MUNDARIJA:
KIRISH ....................................................................................................................2
I BOB. KARTOSHKANING RAK KASALLIGI................................................4
1.1 Kartoshkaning rak kasalligi..................................................4
1.2 Kartoshkaning so‘lish, makrosporoz, fitoftorioz kasalligi va unga qarshi kurash choralari.........................................................................................................9
II BOB. KARTOSHKA QORA SON VA XALQALI CHIRISH KAKLLIGI UNGA QARSHI KURASH CHORALARI. VA KARTOSHKANING KASALLIKLARIGA QARSHI KURASH CHORALARI..............................18
2.1 Kartoshka qora son va xalqali chirish kaklligi unga qarshi kurash choralari...................................................................................................................18
2.2 Kartoshkaning kasalliklariga qarshi kurash choralari...........................22
XULOSA ...............................................................................................................29
ADABIYOTLAR RO'YXATI ............................................................................30
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida yosh avlod qalbida yuksak ma’naviyatni shakllantirishda ta’lim-tarbiya tizimining o‘rni yuksakligiga alohida e’tibor qaratib “... farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak”1, - deb ta’kidlab o‘tadi.
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga etkazish vaqt nuqtai nazaridan amalga oshirish mushkul vazifa hisoblanadi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi.
Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘z ustida mustaqil ta’lim olish uchun yo‘llanma berish oliy ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Talabaning mustaqil ishi – muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir. Kartoshkani fitoftorozini Phytophtora infestans oomiset zamburug`i qo`zg`atadi. Qo`zg`atuvchi zamburug` rangsiz, bir hujayrali, ko`p yadroli endofit tana hosil qilib, ko`plab jinssiz sporalar – zoosporangiylar hosil qiladi.
Oosporalar – ya`ni jinsiy sporalar faqat kartoshkani vatani bo`lgan Meksikada uchraydi, ammo keyingi ma`lumotlarga qaraganda bir qancha Yevropa mamlakatlarida ham oosporalar hosil bo`lishi aniqlangan. Qo`zg`atuvchi zamburug`ning biologik xususiyatlaridan biri – uning fiziologik irqlarini va populyasiyalarini juda ham ko`pligidir. Ushbu fiziologik irqlari va populyasiyalari o`zining parazitlik xususiyatlari, inkubasion davri davomiyligi, patogenligi (kasallikni tug`dirish qobiliyati), agressivligi, virulentligi hamda sporalar hosil qilish darajalari bilan bir-biridan keskin farq qiladi.
Zamburug` kartoshkani barglarini, poyalarini, tuganaklarini va o`simtalarini kasallantiradi. Kasallikni xarakterli alomatlari o`simliklarni gullash davri arafasida barglarda namoyon bo`ladi. Dastlab pastki yarus barglarni uchida qo`ng`ir rangli bo`rtgan dog`lar paydo bo`ladi, bunday dog`larni orqa tomonida, aniqrog`i bargning yashil hamda qo`ng`ir qismi chegarasida oqimtir rangli qalin g`uborlar hosil bo`lishi kuzatiladi. Qo`ng`ir rangli dog`larning kengayib borishi hisobiga g`uborlar ham kasallangan va sog`lom to`qima chegarasi tomon surilib boraveradi. Bu g`uborlar zamburug`ning sporalaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |