad nima uning afzalliklari darsning samaradorligini oshirish tamoyillari nimadan iborat degan savolga quyidagicha xosilalar asosida javob berish mumkin.

  1. Noan`anaviy o’qitish eng sodda qulay usul.

  2. Mustaqil fikrlashni o’rgatadi.

  3. Ko’p tarmokli.

  4. Sodda va oson.

  5. Bilim boyligini oshiradi.

  6. Vaqtdan yutadi.

  7. Qiziqarli o’tadi.

  8. Darsning samaradorligini oshiradi.

  9. Dunyoqarashni kengaytiradi.

  10. Tafakkurni rivojlantiradi.

  11. O’quvchilarining diqqat e`tiborini tortadi.

  12. Har bir o’quvchi bilan individual munosabatda bo’ladi.

  13. Xotirani kuchaytiradi.

  14. Izlanishga chorlaydi.

  15. O’quvchilarni o’z ustida ishlashga chorlaydi.

O’qitishdan ko’zlanadigan maqsad bu davlat ta`lim standartlarida belgilangan bilim va ko’nikmalarini o’quvchiga etkazishdan iborat. Qachonki o’quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib etilsa yoki o’quvchi malaka oshirish uchun mo’ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bera olsagina o’qitish muvaffaqiyatli kechdi deb hisoblasa bo’ladi.
Mehnat ta`limi darslarini o’qitishning interfaol usullari asosida tashkil etish-ularda tashkil etiladigan ta`lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, shuningdek, mehnat ta`limidan o’quvchilariga bilim berish va ularni tarbiyalashda samaradorlikga erishishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo’lib, bunda bir qator pedagogik vazifalar hal etilishi lozim. Ular quyidagilardan iboratdir:

  • Mehnat ta`limi darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasida muayyan shart-sharoitlarni yaratish;

  • Mehnat ta`limi darslari pedagog xodimlari o’rtasida interfaol metodlar mohiyatini ochib berishga qaratilgan maxsus o’quv seminarlarini tashkil etish;

  • ular tomonidan pedagogik texnologiya asoslarini puxta o’zlashtirilishiga erishish;

  • Mehnat ta`limi darslari pedagoglarida ta`lim-tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuv hissini tarbiyalash;

  • Mehnat ta`limi darslarining o’qituvchilarida texnologik yondashuv asosida tashkil etish ko’nikma va malakalarini hosil qilish;

  • Mehnat ta`limi darslari o’qituvchilari tomonidan ta`lim-tarbiyaviy ishlarni interfaol metodlar asosda tashkil etilishiga erishish;

  • Mehnat ta`limi darslari o’qituvchilarining texnologik asosda pedagogik faoliyatni tashkil etish borasidagi mahoratlarini oshirish;

  • Mehnat ta`limi darslarining samaradorligini ta`minlash.

- Mehnat ta`limi darslari o’qituvchilarida pedagogik faoliyatni interfaol metodlar asosida tashkil etish malakasini shakllantirishga quyidagi tamoyillarga amal qilish asosida erishiladi:

  1. Mehnat ta`limi darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasidagi yagona maqsadning qaror topganligi.

  2. Mehnat ta`limi darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasidagi harakatning izchil, maqsadga muvofiq, tizimli va uzluksiz amalga oshirilishi.

  3. Mehnat ta`limi darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etishda mavjud shart-sharoit hamda sub`ektiv yondashuvlarni inobatga olish.

  4. Pedagogik mahorat va iqtidorlarni erkin namoyish etish.

  5. Yangi tajribalarni ommalashtirish.

  6. Nazariy va amaliy faoliyat birligi.

  7. Mehnat ta`limi darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etishda xorijiy mamlakatlarning donor tashkilotlari bilan hamkorlik va hokazolar.

Mehnat ta`limi darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish quyidagi omillar asosida amalga oshiriladi:

  1. ob`ektiv omillar:

  • boshlang’ich ta`lim darslarida moddiy-texnik bazaning yaratilganligi;

  • Ta`lim-tarbiya jarayonining zarur texnik hamda axborotli vositalar bilan ta`minlanganligi;

  • Mehnat ta`limi darslarida pedagogik monitoring (ma`lumotlar banki)ning tashkil etilganligi, uning maxsus adabiyotlar bilan boyitilganligi;

  1. sub`ektiv omillar:

  • Mehnat ta`limi limi darslarining o’qituvchilarida PT mohiyatini o’rganishga nisbatan ichki ehtiyoj va qiziqishning yuzaga kelganligi;

  • ularda o’z faoliyatlarida PT lardan foydalanishga nisbatan rag’batning qaror topganligi;

  • ta’lim muassasasi rahbariyati va jamoasining ta’lim-tarbiya jarayonini interfaol metodlar asosida tashkil etish yo’lidagi birligi va yakdilligining shakllanganligi;

  • Mehnat ta`limi darslari o’qituvchilarining PT mohiyatidan xabardorliklari;

  • ularda o’z faoliyatlarini texnologik yondashuv asosida tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarning tarkib topganligi;

  • Mehnat ta`limi darslari o’qituvchilarining o’z pedagogik faoliyatlarida PT ni qo’llay olish mahoratiga egaliklari;

  • ularda ijodkorlik, izlanuvchanlik, boshlang’ich ta`lim o’quvchilari orasida kqtarinki kayfiyatni yarata olish sifatlarining mavjudligi;

  • PT asosida pedagogik faoliyatni tashkil etayotgan o’qituvchilarni rag’batlantirib borish va hokazolar.

Boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining pedagogik faoliyatni interfaol metodlar asosida tashkil etish borasidagi mahoratlari darajasi quyidagi ko’rsatgichlarga muvofiq belgilanadi:

  • Mehnat ta`limi darslari o’qituvchilarida boshlang’ich ta`lim o’quvchilari bilan muloqotni muvaffaqiyatli tashkil etish, pedagogik faoliyatga nisbatan ijodiy yondoshuv, pedagogik vaziyatlarni baholay olish va ularga muvofiq xatti-harakatni tashkil etish malakalari shakllanganligi;

  • pedagogik faoliyat mazmuni, ko’lami, sur`ati hamda samaradorliginining yuqori darajasi.

Mavzuni nazariy-amaliy asoslarini o’rganish natijasida shu holat aniqlandiki, pedagogik texnologiyalar mohiyatini mehnat ta`limi darslari pedagoglari o’rtasida targ’ib qilish jarayonida ijtimoiy-gumanitar fanlarga nisbatan tabiiy fanlar o’qituvchilari mazkur pedagogik texnologiyalarning nazariy-amaliy asoslarini tez va puxta o’zlashtirishga muvaffaq bo’lganlar. Buning boisi, Mehnat ta`limi o’quvchilariining bilim, ko’nikma va malakalari, shuningdek, ta`lim-tarbiya jarayonining samaradorlik darajasini aniqlashga yo’naltirilgan metodlarning statistik xususiyatga egaligidadir

Download 65,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish