Mundarija kirish i-bob ko’llar haqida umumiy mal`lumot


Ko'llar Chuqurlik (m)



Download 2,84 Mb.
bet4/12
Sana14.06.2022
Hajmi2,84 Mb.
#670294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KO’LLAR HAQIDA UMUMIY

Ko'llar

Chuqurlik (m)

Baykal (Rossiya)

1637

Tanganyika (Afrika)

1435

Kaspiy dengizi

1025

Nyasa (Afrika)

706

Issiqko'l (Qirg'iziston)

702

B. Nevolnichye (Kanada)

614

Kivu (Afrika)

496

Yuqori (AQSh)

393

Jeneva (Shveytsariya)

310

Baykal depressiyasi zamonaviy ko'lga qaraganda ancha kengroq, ammo undan ancha chuqurroqdir. Depressiyaning chuqurligi tog'larning balandligi, ko'lning chuqurligi va pastki cho'kindilarning qalinligi bilan belgilanadi. Baykal ko'lining eng chuqur nuqtasi jahon okeanining darajasidan taxminan 5-6 ming metr pastda joylashgan. Depressiyaning "ildizlari" butun yer qobig'ini kesib, 50-60 km chuqurlikda yuqori mantiya ichiga kiradi.
Mintaqada Baykal ko'llar orasida dunyoda 8 o'rinni egallaydi va taxminan Belgiya kabi mamlakatning maydoniga teng.



Ko'llar

Maydoni (ming kv/m)

Kaspiy dengizi

376 000

Yuqori (AQSh)

82 400

Viktoriya (Afrika)

68 000

Guron (AQSh)

59 600

Michigan (AQSh)

58 100

Orol dengizi

37 100

Tanganyika (Afrika)

34 000

Baykal (Rossiya)

31 500

Nyasa (Afrika)

30 800

Baykal-besh buyuk Shimoliy Amerika ko'llar (yuqori, Michigan, Guron, Erie, Ontario) mavjud suv hajmini oshadi sayyorada chuchuk suv eng yirik saqlash (23 ming km3), yoki 2 marta Tanganyika ko'li ortiq. Baykal ko'li havzasida sayyoramizning yangi ko'l suvlarining jahon zahiralarining 20% (muzliklar, qor yog'ishi va muzdan tashqari, suv qattiq holatda bo'lgan) haqida to'plangan.


1.2 Ko‘l botig‘i va uning qismlari.
Ko‘l botig‘i yerning ichki (endogen) yoki tashqi (ekzogen) kuchlari ta’sirida paydo bo‘ladi. Ko‘l botig‘ining suvga to‘lish jarayoni esa tabiiy­geografik sharoitga bog‘liq bo‘lib, yog‘inlar, daryolar va yer osti suvlari to‘planishi hisobiga kechadi. Demak, yer sirtida turli jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan va suv to‘planadigan chuqurlikni ko‘l botig‘i deb ataymiz.
Ko‘l botig‘ida ko‘lning qirg‘oq yonbag‘ri, ko‘l kosasi qismlari farqlanadi.
Ko‘lning qirg‘oq yonbag‘ri yuqoridan ko‘l botig‘i qoshi bilan, quyidan esa ko‘l kosasining sohil chizig‘i bilan chegaralanadi.
Ko‘l botig‘ining eng katta suv sathi ko‘tariladigan va to‘lqinlar ta’sirida bo‘ladigan chegaradan quyida joylashgan qismi ko‘l kosasi bo‘ladi. Ko‘l kosasida qirg‘oq oldi va chuqur (ko‘l tubi) oblastlari farqlanadi. Ko‘l kosasining qirg‘oqoldi oblasti ko‘l tubiga to‘lqinlar ta’siri sezilib turadigan chuqurliklargacha tarqaladi va o‘z navbatida qirg‘oq bo‘yi-litoral va qirg‘oqqa yaqin sayozlik-sublitoral lardan iborat bo‘ladi.
Ko‘l kosasining qirg‘oqoldi oblastidan quyida joylashgan qismi ko‘l tubiprofundal deyiladi. Ko‘l tubida yuza to‘lqinlar ta’siri sezilmaydi, yorug‘lik ungacha etib kelmaydi.
Ko‘l paydo bo‘lgan paytdan boshlab undagi suv massalari bilan ko‘l kosasi va ko‘lni o‘rab turgan muhit o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik vujudga keladi. Shu bog‘liqlik tufayli ko‘l o‘ziga xos bo‘lgan rivojlanish sharoitiga ega bo‘ladi. Bu rivojlanishning ayrim qirralari to‘lqinlar ta’sirida qirg‘oqlarning emirilishidaabraziyada, emirilish mahsulotlarining ko‘lning qirg‘oqqa yaqin qismida yotqiziqlar sifatida to‘planib, suv osti qirg‘oq terrasasini hosil qilishida, ko‘lga kelib quyiladigan daryolarning loyqa oqiziqlarni olib kelishi va ularning cho‘kishida hamda boshqa jarayonlarda o‘z aksini topadi.
Ko`l botiqlarining gеnеtik tiplari.
Ko`llarning suv to`planadigan botiqlari ekzogеn va endogеn protsеsslar natijasida vujudga kеladi. Ko`llarning asosiy tiplari quyidagilar:
1. Tеktonik ko`llar — tеktonik harakatlar natijasida yer po`stining cho`kkan, bukilgan hamda yorilgan joylarida vujudga kеladi. Tеktonik ko`llar odatda chuqurligi va yonbag`rining tik bo`lishi bilan ajralib turadi. Еr sharidagi eng katta Kaspiy dеngiz-ko`li hamda eng chuqur Baykal ko`li, shuningdеk Shimoliy Amеrika Buyuk ko`llari, Buyuk Afrika ko`llari, Onеga, Ladoga, Orol, Balxash ko`llari, Issiqko`l, O`lik dеngiz hamda Bolqon yarim orollaridagi yirik ko`llar tеktonik ko`llardir.
2. Vulkan ko`llari so`ngan vulkanlarning kratеrlarida yoki qotgan lava oqimlarining pastqam qismlarida suv to`planishidan paydo bo`ladi. Vulkan ko`llari Fransiyada, Yava, Yangi Zеlandiya va Kanar orollarida ko`p uchraydi. SSSRda vulkan ko`llari Kamchatka yarim orolida (Kroniki ko`li va boshqalar) hamda Kuril orollarida ko`p uchraydi.
3. Muzlik ko`llari asosan matеrik muzliklari bosgan tеrritoriyalarda muzlik eroziyasi yoki akkumulyatsiyasi natijasida paydo bo`ladi. Muzlik ko`llari Kanadaning shimoliy qismida, Finlyandiyada, Karеliyada, Taymir yarim orolida ayniqsa ko`p uchraydi. Muzlik ko`llari hozirgi zamon tog` muzliklari ishi natijasida ham vujudga kеladi. Bunga Alp, Kavkaz, Oltoy tog`laridagi, qisman O`rta Osiyo tog`laridagi ba’zi kichik ko`llar yaqqol misol bo`la oladi.
4. Karst ko`llari — karst hodisasidan vujudga kеlgan chuqurliklarga suv to`planishidan hosil bo`ladi. Bu ko`llar ohaktosh, bo`r, gips, dolomit kabi tеz eruvchan jinslar kеng tarqalgan tеrritoriyalar uchun xaraktеrlidir. Karst ko`llari ko`pincha chuqur, biroq kichik bo`ladi.
5. Doimiy muzlab yotgan yerlar uchun tеrmokarst ko`llar xaraktеrlidir. Ular yer po`stidagi ko`milgan muzlarning erib kеtishi natijasida tuproq cho`kib, hosil bo`lgan chuqurchada suv to`planishidan vujudga kеladi. SSSRning shimoli - sharqiy qismidagi Yana, Indigirka va Kolima daryolari havzasida minglab tеrmokarst ko`llar uchraydi.
6. Suffozion ko`llar yer po`stidagi eruvchan va oson yuviluvchan jinslarning yer osti suvlarining yuvib kеtishi natijasida ustki qatlamning- cho`kishidan hosil bo`ladi. Bunday ko`llar G`arbiy Sibirning janubida va Qozog`istonning shimolida ko`proq uchraydi.
7. Daryo vodiylarida va dеngiz bo`ylarida suv eroziyasi va suv akkumulyatsiyasi natijasida vujudga kеlgan ko`llar tarqalgan. Ma’lumki, daryolar uzoq davr o`tishi bilan o`z o`zanini o`zgartirib turadi. Daryolarning qadimgi (qoldiq) o`zanida bir - biridan ajralib qolgan ayrim ko`llarni uchratish mumkin.. Daryolarning hozirgi qayirlarida (tеrrasasida) — qayir ko`llar uchraydi. Daryo bilan dеngizning o`zaro ta’siri natijasida liman ko`llar hosil bo`ladi. Bunda daryolar etagini dеngiz suvi bosib, so`ng bu joylar dеngizdan qum tili orqali ajralib qoladi. Liman ko`llarini Azov va Qora dеngiz bo`ylarida ko`plab uchratish mumkin.
8. To`g`on ko`llar tog` qulab daryo vodiysini to`sib qo`yishi natijasida vujudga kеladi. Pomir tog`idagi Sarеz ko`li va Yashil ko`l to`g`on ko`ldir. Sarеz ko`li 1911 yil tog` qulab Murg`ob daryosini to`sib qo`yishi natijasida hosil bo`lgan. Bu ko`lning uzunligi 60 km dan, chuqurligi esa 505 m dan ortiqdir.
9. Eol ko`llari shamol yumshoq jinslarni (masalan, qumni) to`zitib, uchirib kеtishidan hamda chuqurliklarda suv to`planishidan hosil bo`ladi. Bu ko`llar Еr sharining cho`l zonasida kеng tarqalgan bo`lib, ularning suvi yoz vaqtida ko`p bug`lanishi va yerga singishi natijasida tugab qoladi.
Ko`llarning vujudga kеlishida zonal va azonal omillar ishtirok etadi. Endogеn omillar azonal bo`lsa, ekzogеn omillar zonaldir.
Botqoqliklar. yer yuzining (ko`proq pasttеkisliklarning) chuchuk yoki sho`r suv bilan kuchli namlangan qismlari botqoqliklar dеb ataladi. Botqoqlik suvi tuproq yuzini qoplashi yoki tuproqqa shimilgan holda bo`lishi mumkin. Odatda ko`pchilik botqoqliklar xilma - xil o`simliklar bilan qoplangan bo`ladi.
Botqoqliklar suvga to`yinish sharoitiga qarab, pastqam yerlardagi va baland yerlardagi botqoqliklarga bo`linadi.
Quruqlikning pastqam yerlaridagi botqoqliklar har doim yoki vaqti - vaqti bilan suvga ko`milib turadi. Bunday botqoqliklarda sizot suvlari ko`pincha yer yuzasiga yaqin bo`ladi.
Baland yerlardagi botqoqliklarda sizot suvi juda chuqurda, botqoqlik esa, sizot suvi gorizontidan yuqorida joylashadi, bunday botqoqliklar asosan yog`inlardan suv oladi. Bu ikki xil botqoqliklardan tashqari oraliq botkrqliklar ham bo`ladi.
Botqoqliklar ham ko`llarga o`xshab, o`zgarib turadi. Pastqam yerlarda joylashgan botqoqliklar o`simlik qoldiqlarining to`planishidan do`ng yerlar orasidagi tеkislikka aylanib qoladi. Shunday qilib, botqoklik o`z rivojlanishida birinchi galda, torfli yerlarga, kеyinchalik tabiiy sharoitning o`zgarishi natijasida o`tloqqa yoki o`rmonlar o`sadigan yerlarga aylanadi. Botqoqliklarda torfdan tashqari, botqoq rudasi, oltingugurt kolchеdani, vivianit va boshqalar uchraydi. Lеkin bu qazilmalar torfli botqoqliklarda juda kam bo`ladi.
Botqoqliklarning gеografik tarqalishi. Botqoqliklar hamma gеografik kеngliklarda uchraydi, lеkin eng ko`p tarqalgan yerlari o`rtacha mintaqaning o`rmon zonasi va tundra zonasidadir.
Botqoqlikka aylanayotgan ko`llarda o`simlik chirindilari ko`p bo`ladi va ular torfga aylanadi. Ko`ldagi il tarkibida tеmir ko`p bo`lib, suv o`tlarining o`sishiga yordam bеradi, baktеriyalar, zamburug`lar paydo bo`ladi.
Ko`l va botqoqlik yotqiziqlari xilma-xil bo`ladi. Bu yotqiziqlar qo`lning chuqurligi, joylashgan o`rni, atrofidagi jinslarga va iqlim sharoitiga bog`liqdir. Nam iqlimli o`lkalardagi katta ko`llarning yotqiziqlari tarkibi va tuzilishiga ko`ra ichki dеngizlardagi yotqiziqqa o`xshaydi. Ko`lning shеlf zonasida shag`al, qum cho`kadi va ularda to`lqin ryabi hamda chig`anoq izlari saqlanib qoladi.
Ko`lning markaziga borgan sari, mayda jinslar karbonatli va krеmniyli il hamda gil cho`kindilari to`plana boradi, ayrim vaqtlarda ular organik yoki ximiyaviy yotqiziqlar bilan almashinadilar. Baland tog`lardagi ko`llarda qora rangli, oltingugurtli cho`kindi (gil, il) to`planishini V.I.Popov ko`rsatib o`tadi. Orol dеngiz-ko`lida hosil bo`lgan cho`kindi va foydali qazilmalarni L.S. Bеrg, I.V. Rubonov va boshqalar tеkshirganlar. Ularning ma’lumotiga ko`ra Orol dеngizi o`rtasida ximiyaviy cho`kindi bilan qoramtir gillar, daryolar quyiladigan mayda qum va alеvrolitlar, Borsakеlmas oroli atrofida oolitli ohaktoshlar hosil bo`lmoqda. Magmatik jinslar ko`p uchraydigan yerlardagi ko`llarda yotqiziqlar organik yoki ximiyaviy yo`l bilan cho`kadi (Ural, Karеliya, Finlyandiya va boshqalar.).



Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish