MUNDARIJA
Kirish
“Grand Bukhara” mehmonxonasi haqida umumiy ma’lumot
I bo’lim. Reception.
1.1. Kelishi rejalashtirilgan, kelgan mehmonlarga oid hujjatlar bilan ishlash.
1.2. Reception va turistik guruhlarning boshliqlari (turlider) va gidlar bilan
ishlash texnologiyasi.
1.3. Mehmonlar guruhi bilan reception orasidagi hujjatlar bilan ishlash
qoidalari (viza, passport, bronlashtirish listlari).
1.4. Reception va mehmonxonada yashaydigan xonalar bilan ishlash qoidalari
(telefon orqali ma`lumot berish, budilnik xizmati).
1.5. Kirish (chiqish) kartochkasini to`ldirish joylashtirish vositalari uchun
qayd qilish shakli. Xorijiy turistni mehmonxonada ro`yxatga olish tartibi.
II bo`lim. Xavfsizlik xizmati (security). Texnik xizmat.
2.1. Mehmonxonada qo`riqlash tizimini tahlil etish.
2.2. Mehmonxona mijozlari segmentatsiyasi
2.3. Televideniya, aloqa telefon, internet xizmatlarining ko`rsatilishi.
2.4. Mehmonxona veb saytini tahlil etish.
III bo’lim. Ozodalikni ta’minlash.
3.1. Xonalarni ozoda tutish va kunlik tozalash.
3.2. Xizmatchilarning etikasi (kiyinish, xonalarga kirish tartibi).
IV bo`lim. Bronlash.
4.1. Narxni shakllantirish
4.2. Xodimlarning boshqaruv uslubi va kasbiyligi
V bo`lim. Transport ta’minoti.
5.1. Mehmonxonaning transport tizimini (buyurtma taksi) tahlil etish.
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Ilovalar
KIRISH
Mana bir necha yillardan beri sayyohlik sanoati kengayib turistlar ehtiyojini qondirish, ular kutgandanda ko’ra yuqoriroq xizmat ko’rsatish uchun qator turistik tashkilotlar, hamda sayyohlar bo’sh vaqtini mazmunli va maroqli o’tkazish uchunyangi va g’aroyib animatsion xizmatlar taklif etilmoqda. Yer yuzida O’zbekiston Respublikasi turizm sanoati bo’yicha yuqori potensialga ega mamlakatlardan biri bo’lib hisoblanadi. Mustaqillik yillarining ilk kunlaridan boshlab davlatimizda turizm taraqqiyotiga alohida e’tibor berib kelinmoqda.
Chet ellik sayyohlarning diqqatiga sazovor Buxoro O‘zbekistonning eng asosiy sayyohlik tayanchlaridan biri sanaladi. Ushbu regionda mingga yaqin tarixiy va madaniy obidalar mavjud. Yodgorliklarning katta qismi YUNESKO ning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.Qisqa muddat ichida viloyat markazida 440 o‘ringa mo‘ljallangan to‘rt yulduzli “Buxoro palas” mehmonxonasi bunyod qilingan edi. “Inturist” mehmonxonasining rekonstruksiyasi va “Buxoro grant” mehmonxonasining ochilishi ham shular jumlasidandir. “Umar Hayyom”,“Zargaron plaza”, “Sulton”, “Labi havuz”, “Amulet”, “Devon begi” mehmonxonalari qatoriga “Rangrez” va “Sardor plaza” mehmonxonalari qo‘shildi. Xorijiy hamkasblar bilan birgalikda “Shahriston voyaj”, “Buxoro malikasi” mehmonxonalarida o‘tkazilgan tadbirlar, seminarlar turistik xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qildi. Bir so‘z bilan aytganda, yigirma yil avval shaharda atigi 20 taga yaqin mehmonxona bo‘lgan bo‘lsa, bugun ularning soni 70 taga boradi. Mazkur mehmonxonalar 2 800 nafar mehmonga xizmat ko‘rsatishga qodir.O‘tgan yil hisobida “Ark”, “Shirin plaza”, “Sardoba plaza”, “Shoxtut”, “Shodlik” kabi zamonaviy va ixcham mehmonxona komplekslari bunyod qilindi. YAqin orada bu mehmonxonalar qatoriga yana o‘nta yangi mehmonxona qo‘shiladi.
Xususan, turizm to’g’risida chiqarilgan qator dasturlar, qonunlar, farmon va qarorlar turizm sohasida - ichki va tashqi turizmni rivojlantirish, xususiy tadbirkorlikni qo’llab -quvvatlash, turistik tashkilotlar miqdorini kôpaytirish va ularga imtiyozlar berish, innovatsion siyosatlarni amalga oshirishni rag’batlantirish, yosh malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash, xodimlar malakasini oshirishga e’tibor kuchaytirilgan. Buning natijasi o’laroq Respublikaning har bir viloyati, shuningdek Buxoro hududida ham malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun Buxoro Turizm kolleji va Buxoro Davlat Universiteti miqiyosida qulay shart-sharoitlar yaratilib, nazariya hamda amaliyot birligida darslar olib boriladi.Kun sayin hududdagi info va infratuzilma ham takomillashib bormoqda, mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun uyushtiriladigan festivallar soni ortmoqda. Shu sababli biz talaba yoshlar o’z bilim va ko’nikmalarimizni oshirish maqsadida har o’quv yili amaliyot o’tash uchun mehmonxonalarga yuborilamiz. Demak, mehmonxonada malaka oshirish jarayoni mobaynida biz mehmonxona boshqaruvini, mehmonlarga xizmat ko’rsatishni, hisob-kitob qilishni, sayyohlar psixologiyasini, etika va estetika qoidalarini, shu bilan birga bir necha tillarni o’rganish imkoniga ega bo’lamiz. Yuqoridagi barcha xususiyatlarni mukammal o’rganish maqsadida men o’quv amaliyotimni tarixiy Buxoroning I.Môminov kôchasida joylashgan “Grand Bukhara” mehmonxonasida olib borishga qaror qildim. Amaliyot mobaynida mehmonxona menejmentiga taalluqli o’zlashtirgan bilimlarim ushbu hisobotda batafsil bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |