1. Hozirgi o'zbek adabiy tilida o'zga gapli qurulmalarning talqini.
O’zga gapli sintaktik qurilmalarda ikki xil gap: muallif gapi va o’zga gap bo’ladi. O’zgalar gapini keltiruvchi – ifodalovchi shaxs muallif, uning gapi esa muallif gapi deyiladi. Muallif nutqi ichida keltirilgan boshqa shaxslarning fikri o’zganing gapi sanaladi. Gapi ifoda qilinayotgan shaxs so’zlovchi deyiladi.
So’zlovchi nutqida keltirilgan o’zgalar gapi, asosan, ikki xil bo’ladi: 1) ko’chirma gap, 2) o’zlashtirma gap.
O’zgalar gapining mazmun va grammatik jihatdan aynan, o’zga-rishsiz mustaqil gap shaklida muallif gapi bilan birga ishlatilishiga ko’chirma gap deyiladi: "Til robitai vositai olamiyondir,– degan edi Avaz O’tar o’g’li gapining "Til robitai vositai olamiyondir" qismi ko’chirma gap shaklida keltirilgan o’zgalar gapidir, degan edi Avaz O’tar o’g’li qismi esa muallif gapi bo’lib, u ko’chirma gapning kimga qarashli ekanligini ko’rsatadi. Ko’chirma gapdagi mazmun tinglovchiga qaratilgan bo’ladi.
Ko’chirma gap bir so’z, bir gap, bir necha gap, butun bir obzasdan iborat bo’lishi mumkin. Muallif gapi esa ko’pincha ikki tarkibli birgina sodda gapdan tashkil topadi: Uyingoh qurilishida qatnashganmisan? –"Yo’q", – dedi Samandar. (gazeta) Voyey, payqamabman, qo’rqib ketdim... Tuf-tuf-tuf... – dedi kuylak yoqasini tortib Unsin. (O.) "Go’zal qizsiz, pinhon ishqingizda o’rtanaman, na qilayki, ilojim yo’q, tole o’lgur past" – dedi kosib yigit ichidan o’rtanib. (O.)
Ko’chirma gapning kesimi fe'l, ot yoki boshqa so’z turkumlari bilan ifodalana beradi, biroq muallif gapining kesimi, ko’pincha, quyidagi fe'llar bilan ifodalanadi:
1. Gapirish, so’zlash ma'nosini bildiruvchi dedi, aytdi, gapirdi, so’zladi, so’radi, murojaat qildi, javob berdi, hazil qildi kabi fe'llar bilan: "Oyi-yey, hech narsaga tushunmaysiz, zamon yangi bo’layapti, hurriyat, adolat kelibdi boshimizga, bizdaqa g’ariblarga kun tug’ibdi!" – xursand gapirdi qiz. (O.) Saida chuqur taajjub bilan javob berdi: –Kolxozda qoldirish-qoldirmaslik masalasini yuqori hal qiladida. (A.Q.) Saidaning haziliga qarshi Kozimbek ham hazil qildi: – Bilar ekasiz, bizning boboy ovqatlardan faqat palovni, rah6arlardan faqat o’rtoq Qodirovni, dorilardan faqat pensillinni tan oladilar, – dedi. (A.Q.) Saida hayron bo’lib so’radi: – "Byuro qaysi masalada sizning ra'yingizga qarshi ish qildi?" (A.Q.)
2. So’zlash ma'nosi bilan bog’liq bo’lgan turli psixologik holatni ifodalovchi qichqirdi, baqirdi, chaqirdi, o’shqirdi, pichirladi, shivirladi, ogohlantirdi, talmovsiradi, tutaqdi, do’ng’illadi kabi fe'llar bilan: "Ozib-to’zib ketibsiz", – deya shivirladi Ziyoda (Asq.M.) Saida talmovsiradi: – "Zulfiqorovning partiyadan chiqarilishiga qarshi emas-misiz?" (A.Q.) Qalandarov Nazarov kolxozidan sozandalar, o’yinchi qizlar kelshiini xohlamay do’ngilladi: "Bularning o’rniga Tojixonni chaqirsangiz ham bo’lar edi. U ham o’yin biladi. (A.Q.) Saida malol kelgan bir alfozda: "Shu gaplarni yotig’i bilan gaplashaylik", –dedi. Qalandarov o’shqirdi: "Endimi, yotig’i bilan gaplashish endi yodingizga keldimi?" Qalandarov dami ichiga tushib ketdi, bir lahzadan keyin yana tutoqdi: "Jinoyatim bo’lsa, ayting, men ariza beray bo’lmasa". (A.Q.)
Ko’chirma gap o’ziga xos ohangga ega bo’lib, bu: 1) ko’chirma gapning mazmuni, 2) muallif gapiga nisbatan tutgan o’rni bilan xarakter-lanadi. Masalan, darak, buyruq, so’roq, undov gaplar bilan ifodalangan ko’chirma gaplarning ohangi bir xil emas, yoki muallif gapidan oldin, keyin, uning o’rtasida kelgan ko’chirma gaplar ham ohang jihatidan farqlidir.
Agar ko’chirma gap muallif gapidan oldin kelsa, muallif gapiga nisbatan kuchliroq ohang bilan aytiladi, muallif gapidan oldin pauza bo’ladi; muallif gapidan keyin kelsa, to’liqroq pauza, hamda balandroq ohang bilan talaffuz qilinadi: agar muallif gapi ko’chirma gap o’rtasida kelsa, past ohangda aytiladi.
Ko’chirma va muallif gapining o’rni, uslubiy talablar bilan turlicha bo’ladi:
1) Ko’chirma gap muallif gapidan oldin kelganda, muallif gapidagi bo’laklar inversiyaga uchrab, kesim tarkibi oldin, ega tarkibi keyin keladi: "Hamidullaning gapiga kirib, o’qiyolmay qoldim", – dedi Tojixon tovushi titrab. (A.Q.)
Do'stlaringiz bilan baham: |