V BO`LIM. TRANSPORT TA’MINOTI
5.1. Mehmonxonaning transport tizimini tahlil etish.
“Grand Bukhara ” mehmonxonasida aeroport yoki temiryo’l stansiyasidan kutib olish va etib qo’yish xizmatlari mavjud (talablarga binoan). Shuningdek, buyurtmaga ko’ra konditsionerli Toshkent, Samarqand, Xiva, Nukus kabi O’zbekistonning boshqa shaharlariga borish uchun ham avtobus yoki yengil mashina xizmatlari taklif etiladi. Shahar ichida sayohat qilishni xohlovchi mijozlar uchun esa Neksiya, Lacetti rusumli yengil transport vositalari xizmat ko’rsatadi. Mehmonxona 2 ta avtobus va 3 ta yengil avtomashinaga ega.
5.1-rasm. “Grand Bukhara ” mehmonxonasi transport vositalari.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, O’zbekiston kundan kunga turistik potensiali ortib, sayyohlar miqdori ko’payib borayotgan mamlakatga aylanmoqda. Turizmda taklif etiladigan asosiy xizmat, sayyoh o’zga mamlakatga borganida oladigan birinchi taassurot joyi bo’lib mehmonxona hisoblanadi. Turistlarni son jihatdan ko’paytirish, valyuta oqimini oshirish, mamlakatni butun dunyoga tanitish, turizmni keng qamrovli rivojlantirish maqsadida 2014 yilda mehmonxonalar sonini ko’paytirish, ularga imtiyoz va chegirmalar berish maqsadida bir qancha chora-tadbirlar ko’rildi va hayotga tadbiq etildi. Bu ishlarning davomi sifatida turizm sohasida tahsil oluvchi barcha bosqichdagi talabalar malaka va ko’nikmalarini oshirish uchun amaliyotga yuborila boshlandi. Bu bizlarning kelajakda mutaxassis kadr bo’lib yetishishimizning mustahkam poydevoridir.Turizm boshqa sohalar bilan ham chambarchas bog’liq. Shuning uchun barcha sohalarni jamlagan holda ushbu sanoatni yuksak cho’qqilarga ko’tarishda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda va takliflar berib borilyapti. Masalan:
Respublikada mavjud resurslardan samarali foydalanish;
Tur operatorlar sonini ko’paytirish va ularga turli yangi marshrutlar
tuzish orqali ish soni va sifatini oshirish kabi vazifani yuklash;
Turistik tashkilotlar sonini ko’paytirish;
Turli animatsion xizmatlar taklif qilish;
O’zbekistonning turistik portali va brendini butun dunyoga tanitish;
Infra va infotuzilmalarni joriy qilish;
Malakali kadrlarni son va sifat jihatdan oshirish, ular tashabbuslarini
qo’llab-quvvatlash.
Men 25 kun davomida o’z amaliyotimni “Grand Bukhara” mehmonxonasida o’tadim. Bu O’zbekistondagi eng katta va taniqli mehmonxonalardan biridir. Men bu mehmonxonada amaliyot davomida Universitetda olgan nazariy bilimlarni amalda qo’llanilishi , ish jarayoninig qay tarzda borishi, sayohatchilarga xizmat ko’rsatish ular bilan qay tarzda muloqotda bo’lish kerakligini o’rgandim. Ushbu mehmonxonada har bir bo’limla rda alohida alohida bo’lib, ko’plab ma’lumotlarni qo’lga kiritdim. Bular reception, buxgalteriya, ovqatlanish bo’limi, xavfsizlik xizmati, ozodalikni ta’minlash bo’limlari kabilardir. Har bir bo’limning o’z majburiyatlari va vazifalari bor, har birining ishi qiziqarli va o’ziga xos qiyinchiliklarga ega. Mana shu amaliyot davomida o’z sohamni yanada chuqurroq o’rgandim, mijozlarga sifatli xizmat ko’rsatish, ularning talab va istaklarni qondiradigan darajada xizmat ko’ratish va yaxshi ta’assurot qoldirishni bilib oldim. Shundagina biz sayohatchilar oqimini ko’paytirib ularni yanada ko’proq jalb qilib o’z mehmonxonamiz mavqeini yanada ko’tarib boramiz. Doimo o’z maqsadimiz sari intilsak, kelajakda Vatanimiz taraqqiyotiga katta hissa qo’shamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |