Xromoproteidlar – bo‘yalgan oqsillar, ularga rangli oqsil qismga birikkan turli organik birikmalar beradi. Xromoproteidlar prostetik guruhi sifatida temirli birikma porfirinni (gemoproteidlar) va izoallaksazinni (flavoproteidlar) tutadi. Gemoproteidlarga - qonning gemoglobini, muskul tolasi hujayrasidagi - mioglobin, o‘simliklardagi xlorofil (magniy-porfirin) va boshqalar kiradi. Gemoglobin – o‘pkadan to‘qimalarga kislorodni, to‘qimalardan o‘pkaga esa karbonat angidrid (CO2) ni tashuvchisi hisoblanadi.U eritrotsitlar joylashgan (bitta eritrotsitda 280 million molekula atrofida gemoglobin bo‘ladi) globin oqsilidan va oqsil bo‘lmagan qism - gemdan tuzilgan. Globin 4 polipeptid zanjiridan - ikkita bzanjirdan va ikkita (-zanjirdan tuzilgan. Globinning molekulasi 574 aminokislota qoldig‘idan tuzilgan. Molekulyar massasi 64500 Da ga teng. Gem - qizil rang va kislorodni biriktirib olish qobiliyatini beradi. U odam va har xil hayvonlarda bir xil tuzilishga ega. Gem metin guruhlari orqali birikkan 4 pirol qalqasi va ikki valentli temir atomidan tuzilgan. 2.2 3-rasm Sifatli oqsillar Flavoproteidlar - prostetik guruh sifatida B2 vitaminining hosilalaridir. Nafas olish zanjiri fermentlarining tarkibiga kiradigan flavoproteidlar organizmda muhim vazifalarni bajaradi.Nukleoproteidlar– tarkibida nuklein kislotalarni - RNK (ribonukleoproteidlar) va DNK (dezoksiribonukleo- proteidlar)ni tutadi. Bularga xromosomalar, ribosomalar, viruslar misol bo‘la oladi. Lipoproteidlar – murakkab oqsillar, prostetik guruhi sifatida lipidlarni tutadi. Ularning tarkibida neytral yog‘lar, yog‘ kislotalari, fosfolipidlar, xolesterinning efirlari bo‘ladi. Lipoproteidlar hujayra membranalari va organoidlari hamda nerv qobiqlari tarkibiga kiradi. Qon zardobida ular lipidlarni tashish vazifasini bajaradi.Fosfoproteidlar– aminokislotalardan tashqari fosfor kislotasini ham tutadi Gemoproteidlarga - qonning gemoglobini, muskul tolasi hujayrasidagi - mioglobin, o‘simliklardagi xlorofil (magniy-porfirin) va boshqalar kiradi. Gemoglobin – o‘pkadan to‘qimalarga kislorodni, to‘qimalardan o‘pkaga esa karbonat angidrid (CO2) ni tashuvchisi hisoblanadi. U eritrotsitlar joylashgan (bitta eritrotsitda 280 million molekula atrofida gemoglobin bo‘ladi) globin oqsilidan va oqsil bo‘lmagan qism - gemdan tuzilgan. Globin 4 polipeptid zanjiridan - ikkita bzanjirdan va ikkita (-zanjirdan tuzilgan. Globinning molekulasi 574 aminokislota qoldig‘idan tuzilgan. .
Do'stlaringiz bilan baham: |