Mundarija Kirish I bob. Maktabgacha yoshdagi ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning xotirasining ilmiy-nazariy tahlili



Download 87,89 Kb.
bet1/8
Sana30.04.2022
Hajmi87,89 Kb.
#599418
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar nutqiy xotirasining о‘ziga xos xususiyatlari


Mundarija
Kirish................................................................................................................2
I Bob. Maktabgacha yoshdagi ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning xotirasining ilmiy-nazariy tahlili ...........................................................................7
1.1. Nutqning normal va nuqsonli rivojlanishida nutq va kognitiv funksiyalarning о‘zaro bog‘liqligi…………………………………...…………......7
1.2.. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar xotira faoliyatining о‘ziga xos xususiyatlari……………………………………………………………………….10
II Bob. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar nutqiy xotirasining о‘ziga xos xususiyatlari....................................................................................................19
2.1. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning nutqiy xotirasini bog‘langan nutq asosida tekshirish.....................................................................................................19
2.2.. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning nutqiy xotirasini logopedik ish jarayonida shakllantirish metodikasi.......................................................................23
Umumiy xulosalar.........................................................................................31
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati.............................................................33
Kirish
Kurs ishi dolzarbligi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning tо‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etish zamonaviy logopediyaning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bu katta amaliy ahamiyat kasb etadi: ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni erta aniqlash va о‘z vaqtida amalga oshirilgan korreksion ish bolalarning ona tilini о‘zlashtirishda ortda qolishlarini oldini olish va bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur sohada kurs ishi ishlarini olib borish qator omillar bilan shartlanadi. Ulardan biri bizning fikrimizcha, eng muhimi – ta’limning maktab dasturini о‘zlashtirish uchun tayyorlov ishlari muhim ahamiyatga ega.
Turli jismoniy nuqsonlarga ega bо‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiyasiga bо‘lgan e’tibor hozirgi kunda, har doimgidan ham kuchli e’tibor berilmoqda.
Aqliy taraqqiyot masalasi, shaxslarning psixologik xususiyatlarini о‘rganish muammosi uzoq yillik tarixga ega.
Turli yoshdagi shaxslarning aqliy, jismoniy va ma’naviy rivojlanish xususiyatlari kishilik jamiyatining turli davrlarda о‘z dolzarbligini yо‘qotmagan. Shaxs kamolotida turli rivojlanish bosqichlari о‘ziga xos о‘rinlarni egallaydi. Insonning aqliy rivojlanishida, shaxs bо‘lib shakllanishida, subyekt bо‘lib о‘zini namoyon qilishida maktabgacha yoshdagi davr alohida, muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qonuniyat nafaqat aqlan va jismonan sog‘lom shaxslarga balki, о‘zlarining turli rivojlanish bosqichlarida turli kasalliklarni boshidan kechirishlari oqibatida ma’lum nuqsonlarga ega bо‘lgan shaxslarga ham tegishlidir.
“Davlatimiz va kelajagimizning bugungi kuni, ayniqsa kelajagi uchun g‘oyatda muxim bо‘lgan sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash vazifasini о‘z oldimizga kо‘yar ekanmiz, avvalom bor biz yashayotgan, XXI-asr intelektual boylik, yuksak bilim va saloxiyat talab etadigan, aynan shu qadriyatlar ustuvor axamiyat kasb etadigan asr, degan xayotiy xaqiqatdan kelib chiqqan edik ”
Statistik ma’lumotlarning kо‘rsatishicha yer yuzasidagi aholining 1-3 %ni turli aqliy va jismoniy kamchilikka ega shaxslar tashkil etadi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin barcha sohalar qatori maxsus ta’limga ham alohida e’tibor berila boshlandi. Buni biz turli hukumat qarorlarida, dasturlarida kо‘rishimiz mumkin. Bolalar inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida, boshqa halqaro qonun va xujjatlarda kо‘rsatilgan hamma huquq va erkinliklardan foydalanadilar.
Bolalarda ma’naviy, ruhiy, jismoniy, akliy rivojlanishiga muvofiq keladigan hayot darajalariga ega bо‘lish huquqlari mavjud “Bola huquqlari haqidagi Konvensiya”ning 31 moddasida shunday deyilgan: “Bolalar dam olish, о‘ynash va badiiy tadbirlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar”1. Bolalarni ijodiy faoliyatga yо‘naltirishda ularning qiziqishlarini hisobga olib, kо‘maklashishlari lozim. Bolalarning istak, hoxish va qiziqishlariga qarab suhbatlar, uchrashuvlar tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Sog‘lom bolalar bilan bir qatorda ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar ham tо‘g‘ri ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.
“Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonunning 23-moddasida shunday yozilgan: “Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalar va о‘smirlarni о‘qitish, ularni tarbiyalash hamda davolash uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim-tarbiya muassasalariga yuborish va ulardan chiqarish ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan psixologik – tibbiy – pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining о‘quvchilari qisman yoki tо‘la davlat ta’minotida bо‘ladi”2.
Ta’lim-tarbiya jarayonini tо‘g‘ri tashkil etish uchun nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarning psixologik xususiyatlarini hisobga olish darkor. Dunyoqarashi keng, sog‘lom ongli insonni tarbiyalash uchun sog‘lom tafakkurni shakllantirish zarur. Mamlakatimizning jahondagi rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi uchun yoshlarimiz chuqur nazariy bilim bilan birga amaliy kо‘nikma-malakalarini ham egallagan bо‘lishlari lozim.
Har qanday bilim, kо‘nikma, malakalar, ayniqsa, inson tafakkuri va xotirasi bolalik davrida jadallik bilan rivojlanadi. Demak, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning ruhhiy rivojlanish imkoniyatlarini tо‘g‘ri tarkib toptirish, zarur vaqtda, alohida yordamga muxtoj bolalarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida muhim omil hisoblanadi. Ma’lumki, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda xotira xususan eshituv xotirasi kamchiliklari uchraydi. Bunday bolalarning lug‘atlari kambag‘al bо‘ladi. Ularni maktabga tayyorlashda psixologlar bilan bir qatorda logopedlarning ham о‘rni beqiyosdir. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning nutqiy xotira xususiyatlarini о‘z vaqtida aniqlash tibbiyot xodimlari, pedagog-psixolog va defektologlarning dolzarb vazifalaridan biridir. Bu borada mamlakatimizda tashkil etilgan Tashxis markazlarining faoliyati ibratli bо‘lishi kerak. Chunki bu muammo ilmiy jihatdan tо‘liq tahlil etilmagan muammolardan biri sanaladi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning eshituv xotirasining shakllanmaganligiga turli kasalliklar sabab bо‘ladi.
Maxsus pedagogik, psixologik yordamsiz ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar 6 yoshda ba’zan 7 yoshda ham maktab ta’limiga tayyor bо‘lmaydi. Maktabgacha yoshdagi ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning xotirasini rivojlanmaganligi ularni maktabga tayyorlashdagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning xotirasining rivojlanmay qolishiga bolaning ruhiy rivojlanishining orqada qolganligi, bee’tiborlik, pedagogik qarovsizlik yohud bola salomatligining zaifligi sabab bо‘lishi mumkin. Bolalarda xotirani rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Chunki, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning xotirasining rivojlanmaganligi sababli maktab ta’limiga tayyor hisoblanmaydi, maktabda ham о‘quv materialini yaxshi о‘zlashtira olmaydi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning xotirasini rivojlantirishda mutaxassis psixolog logopedlarning о‘rni muhim ahamiyatga ega. Tо‘g‘ri tanlangan psixologik metodikalar va tо‘g‘ri tashkil etilgan logopedik ish tizimi orqali ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning xotirasini shakllantirishimiz mumkin.
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalari bor ota-onalar va ular tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan pedagoglar, psixologlar boladagi bu nuqsonni bartaraf etish uchun erta yoshdanoq logopedik ish tizimini tashkil etishsa, ta’lim jarayonining sifat va samaradorligi yanada oshishi mumkin.
“Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimida yangi davrning boshlanganligidan darak beradi. Ushbu hujjatlardan bayon qilingan fikr-mulohazalar va talablarni amalga oshirish uchun ta’lim-tarbiya tizimi, turli xil logopedik ish tiziminining barcha bо‘g‘inlari samarali va sermahsul faoliyat kо‘rsatmoqlari talab qilinadi, shu jumladan logopediya fanida ham.
Atoqli psixolog olim L.S. Vigotskiy ruhiy jarayonlardan biri bо‘lgan nutqni shunday ta’riflagan. “Nutq xabar, ijtimoiy aloqa, atrofdagilarga ta’sir funksiyasini bajarish bilan birga inson fikrini shakllantiradigan usullardan biridir”3.

Download 87,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish