9 - rasm. Navoiy EIIZga kiritilgan va kiritilishi rejalashtirilgan investitsiyalar dinamikasi (mln. AQSh dollari)9
Umuman, "Navoiy" EIIZning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun hozirda quyidagi omillar mavjud:
-turli xom ashyo resurslarining mavjudligi va ularni 30%dan kam bo'lmagan mahalliylashtirish darajasida chuqur qayta ishlash imkoniyati;
-ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bilan bog'liq yirik bozorlarning mavjudligi;
-transport infratuzilmasining rivojlanganligi;
-katta inson salohiyatining mavjudligi;
-hududda yuqori texnologiyalarni jalb etish orqali diversifikatsiyalangan ekologik toza sanoat bazasini shakllantirish imkoniyati.
Shu borada to'plangan tajribani va Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan foydalanish, Farg'ona vodiysidagi korxonalar bilan barqaror iqtisodiy aloqalarni yo'lga qo'yishning kelajakda muhim ahamiyatga ega ekanini hisobga olgan holda, 2012 yilda "Angren" maxsus industrial zonasini tashkil etish to'g'risida qaror qabul qilingan edi.
"Angren" MIZ, birinchi galda, o'z vaqtida sanoat shaharlari sifatida tashkil qilingan, ammo bu salohiyat o'z davrida bir yoqlama, markazga yo'naltirilgan ishlab chiqarishga asoslanib qolgan Angren va Ohangaron shaharlarining bugungi kunda isloh etilayotgan sanoat tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu esa, o'z navbatida, zamonaviy texnologiyalar asosida qo'shimcha ish o'rinlari yaratilishini ta'minlaydi. Bu bilan ushbu maxsus iqtisodiy zona Toshkent viloyatidagi ikkita yirik hudud — Angren hamda Ohangaron shaharlari va ularning atrofidagi mahalliy punktlarda istiqomat qilayotgan aholi farovonligini oshirishga ham munosib ulush qo'shadi.
Mazkur MIZning yana bir afzalligi shundaki, u mamlakatimizning shimoli- sharqiy qismidagi Angren va Ohangaron shaharlari hamda ular atrofidagi hududlarda barpo qilinadi. Bu hududda "Angren" logistika markazi ham
Mazkur industrial zonada faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarga, kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab, 3 yildan 7 yilgacha bo'lgan muddatga keng ko'lamli soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferentsiyalar berildi, ularning infratuzilma ob'ektlari va kommunikatsiyalarga kafolatli ravishda ulanishi ta'minlanmoqda.
O'zbekiston respublikasi hukumati "Angren" maxsus industrial zonasida (MIZ) yangi shakar zavodi qurilishi haqida qaror qabul qildi. Zavodning quvvati sutkasiga 1 ming tonna shakar ishlab chiqaradi. 108,5 mln.$ qiymatli loyihaga investor qilib Welton International EnterprisesPte. Ltd va OrientalSingaporeCapitalPte. Ltd Singapur kompaniyalari hamda SEID Handelsgesellschaftm.b.H Avstriya kompaniyasi jalb qilinadi.
Investorlar 20 mln. $ ustav fondli «Angren shakar» xorijiy korxona yaratadilar. Zavod ta'sis etuvchilarning pul mablag'lari xisobiga shakllanadi, shu bilan bir qatorda mana shu soxa orqali olingan daromadning reivestitsiya qilgan holda xam.
Loyihani amalga oshirish "Angren shakar"ni ta'sis etuvchilar ustav fondiga 55 mln. $ badal sifatida taqdim etadilar. Singapur Oriental SingaporeCapitalPte. Ltd kompaniyasi ham, xorijiy investorlar kafilligi ostida, kredit sifatida 53,45 mln.
$ taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |