Mundarija:
Kirish.
1. Hozirgi o'zbek adabiy tilida o'zga gapli qurulmalarning talqini.
2. O‘zga gapli qurilmalar haqidagi nazariy qarashlar.
3. O‘zga gap va uning turlari.
4. O’zga gapli sintaktik qurilmalarga doir tahlil namunasi.
Glossariy
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish.
Mustaqillik sharofati bilan respublikamiz dunyoning barcha mam- lakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqa qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Respublikamiz fuqarolari turli mamlakatlarda bo‘lib, o‘rganib- o‘rgatib qaytmoqdalar. Agar siz Toshkentdan poyezdga o‘tirib, Moskva va u orqali Parijga safar qilsangiz, yo‘lingizda qozoq, tatar, boshqird, rus, belorus, fransuz singari tillardagi gaplarni eshitasiz.
Bu jarayonda ularning ayrimlari ona tilingizga qaysi bir jihati bilan yaqin, shu bilan birga nimasi bilandir farqli ekanligi, ayrimlari- ning esa tamomila boshqa, ona tilimizga o‘xshamasligining guvohi bo‘lasiz. Bir-biriga yaqin, umumiy jihatlari ko‘p boMgan tillar qarin- dosh; bir-biridan uzoq, umumiy jihatlari bo'lmagan tillar qarindosh bo‘lm agan tillar hisoblanadi.
Taxminiy hisoblarga qaraganda, dunyoda uch mingdan ortiq til bor. Bu tillarning ayrimlarida bir necha o‘n, hatto yuz millionlab kishilar gaplashsa, ba’zilaridan bir necha ming kishigina foydalanadi, xolos. Masalan, xitoy tilida hozir bir milliardga yaqin kishi so‘zlashsa, chukot (bu til Chukotka yarim orolida) va Vele (bu til Kareliya hudu- dida) tilida atigi bir necha ming kishi muloqotda bo‘ladi. Yangi Gvineyada deyarli har bir qishloq aholisi o‘z tiliga ega.
Kongoda aholi 500 tilda, Indoneziyada 250 tilda, Sudanda 117 tilda gaplashadilar. Angliya, AQSh, Kanada kabi mamlakatlar fuqaro lari, asosan, ingliz tilida, Ispaniya, Kuba, Chili, Meksika fuqarolari, asosan, ispan tilida so‘zlashadilar. Respublikada 22 mln xalq o‘zbek tilida so‘zlashadi. O’zbek tiliga mansub kishilar Afg‘onistonda (1200 ming), Qashqarda (15.000), Saudiya Arabistonida, Turkiya va AQSHda, Germaniya va boshqa yerlarda ham yashashadi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston Respublikalarida o‘zbek maktablari bor. Dunyodagi tillar qanchalik rang-barang bo‘lmasin, ular sanoqli tillar oilasiga birlashadi. Zamonaviy tilshunoslik m a’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda 20 dan ortiq til oilalari mavjud. Til oilasi bir bobo til- dan kelib chiqqan hamma tillarni o‘z ichiga olgani uchun, u juda yirik tillar yig‘indisini tashkil etadi. Har bir oila, o‘z navbatida, qarindosh- likning yaqinlik darajasiga ko‘ra bir necha guruhlarga ajralishi mum kin. Bir oilaga mansub bo‘lgan tillarning so‘zlari, qo‘shimchalari, gap qurilishi bir-biriga o‘xshash bo‘ladi, chunki ular tarixan bir manba- dan kelib chiqqandir. Masalan, o‘zbekcha tu r fe’lini turkmancha dur fe’liga, tojikcha isto so‘zini ruscha stoy so‘ziga qiyoslasak, o‘zbek va turkman tillarining, tojik va rus tillarining o‘zaro yaqin tillar ekanini anglash qiyin emas. Buning sababi shundaki, o‘zbek va turkman tillari Oltoy tillari oilasining turkiy tillar shoxobchasiga (turkiy tillar oilasi nomi bilan ham yuritiladi), tojik va rus tillari esa hind-yevropa tillari oilasiga kiradi. Qarindosh kishilar bir ajdoddan tarqalgani kabi, qarin- dosh tillar ham bir ajdod tilidan kelib chiqqandir. Hozirgi turkiy tillar tarkibiga O’rta Osiyo, Qozog‘iston va Sharqiy Turkistondagi o ‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, turkman va uyg‘ur tillari; Kavkazdagi ozarbayjon, qumiq, qorachay-balkar, turuxman, gagauz va no‘g‘ay kabi tillar; Volgabo‘yi va Uraldagi tatar, boshqird va chuvash tillari; Sibirdagi yoqut (saxa), tuva, to‘falar, xakas, kangmaji, shor, chulim tillari; Ukraina, Moldova va Gruziyadagi urum, qrim va qarayim tillari; Turkiya va Bolqondagi turk tili kiradi. Shunday qilib, turkiy tillar oilasi yuzga yaqin jonli tillarni o‘z ichiga oladi. Butun dunyoda turkiy tillarda bir necha yuz million kishi gaplashadi. Turkiy tilli aholi Uzoq Sharqdan Markaziy Yevropagacha, Taymir yarimorolidan Bolqon yarimoroligacha tarqalgan.
Turkiy tillar uzoq tarixga ega boigan yozuv madaniyatiga ega. Bu tillarga mansub bizgacha yetib kelgan dastlabki yozma yodgorliklar
Do'stlaringiz bilan baham: |