MUNDARIJA
KIRISH………..………..………..………..………..………………………...3
ASOSIY QISM………..………..………..………..………..………………..5
I BOB. ERTAK JANRI VA UNING ADABIYOTDA
TUTGAN O‘RNI………..………..………..………..………..……………...5
1.1. Adabiyotda ertak janri va ularning xalq og‘zaki ijodida
tutgan o‘rni………..………..………..………..………..………..…………..5
1.2. Adabiyotda ertak janri turlari (o‘zbek va xitoy adabiyoti
misolida) ………..………..………..………..………..………..……………..8
II BOB. Xitoy Xalq ertaklari va ularning badiiy tahlili………..………..17
2.1. Xitoy Xalq ertaklaridan namunalar………..………..………..……..17
2.2. Xitoy Xalq ertaklarining badiiy tahlili………..………..…………….35
XULOSA ………..………..………..………..………..………..…………...39
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ………..………..…41
KIRISH
“Milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalarini targ‘ib qilish va ommalashtirish yosh avlodni, hozirgi yoshlarimizni ma’naviy tarbiyalashning asosi bo‘lmog‘i kerak”1, - deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov. Birinchi prezidentimizning bu so‘zlari sharqshunoslar, ayniqsa, adabiyotshunoslarga jahon adabiyotining sara asarlari bilan o‘zbek kitobxonini tanishtirish, uning dunyoqarashini tafakkur durdonalari bilan boyitish mas’uliyatini yuklaydi.
O‘zbekiston va Xitoyning ijtimoiy, savdo sotiq va madaniy adabiy aloqalari tarixi ming yillarga tutash. Xalqlarimiz o‘rtasidagi bu aloqalarning ildizlari Buyuk Ipak Yo‘lining tarixi bilan bog‘lanadi.
Mamlakatimizning istiqboli tufayli O‘zbek va Xitoy munosabatlari yangi bosqichga qadam qo‘ydi. Ayniqsa, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasidagi o‘zaro munosabatlar O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarning yanada kengayishiga sabab bo‘lmoqda. Xalqlarning madaniy, manaviy tarafdan bir birini boyitishlari evaziga har jihatdan rivojlanish qaror topadi. Chet tili, xususan, xitoy tilining mamlakatimiz talim muassasalarida o‘qitilishi shu ikkala davlatning har sohada teng sherikchilik asosida rivoj topishiga, tillarni tillarga, dillarni dillarga bog‘lashda asosiy omillardan biri deb hisoblash maqsadga muvofiqdir.
Biror mamlakatning tilini o‘rganish, o‘sha tildan mustahkam bilimga ega bo‘lishni xohlar ekanmiz, biz tilni o‘rganish bilan birga o‘sha mamlakatning madaniyatini ham o‘rganishimiz zarur. Chunki biz o‘rganyotgan mamlakat madaniyati, adabiyotidan xabardor bo‘lganimizdagina ishlatyotgan so‘zlarimizni manosiga qarab yaxshi tushunish va o‘z joyida ishlata olish malakasiga ega bolamiz. Xitoy sivilizatsiyada qadimgi dunyodan O‘rta asrlarga o‘tish deyarli sezilarsiz bo‘lgan. G‘arbda bu jarayonlar larzalar bilan kechgan. Garchi Xitoy G‘arb davlatlari kabi feodal tarqoqlik davrni boshidan kechirib, qo‘shni davlatlar tomonidan tez tez hujumga duchor bo‘lib tursada, u qadimda asos solingan ananalarini saqlab qolgan. Shu bilan birga aynan Xitoy madaniyati va dini, adabiyoti Xitoyda hukmronlik qilgan ko‘p xalqlarga tasir qilgan.
Yaqin o‘tmishda xitoy tiliga, folklori va yozma adabiyotiga bo‘lgan qiziqish qisqa vaqt ichida sezilarli tarzda kuchaydi. Dunyoda qaysi xalq borki, albatta qandaydir o‘ziga xos manaviyatiga, madaniyatiga egadir. Yer yuzidagi har bir millat o‘zligini namoyon qilishda albatta ajdodlari yaratgan asarlarga, asrlar davomida shakllanib kelgan tarixiga, manaviyatiga suyanadi va shu ildizlar orqali kelajagini yaratishga intiladi.
Mavzuning dolzarbligi. Xitoy adabiyotidagi yozuvchilar ijodi va ularning ko‘lamini o‘rganishda ko‘plab qiyinchiliklarga uchraymiz. Bu mavzuni yoritish orqali Xitoyda yaratilgan rang barang ma’no mazmunga to‘la bo‘lgan ertaklarni boshqa xalqlarning xalq og‘zaki ijodiga o‘xshashligi va o‘ziga xos ajralib turuvchi xususiyatlarini yoritish
Tadqiqot maqsadi. Talabalarni xitoy ertakchiligi hamda asarlari bilan tanishtirish va xitoy adabiyotining rang barang ertaklarining ma’no jihatdan chuqur badiiy tahlil qilish.
Tadqiqot vazifasi. Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti fani Xitoy Xalq Respublikasining qadimgi xitoy adabiyotidan hozirgi zamonaviy xitoy adabiyotidagi o‘zgarishlar, yozuvchi, adiblarning hayoti va ijodi, ko‘p asrlik tarixiy, madaniy adabiy jarayonning har bir davri adabiyotini alohida holda o‘ziga xos xususiyatlari, asosiy adabiy oqimlari va yirik adiblari ijodi haqida ma’lumot berib o‘tadi.
Tadqiqot ishining strukturaviy tuzilishi.
-kirish;
-asosiy qism (II bobdan iborat);
-xulosa;
-foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |