Mundarija kirish I bob. Chet tillarini o’rganish uslublari va strategiyalari


Boshlang`ich sinf o`quvchilarining nutqiy faoliyatini amaliy darslar yordamida shakllantirish



Download 42,91 Kb.
bet6/8
Sana29.04.2022
Hajmi42,91 Kb.
#591842
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Chet tillarini o’rganish uslublari va strategiyalari

2.2. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining nutqiy faoliyatini amaliy darslar yordamida shakllantirish.
O‘quvchi nutqiy faoliyatining qanday tuzilganligini bilgan o‘qituvchi uni rivojlantirishga xizmat qiluvchi mashq va topshiriqlarni adekvat tanlay oladi, nutq faoliyat turlaridan maqsad emas vosita sifatida foydalanib shaxsga va kompetensiyalarning egallanishiga yo‘naltirilgan ta’lim paradigmasiga muvofiqlashadi. Shundagina bilim, malaka va ko‘nikmalarning egallanishiga yo‘naltirilgan ta’lim paradigmasi o‘z o‘rnini shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga bo‘shatib beradi. Metodikaning psixolingvistik aspektidan bilimga ega o‘qituvchi (ona tilini o‘zlashtirishdagi tajribalar asosida sodir bo‘ladigan ingliz tili o‘rganish jarayonida) o‘quvchi nutqiy faoliyatining turlarini emas, balki kompleks rivojlantira oladi. Ma’lumki, chet tilni o‘rgatish ushbu tilda nutqning sodir bo‘lishi yoki uni idrok etilishi jarayonini tashkil qilishdir. «Nutq» terminining ma’nosi fikrni shakllantirish va uni ifodalash usulini,tilning amalda qo‘llanilishi va reallashuvini bildiradi. Til esa kommunikatsiya va interaksiya vositasi, ishoralar tizimi, fikrni ifodalash va xosil qilish quroli, vositasidir. Til undan foydalanuvchilar uchun umumiy, ya’ni ijtimoiy nutq esa individual o‘ziga xos hodisadir15 . Til, sodda qilib aytganda, birliklar va ularning aloqasi sistemasidir, nutq – og‘zaki va yozma matndir. Fikrni ifodalash psixolingvistikada (re)produktiv nutq faoliyati deyiladi, bunga gapirish va yozuv kiradi. Ifodalangan fikrni (gapirish va yozuv mahsulini) idrok etish retseptiv nutq hisoblanadi. Fikr bayon etuvchi va uni idrok etuvchilar kommunikant nomi bilan yagona terminda umumlashadi. Kattalar bolalarning fikr ifodalashdagi o‘zlariga xos kreativligi va nutqiy ijodkorligini doim rag‘batlantirib turishadi. Masalan, «Piyoda ketamiz» degan stimuliga «piya qachon keladi» deya javob reaksiyasini qaytargan bolaning nutqini ona o‘zgacha mehribonlik bilan tuzatishga harakat qiladi: Piya bu mashina emas, piyoda ketish o‘z oyoqlarimiz bilan yurishimiz kerakligini anglatadi. Ushbu nazariyadan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, kattalarning bolalar bilan hamkorlikdagi muloqoti o‘ziga xos yangi munosabatlar o‘rnatishning eng muhim sharti hisoblanadi. Mediasiya jarayonida bolada nutq rivojlanishini ta’minlovchi muhim omillardan yana biri jonli nutq vaziyatlaridagi kattalar va bolalar o‘rtasidagi interaksiyada foydalaniladigan maxsus soddalashtirilgan tildir.
Nutq insonning bosh miya faoliyatini boshqaradigan murakkab ruhiy jarayon bo‘lib, uning tovush va harfiy jihatlari tashqi (moddiy), nutqharakat, eshitish, ko‘ruv va qo‘lharakat timsollarida ifodalanishi ichki tomoni deyiladi. Har ikkalasi nutqiy dinamik steriotipni tashkil etadi. I.P.Pavlov tadqiqotlaridan ma’lumki, dinamik stereotip deganda shartli va shartsiz reflekslardan iborat muvofiqlashgan hamda barqarorlashgan belgilar sistemasi tushuniladi. Bu sistemani dinamik, ya’ni xarakatdagi sistema deyilishiga sabab uni barbod etish va yana qayta tiklash ham mumkin. Har bir steriotip ma’lum ma’noni ifodalashga xizmat qiladi va turli darajadagi qo‘zg‘ovchilarga nisbatan javob reaksiyalarini xosil qiladi. O‘z navbatida steriotipning ishlashi til vositalari sifatida nutq mexanizmini hosil qiladi. Ona tilida belgilar steriotiplari va nutq mexanizmlari tafakkur va nutq shakillanishi chog‘ida beixtiyor hosil bo‘ladi va ong ishtirokisiz (aniqrog‘i, deyarli ong ishtirok etmagan holda) faoliyat ko‘rsatadi. Ingliz tili o‘rganishda oldin o‘rganilgan tillar asosida o‘xshash elemantlar (tovush, so‘z, gap tuzilishi) mavjud nerv bog‘lanishlari, yot elementlar esa – yangi bog‘lanishlar paydo etishi tufayli ikkilamchi belgilar sistemasi yordamida yaratiladi. Bunda nutq apparatining har ikkala tilga moslashuvchanligi oshib boradi, sensor korreksiya nerv aloqalari shakllanishini osonlashtiradi va steriotiplar paydo bo‘lishiga sarflanadigan quvvatni kamaytiradi (Demyanenko. M.Ya., Lazarenko. K.A., Kislaya.S.V. – 1976: 38-39). Ona tili ingliz tili o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni har qanday chet til ona tili prizmasi orqali o‘rganiladi. Chet tildagi ko‘nikma va malakalar ona tilida o‘zlashtirilgan ko‘nikma va malakalar vositasida egallanadi. Ko‘nikmalarning ko‘chishi (o‘tishi) o‘spirin, va ayniqsa, katta yoshdagilarga ingliz tili o‘qitishda dolzarb muammo hisoblanadi. Ruhshunoslik va tilshunoslikdagi tadqiqotlardan ma’lumki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining til tajribalari ona tili va ingliz tili o‘rtasidagi tavofutlarni farqlash darajasida rivojlanmagan bo‘ladi. Shuningdek, kichik yoshdagi til o‘rganuvchilar miyasi fiziologik jihatdan ona tilida so‘z yasalishi va gap tuzilishini tartibga soluvchi grammatik qonuniyatlarga to‘liq moslashmagan bo‘ladi21 . Neyrolingvistik tadqiqotlar tahlili asosida 9 yoshgacha ingliz tili o‘rganish katta yoshda ingliz tili o‘rganishdan farq qilishi, 10 yoshgacha ingliz tili o‘rganish jarayonida ona tili interferensiyasi kam kuzatilishi aniqlangan. Kichik maktab yoshida ingliz tili o‘rganilganda, xuddi ona tili o‘rganishdagi kabi miyaning chap yarim shari po‘stlog‘idagi maxsus nuqtalar (P.Broka (1861 y.) miya po‘stining ma’lum qismi (miya chap yarim shari peshona qismining pastki tomonidagi burmalarning orqa qismi), K.Vernike (1874 y.) bosh miya yarim sharlari peshona qismining tepa tomonida «so‘zlarning sensor obrazlari» joylashgan va nutq jarayonini ta’minlashda juda ham sodda elementar «stimul-reaksiya» tipidagi fiziologik mexanizm, nutq faoliyatining yuksak formalari uchun nutq vositasi bilan fikr bayon qilishni ichdan dasturlash mexanizmlari uchun xarakterli iyerarxik tuzilishiga ega bo‘lgan maxsus mexanizmlar qatnashadi22 . Katta yoshlilar ona tili va ingliz tili haqida ma’lum bilimga ega bo‘lishlari sababli tillararo tafovutlarni tahlil etadilar. Bu esa nutqiy faoliyat jarayonida ikkilanish va tormozlanishga olib keladi. Soha mutaxassislarining fikricha, kichik yoshdagi o‘quvchilarning ingliz tili o‘rganishdagi muvaffaqiyati asosida ularning gapga emas tushunchaga, grammatik qurilma, ya’ni shakliga emas, balki mazmunga e’tibor qaratishlari, interaksiya jarayonida ikkilanish va tormozlanish holatlariga tushmasliklari zamirida yotadi.
Nutqiy faoliyat juda ham kеng qirrali faoliyatdir. Uning shakllanishi va o`sishida uch narsaga e`tibor bеrmoq kеrak:


  1. So`zlar ustida ishlash;

  2. So`z birikmalari yoki iboralar ustida ishlash;

  3. Bog`liq nutq ustida ishlash.

Metodik adabiyotlarda o`rta maktabda chet tili o`qitish uch bosqichga bo`linishi ko`rsatilgan.
Bu 5-10 sinflarni o`z ichiga olgan uch bosqichdan iboratdir. Lеkin so`ngi yillarda maktab o`qitish tizimida o`qitish o`n bir yillikka aylantirilganligi va chеt tillarni o`rganish ikkinchi va uchinchi sinflardan, xatto bog`chadan ham boshlanayotganligi avvaldan mavjud bo`lgan o`quv bosqichlariga o`zgartirish zarurligini ko`rsatmoqda, chunki 2-3-4 sinf o`quvchilari bilan 5-6 sinf o`quvchilarining dunyo qarashi, psixofiziologik hususiyatlari o`rtasida anchagina farq mavjud. Bu esa shu aytilganlarni hisobga olgan holda darsni tashkil qilish kеrakligini ko`rsatadi. Umuman olganda har bir bosqichning o`ziga xos va ularni boshqa bosqichlardan farqli tomonlari o`quv matеrialini tanlashda va darsni tashkil qilishda hisobga olinmog`i kеrak. Shu boisdan olib qaraganda hozirda mеtodik adabiyotlarda mavjud bo`lgan, ya`ni bеrilgan o`rta maktabda chеt tili o`qitishning uch bosqichiga 1-2-3-4 sinflarni ichiga olgan bosqich qo`shiladi va o`rta maktabda o`qitishni to`rt bosqichdan iborat dеb talqin qilish mumkin. Ammo bu psixologik va pеdagogik nuqtai nazardan yaxshilab o`rganishni va ekspеrеmеntal yo`l bilan sinab ko`rishni taqazo etadigan murakkab ish hisoblanadi.

Download 42,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish