Mundarija: Kirish i-bob. Bargning morfologik va anatomik tuzilishi bo’yicha umumiy tushunchalar



Download 1,07 Mb.
bet7/8
Sana07.04.2022
Hajmi1,07 Mb.
#533647
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Barg

3.2. Barg ontogenezi
Qurg’oqchilik yerlarida o’simliklar suvni kam bug’latish uchun ko’pgina barglarini tikanga aylantiradi. Kaktus, zirk, sparja o’simliklarida barglar mutlaqo tikanga aylangan. Ayrim o’simliklarda barg plastinkasining chetlari mayda tikanlarga aylanadi. Masalan, qushqo’nmas, govtikanda akatsiya, kovul o’simliklarida esa yon bargchalar tikanga aylangan. Ba'zi bir o’simliklarda bargning butun yoki biror qismi ipsimon jingalakka aylanadi. Ho’xat, no’xatak, burchoq, yasmiq o’simliklari murakkab barglarining oxirgi bargchasi shaklini o’zgartirib jingalakka aylangan.
Suvda yoki botqoqda o’sadigan o’simliklarning barglari hasharotlarni tutib hazm qilishga moslashgan. Botqoq rosyankasi, pashshaxo’r venerina, muxolovka barglari hasharot qo’nishi bilan tukchalari ta'sirlanadi va ular yopilib hasharotlarni ushlab qoladi.
Braziliyada o’sadigan nepentis o’simligida esa barg bandining bir qismi ko’zachaga, barg plastinkasi esa qopqoqchaga aylangan bo’lib, hasharotlar shu ko’zachaga tushishi bilan qopqoqcha yopiladi, ushlangan hasharotlar hazm bo’ladi.
Barg ontoginezi. Barg o’z taraqqiyotini kurtak ichida va undan tashqari fazalarda o’tkazadi. Birinchi faza davomida boshlang’ich barg voyaga etgan barg shaklini oladi, ammo u kichik o’lchamda va o’ralgan holda bo’ladi. Ikkinchi fazaga o’tganda esa hujayralarning bo’linishi va cho’zilishi natijasida barg rivojlanadi. Bargning shakllanishi boshlang’ich barg uchki hujayralarining bo’linishi va keyinchalik interkalyar hamda chekka meristemalar hisobiga boradi. Kurtak yozilganidan so’ng bargining yuzasi bir necha o’n va yuz marta ortiladi.
3.3. Barglarning paydo bo’lishi va poyada joylashishi
O‘simliklar bargi novdada ma’lum tartibda joylashadi. Ular, asosan, navbat bilan, qarama-qarshi va halqa hosil qilib joylashadi.

1–qarama-qarshi joylashgan; 2–navbat bilan joylashgan; 3–halqa hosil qilib joylashgan.

Novdada barglar qanchalik ko'p va qalin bo'lmasin, ular hamma vaqt quyosh nuri bevosita tushib turadigan holatda joylashadi, barglar quyoshga qarab o'girilib turadi. Barglari novdada navbat bilan joylashadigan o‘simliklarga g‘o‘za, tok, pomidor, olma, o‘rik, terak, tut, atirgul, oqquray, do‘lana kabilar kiradi.



Poya yoki novdalarda har bir bo‘g‘imning ikki tomonida barglar bir-biriga qarama-qarshi joylashsa, bunday barglar qarama-qarshi joylashgan barglar deyiladi. Bularga ko‘pchilikka ma’lum rayhon, yalpiz, chinnigul, ligustrum, nastarin, dalachoy, kiyiko‘t, mavrak, gazanda, kampirchopon kabi o‘simliklar kiradi.

Novdaning har qaysi bo‘g‘imidan bir nechtadan barg chiqib halqa hosil qilsa, bunga halqasimon joylashish deyiladi. Bunday bargli o‘simliklarga sambitgul, qirqbo‘g‘im, qumrio‘t kabilar misol bo‘ladi.

Novdada barglar qanchalik ko‘p va qalin bo‘lmasin, ular hamma vaqt quyosh nuri bevosita tushib turadigan holatda joylashadi, barglar quyoshga qarab o‘girilib turadi. Bunday o‘simliklar yorugsevar osimliklar deyiladi. Bularga kungaboqar, yantoq, kartoshka, pomidor, g‘o‘za kabilar kiradi.

Tabiatda shunday o‘simliklar borki, ular soya joylarda, g‘orlarda, daraxtlar tagida va qalin o‘rmonlarda ham o‘sa oladi. Xina, binafsha, yovvoyi qulupnay kabi soyada o‘sadigan o‘simliklar soyasevar osimliklar deb ataladi.

Xulosa qilib aytganda, barglar ham kurtaklarga o‘xshab, novdada navbat bilan, qarama-qarshi va halqa hosil qilib joylashadi.


Xulosa
Olimlarning hisoblashlaricha yer sharidagi barcha yashil o‘simliklar har yili 2 mlrd. t azot, 6 mlrd. t fosforni o‘zlashtirib 170 mlrd. t uglerod hosil qiladi. Bunda 500 mlrd. t suvni parlatib, 400 mlrd. t organik moddalar hosil qiladi va 460 mlrd. t kislorod ajratib chiqaradi.
Nafas olish barg uchun asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Bu jarayon natijasida murakkab organik moddalar kislorod ishtirokida suv va karbonat angidridga parchalanadi. Parchalanish natijasida hosil bo‘lgan energiya organizmlar tomonidan foydalaniladi.
Suv bug‘lanish jarayoni natijasida o‘simlik tomonidan shimilgan suv barg vositasida parlatiladi. Bu jarayon natijasida ajratilgan mineral moddalar o‘simlik tomonidan foydalaniladi. Suv bug‘latish xususiyati tufayli o‘simlikda tinimsiz suv harakati ta’minlanadi. Suv bug‘lanish jarayoni tufayli,cho‘l zonasida o‘suvchi o‘simlik tanasida havo temperatura 7-80 S ga past bo‘ladi. Masalan: Bir tup makkajo’xori yoz bo‘yi 150 kg suv parlatsa, kungaboqar 200 kg, mosh 5 kg, suv bug‘latadi. 1ga maydondagi suli ekilgan joydan 3 000 000 kg, karam ekilgan joydan 2700 kg suv bug‘latiladi. 1000g shimilgan suvning 990 gr parlatilsa 10gr o‘simlikda saqlab qolinadi. Kunduzi 1m2 barg yuzasi 50. 250gr suv bug‘latilsa, kechasi 1-20g suv bug‘latadi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, barglarning inson hayotidagi o’rni beqiyosdir. Ular biz nafas olayotgan toza havoni ajratib berishda ishtirok etuvchi muhim omil hisoblanadi.


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish