Mundarija Kirish birinchi bob. Syujet haqida ma’lumot


Birinchi bob. Syujet haqida ma’lumot



Download 166,5 Kb.
bet3/10
Sana16.01.2022
Hajmi166,5 Kb.
#372959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ibrohimjon(2)

Birinchi bob. Syujet haqida ma’lumot

    1. Syujеt tuzilishidаgi o’zigа хоsliklаr

Har bir adabiy asar o’zida hayotning yaxlit, bir butun manzarasini gavdalantiradi. Adabiyotning har bir nodir namunasi o’ziga xos mazmunga va uni ifoda etuvchi go’zal shaklga ega bo’lgan takrorlanmas badiiylik olamiga o’xshaydi. Undagi har bir so’z hamda obraz o’zaro birlashib ketgan va yagona yaxlitlikning ajralmas qismiga aylangan bo’ladi. Yaxlitlikning buzilishi badiiy asar qimmatini pasayishiga sabab bo’ladi.

Adabiy asarning yaxlitligini, badiiy mukammalligini yuzaga keltirishda, g’oyasini ochishda uning barcha unsurlari, qahramonlari obrazi ham, tasviriy vositalari ham o’zaro birikib ketgan holda ishtirok etadi. Faqat idrok etishda osonlikka erishish uchun ularni alohida-alohida o’rganish mumkin.

Adabiyotshunoslik sohalari ancha yillardan beri badiiy asarning o’ziga xos jihatlarini o’rganib kelmoqda. Bunday tadqiqotlar badiiy asar yaratuvchisiga katta mas’uliyat yuklaydi. Shuning uchun badiiy asarni har bir Yozuvchi mukammal o’ylab yozishi kerak.

Yuqori saviyada asar yozishning muhim shartlaridan biri sujet yaratish san’atidir. Zero, «sujet yo’q joyda badiiylik ham bo’lmaydi.»3

Buyuk tadqiqotchi V. G. Belinskiy ta’biricha, turmush materialidan badiiy sujet yaratish eng avvalo ijodiy niyat bilan omuxtalikni talab etadi. Yozuvchining har qanday badiiy asar asosidagi ana shu ijodiy niyati mazmun, mohiyat tushunchalari bilan birgalashib, sujet monerasini tashkil qiladi.4

Sujet (fransuzcha “sujet”- predmet, mazmun, asosga qo’yilgan narsa degan ma’noni anglatadi) badiiy shaklning eng muhim elementlaridan sanalib, badiiy asardagi bir-biriga uzviy bog’liq holda keladigan hamma qahramonlarning xatti-harakatlaridan tarkib topgan voqealar tizimidir.

Aristotel sujetni «voqealar oqimi, go’zallik hajmi va tarkibi, ochilishi bilmaslikdan tomon, baxtiyorlik bilan baxtsizlikka yoki dushmanlikka o’tishdir»5 deb ta’riflasa, Maksim Gorkiy «sujet aloqalar, qarama - qarshiliklar, antipatiya va sipatiyalar, umuman, kishilarning o’zaro munosabatlari, u yoki bu xarakterning o’sishi va tashkil topib borishidir»6 - deydi. Biroq bu ta’riflar qanchalik to’g’ri bo’lmasin, ularda tur va janrlarning barcha xususiyatlari to’la hisobga olingan emas. Bir qancha adabiyotshunos olimlar bu ta’rifni faqat dramatik va epik asarlargagina taalluqli ekanligini ta’kidlab, lirik she’rlar uchun xos emas deb uqtirishadi. Lirik she’rlarda voqealar tizimi mavjud bo’lmasa ham, ularning sujetini o’y-fikr va his-kechinmalar tashkil qiladi. Demak, sujetlilik badiiy adabiyotning o’ziga xos zarur xususiyatlaridan biri bo’lib, barcha turdagi badiiy asarlarda, janrlarda sujet o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. Adabiyotshunoslikda biror tadkikotchi yo’qki, sujet nazariyasiga to’xtalib o’tmagan bo’lsa. Xususan. adabiyotshunos To’xta Boboev «Adabiyotshunoslik asoslari» darslik qo’llanmasida uni adabiy asarda tasvirlangan harakatning mazmunini ifodalovchi hayotiy voqealar majmuk kenfoq ma’noda, konkret voqealar tizmasida namoyon bo’ladigan xarakterlar tarixi poetik fikr-tuyg’ular oqimi7 , Erkin Xudoyberdiev esa sujetni asardagi voqealar tizmasi8 deb uqtiradi. Yuqoridagi qarashlarga suyanib, ba’zilarini rad etgan holda adabiyotshunos Azim Rahimovning «Roman san’ati» qo’llanmasidagi fikrga suyanamiz: «sujet bu badiiy asardagi voqealar va tuyg’ular oqimidir, xarakterlar va ixtiloflarning rivojlanishi tarixidir, tasvirlanayotgan hodisalarga Yozuvchi munosabatining to’la ochilishidir» 9

Ilmiy manbalarda sujet bir necha xil tasnif qilinadi. Jumladan, «Adabiyot enseklopediyasi» da sujetning ikki tipi borligi ko’rsatiladi: xronikali va kontsentrik.

Shunday fikrlarni yana B. Xolizevning «Drama san’ati hodisasi» monografiyasida, G. Pospelovning «Adabiyotshunoslik» darsligida, L.Selikovaning «Litеrаrurnаya uchеbа» jurnalidagi maqolasida ham uchratsak, N.Xatamov bilan B. Sarimsoqovlarning «Adabiyotshunoslik terminlari lug’ati» ham yuqoridagi fikrlarni tasdiqlaydi. Biroq ayrim adabiyotshunoslar badiiy sujet ko’rinishlari masalasida boshqacharoq yondashadilar. Shulardan Y. Dabin «Hayotiy materiallar va badiiy sujet» kitobida sujetning bosqichli, xalqasimon, qoliplovchi, tarmoqlangan kabi turlari to’g’risida gapiradi.10

N.Shodiev esa «Epos ufqlari» kitobida sujetning xronologik ketma-ket, xronologik uzilgan hamda perspektivalar bilan bo’lingan kabi xillarini ko’rsatadi11. Biroq hozirgi adabiyotda uchrovchi badiiy sujetning barcha ko’rinishlari va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda Azim Rahimov sujetning to’rt tipini: xronologik, kontsentrik, retrospektiv va assotsiativ turlarini ajratib beradi.

E.Xudoyberdiev «Adabiyotshunoslikka kirish» qo’llanmasida sujetning besh xil ko’rinishini beradi, Azim Rahimov qarashlariga suyanganligini ta’kidlaydi va beshinchi sujetni «Sintetik sujet» deb nomlaydi. Bu sujet ko’rinishini qorishiq, ya’ni aralash holda kelishini aytib, Oybekning «Bolalik» asarini misol tariqasida beradi12.

A.Rahimov bu fikrlarni o’zinnng «Roman san’ati» qo’llanmasida ta’kidlab, «bir necha sujet tipi qorishiq va uyg’un holda kelishi mumkin» ligini, lekin «bu to’rt turidan boshqa alohida beshinchi turi ham mavjud ekanligini anglatmaydi»13 deb uqtiradi. Aniq fikrlar sujetning to’rt: xronikali, kontsentrik, retrospektiv, assotsiativ turi mavjudligini ko’rsatadi.

Shuni unutmaslik kerakki, yuqorida ko’rsatib o’tilgan hamma sujet tiplaridan birortasini sof holda ko’rishga intilish va shu asosda mavjud romanlarni sistemalashtirishga urinish istiqbolsiz bo’lgan mashg’ulotdir. To’laqonli deb hisoblangan badiiy asarlarning barchasida yuqoridagi sujet tiplaridan bir nechtasi yoki ularning xususiyatlari organik birlikda uchrashi tabiiydir. Biroq bu romanbop sujetning tiplarini aniqlashga urinishni befoydaga chiqara olmaydi. Hozirgi romanlarda sujet qurilishi qaydarajada murakkab, ko’p qirrali va sintetik bo’lmasin baribir har bir konkret romanda ko’rsatilgan sujet tiplaridan birortasi yetakchi mavqeni egallashi tabiiydir. Sujetning badiiy imkoniyatlari ko’proq romanda ro’yobga chiqishi mumkin. Romanning boshqa janrlardan ustunligi ham shundadir. Sujet va uning unsurlarining g’oyaviy - badiiy niyatini ochishga xizmat qildira olishda san’atkorning iste’dodi, o’ziga xos uslubi va mahorati namoyon bo’ladi.

Ko’rinib turganidek, sujet qurilishi masalasi murakkab bo’lib, Yozuvchining o’z oldiga qo’ygan maqsadiga bog’liqdir. Sujet - badiiylikning eng go’zal belgisi. Adib o’z asarida insonni tarannum etadi. Uning kamchiliklari, o’y-hayollarini o’tmish bilan qiyoslaydi, sabab-oqibat tarzida chigalliklarni yechishga urinadi. «Inson jamiyat mahsuli sifatida emas, balki tabiat mahsuli sifatida ham g’oyat murakkab zotdir. Badiiy adabiyotda bu murakkablik aks etishi mumkin14. Hayot murakkab uning so’qmoqlari odamni goh sevinch gullari sochilgan yo’llarga boshlaydi, goh boshi berk yo’llarga olib kiradi. Badiiy so’z sehri inson taqdiridagi ana shu barcha tomonlarni hayotning musbat va manfiy qirralarini haqqoniy ifoda etishi bilan takrorlanmasdir15. Hayot ham, adabiyot ham inson bilan tirik. Dunyoni obod qiladigan ham, barbod qiladigan ham – inson16 deb bejiz aytmaganlar. Tirik adabiyotning gullashi, ravnaq topishida insonning o’rni muhim. Insonni tahlil qilib, qalamga olgan Yozuvchi-adib ham inson ekanligini unutmasligi lozim. Yozuvchi - hayotda kamgap, talabchan, o’tkir iste’dod sohibi hisoblanadi. Ular inson his-tuyg’ularini va ongini tarbiyalashda ulkan rol o’ynaydigan badiiy va ilmiy adabiyotlarning yaratuvchisi sanaladi.

1.2. “Judоlik diyori” syujеt elеmеntlаrining jоylаshishi

Badiiy asаr syujeti bir necha tarkibiy qismlardan iborat. Ular o`zaro bog`liq. Qismlar qatoriga ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya va yechim kiradi. Ba`zi asarlarda syujetning prolog va epilog kabi qismlari ham bo`ladi. Asarning o`zida syujetning barsha qismlari bo`lishi shart emas. Ammo tugun va kulminatsiya bo`lishi zarur. Xususan, prolog va epilog kam uchraydi. Lirik asarlarda esa syujet qismlarini birma bir qidirib topish ancha qiyin. Ulardagi syujet qismlari haqida gapirganda, fikrlar oqimining boshlanishi, mantiqli tarzda davom ettirilishi, rivoji, yakunlanishi to`g`risida so`z yuritish, kechinma tasdiqlanishi, inkor qilinishi mumkin. Epik va drammatik asarlarning barchasida, lirik-epik asarlarning ko`pchiligida ekspozitsiya, tugun, voqea rivoji, kulminatsiya, yechim mavjud bo`ladi.

Syujet qismlarining har biri badiiy asar mazmunini ochishda muayyan vazifani bajaradi. Shunga ko`ra ularning har birini alohida-alohida ko`rib o`tish, va aniq mushohada qilish zarur.




Download 166,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish