Mundarija kirish I bob. Chet tillarini o’rganish uslublari va strategiyalari


II Bob. Chet tillarini o’rganish uslublari va strategiyalari amaliy ahamiyati



Download 42,91 Kb.
bet5/8
Sana29.04.2022
Hajmi42,91 Kb.
#591842
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Chet tillarini o’rganish uslublari va strategiyalari

II Bob. Chet tillarini o’rganish uslublari va strategiyalari amaliy ahamiyati
2.1. Boshlang`ich sinf o`quvchilariga chet tillarini o’rgatishning amaliy ahamiyati.
Biz bilamizki, hozirgi ta’lim jaroyonida o’quvchi sub’ekt bo’lishi lozim. Bunda ko’proq interfaol metodlar va amaliy darslarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Ingliz tili darslariga qo’yilgan eng muhim talablardan biri mustaqil fikrlashga o’rgatishdir. Bugungi kunda ingliz tili o’qituvchilari Amerika Qo’shma Shtatlari, Angliya pedagoglari tajribasiga tayangan holda, quyidagi innovatsion metodlardan foydalanib kelmoqda.
“Quvnoq topishmoqlar” (Merry riddles) o’quvchilarga topishmoqlar o’rgatish. Ingliz tilini o’rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o’zlariga notanish bo’lgan so’zlarni o’rganadilar va o’ylab topishmoq javobini topadilar.“Tezkor javob” (Quick answers) o’tilgan dars samaradorligini oshirishda yordam beradi.“Chigil yozdi” (Warm-up exercises) o’quvchilarni darsga qiziqtirish uchun sinfda har xil o’yinlardan foydalanish. “Pantomima” (Pantomime) bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak bo’lgan darsda yoki yozma mashqlar bajarilib, o’quvchilar charchagan paytda foydalanilsa bo’ladi. “Hikoya zanjiri” (A chain story) usuli o’quvchilarning og’zaki nutqini oshirishda va xotirani mustahkamlashda yordam beradi. “Rolli o’yinlar” (Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida qo’llanilishi mumkin “Rasmlar so’zlaganda” (When pictures speak) usuli ancha qulay bo’lib, ingliz tilini o’rgatishda, o’quvchilarning o’g’zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi, buning uchun mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim. “Kviz kartochkalari” (Quiz cards) o’quvchilarning soniga qarab kartochkalar tarqatiladi va hamma o’quvchilar bir vaqtda darsda ishtirok etish imkonini beradi bu esa vaqtni tejaydi.
“So'z o'rnini top“ o'yinida so'zlarning o'rni almashtirib qo'yiladi hamda so'zlarni o'z o'rniga to'g'ri qo'yish orqali gap hosil qilinadi. “To'plam“o'yini ma'lum bir mavzu asosida o'quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida o'tkaziladi. O'yin qatorlar musobaqasi yoki kichik guruhlarda ishlash shaklida tashkil etiladi. Masalan, belgini bildirgan so'zlarni toping deb, guruhlarga topshiriq beriladi. Berilgan vaqt iсhida qaysi guruh ko‘p topa olsa g‘olib bo‘ladi. Multfilmlar. Bolalar chet tilini o’rganish mobaynida multfilmdagi gaplarni tushunmasa-da, multfilmdagi qahramonlarning harakatlari orqali ular ishlatayotgan so’zlarni tushunishga harakat qiladi. Bu esa bolalar uchun til o’rganishda qiziq va samarali yo’l hisoblanadi. Bolalar uchun ingliz tili qo’shiqlaridan tortib she’r va hikoyalar, videoroliklar orqali o’rgatib kelinmoqda.
Rasmli” o’yin. O’quvchilar Present Continious tarkibini yaxshiroq o’zlashtirishlari uchun rasmli o’yinni qo’llash mumkin. O’quvchilarga hali ko’rmagan rasmlaridagi personaj nima qilayotganini topish taklif etiladi. Masalan, P1: Is the girl sitting at the table? P 2 : No, she is not.
P1: Is the girl standing? P 2:: Yes, she is
Rasmda ifodalangan harakatni to’g’ri topgan o’quvchi g’olib xisoblanadi. U boshlovchi bo’lib boshqa rasmni oladi.
Rasmdagi gaplar”o’yini. Bu o’yin grammatik formalarni mashq qildirish uchun yaxshi ko’rgazmali vosita hisoblanadi. Kartalarda odamni qandaydir harakatlarini ifodalovchi bir necha rasmlar bor, masalan: konkida uchayotgan, shaxmat o’ynayotgan, kitob o’qiyotgan rasmlar bor. O’qituvchi rasmli kartalarni ko’rsatadi (bola konkida uchayapti) va so’raydi: What is he doing? O’quvchilar o’zlarida xuddi shunday rasmni topadilar va javob beradilar: He is skating.
Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish metodikasining lingvistik asoslari zamonaviy o‘qituvchiga shaxsiy ishchi o‘quv dasturi uchun til materialini tanlash, metodik tashkil etish va uni taqdim etishda yordam beradi. Ma’lumki, o‘qitishning lingvistik asoslari kommunikativ kompetensiyaning lingvistikaga oid ta’lim mazmunini aks ettiradi va DTS, dastur va darsliklarda bayon etiladi. Dastlab kommunikativ kompetensiya atamasini tushunib olish zarur bo‘ladi. Kommunikativ kompetensiya atamasiga o‘rganilayotgan chet til bo‘yicha egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni muloqot jarayonida qo‘llash qobilyati, degan mazmunda ta’rif berilgan. Ushbu atama tarkibidagi asosiy tushunchani ifodalovchi kompetensiya (competence) so‘zi dastlab N.Xomskiy tomonidan «grammatik kompetensiya», ya’ni gapiruvchi va tinglovchining til haqidagi bilimi, degan ma’noda qo‘llanilgan D.Xayms bola til haqidagi bilimlar (grammatika)ni o‘zlashtirish jarayonida undan to‘g‘ri foydalanishni ham, ya’ni qachon, qayerda, kimga, qay tarzda va nima haqida gapirish maqbulligini o‘rganish orqali kommunikativ kompetentligini takomillashtirib boradi, deya kommunikativ kompetensiya atamasining muallifiga aylandi. Bugunga kelib kompetensiya insonning turli sohalarda faoliyat olib borishi uchun zarur bo‘ladigan bilim, malaka, ko‘nikma, shaxsiy sifat va fazilatlar yig‘indisini ifodalamoqda. Lingvistik kompetensiya til materiali (fonetika, leksika, grammatika) haqida bilimlar va nutq faoliyati turlari (tinglash, gapirish, o‘qish va yozuv) bo‘yicha ko‘nikmalar egallashni nazarda tutadi. Sotsiolingvistik kompetensiya so‘zlovchining biror bir nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad va xohish-istagidan kelib chiqqan holda kerakli lingvistik shakl, ifoda usulini tanlash imkonini yaratadi. Sotsiolingvistik kompetensiya ijtimoiy-madaniy kompetensiyani o‘z ichiga olib, autentik nutqning milliy xususiyatlarini, o‘zi yashayotgan mamlakatning urf-odatlari, qadriyatlari, marosimlari va boshqa milliy-madaniy xususiyatlarni bilish hamda tili o‘rganilayotgan mamlakat bilan taqqoslagan holda taqdim eta olish fazilatini nazarda tutadi. Pragmatik kompetensiya o‘rganilayotgan chet tilida kommunikativ vaziyatda tushunmovchiliklar paydo bo‘lganda takroran so‘rash, uzr so‘rash va hokazolar orqali murakkab vaziyatlardan chiqib keta olish xususiyatini nazarda tutadi. Metodist-olimlar ingliz tili o‘qitish mazmunini a) til va nutq materialini umumlashtiruvchi lingvistik, b) malaka va ko‘nikmalardan iborat psixologik, d) o‘rganish usullarining egallanishini aniqlashtiruvchi metodologik komponentlarga ajratishadi. Lekin bugungi zamonaviy ta’limda nafaqat til va nutqqa oid, balki mamlakatshunoslik hamda lingvomadaniyatshunoslikka oid materialning ham o‘zlashtirilishi talab etiladi.

Download 42,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish