Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob tarbiya vazifalari va mazmuni



Download 66,08 Kb.
bet3/13
Sana19.02.2022
Hajmi66,08 Kb.
#457798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abdulla Avloniy komil insonlar tarbiyasi

Komil inson haqida tushuncha

Komil inson tushunchasi ma’naviy barkamol inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ma’naviy barkamollikka erishmay komil inson darajasiga yetish mumkin emas. Demak, ma’naviy barkamollikka intilish – bu komil inson darajasiga erishish uchun intilishdir.Komillikka inson butun umri davomida erishib boradi. Uchta tushuncha: sog‘lom avlod, ma’naviy barkamol, komil inson – darajama-daraja chuqur ma’no kasb etadi. Shundan kelib chiqadigan bо‘lsak, komil inson bо‘lishning aniq cheki va chegarasi yо‘q. Shu bilan birga ma’naviy-ahloqiy komillik darajasini har kim о‘zicha belgilay olmaydi. Kimki “Men ma’naviy-ahloqiy komillik chо‘qqisiga yetdim desa, о‘ziga о‘zi yuksak baho bersa, u hali komil inson emas. Inson hech qachon о‘zining ma’naviy kamolot darajasiga baho bera olmaydi. Komillik har bir shaxsning boshqalar bilan bо‘lgan munosabatda kо‘zga tashlanadi. Komil insonni ota-ona, jamoatchilik, ular bilan munosabat shakllantiradi.
Komillikning yо‘li odalardan faqat yaxshi fazilatlarni о‘rganish, ibrat olish, doimo yaxshilikka, ezgulikka intilishdir. Komil inson biz uchun idealdir. U barcha dunyoviy va ilohiy bilimlarni egallagan, ruhi mutlaq ruhga tutash, fayzu karomati serob, qalbi ezgu tuyg‘ularga limmo-lim tо‘la pokiza zot. Komil inson odamzod orzu qilgan jamiki ezgu xislat va fazilatlarni о‘zida mujassam etgan insondir.
Komil inson haqida tasavvuf adabiyotida kо‘p asarlar bitilgan.Ana shunday asarlardan biri Aziziddin Nasafiyning “Insoni komil” nomli risolasi bо‘lib, unda komil insonga shunday ta’rif berilgan: “Bilgilki, komil inson deb shariat va tariqat va haqiqatda yetuk bо‘lgan odamga aytadilar va agar bu iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday insondirkim, unda quyidagi tо‘rt narsa kamolga yetgan bо‘lsin: yaxshi sо‘z, yaxshi fe’l, yaxshi ahloq va maorif”. Bu sifatlar bilan ziynatlangan odam yolg‘on, riyo va badkirdorlikdan chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat bilan yashab, ezgu ishlarga tayyor turadi. Yaxshi ahloqiy sifatlarni egallab borgan odam komil inson martabasiga kо‘tarila oladi. Komil inson – insonlarning eng mukammali, eng oqili, donosi. Komil insonlar odamlar jamiyati ichidan yetishib chiqadigan mо‘tabar zotdir. Insonlar komillikka ahloqiy-ma’naviy poklanish jarayonida erishadilar.
Komil, barkamol insonni tarbiyalash, voyaga yetkazish haqida musulmon sharqi ahloqi tarixida inson hayoti uchun dasturulamal, qо‘llanma vazifasini о‘tagan kо‘p pandnomalar, xalq kitoblari yaratilgan. Bu о‘rinda Prezidentning quyidagi sо‘zini eslash о‘rinli: “...bizning ulug‘ ajdodlarimiz о‘z davrida komil inson haqida butun bir ahloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy tilda aytganda, sharqona ahloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslashimiz kerak, deb bilaman. Ota-bobolarimizning ongu tafakkurida asrlar, ming yillar davomida shakllanib, sayqal topgan or-nomus, uyat va andishga, sharmu hayo, ibo va iffat kabi yuksak ahloqiy tuyg‘u va tushunchalar bu kodeksning asosiy ma’no-mazmunini tashkil etadi”. Komil inson fazilatlarini о‘zida ifoda etgan asarlar sirasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Kaykovusning “Qobusnoma”, Sa’diyning “Guliston”, “Bо‘ston”, Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Mahbubul-qulub”, Husayn Voiz Koshifiyning “Ahloqi muhsiniy” va boshqalar. Bu asarlarning kо‘pchiligida odil shoh va adolat, halollik va soflik, poklik, tо‘g‘rilik, insonparvarlik, ma’rifatli bо‘lish kabi insonning sharqona fazilatlari berilgan. Alisher Navoiyning “Nasoyimul muhabbat” asarida komil insonga xos xususiyatlar, uning sharqona fazilatlari sanab о‘tilgan. Bular qatoriga ulug‘ mutafakkir quyidagilarni kiritadi: tavba, halol luqma bilan qanoatlanish, о‘z kasbidan topib kun о‘tkazish, shariatga rioya etish, barchadan о‘zini kam deb bilish, hatto farzandlari, xizmatkorlariga qо‘pollik qilmaslik, chuchuk tilli bо‘lish – yaxshi, muloyim tilli bо‘lish, rahmdil, sahiy, mard, halim, xushhulq, sabrli, sadoqatli, vafoli bо‘lish, rozi-rizolik bilan kun о‘tkazish, riyozat chekishdan qо‘rqmaslik va boshqalar. Shu tariqa о‘tmishda komil insonning о‘ziga xos ahloq kodeksi ishlab chiqilgan bо‘lib, bu sifatlarga ega bо‘lish har bir odamning orzu-armoni deb qaralgan. Komil inson haqidagi g‘oyalar katta ijtimoiy-ahloqiy, ma’naviy ahamiyatga ega. U insonni sharafli, ezgulik va buyuk xayr ruhida tarbiyalash, mehru muhabbat, vafo va sadoqatni kuchaytirishga xizmat qilib keldi. Har zamon va lahzada insonlarga ularning insonligini eslatib, yovuz, qabih ishlar, nojо‘ya hatti-harakat va qiliqlardan saqlanishga kо‘maklashdi, ularda iymon va vijdon binosining paydo bо‘lishi va mustahkamlanishini ta’minlab keldi. Komil inson iymon va e’tiqodlilik, halollik va poklikning oliy timsoli. Biz hammamiz shunga intilib yashamog‘imiz lozim. Mustaqil О‘zbekistonning bozor munosabatlariga о‘tish sharoitida iymonli bо‘lish, halollik va poklik, vijdonli va diyonatli bо‘lish nechog‘lik zarur ekanligi hammamizga ayon. Quyidagi ta’rifda komil insonning asosiy xususiyatlari har taraflama chuqur va teranlik bilan bayon qilingan: “Komil inson deganda, biz avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan о‘zgalarga ibrat bо‘ladigan bilimli,ma’rifatli kishilarni tushunamiz”. Boshqa ibora bilan aytadigan bо‘lsak, Allohning о‘zi biz insonlarga buyurgan komil inson bо‘lish, halollik, tо‘g‘rilik, poklik va adolat bilan kun kechirish kabi kо‘pdan-kо‘p olijanob fazilatlarning ma’no-mazmunini nafaqat chuqur anglash, balki ana shunday xususiyatlarga ega bо‘lish, ularga doimo amal qilib yashash- odamzotning ma’naviy boyligini, komilligini belgilab beradigan asosiy mezon sanaladi. Uning shakllanganligi darajasini xarakterlovchi eng muhim fazilatlar esa quyidagilardir: aqliy zukkolik, huquqiy komillik, ahloqiy yetuklik, siyosiy teranlik, mehnatga halol munosabat, yuksak madaniy, ma’naviy saviya, professonal iftixor, milliy va umuminsoniy g‘urur va boshqalar. Yuqoridagilarni hozirgi mustaqil hayotimiz, turmush tarzimiz, kishilarning, ayniqsa, yoshlarning intilishlari bilan bog‘lab komil inson chizgilariga quyidagi xislat va fazilatlar kirishiin umumiy tarzda bayon etishimiz mumkin: Komil insonning umumiy xislatlari: yoqimlilik, kо‘rkamlik, jozibadorlik, salobatlilik, hurmatga sazovorlik, shoironalik, ulug‘sifatlik, о‘ziga xoslik, yetuklik, jiddiylik, madaniyatlilik, tarbiyalanganlik va boshqalar. Komil insonning ahloqiy fazilatlari: insonparvarlik, dо‘stlik, g‘amxо‘rlik, jonkuyarlik, samimiylik, odamiylik, bolajonlik, iymonlilik, fidokorlik, xushmuomalali, boadabli, iltifotli bо‘lishlik, kechirimlilik, mehmondо‘stlik, halollik, tо‘g‘rilik, diyonatlilik, haromdan hazar etish, mehnatsevarlik, vatanparvarlik va hokazolar.
Ishbilarmonlik xislatlari: ishchanlik, tirishqoqlik, serharakatlilik, mas’uliyatlilik, insoflilik, halollik, malakalilik, epchillik, udaburonlik, saranjom-sarishtalik, tadbirkorlik, aniqlik, tejamkorlik, barkamollik, ta’masizlik, tavakkalchilik va boshqalar. Zukkolik, idroklilik fazilatlari: zehnli, bama’ni, xotirjamlik, sog‘lom fikrli, donishmandlik, sezgirlik, zakovatlilik, topqirlik, notiqlik, tanqidiylik, dalillik, omilkorlik, savodxonlik, qiziquvchanlik, ishqibozlik kabilar. Ehtiroslilik xislatlari: kо‘tarinkilik, tantanavorlik, kulib turuvchanlik, hazinlik, kelajakka ishonch, ezgulik, kek saqlamaslik, olijanoblik, otashinlik, nozik tabiatlilik, hayolilik, hijolatpazlik, iffatlilik va hokazolar. Ayni shu xislat va fazilatlarni yoshlarimiz ongiga singdira borilishi ularni barkamol, sog‘lom va komil inson qilib voyaga yetkazishda ta’lim- tarbiya tizimi va ota-ona tarbiyasining tо‘g‘ri qо‘yilishi muhim rol о‘ynaydi. Vatan, millatning kelajak poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni bо‘lmish farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq, chunki inson qalbiga yо‘l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo buyuk kelajakni yaratuvchi shaxsni kо‘rishi zarur. Mustaqillik ruhida yangicha fikrlaydigan fozil, komil inson, eng avvalo, fuqarolik burchini a’lo darajada his etadigan shaxs bо‘lishi darkor. Sodda qilib aytganda, har qaysi komil inson, har birimiz: “Shu davlat, shu jamiyat menga nima berdi?” deb emas, balki “Men о‘zim Vatanimga, elu yurtimga nima berdim?” deb о‘ylashimiz va har dam shu aqida bilan yashashimiz kerak.

Download 66,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish