Ekspozitsiya. Ko`pchilik asarlarda Yozuvchilar syujetlardagi voqealar boshlangunga qadar ishtirok etuvchi shaxslarning qanday yashaganliklari, o`sib ulg`ayishlari xarakter xususiyatlarining shakllanishi haqida hikoya qiladilar. Bu hikoya asar ziddiyati boshlangandan keyin sodir bo`ladigan qahramonlar xatti-harakatlarini asoslash va shu yo`l bilan kitobxonni ularga tayyorlash va ishontirish uchun qilingan dastlabki zaruriyatdir.
Dramatik asarlarda ekspozitsiya ma`lumotlari ko`pincha ayrim ishtirok etuvchi shaxslarning axboroti yoki hikoyasida beriladi. Izzat sultonnig “Iymon” dramasida Yo`ldosh va Sanjarovlarning asardagi asosiy voqealardan, ziddiyat boshlanishidan avvalgi, ya`ni urush yilaridagi yashash tarzlari, xatti-harakatlari, xulq-atvorlari professor Komilovning hikoyasi orqali ma`lum qilinadi. Ayrim pyesalarda esa ekspozitsiya ma`lumotlari vositalar tarzida, ya`ni aks ettirilayotgan ziddiyat sodir bo`layotgan vaziyatning o`zi orqali yuz beradi. Ko`ramizki, ekspozitsiya asar mazmunini to`liq ochishda va kitobxonni unga ishontirishda muhim ahamiyatga egadir.
Ekspozisiyaning uch xil turi mavjud bo’lib, ular ko’pincha syujet turini keltirib chiqaradi. Agar asarning boshida kelsa, u xronikali syujetdir. Keyinroq kelsa, retrospektiv syujetni paydo qiladi.
Yuqoridagi parchadan ekspozitsiyaning adabiy asardagi vazifasi aniq ko‘rinib turibdi. Bu parchalar, birinchidan, o‘quvchining asar qahramonining asosiy sifatlari bilan tanishtiradi. Ikkinchidan, bu ekspozitsiya o‘quvchi diqqatini qahramonning xarakter xususiyatiga jalb etadi, uning shaxsiyati va taqdiriga qiziqish uyg‘otadi. Uchinchidan, harakatning , voqeaning, qahramon sarguzashtining qaysi sharoitda boshlanayotganidan xabardor qiladi.
Ekspozitsiyaning muhim sharti va fazilatlaridan biri – qisqa va mazmundor bo‘lishidir. Hatto shu kichik ekspozitsiya ham bizga faqat qahramon va uharakat eta boshlaydigan sharoit haqida ma’lumot berish bilangina cheklanmaydi, balki qahramonning bundan keyin ayon bo‘ladigan sifatlaridan ba’zilarini ham ochib beradi, bizni uning bundan keyingi sarguzashtlarini to‘g‘ri tushunishga tayyorlaydi.
Ekspozitsiyaning hamma qirralari asrning boshida to‘la tasvirlanishi shart emas, aksincha, eng yaxshi Yozuvchilar asar ekspozitsiyasiga oid bir qancha ikkinchi darajali tafsilotlarni bayon etishni keyinroqqa qoldirib,qahramonlarni tezroq harakatga keltirishga intiladilar.
Murоdjоn Mаnsurоvning “Judоlik diyori” rоmаnidа esа ekspоzisiyaning hаr uchаlа turini hаm ko’rаmiz. Аsаrdа ekspozitsiya - sochma; sababi ba’zi qahramonlarga oid ma’lumotlarni turli o’rinda beradi. Masalan, ayoli Mahfuzani oldingi xatlarda nomiga ismigina tilga olinsa, keyingilarda uning ham o’zga vatandan ekanligi, Sultonmurod uni sarhaddan o’tkazib, keyin o’zi qolib ketgani haqida ma’lumot beriladi. Qori aka haqida ham xuddi shunday fikr ya’ni dastlab uni oddiy bir hijratdagi hamroh sifatida tilga olinsa, keyinroq u kishi yaqinlaridan ayrilib, bu tomonlarga ikkinchi hijrat ekani, uni Elchir boturdan eshitgani, yurtidan quvilib Tangritog’ tomon kelayotganida bir tog’ qishlog’ida bir qizga uylangani, afsuski, husnda Benazir bu qizning umri qisqaligi, farzand ko’rayotib vafot etgani, Allohga tavakkul qilib, farzandlarini tashlab yo’lga chiqqani haqida ma’lmot beriladi.
Shunday qilib, ekspozitsiya syujetning ilk va sokin holatidir, ammo unda bo‘lajak konflikt va syujet rivojining urug‘lari yashirin turrda yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |