II BO`LIM. XAVFSIZLIK XIZMATI (SECURITY) 2.1 Mehmonxonada qo’riqlash tizimini tahlil etish. Mehmonxonada alohida qo’riqlash bo’limi majud emas, lekin ushbu xizmatni kunduzgi va tungi administratorlar bajaradi. Bundan tashqari, respublika hududida xavfsizlik tizimini kuchaytirish maqsadida qabul qilingan qonunlarga binoan mehmonxonada bir nechta kameralar o’rnatilgan va doimiy nazorat olib boriladi.
2.2 Mehmonxona mijozlari segmentatsiyasi “Grand Bukhoro Hotel” mehmonxonasi turli segmentdagi mijozlar bilan ishlaydi.
Mehmonxonaga yil davomida 10000-12000 ga yaqin mijoz turli mamlakatlardan tashrif buyuradi.
Masalan “Grand Bukhoro Hotel” mehmonxonasida 25.03.2019 yildan 25.04.2019 yilgacha tashrif buyurgan mehmonlarning qaysi mamlakatdan tashrif buyurganiva ularning soni quyidagicha(1- jadval):
1-jadval.Mehmonxonada 1 oy davomida tashrif buyurgan mijozlar soni va qaysi davlatdan tashriv buyurishi.
№
Davlat
Soni
1
O’zbekiston
105
2
Tojikiston
16
3
Qozoqiston
13
4
Turkmaniston
18
5
Singapur
25
6
Malayziya
23
7
Angliya
2
8
Fransiya
3
9
Chexiya
5
10
Rossiya
32
Jami:
242
2.3 Televideniye, aloqa, telefon, internet xizmatlarining ko’rsatilishi.
Mehmonxonadagi har bir xonada televizor va kabelli antenna mavjud, unda xorijiy va mahalliy kanallar ham ko’rsatiladi. Mehmonxonaning har bir xonasi rangli televizor bilan ta’minlangan. Televizorlarda 8 ta mahalliy va 20 tadan ortiq xorijiy kanallar ko’rsatiladi.
Mehmonxonadagi aloqa – telefon xizmati ham yaxshi yo’lga qo’yilgan. Har bir xonada telefon bo’lib ichki aloqaga ega. Ichki aloqaga barcha mehmonxonadagi xonalariga “1+xona raqami”ni terib ulanish mumkin. Agar xalqaro qo’ng’iroqamalga oshirilmoqchi bo’lsa, receptionga kelib shu yerdan telefon qilinishi mumkin.Mehmonxonaning istalgan nuqtasida bepul Wi-fi xizmati ko’rsatiladi.
Receptiondagi texnik xizmatlar:
yong’indan xabar beruvchi uskuna;
2 ta telefon va 1 ta faks;
mijozlar foydalanishi uchun notebook;
pul sanash mashinkasi;
ishchi kompyuter;
printer;
skaner.
Yong’indan xabar beruvchi uskuna Receptionning devoriga o’rnatilgan. Bu elektron uskuna agar biror xonada yong’in sodir bo’lsa, o’sha xonaning kodini o’zida aks ettiradi. Receptiondagi xodimlar kodga qarab qaysi xonada yong’in sodir bo’lganligini aniqlashadi va tezda chora ko’rishadi. Faks orqali boshqa joylarga muhim va kerakli hujjatlar uzatiladi. Uni ishlatish tartibi quyidagicha:
faks orqali hujjatni yuborish uchun uzatiladigan joyning faks raqamini bilish
lozim bo’ladi;
agar hujjat boshqa viloyat yoki davlatga uzatilayotgan bo’lsa, raqamlar
o’zining kodlari bilan teriladi:
raqamlar terilgandan so’ng gudok ketadi, shundan so’ng hujjat faks
qurilmasiga yuz tomonini pastga qaratib joylashtiriladi, faks qurilmasi
hujjatni qabul qilgandan keyin maxsus qisqa ovoz chiqaradi;
gudok ketgandan keyin hujjat uzatiladigan joy xodimlari faks telef oniga javob berishi mumkin, bunday holatda muloyimlik bilan faksni qabul qilib
olishlari so’raladi, shundan so’ng maxsus uzun signal bo’lsa start tugmasi
bosiladi. Agar faks telefoniga uzatiladigan joy tomonidan javob berilmasa
ham hujjat uzatilishi mumkin.Skaner vositasida mehmon pasporti ma’lumotlari kompyuterga kiritilishi mumkin.