REJA:
G‘azal janri tarixi. Turkiy adabiyotda g‘azalning ilk namunalari.
G‘azalning milliy xususiyatlari.
Alisher Navoiy g‘azalarida ishq va farah, xayol va tasavvurning avj pardalari.
Parokanda g‘azallar.
Yakpora g‘azallar.
Parokanda so‘zi “tarqoq”, “sochilgan” degan ma`nolarni bildiradi. Parokanda g‘azallarda boshdan-oyoq yagona fikr, kechinma yoki holat tasvirlanmaydi. Har bir bayt mazmunan mustaqil bo‘lib, avvalgi bayt keyingi baytning mazmunini belgilamaydi. Yagona kechinma yoki holat tasvirining yo‘qligi sababli parokanda g‘azallardagi baytlarning o‘rni almashtirilsa yoki biror bayt tushib qolsa ham, g‘azalning umumiy mazmuniga unchalik putur yetmaydi. Albatta, matla` va maqta` bundan mustasnodir. Chunki matla`dagi misralar o‘zaro qofiyadosh bo‘lsa, maqta`da shoirning taxallusi keladi. Parokanda g‘azal namunasi bo‘lgan Atoiyning quyidagi g‘azalini ko‘rib chiqaylik:
Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizordi gul uyattin anjumanda.
Tamanno qilg`ali la`lingni ko‘nglum,
Kishi bilmas onikim qoldi qanda.
Chu jonimdin aziz jonona sensan,
Kerakmas jon mango sensiz badanda.
Mangu ul dunyada jannat na hojat,
Eshiging tuprog‘i basdur kafanda.
Solib borma meni, ey Yusufi husn,
Bu kun Ya`qubdek baytul hazanda.
Uzun sochingdin uzmasman ko‘ngulni,
Oyog‘ing qanda bo‘lsa, boshum anda.
Tilar el mansabi oliy va lekin,
Atoyi sarvi ozodingg‘a banda
G‘azal mahabbat mavzusida bo‘lib, oshiqning ma`shuqaga nisbatan otashin sevgisi tasviridan iborat. Ammo har bir baytda qandaydir mustaqillik, alohidalik seziladi, ya`ni keyingi bayt oldingi bayt mazmunining davomi emas. Baytlar mazmunini qisqacha ifodalasak, quyidagi manzara hosil bo‘ladi:
1-bayt: Sening jamoling guldan go‘zal.
2-bayt: La`l lablaringni ko‘nglim orzu qiladi
3-bayt: Sensiz hayot kerak emas.
4-bayt: Eshiging tuprog‘i jannatdan afzal.
5-bayt: Meni tashlab ketma.
6-bayt: Boshim uzun sochingga fido.
7-bayt: Men sarvi qadding bandasiman.
Ko‘rinadiki, har bir baytda g‘azalning asosiy mavzusi bo‘lgan muhabbat bilan bog‘liq masalalarning ma`lum bir tomoni ochiladi, hatto bir qarashda tasodifiy fikr-mulohazalar keltirganday tuyuladi. Shunday holni boshqa o‘zbek shoirlarining g‘azallarida ham ko‘rish mumkin. G‘azalning kompozitsion jihatdan ikkinchi turi yakpora g‘azaldir. Yakpora so‘zi “butun”, “yaxlit” degan ma`nolarni bildiradi. Yakpora g‘azallarda baytlararo munosabat parokanda g‘azallarning aksi bo‘lib, matla`da biror kechinma yoki holat qalamga olinadi-da, keyingi baytlarda ana shu kayfiyat va kechinma yoki u bilan bog‘liq masalalar izchil tasvirlanadi.Yakpora g‘azallardagi har bir bayt o‘zidan avvalgi baytning bevosita davomi bo‘lib, g‘azaldan biror baytni olib tashlash ham, baytlarrning o‘rnini almashtirish ham mumkin emas. Agar shunday hol sodir bo‘lsa, baytlarni mantiqiy jihatdan bog‘lab turgan ip uzilib, g‘azal mazmunida g‘alizlik yuzaga keladi.Alisher Navoiyning quyidagi g‘azalini ko‘rib chiqaylik:
Jong‘a chun dermen: ‘‘Ne erdi o‘lmakim kayfiyati?”
Derki: ‘‘Bois bo‘ldi jism ichra marazning shiddati”.
Jismdan so‘rsamki: ‘‘Bu za`fingg‘a ne erdi sabab? ’’
Der: ‘‘Anga bo‘ldi sabab o‘tluq bag‘irning hirqati’’.
Ushbu g‘azal baytlari xuddi zanjir halqalari singari bog‘lanish hosil qilgan.Bordiyu g‘azaldan biror bayt olib tashlansa yoki baytlarning o‘rni almashtirilsa, mazmuniy rishta zanjir halqalari singari uzilib ketadi.1 O‘zbek adabiyotida yakpora g‘azallar Lutfiy ijodida shakllana boshladi va Navoiy ijodida kamolga yetdi, keyinchalik go‘zal bir an`anaga aylanib, Bobur, Mashrab, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat va boshqa shoirlar tomonidan davom ettirildi. G‘azaliyotda yakporalikni yuzaga keltiruvchi xilma-xil vositalar bor: shoir mantiqiy izchillikni ta`minlash uchun bir o‘rinda biror tushunchani g‘azal markaziga qo‘yib, uni har taraflama izchil tasvirlasa, bir o‘rinda savol-javob usuli yoki tabiat tasviridan foydalanadi, boshqa o‘rinda esa turli poetik timsollarni ishga soladi.Jumladan, Alisher Navoiyning yuqoridagi g‘azalida ham tadrij san`ati, savol- javob usuli, ‘‘Har qachonkim kemaga ul oy safar raxtin solur’’ deb boshlanuvchi g‘azalida esa daryo bilan bog‘liq timsollar mazmuniy yaxlitlikni yuzaga keltiruvchi asosiy vosita bo‘lib xizmat qilgan.Ayrim yakpora g‘azallarda lirik qahramon kayfiyat va kechinmalari muayyan hayotiy voqea bilan bog‘liq holda ham tasvirlanadi.Bunday g‘azallarda boshqa yakpora g‘azallardan farqli o‘laroq, mukammal sujet bo‘ladi. Yakpora g‘azallar sujetli- sujetsizligiga ko‘ra ham ikkiga bo‘linadi:
1.Musalsal g‘azallar.
2.Voqeaband g‘azallar.
‘‘Musalsal’’ so‘zi ‘‘zanjirsimon’’ degan ma`noni bildiradi.Istilohning ma`nosidan ham ko‘rinib turibdiki,musalsal g‘azallar deganda baytlar mazmuni bir -biri bilan zanjirsimon bog‘langan, ammo sujetga ega bo‘lmagan g‘azallar nazarda tutiladi.Yuqorida tilga olingan Navoiyning uch g‘azali ham musalsal g‘azalning yetuk namunalaridir.Voqeband g‘azallarda lirik qahramonning kayfiyat va kechinmalarishu kayfiyat va kechinmalarni yuzaga keltirgan muayyan voqea bilan bog‘liq holda tasvirlanib, o‘ziga xos tugun, voqea rivoji va yechim mavjud bo‘ladi. Alisher Navoiyning quyidagi g‘azalida bu holat ko‘zga aniq tashlanadi:
Hava hush erdi-yu, oldimda bir qadah mayi nob
Ichar edim vale g‘amdin qadah- qadah xunob.
Kihozir erdi ushul sarvi nargisi maxmur,
Valek rag‘mima qilmas edi qadahg‘a shitob…
Bu g‘azalda ko‘zimiz oldida bir voqea- lavha jonlanadi:xushhavo kunlardan biri. Lirik qahramon oldida bir qadah toza may turibdi.U maydan quyib ichadi,lekin u xunob. Chunki uning yonida o‘tirgan yor aksiga olib shoir uzatgan qadahni olmaydi.Yomi may ich deyishga oshiqda jur`at ham,yolg‘iz may ichmoqqa mayi ham, may ichmasdan turishga toqat ham yo‘q. Bu alamdan uning ichi qizil may to‘la qadahga o‘xshab qolgan, ko‘z yoshlari esa may ustidagi pufakchalar singari dam-badam quyilib turibdi.Oshiqning bu alamdan hushini yo‘qotayotganini ko‘rgan oshiq masti xarob bo‘lib qolgan edi. Zotan, ma`shuqa husnining qadah ko‘zgusida jilva qilishi oshiq uchun haqiqiy visol bo‘lib, visol chog‘ida mayxo‘r oshiq ko‘nglining xarob bo‘lishi ajablanarli emas.Hijron azoblaridan qutulgan oshiq ushbu fursat uchun shukr qiladi.Ushbu mufassal manzaradan ko‘rinadiki, g‘azalda mukammal bir sujet mavjud.Chunonchi:
1.Tugun: berahm ma`shuqaning may ichmasligi tufayli oshiqning qadah- qadah xunob yutishi.
2.Voqea rivoji:oshiqning yorga may tutishga jur`at qilolmay, ichi qonga to‘lib, ko‘z yoshi to‘kishi va oshiq ahvolini anglagan ma`shuqaning qadahdagi mayni ichib, so‘ngra oshiqqa ham tutishi.
3.Yechim:ma`shuqaning may ichganini ko‘rgan oshiqning masti xarob bo‘lib qolishi.2
Voqeaband g‘azallarning o‘zbek adabiyotida paydo bo‘lishi va inkishofi Alisher Navoiy nomi bilan bog‘liqdir.Ulug‘ shoirning ‘‘ Tun aqshom keldi ul gulrux kulbam sori shitob aylab’’, ‘‘O‘tgan kecha men erdimu ul siymtan erdi’’, ‘‘Dayr kuyida bugun asru alolo erdi’’ deb boshlanuvchi g‘azallari voqeaband g‘azallarning noyob namunasidir. Keyinchalik Bobur, Ogahiy, Furqat kabi o‘zbek shoirlari ham voqeaband g‘azallar rivojiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.Lekin voqeaband g‘azal yozish g‘oyat murakkab bo‘lib , shoirdan juda katta mahorat talab qiladi.
G‘azal janri g‘oyaviy- tematik jihatdan ham bir qator o‘ziga xosliklarga ega. ‘‘G‘azalda yetakchi masala sevikli jamolining zikri, seviklining jamolini sifatlash hamda oshiqning kechinmalarini tasvirlashdir.Pand- nasihat she`rning boshqa turlarida zikr etiladi’’- deb yozadi atoqli olim Qobul Muhammad.Biroq Qobul Muhammadning so‘zlari unchalik to‘g‘ri emas,chunki g‘azal ishq- muhabbat bilan birga, falsafiy, axloqiy, may va boshqa mavzularda ham yozilavergan.G‘azal mavzu jihatidan g‘oyat rang- barang va mazmunga boydir.Atoqli navoiyshunos A.Hayitmetov o‘zining ‘‘Navoiy lirikasi’’ nomli tadqiqotida g‘azallarning quyidagi g‘oyaviy- tematik guruhlari borligini ko‘rsatadi:
1.Ishqiy g‘azallar.
2.So‘fiyona g‘azallar.
3.May mavzusidagi g‘azallar.
4.Hajviy g‘azallar.
5.Falsafiy g‘azallar.
6.Vatanparvarlik mavzusidagi g‘azallar.
7.Peyzaj g‘azallar.
O‘zbek adabiyotshunosligida g‘azal haqida maxsus tadqiqot yaratgan professor Odiljon Nosirovning tasnifi ham mazkur tasnifga juda yaqin:
1.Oshiqona g‘azallar.
2.Orifona g‘azallar.
3.Rindona g‘azallar.
4.Hajviy g‘azallar .
5.Axloqiy- ta`limiy g‘azallar.
6.Peyzaj g‘azallar.
7.Publitsistik g‘azallar
. G‘azallarda ko‘pincha 2 ta markaz bo‘lgan.Biri – lirik qahramonning ahvoli, ikkinchisi – ma`shuqa ta`rifi. Barcha obraz va ifodalar shu ikki markazga kelib tutashadi.Ishqiy g‘azallarda ma`shuqa, oshiq, va raqib ramzlari asosiy obraz hisoblanadi.3
Ma`shuqa – ishqqa sabab bo‘lgan, oshiq ko‘nglini rom etgan go‘zal yor, uning go‘zalligi chiroyli tashbehlar bilan ifodalanadi.Sharq she`riyatida noziklik go‘zallikning muhim belgisi sanalgan.
Oshiq – ishqqa mubtalo bo‘lgan,o‘zini unutgan kishi. U raqibga o‘zining nafratini ochiq bayon etadi.Oshiqlik timsollari bo‘lmish bulbul, Majnun, Farhod,Vomiq obrazlariga o‘xshatiladi.
Raqib – ma`shuqaning vasliga da`vogar bo‘lgan boshqa bir oshiq.Bu obraz g‘ayr, ag‘yor, o‘zga nomlari bilan ham yuritiladi.Tasavvuf adabiyotida yuqoridagi obrazlar yangicha ma`no kasb etadi:ma`shuqa – Alloh yoki Payg‘ambar yoxud pir, do‘st ma`nosida;oshiq – Allohga ruhan yaqinlashishga intilayotgan inson, so‘fiy banda; raqib esa nafs, dunyo ma`nolarida keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:
1.
G‘azal haqida gapirar ekanmiz, Navoiy ijodiga to‘xtalmaslikning iloji yo‘q.Ulug‘ Navoiyning har biri bir jahon ma`no, bir olam his- tuyg‘u ifoda qilguvchi baytlarini takror-takror o‘qib har safar bu olmos satrlarning yangi qirralarini kashf qilamiz, yangi-yangi ma`no tovlanishlarini ko‘rib hayratlanamiz.Navoiy baytlari bizning hayotimizga bolalikdan, dastlabki o‘qish kitoblari bilan kirib keladi.Biz ilk bor buyuk shoirni donishmand muallim sifatida taniymiz, “Olim bo‘lsang, olam seniki” deb aytgan ustoz sifatida o‘rganamiz. So‘ng o‘smirlik, yigitlik faslida bizga Navoiy muhabbat, vafo darsini beradi. Yoniq ishqiy baytlarni yon daftarimizga ko‘chirib yozamiz, ilk sevgi maktublariga qo‘shib bitamiz. Vaqt o‘tishi bilan buyuk Alisher ko‘z oldimizda faylasuf sifatida namoyon bo‘ladi, bizga hayot darsini o‘rgatadi, uning sevinch va anduhlari,zavq-u jafolarini so‘zlab dunyo haqidagi tasavvur doiramizni kengaytiradi.
Junun vodiysig‘a moyil ko‘ramen joni zorimni,
Tilarmen bir yo‘li buzmoq buzulg‘on ro‘zg‘orimni.
Mana shu matla` bilan boshlanuvchi g‘azal o‘zbekning xonadonida dam- badam mehmon bo‘ladi.Uni mashhur hofizlarimiz maqom yo‘llarida juda t`sirli ijro etganlar.Bu g‘azal dunyoning g‘am-u anduhidan zardob bo‘lgan shoir qalbining afg‘onidir.Inson yuragi va tafakkuri haddan ziyod sevinchni ham , g‘amni ham qabul qilolmaslik xususiyatiga ega. Tuyg‘ularning ofatli seli kishini telba qiladi. Shoir o‘z jonini junun, ya`ni telbalik vodiysiga moyil ko‘radi, buzulgan hayot ro‘zg‘ori uni aqldan ozdirgani, endi telbalikni bo‘yinga olib dasht-u sahrolar kezishdan o‘zga iloji qolmaganini va telbalik- buzish, vayron qilsh ekan, demak buzilgan hayotini bir yo‘la vayron qilmoq tilagini faryod bilan ifsho qiladi:
Junun vodiysig‘a moyil ko‘rarmen joni zorimni,
Tilarmen bir yo‘li buzmoq buzulg‘on ro‘zg‘orimni.4
Shoir dunyodan shunchalar ko‘ngli qolgan, sovuganki, oqibatsiz odamlardan shunchalar mehri qaytganki, bu hayotdan hech bir nishonsiz yo‘q bo‘lib ketishni tilaydi. Inson jismi xoki g‘ubor bo‘lmoqqa mahkum, lekin shoir istagi – falak bedodidan garchi mani xokiy g‘ubor o‘ldum ,Tilarmen, topmag‘aylar to‘tiyolikkag‘uborimni.Ya`ni , zolim odamlar meni tirikligimda xo‘rladilar,qadrimga yetmadilar. Vaqt kelarki,mening odamlarga ko‘rguzgan mehr-u sadoqatim ,fidoyiligim ayon bo‘lar. Kishilar mening qadrimga yetarlar,mozorim xokini ko‘zlariga to‘tiyo qilarlar.Lekin tirikligimda bedodlik qilganlar men dunyodan o‘tgacho‘kinmoqliklari benaf, ko‘zlariga to‘tiyo qilmoq uchun g‘uborimni topmagaylar. O‘shanda, ey ahli g‘aflat, Navoiy qayga azm etdi deb so‘ramang, men tirikligimdayoq ixtiyorim jilovini qazoning qo‘liga berib qo‘yganman:
Demang, qay sori azm etgung, manga yo‘q ixtiyor,
Oxir qazo ilkiga bermishmen inon-u ixtiyorimni.
Oshiq dunyoning jabr-u jafosidan ko‘p qonli yoshlar to‘kdi,
Oqibat ko‘zlarida o‘sha qon yoshlar ham qurib tamom bo‘ldi,
Faqat za`fardek sarg‘aygan yuzi qoldi.
Shoir bu holatni hayratomuz tashbehga bog‘laydi; zolim falak mening bahorimni olib uning badaliga xazon faslini menga berdi. Bu loladek qon yoshlarim qurib , xazondek sarg‘aygan yuzim qolganida namoyon bo‘lib turibdi.
Tugandi ashki gulgun, emdi qolmish zafaroni yuz,
Falak zulmi badal qildi xazon birla bahorimni.
Navoiy dahr zulmidan boshiga yog‘ilgan balolarni baytdan baytga kuchliroq faryod bilan bayon qiladi.Birinchi bayt oshiqning “junun vodiysig‘a moyil” bo‘lganini, ikkinchi bayt dunyodan tamom yo‘q bo‘lib ketish tilagini ifoda qilsa, g‘azal so‘ngiga yaqin shoir bularning barchasidan o‘ta ofatni qalamga oladi.bu – telba bo‘lishdan ham, dunyodan benim-u nishon ketishdan ham og‘ir biro fat.
Bu – yor-u diyordan judo bo‘lish musibati. Navoiy shunday yozadi:
Diyorim ahli birla yordin boshimg‘a yuz mehnat,
Ne tong, boshim olib ketsam , qo‘yub yor-udiyorimni.
Ya`ni, agar men yor-u diyorimni tashlab bosh olib ketar bo‘lsam, buning boisi yordan va diyordan boshimga ming balo yoqqanidir.Taqdir mening boshimga solgan bu savdo shunday og‘ir savdokim:
Yomon holimg‘a bag‘ri og‘rig‘ay har kimsakim ko‘rgay,
Bag‘ir pargolasidan qong‘a bulg‘ong‘on uzorimni.
Bag‘rim pora-pora bo‘lganidan qonga bo‘yaldim, bu holimni ko‘rgan har bir kimsaning bag‘ri og‘rimay iloji yo‘q. Tiriklik shoirning nazdida – dard. Bu dardning davosi esa yolg‘iz o‘lim. Asli sharobdan kelgan bosh og‘rig‘ining davosi sharobdir. Ammo shoir uchun tiriklik sharobining daf`i xumori zahri qotildir.5
Alisher Navoiyning lirik asarlari jamlangan “Xazoyin-ul ma`oniy” devonida ikki yarim mingdan ortiq g‘azal bor. Sharq adabiyotida biror shoirga bunchalik ko‘p g‘azal yozish nasib bo‘lmagan.Ammo gap faqat sonda emas. Navoiy qalbidan quyilib chiqqan g‘azallarning har biri daho ijodkorning Benazir san`ati va teran tafakkuridan guvohlik beradigan badiiy durdona, mo‘jizadir.Yaxlit ma`noli, voqeaband g‘azallar yaratish ulug‘ Navoiyning shunday uslubiy ixtirolaridandir. Maqsud Shayxzoda birinchi bo‘lib bunga e`tiborimizni torgan edi. Avvalgi shoirlar ahyon-ahyon uchrab turadigan bu xususiyat Navoiy ijodida izchillik tusini noladi, muayyan ravishda badiiy ifoda tarziga aylanadi. Turfa insoniy holatlar, voqea- hodisalar tasviriga bag‘ishlangan turkum- turkum g‘azallar shundan dalolat beradi. Yaxlit ma`noli g‘azal radif-so‘zga urg‘u berib, shoirona vahiyatni namoyon etish, yo biror- bir hodisadan ta`sirlanib, his- hayajonni to‘kib solish ,shu voqea mohiyatini ochish, yoxud muayyan an`anaviy turkumcha- tamsillar, obraz va ifodalar atrofida suxansozlik qilish, lutf ko‘rsatish niyatning mevasidir. Chunonchi, ulug‘ shoir jon va jonon mavzusida bir turkum dilbar g‘azallar yaratgankim, shulardan birini quyida to‘la keltiramiz:
Har labing o‘lganni tirg‘uzmakda jono, jon erur,
Bu jihatdan bir- birisi birla jonajon erur.
Jonim andoq to‘ldi jonondinki, bo‘lmas fahmkim,
Jon erur,jonon emas, yo jon emas, jonon erur.
G‘azalda “jon”so‘zi o‘n to‘qqiz, “jonon” so‘zi o‘n olti marta takrorlanib kelgan.Biroq bu qaytariqlar bizga noxush tuyulmaydi, aksincha, kuchli zavq uyg‘otadi, shoirning zakovati , topqirligiga qoyil qolamiz,Qarshimizda o‘ziga xos butun bir g‘azal-tajnis, ya`ni bir o‘zakli, talaffuzi, shakli o‘xshash, ammo ma`nolari xilma- xil so‘zlar vositasida barpo bo‘lgan hayratomuz san`at namunasi.Butun g‘azal bo‘ylab so‘z dodini berib tasnisni uzluksiz davom ettirish bir san`at bo‘lsa, buni muhim ijtimoiy-axloqiy g‘oya bilan bog‘lab rivojlantirish orqali go‘zal bir tasvirni vujudga keltirish yana bir san`at – yuksak shoirlik mahoratining , uyg‘oq, uyg‘un taxayyul,tabiatday qudratli va saxiy iste`dodning nash`u namosi, sehrliligi. Shoirning ustaligini qarangki, baytlar bir – biri ila mantiqan payvandlanib, yetakchi, sarbon g‘oyani teranlashtira boorish asnosida lirik qahramonning tuyg‘ulari ham baytdan baytga kuchayib boraveradi.
Taniqli adib va navoiyshunos olim Maqsud Shayxzoda”Alisher Navoiy lirikasining ba`zi bir poetik usullari haqida “ nomli maqolasida shoir g‘azaliyotiga xos yetakchi to‘rt uslubiy jilo haqida fikr yuritiladi. Ularning ikkitasi bevosita tadrij badiiy san`atiga murojaat etish bilan vujudga keladi.Alisher Navoiy she`riy ijodiga xos bo‘lgan g‘azallarda baytlarni ma`nan, fikran va shaklan bog‘lash orqali ma`lum voqea yaratish yoki mantiqiy izchillikka asoslangan fikrlarni vujudga keltirish bilan ma`lum xulosani bayon etish, shuningdek , baytlar silsilasida obrazning tadrijiy etiluvi, takomilini ta`minlash shular jumlasidandir.Fikrimizni quyidagi g‘azal bilan asoslashga harakat qilamiz:
Yordin ayru ko‘ngil mulkedurur sultoni yo‘q,
Mulkkim sultoni yo‘q,jismedururkim, joni yo‘q.
Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul
Bir qora tufrog‘dekdurkim,gul-u rayhoni yo‘q.
Avvalo, ta`kidlash joizki, mazkur g‘azalda ko‘zga “yarq”etib tashlanadigan san`at bargardonishdir. Ya`ni mazmunni kuchaytirish, ta`kidlab ko‘rsatishga xizmat qiluvchi “takrir”, takror, qaytarishdir.Ayni g‘azalda baytning birinchi misrasi oxirida kelgan so‘z yoxud kalimalar guruhi ikkinchi satr boshida kelib, aytilmoqchi bo‘lgan g‘oyaviy niyatni ta`kidlab ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Matnga asoslanib, “Yordin ayru ko‘ngil” ni – sultonsiz mulk, jismsiz jon, gul-u rayhonsiz qora tuproq kabilarga tashbeh qilingani singari matladagi “sultonsiz mulk” ham teng bog‘liqlik asosida aytilganlarga qiyoslangan, deyish mumkin.Anglashiladiki, shoir g‘azalda ma`naviy va ijtimoiy-siyosiy hodisalarni yondosh rivojlantirib boradi va ko‘ngil uchun mahbuba, ishq va undan bahramandlik qanchalik zarur bo‘lsa, mamlakat uchun ham podsho shunchalik muhim, degan umumlashma xulosani ilgari suradi.Faqat matla` va undan keying baytda shoirning ishqiy mavzuga oid qarashlari o‘z aksini topadi.Bu, albatta, shoir g‘azaliyotidagi yetakchi mavzu ishq- muhabbat ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Muxtasar qilib aytadigan bo‘lsak, Navoiy g‘azallarining bosh qahramoni, shubhasiz, shoirning o‘zidir. Ularda muallifning ichki tug‘yonlari, ruhiy iztiroblariyu-quvonchlari, tarjimai holiga oid qaydlar uchraydi.Shuningdek, shoir g‘azaliyotidagi boshqa obrazlar: ma`shuqa, shoh, darvesh, shayx, zohid, orif, rind, soqiy, raqib kabi rang- barang badiiy timsollar asardagi yetakchi g‘oyani she`rxonga teran yetkazish uchun buyuk tafakkur sohibining taxayyul olamidan she`rga ko‘chadi hamda uning badiiy salohiyati yuksak g‘azallarning vujudga kelishini ta`min etadi.
Xulosa o‘rnida aytganda, g‘azal ijodkor ijodidagi gultojdir.Mumtoz adabiyotimizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, unda g‘azal salmoqli o‘ringa ega.G‘azal badiiyatiga doir minglab nazariyalar esa uni mohiyatan chuqur anglashimizda katta dasturamal bo‘ladi. Shunday ekan, biz yoshlar g‘azalnavislik an`analarini davom ettirib, kelgusida zamonaviy adabiyotni ham bu janr ila boyitsak, nur ustiga a`lo nur bo‘lar edi.
1 Karimov O. Mumtoz she`riyat janrlari. Namangan nashriyoti. 2015.
2 Hayitmetov A. Navoiy lirikasi. T.: “Fan”. 1961.
3 Sulton I. Adabiyot nazariyasi. T.: “Ozbekiston”. 2007.
4Vohidov E.” Junun vodiysida”.Maqola. 2010.
5Jumayev N. Satrlar silsilasidagi sehr. Maqola. 2010.
G`AZAL (arab. - ayolni sevish, unga oshiqona munosabatda bo`lish) - 1) Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janr. G`. atamasi dastlab 6 - 7-a.larda arab she`riyatida paydo bo`lgan. So`ng O`rta Osiyo va Sharq xalqlari adabiyotlariga o`tib, 13- 14-a.larda to`la shakllangan. Hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan. Lekin 21, hatto 27 baytli G`. namunasi ham uchraydi. Aa, ba, va, ga, da va h.k. tarzda qofiyalanadi, boshdan-oxir bir xil vaznda yoziladi. Ilk bayti matla` yoki mabda`, oxirgisi maqta` deb ataladi. Agar ikkinchi baytning misralari ham o`zaro qofiyalansa, zebi matla` yoki husni matla` deyiladi. G`.ning paydo bo`lishi va rivojlanishi musiqa san`ati b-n chambarchas bog`liq. Dastlab G`.ga taxallus qo`yilmagan, bu keyinchalik an`anaga aylangan. G`. dastlab ishqiy mavzuda yozilgan bo`lsa-da, keyinchalik uning mavzu doirasi kengayib bordi hamda ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, mav`iza (pand-nasihat) va hajviy G`.lar yuzaga keldi. G`. tuzilishiga ko`ra 4 mustaqil turga ajraladi: mustaqil baytlardan tuzilgan (parokanda) G`.; yakpora G`.; voqeaband G`.; musalsal G`. Ma`no jihatidan esa orifona, oshiqona va rindona G`.larga bo`linadi. 15-a.dan G`. o`zbek she`riyatida asosiy va yetakchi janrga aylandi. Alisher Navoiy o`zbek tilida 2600 dan ortiq G`. yaratib, bu janrning g`oyaviy-tematik doirasini kengaytirdi, G`.ni hayotga yaqinlashtirdi, G`.da realistik tamoyillarni kuchaytirdi. Keyinchalik o`zbek she`riyatida Hamza, Cho`lpon, Xurshid, G`afur G`ulom, Sobir Abdulla, Habibiy, Charxiy, Chustiy, Xolis, Vosit Sa`dulla, Jumaniyoz Jabborov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Jamol Kamol va b. G`.ni yangicha sharoitda davom ettirdilar va uning mavzu doirasini boyitdilar, shu b-n birga, an`anaviy ishqu oshiqlik mavzuida ham ko`plab badiiy barkamol G`.lar yaratdilar; 2) musulmon Sharq madaniyatidan keng o`rin olgan mumtoz musiqa janri. Dastlab (mas., Abdulqodir Marog`iy ko`rsatishicha, 14- 15-a.larda) navbat deb ataluvchi murakkab shakldagi janrning ikkinchi qismi sifatida, asosan, fors tilidagi she`rlar b-n ijro etilib, 2 sarxona va bozgo`ydan iborat bo`lgan. So`ngra Navoiy, Kavkabiy, Noiniy, Chishtiy va b.ning asarlarida G`. O`rta Sharq xalqlarida eng sevimli musiqa janrlaridan biri sifatida ta`riflangan. Hozirda, asosan, lirik- falsafiy (jumladan, tasavvufiy) mazmundagi g`azal namunalari, yakkaxon xonanda va cholg`u ansambli tomonidan ijro etiladigan, yirik shakldagi musiqa janri sifatida Pokiston, Shimoliy Hindiston, Bangladesh, Eron, Afg`oniston va ayrim arab mamlakatlarida tarqalgan. Kuylar diapazoni kengligi, ohang va ritmik rivojining murakkabligi b-n ajralib turadi. G`. raga singari kichik cholg`u-vokal muqaddimasi b-n boshlanadi, unda xonanda yuqori pardalarda ijro etiladigan aylanma tuzilmalar, glissando (sirg`anuvchi ohanglar) va b. uslublardan foydalanib, asarning asosiy tovushqatori, shuningdek, badiiy o`ziga xosligini namoyon etadi. Cholg`u ansambli tarkibida sitor, sarangi, bansuri nay, tanpura, fisgarmoniya va tabla (yoki faqat sisgarmoniya va tabla) cholg`ulari qo`llanadi. 20-a.da G`.ning zamonaviy shakllari rivoj topib, ular konsert dasturlari, kino musiqasida keng ijro etilmoqda.
Gʻazal aa, ba, va, ga, da va h.k. tarzda qofiyalanadi, boshdan-oxir bir xil vaznda yoziladi. Ilk bayti matlaʼ yoki mabdaʼ, oxirgisi maqtaʼ deb ataladi. Agar ikkinchi baytning misralari ham oʻzaro qofiyalansa, zebi matlaʼ yoki husni matlaʼ deyiladi. Gʻazalning paydo boʻlishi va rivojlanishi musiqa sanʼati bilan chambarchas bogʻliq. Dastlab Gʻazalga taxallus qoʻyilmagan, bu keyinchalik anʼanaga aylangan.
Gʻazal dastlab ishqiy mavzuda yozilgan boʻlsa-da, keyinchalik uning mavzu doirasi kengayib bordi hamda ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, mavʼiza (pandnasihat) va hajviy Gʻazallar yuzaga keldi. Gʻazal tuzilishiga koʻra 4 mustaqil turga ajraladi: mustaqil baytlardan tuzilgan (parokanda) gʻazal; yakpora gʻazal; voqeaband gʻazal.; musalsal gʻazal. Maʼno jihatidan esa orifona, oshiqona va rindona gʻazallarga boʻlinadi.
Fors soʻz sanʼatida gʻazal dastlab Rudakiy ijodida uchrasa-da, Saʼdiy ijodida u toʻla shakllanib, sheʼriyatning asosiy janrlaridan biriga aylandi, keyin Hofiz uni yuksak darajaga koʻtardi: u oʻzigacha tasavvufiy va dunyoviy yoʻnalishda rivojlanib kelgan gʻazalchilikni oʻzaro omuxta qildi. Xusrav Dehlaviy, Kamoliddin Isfahoniy, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Xoju Kirmoniy, Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy, Mirzo Abdulqodir Bedil kabi shoirlar gʻazal taraqqiyotida katta rol oʻynaganlar.
Oʻzbek adabiyo-tida gʻazalning ilk namunalari Rabgʻuziyning "Qisasi Rabgʻuziy", Xorazmiyning "Muhabbatnoma"sida uchraydi; keyinchalik Sayfi Saroyi, Hofiz Xorazmiy, Yusuf Amiriy, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Ubaydiy, Mashrab, Mujrim-Obid, Amiriy, Nodira, Uvaysiy, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Avaz Oʻtar va boshqalar ijodida rivojlantirildi.
Fors-tojik gʻazalchiligida aruz vaznining hazaj bahri, turkiy xalqlar gʻazalchiligʻida ramal bahri koʻp qoʻllangan. Masalan, Navoiyning 2600 gʻazalidan 1600 ga yaqini, Atoiyning 260 gʻazalidan 109 tasi, Husayn Boyqaroning esa barcha gʻazallari ramalda yozilgan. Aruzda 21 ta bahr boʻlib, oʻzbek gʻazaliyotida faqat Navoiy ularning koʻpchiligini qoʻllagan. Gʻazalda ishqiy mavzu yetakchilik qilishiga qaramay, gʻazalnavislar bu janrning imkoniyatlaridan inson maʼnaviy dunyosining, shuningdek, tabiat va jamiyatning barcha murakkab tomonlarini ifodalash uchun foydalanganlar.
15-asrdan Gʻ. oʻzbek sheʼriyatida ham asosiy va yetakchi janrga aylandi. Navoiy oʻzbek tilida 2600 dan ortiq Gʻ. yara-tib, bu janrning gʻoyaviy-tematik doirasini kengaytirdi, Gʻ.ni hayotga yaqinlashtirdi, Gʻ.da realistik tamo-yillarni kuchaytirdi. Keyinchalik oʻzbek sheʼriyatida Hamza, Choʻlpon, Xurshid, Gʻafur Gʻulom, Sobir Abdul-la, Habibiy, Charxiy, Chustiy, xolis, Vosit Saʼdulla, Jumaniyoz Jab-borov, Erkin Vohidov, Abdulla Ori-pov, Jamol Kamol va boshqa Gʻ.ni yangicha sharoitda davom ettirdilar va uning mavzu doirasini boyitdilar, shu bilan birga, anʼanaviy ishqu oshiqlik mavzuida ham koʻplab badiiy barkamol Gʻ.lar yaratdilar (yana qarang Sheʼr tuzilishi, Sheʼrshunoslik); 2) musulmon Sharq madaniyatidan keng oʻrin olgan mumtoz musiqa janri. Dastlab (mas, Abdulqodir Marogiy koʻrsatishicha, 14—15-asrlarda) "navbat" deb ataluvchi murakkab shakldagi janrning ikkinchi qismi sifatida, asosan, fors tilidagi sheʼrlar bilan ijro etilib, 2 sarxona va bozgoʻypyan iborat boʻlgan. Soʻngra Navoiy, Kavkabiy, Noiniy, Chishtiy va boshqalarning asarlarida Gʻ. Oʻrta Sharq xalqlarida eng sevimli musiqa janrlaridan biri sifatida taʼriflangan. Hozirda, asosan, lirik-falsafiy (jumladan, tasavvufiy) mazmundagi gʻazal namunalari, yakkaxon xonanda va cholgʻu ansambli tomonidan ijro etiladigan, yirik shakldagi musiqa janri sifatida Pokiston, Shimoliy Hindiston, Bang-ladesh, Eron, Afgʻoniston va ayrim arab mamlakatlarida tarqalgan. Kuylar diapazoni kengligi, ohang va ritmik rivojining murakkabligi bilan ajralib turadi. Gʻ. raga singari kichik cholgʻuvokal muqaddimasi bilan boshlanadi, unda xonanda yuqori par-dalarda ijro etiladigan aylanma tuzilmalar, glissando (sirgʻanuvchi ohanglar) va boshqa uslublardan foydalanib, asarning asosiy tovushqatori, shuningdek, badiiy oʻziga xosli-gini namoyo.ch etadi. Cholgʻu ansambli tarkibida sitor, sarangi, bansuri nay, tanpura, fisgarmoniya va tabla (yoki faqat sisgarmoniya va tabla) cholgʻulari qoʻllanadi. Gʻ. urdu, hind, fors, panjob, gujarot va boshqa tillarda kuylanib, unda Xusrav Dehlaviy, Kabir, Surdas, Mirzo Gʻolib, Muhammad Iqbol, Fayz Ahmad Fayz kabi shoirlarning sheʼrlari asosiy oʻrin tutadi. 20-asrda Gʻ.ning zamonaviy shakllari rivoj topib, ular konsert dasturlari (Mehdi Hasan, Roshan Ara begim, Bare Gʻulom Ali Xon, Ramzan Xon va boshqalar), kino musiqasi (Lata Mangeshkar, Muhammad Rafi va boshqalar)da keng ijro etilmoqda.
Ad. Hayitmetov A si,T., 1961; Shayxzoda M., kining sultoni, Asarlar, 4-j., T., 1972; Nosirov O., Oʻzbek adabiyotida gazal, T., 1972; Orzibekov R., Oʻzbek lirik poeziyasida gʻazal va musammat, T., 1976; Nosirov O., jamolo v S., 3 i yo -viddinov M., Oʻzbek klassik sheʼriyati janrlari, T., 1979; Valixonov A., Gʻazal nafosati. T., 1985. Rahmon Qahramonov va Timur Malikovlar hozirgi kunda yagona dastur hisoblanadi
GʻAZAL (arab. — ayolni sevish, unga oshiqona munosabatda boʻlish) — 1) Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janr. «Gʻazal» atamasi dastlab 6—7-a. larda arab sheʼriyatida paydo boʻlgan. Soʻng Oʻrta Osiyo va Sharq xalqlari adabiyotlariga oʻtib, 13—14-a. lardatoʻla shakllangan. Hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan. Lekin 21, hatto 27 baytli Gʻazal namunasi ham uch-raydi. Aa, ba, va, ga, da va h. k. tarzda qofiyalanadi, boshdan-oxir bir xil vaznda yoziladi. Ilk bayti matlaʼ yoki m a b d a ʼ, oxirgisi m a qt aʼ deb ataladi. Agar ikkinchi baytning mis-ralari ham oʻzaro qofiyalansa, zebi mat-layoki husni matlaʼ deyiladi. Gʻazalning paydo boʻlishi va rivojlanishi musiqa sanʼati bilan chambarchas bogʻliq. Dastlab Gʻazalga taxallus qoʻyilmagan, bu keyinchalik anʼanaga aylangan.
Gʻazal dastlab ishqiy mavzuda yozilgan boʻlsa-da, keyinchalik uning mavzu doirasi kengayib bordi hamda ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, mavʼiza (pandnasihat) va hajviy Gʻazallar yuzaga keldi. Gʻazal tuzilishiga koʻra 4 mustaqil turga ajraladi: mus-taqil baytlardan tuzilgan (parokan-da) Gʻazal ; yakpora Gʻazal ; voqeaband Gʻazal ; musalsal Gʻ. Maʼno jihatidan esa orifona, oshiqona va rindona Gʻazal larga boʻlinadi.
Fors soʻz sanʼatida Gʻazal dastlab rudakiy ijodida uchrasa-da, Saʼdiy ijodida u toʻla shakllanib, sheʼriyatning asosiy janrlaridan biriga aylandi, keyin Hofiz uni yuksak darajaga koʻtardi: u oʻzigacha tasavvufiy va dunyoviy yoʻnalishda rivojlanib kelgan gʻazalchilikni oʻzaro omuxta qildi. Xusrav Dehlaviy, kamoliddin Isfahoniy, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Xoju Kirmoniy, Salmon Sovajiy, Abdu-rahmon Jomiy, Mirzo Abdulqodir Bedil kabi shoirlar Gʻazal taraqqiyotida katta rol oʻynaganlar. Oʻzbek adabiyo-tida Gʻazalning ilk namunalari Rabgʻu-ziining «Qisasi Rabgʻuziy», Xorazmiyning «Muhabbatnoma»sida uchraydi; keyinchalik Sayfi Saroyi, Hofiz Xorazmiy, Yusuf Amiriy, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Ubaydiy, Mashrab, Mujrim-Obid, Amiriy, Nodira, Uvaysiy, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Avaz Oʻtar va b. ijodida rivojlantirildi.
Fors-tojik gʻazalchiligida aruz vaznining hazaj bahri, turkiy xalqlar gʻazalchiligʻida ramal bahri koʻp qoʻllangan. Mas, Navoiyning 2600 Gʻazal idan 1600 ga yaqini, Atoiyning 260 Gʻazal idan 109 tasi, Husayn Boyqaroning esabarcha Gʻazal lari ramalda yozilgan. Aruzda 21 ta bahr boʻlib, oʻzbek gʻazaliyotida faqat Navoiy ularning koʻpchili-gini qoʻllagan. Gʻazalda ishqiy mavzu yetakchilik qilishiga qaramay, gʻazalnavislar bu janrning imkoniyatlaridan inson maʼnaviy dunyosining, shuningdek, tabiat va jamiyatning barcha murakkab tomonlarini ifodalash uchun foydalanganlar.
15-a. dan Gʻazal oʻzbek sheʼriyatida ham asosiy va yetakchi janrga aylandi. Navoiy oʻzbek tilida 2600 dan ortiq Gʻazal yara-tib, bu janrning gʻoyaviy-tematik doirasini kengaytirdi, Gʻazalni hayotga yaqinlashtirdi, Gʻazalda realistik tamo-yillarni kuchaytirdi. Keyinchalik oʻzbek sheʼriyatida Hamza, Choʻlpon, Xurshid, Gʻafur Gʻulom, Sobir Abdul-la, Habibiy, Charxiy, Chustiy, xolis, Vosit Saʼdulla, Jumaniyoz Jab-borov, Erkin Vohidov, Abdulla Ori-pov, Jamol Kamol va b. Gʻ. ni yangicha sharoitda davom ettirdilar va uning mavzu doirasini boyitdilar, shu bilan birga, anʼanaviy ishqu oshiqlik mavzuida ham koʻplab badiiy barkamol Gʻazallar yaratdilar (yana q. Sheʼr tuzilishi, Sheʼrshunoslik);
2) musulmon Sharq madaniyatidan keng oʻrin olgan mumtoz musiqa janri. Dastlab (mas, Abdulqodir Marogiy koʻrsatishicha, 14—15-a. larda) «navbat» deb ataluvchi murakkab shakldagi janrning ikkinchi qismi sifatida, asosan, fors tilidagi sheʼrlar bilan ijro etilib, 2 sarxona va bozgoʻypyan iborat boʻlgan. Soʻngra Navoiy, Kavkabiy, Noiniy, Chishtiy va b. ning asarlarida Gʻazal Oʻrta Sharq xalqlarida eng sevimli musiqa janrlaridan biri sifatida taʼriflangan. Hozirda, asosan, lirik-falsafiy (jumladan, tasavvufiy) mazmundagi gʻazal namunalari, yakkaxon xonanda va cholgʻu ansambli tomonidan ijro etiladigan, yirik shakldagi musiqa janri sifatida Pokiston, Shim. Hindiston, Bang-ladesh, Eron, Afgʻoniston va ayrim arab mamlakatlarida tarqalgan. Kuylar diapazoni kengligi, ohang va ritmik rivojining murakkabligi bilan ajralib turadi. Gʻazal raga singari kichik cholgʻuvokal muqaddimasi bilan boshlanadi, unda xonanda yuqori par-dalarda ijro etiladigan aylanma tuzilmalar, glissando (sirgʻanuvchi ohanglar) va b. uslublardan foydalanib, asarning asosiy tovushqatori, shuningdek, badiiy oʻziga xosli-gini namoyo. ch etadi. Cholgʻu ansambli tarkibida sitor, sarangi, bansuri nay, tanpura, fisgarmoniya va tabla (yoki faqat sisgarmoniya va tabla) cholgʻulari qoʻllanadi. Gʻazal urdu, hind, fors, panjob, gujarot va b. tillarda kuylanib, unda Xusrav Dehlaviy, Kabir, Surdas, Mirzo Gʻolib, Muhammad Iqbol, Fayz Ahmad Fayz kabi shoirlarning sheʼrlari asosiy oʻrin tutadi. 20-a. da Gʻazalning zamonaviy shakllari rivoj topib, ular konsert dasturlari (Mehdi Hasan, Roshan Ara begim, Bare Gʻulom Ali Xon, Ramzan Xon va b.), kino musiqasi (Lata Mangeshkar, Muhammad Rafi va b.)da keng ijro etilmoqda.
Ad. Hayitmetov A si,T., 1961; Shayxzoda M., kining sultoni, Asarlar, 4-j., T., 1972; Nosirov O., Oʻzbek adabiyotida gazal, T., 1972; Orzibekov R., Oʻzbek lirik poeziyasida gʻazal va musammat, T., 1976; Nosirov O., jamolo v S ., 3 i yo – viddinov M., Oʻzbek klassik sheʼriyati janrlari, T., 1979; Valixonov A., Gʻazal nafosati. T., 1985.
Do'stlaringiz bilan baham: |