Orol dengizining suv balansi
Suv kelishi
|
Qatlam, mm
|
Suv hajmi, km3
|
Suv yuzasida yog'ingarchilik
|
82
|
5,63
|
Yuzaki oqim
|
838
|
57,57
|
Suv oqimi
|
|
|
Suv yuzasidan bug'lanish
|
920
|
63,20
|
Har yili o'rtacha 63,2 km3 suvni sirt oqimi va uning yuzasiga tushadigan yog'ingarchilik tufayli olish, Orol dengizi bug'lanish uchun suvning barcha massasini iste'mol qiladi. Turkmanistonning asosiy kanali qurilishi va Amu-Dariya oqimining katta qismini sug'orish va sug'orishga olib chiqish munosabati bilan Orol dengizining suv balansi o'zgaradi va uning darajasi pasayadi. Shubhasiz, oqimdan olib tashlash miqdori qanchalik ko'p bo'lsa, daraja qanchalik katta bo'ladi. B. D. Zaykov dengizdagi er usti suvlari oqimidan suvni olib tashlash hajmiga qarab, darajani kamaytirishni hisoblab chiqdi.
2.2 Ko'llari geneziyasi
Osiyoning shimoliy yarim shardagi barcha geografik kengliklarda joylashganligi uning yer yuzasiga quyoshdan keladigan issiqlikning turli miqdorda tushishiga sabab bo`ladi. Chunonchi, quyosh radiatsiyasining umumiy miqdori ekvatorda yiliga xar bir sm2 maydonda 140--160 k kal ni tashkil etadi.
Osiyo ustidagi havo massalarining sirkulyatsiyasi yuqori hamda past bosim markazlarining mavsumiy joylashishiga bog`liqdir. Qish vaqtida materik ustidagi atmosfera bosimining eng muhim markazi Yer sharida qishki iqlimiy markazlarning eng qudratli markazi xisoblangan Osiyo antitsiklonidir. Bu antitsiklondan hamma tomonga sovuq va quruq kontinental mo`tadil havo tarqalib, bir necha tarmoq hosil qiladi. Osiyoning janubi-sharqida qishda sovuq quruqlik bilan iliq okean o`rtasida havo bosimining juda katta grdaiyenti vu-judga keladiki, u quruqlikdan dengizga esuvchi, kuchi va yunalishi barqaror bo`lgan havo oqimlarining, ya`ni qishki kontinental mussonning vujudga kelishiga sabab bo`ladi.
Tinch okeanining shimoliy qismi ustida qishda Aleut minimumi vujudga keladi. U asosan Kamchatkaning sharqiy sohili va Kuril orollariga ta`sir ko`rsatadi.
Subtropik mintaqadagi Tiber va Armaniston tog`liklariga dalandlik antitsiklonlari ta`sir ko`rsatadi va u yerda havo yil bo`yi kuchli darajada sovib turadi.
Osiyoning O`rta dengiz bo`ylarida, Arabistonning shimolida, Eron tog`ligining janubi va Panjobda ko`pincha bosim yuqori, lekin balandlik antitsiklonlaridagiga qaraganda pastroq bo`ladi. Mo`tadil va tropik havolar frontida siklonlar kuchayib, ular to Himolaygaa yetib borishi mumkin va yo`lda yog`inlarga sabab bo`ladi.
Janubiy Osiyo ustida passat sirkulyatsiyasi, ya`ni qishki musson shakllanadi.
Yozda atmosfera bosimi mintaqasi o`zgarishi bilan birga havo oqimlari ham o`zgaradi. Panjob, Eron tog`ligining janubiy yarmi, Rabiston yarim orolining janubiy va markaziy qismlari ustida past bosim vujudga kelib bu bosimni Old Osiyo depressiyasi deb ataladi. Bu bosim markazi tomonga Hind okeanidan nam havo esib Hind mussonini hosil qiladi.Hind okeani ustidagi janubiy tropik antitsikloni bu mussonni kuchayishiga sabab bo`ladi. Bu musson shamollari Janubiy va janubi-sharqiy Osiyo ustida hukmronlik qiladi, G`arbiy Pokiston va Rajasxanda Arabiston va Erondan kontinental havoning depressiyaga tortilishidan qurg`oqchil iqlim shakllanadi. Markaziy Osiyo ustida past bosim vujudga keladi, lekin qator tog` tizmalari bu yerga Hind va Tinch okeanlaridan havo massalarini kirib kelishiga yo`l qo`ymaydi. Sharqiy Osiyoga Gavayi antitsiklonining g`arbiy chekkasidan dengiz tropik havosi kirib keladi.
Kichik Osiy va Levant (Suriya, Isroil, Livan) sohillari Azor maksimumi ta`sirida qoladi va iqlimning quruq va issiq bo`lishiga sabab bo`ladi.
Osiyo iqlimining qaror topishida, uning cho`llari iqlimining, xususan baland tog` tizmalari va berk tog`lar iqlimining, shakillanishida relyef juda katta rol o`ynaydi. Yuqorida qayd qilib o`tilganidek, Markaziy Osiyo iqlimining arid iqlim ekanligiga ko`p jihatdan uning okeanlardan uzoqligi va orografik jihatdan berk xavza ekanligi sabab bo`lgan.
Okean oqimlaridan materikning sharqiy qirg`oqlari bo`ylab oquvchi Kuro-Sivo iliq oqimi ayniqsa katta ahamiyatga ega. Bu oqim ta`sirida materikning sharqida iqlim mintaqalari bir oz shimolda joylashgan. Shimoliy Amerika qirg`oqlari yaqinidagi Golfstrim oqimi kabi Kuro-Sivo oqimi ham 35-36 shimoliy kenglikka yetgandan keyin shimoli-sharqka qarab buriladi. Shuningdek Osiyoning shimoli-sharqiy sohillariga Sovuq Kuril oqimi kata ta`sir ko`rsatadi. Bu oqim Kuril orollarining janubidan o`tgan Oya-sivo nomini oladi.
Qit`ada eng past harorat 600-700 sh.k.oralig`ida kuzatiladi. Verxoyansk va Oymyakonda -700S harorat kuzatilgan. Bu yerlarda yanvarning o`rtacha harorati -550 S. Biroq yuqori bosim mintaqasi Mongoliyaning shimoliy rayonlarida kuzatiladi va u Markaziy Osiyo yoki Sibir maksimumi deb ataladi.
Osiyo xududiga yuqorida qayd qilib o`tilgan iqlimiy omillar va meteorologik elementlarni xisobga olib, bu bepoyon kontinentda quyidagi iqlim tiplarini ajratib ko`rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |