Mundarija:
Kirish…………………………………………
I-BOB. Bargning morfologik va anatomik tuzilishi bo’yicha umumiy tushunchalar.
1.1. “Bargning morfologik va anatomik tuzilishi” haqida tushuncha………………
1.2. Bargning tabiatda va inson hayotida ahamiyati……………………………….
II-BOB. Barg morfologiyasi haqida tushuncha……………………………………
2.1. Barg morfologiyasi………………...………………………………………..
2.2. Oddiy va murakkab barglar………...……………………………………….
2.3. Barglarning tomirlanishlari…………………………………………………..
2.4. Barglarning ekologik turli –tumanligi………………………………………
III-BOB. Barg anatomiyasi……...………………………………………………
3.1. Barg anatomiyasi……………...…………………………………………….
3.2. Barg ontogenezi………………………………………………………………
3.3. Barglarning paydo bo’lishi va poyada joylashishi……………………………
Glossariy………………………………………………………………………….
Xulosa………………………...………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………...……………………………….
Kirish
Barg yuksak o’simliklar uchun xos organ. U poyadan kelib chiqqan va fotosintez, nafas olish va suv bug’latish kabi muhim fiziologik vazifalarni bajaradi. Bulardan tashqari, uning shakl o’zgaidan ko’rinishlari organik moddalarni g’amlash (karamning yoki piyozning etdor barglari va boshqalar), himoya (tikanlar) va vegetativ ko’payish (begoniya, fikus va boshqalar) kabi vazifalarni ham bajarish mumkin.
Odatdagi tuzilishli to’liq barg barg yaprog’i, barg bandi va yonbargchalardan tashkil tongan. Barg yaporg’ining shakli nihoyatda xilma – xildir, u dumaloq , tuxumsimon, nashtarsimon, uchburchak, buyraksimon, o’qyoysimon, ninasimon, tasmansimon, teskari tuxumsimon, ovalsimon, tangachasimon va boshqa shakllarda bo’lishi mumkin. Barglar chekkasining tuzilish xarakteriga ko’ra tekis qirrali barg va o’yniqli barglar ajratiladi. Agar bargning qirrasi butun bo’lsa (siren, loviya, pista) tekis chetli barg deyiladi. Agarda bargning chekkasi kertikli bo’lsa qirrali barg deyiladi.
Barg yaprog’ining chekka qirralarining shakliga qo’ra ular bir necha xilga ajratiladi: oddiy tishsimon yoki qo’sh tishsimon; arrasimon yoki qo’sh arrasimon; to’garaksimon; o’ysimon.
Yapog’ining tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab barglar farq qilinadi. Agarda barg bandida faqat bitta barg bo’lsa, unga oddiy barg deyiladi. Bandsiz barglar ham oddiy barg deb yuritiladi. Murakkab barglarda barglar birnecha sondagi yapoqchalardan iborat bo’lib, ular qisqa bandlar yordamida umumiy barg bandiga birikkan bo’ladi. Barglar kertigining qirqilish darajasiga qarab kertiksiz, bo’laklarga bo’lingan, bo’laklarga chuqur bo’lingan va qirqma barglar farq qilinadi.
Turli o’simlik barglarining segmentlari soni va joylanish xarakteri hamda shakllariga qarab bir – birlaridan farq qiladi. Shuning uchun ham ular uch bo’lakli (o’rmalovchi, ayiqtovonda), patsimon (valerianada) va panjasimon (zaharli ayiqtovonda) barglarda ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |